Authors

  • Ochilova Farangiz Behzod qizi
  • Saidova Lola Komiljon qizi

Author Biographies

  • Ochilova Farangiz Behzod qizi

    SHDPI xorijiy til adabiyoti yoʻnalishi 1-kurs talabalari

  • Saidova Lola Komiljon qizi

    SHDPI xorijiy til adabiyoti yoʻnalishi 1-kurs talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85620

Keywords:

Madaniyat umumiylik farqlar urf-odatlar anʼanalar bayramlar sanʼat diniy eʼtiqodlar mehmondoʻstlik turmush tarzi milliy kiyimlar mintaqaviy taomlar.

Abstract

Dunyo xalqlari madaniyati o‘ziga xos xilma-xillikka ega bo‘lsa-da, unda umumiylik va farqlar mavjud. Ushbu tadqiqotda turli millatlarning urf-odatlari, an’analari, diniy marosimlari va turmush tarzi o‘rganilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Barcha xalqlarga xos mehmondo‘stlik, oilaviy qadriyatlar, san’at va musiqa kabi umumiy jihatlar mavjud bo‘lsa, til, milliy libos, oshxona madaniyati va diniy e’tiqodlar kabi farqlar har bir xalqning o‘ziga xosligini belgilaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

125

DUNYO XALQLARI MADANIYATIDAGI UMUMIYLIK VA

FARQLAR

Ochilova Farangiz Behzod qizi

Saidova Lola Komiljon qizi

SHDPI xorijiy til adabiyoti yoʻnalishi 1-kurs talabalari

Annotatsiya: Dunyo xalqlari madaniyati o‘ziga xos xilma-xillikka ega bo‘lsa-

da, unda umumiylik va farqlar mavjud. Ushbu tadqiqotda turli millatlarning urf-

odatlari, an’analari, diniy marosimlari va turmush tarzi o‘rganilib, ularning o‘zaro

bog‘liqligi tahlil qilinadi. Barcha xalqlarga xos mehmondo‘stlik, oilaviy qadriyatlar,

san’at va musiqa kabi umumiy jihatlar mavjud bo‘lsa, til, milliy libos, oshxona

madaniyati va diniy e’tiqodlar kabi farqlar har bir xalqning o‘ziga xosligini belgilaydi.

Kalit soʻzlar: Madaniyat, umumiylik, farqlar, urf-odatlar, anʼanalar,

bayramlar, sanʼat, diniy eʼtiqodlar, mehmondoʻstlik, turmush tarzi,milliy kiyimlar,

mintaqaviy taomlar.

Annotation:The culture of the world's peoples is uniquely diverse, yet it

contains both commonalities and differences. This study examines the customs,

traditions, religious ceremonies, and lifestyles of various nations, analyzing their

interconnections. Common aspects such as hospitality, family values, art, and music

are shared by all cultures, while differences in language, traditional clothing, cuisine,

and religious beliefs define the uniqueness of each nation.

Key words:Culture, commonality, differences, customs, traditions, holidays,

art, religious beliefs, hospitality, lifestyle, national clothes, regional dishes.

Аннотация:Культура

народов

мира

обладает

уникальным

разнообразием, однако в ней присутствуют как общие черты, так и различия.

В данном исследовании рассматриваются обычаи, традиции, религиозные

обряды и образ жизни различных народов, анализируются их взаимосвязи.

Общие черты, такие как гостеприимство, семейные ценности, искусство и

музыка, присущи всем культурам, тогда как различия в языке, национальной


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

126

одежде, кулинарных традициях и религиозных верованиях определяют

уникальность каждого народа.

Ключевые слова: Культура, общность, различия, обычаи, традиции,

праздники, искусство, религиозные убеждения, гостеприимство, образ жизни,

национальная одежда, региональные блюда.

Dunyo xalqlari madaniyati turli xil bo‘lishiga qaramay, ularning o‘zaro

o‘xshashliklari va farqlari mavjud. Madaniyat insoniyat hayotining ajralmas qismi

bo‘lib, u xalqning tarixi, urf-odatlari, an’analari va turmush tarzini aks ettiradi.

Madaniyat tasodifan paydo bo'lgan emas, balki u turli bilimlar

majmuidan,ishonch-e'tiqodlardan, san'atning barcha ko'rinishlaridan, jamiyatdagi

axloqiy tamoyillar, qonun qoidalardan, urf - odatlardan tashkil topadi. Shuningdek,

inson jamiyat a'zosi sifatida o'zlashtirib olgan adolat, burch, mas'uliyat, tenglik,

ozodlik, Vatan tuyg'ulari ham madaniyatning paydo bo'lib shakllanishiga ta'sir qilgan.

Bir so'z bilan aytganda, madaniyat - insoniyatning butun faoliyatidagi to'g'ri yo'l va

natijadir.

Madaniyat va sivilizatsiya - o'tmish mahsuli, ayni paytda kelajak uchun,jamiyat

taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.Madaniyat insoniyatning moddiy, aqliy, siyosiy, badiiy

faoliyati sifatidayuzaga keldi. Inson yovvoyi hayotdan sivilizatsiyalashgan hayotga

o'tganda,madaniyat taraqqiy eta bordi. Ibtidoiy madaniyat davrini ba'zi olimlarjamiyat

davri deb ham ataydilar.Insoniyat madaniyatni shakllantirib, rivojlantira borar ekan,

yakkashaxsning va butun jamiyatning axloqiy tamoyillarini, baxt - saodatga erishish

yo'l - yo'riqlarini topishga intiladi.Madaniyat turli mamlakatlarda turlicha shaklda

namoyon bo'ladi.Keyingi yillarda madaniyat tushunchasi bilan birga, «Sivilizatsiya»

atamasi ham tez-tez eshitiladigan bo`lib qoldi. Muayyan xalq, xudud yoki davlatning

taraqqiyot bosqichlari, ularga xos madaniy rivojlanish to`g`risida gap ketganida, olim

va mutaxassislar ana shu atamadan foydalanmokda. Bu esa o`z-o`zidan «Хush,

madaniyat nima? Sivilizatsiya-chi?» kabi savollarga javob berishni taqozo etadi.

Madaniyat ko`pqirrali ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib, insoniyat manaviyati yo`qsalib

borgani sayin mazkur tushunchaning mazmuni tobora boyib boradi. Madaniyat inson


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

127

tomonidan yaratilgan suniy olamdir yoki ikkinchi tabiatdir, degan qarashlar ham yo`q

emas. Bunda odam zotining yaratuvchilik qobiliyati, iktidori va shu asosdagi faoliyati

hamda ularning natijalari nazarda tutiladi.

Madaniyat inson bilimlari, kunikma va tajribalarini, manaviy saloxiyatini

hamda amaliy faoliyat jarayonida inson ideallarining ro`yobga chiqishi va shaxs

sifatida kamol topish jarayonini o`zida aks ettiradi.

Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari o`zaro bog`liq bo`lsa-da, turlicha

mazmun va xususiyatga egadir. Bazi olimlar madaniyat, o`zining kelib chiqishiga

ko`ra, sivilizatsiyaga nisbatan qadimiydir, u mohiyatan sivilizatsiyaning ruxi, jonidir,

deb xisoblaydi. Masalan, A. Тoynbi «Тarixning idrok qilinishi» asarida shunday

fikrlarni bayon etadi. Franso`z olimi R. Aron ham shunga yaqin xulosaga keladi.Milliy

madaniyatning kamol topishi, rivoji va saqlanishi uchun eng asosiy tabiiy omil bu

Vatandir. Uning sajdagox kabi muqaddasligining sabablaridan biri ham ana shunda.

Vatansiz milliy madaniyatning takomili, uning avlodlardan-avlodlarga tula holda

meros qolishi to`g`risida gapirish kiyin. Faqat o`z vatanidagina millat madaniyatini

cheksiz rivojlantirish, manaviy kamolotning yo`qsak chukqilariga tomon yetish

imkoniga tula-tukis ega bo`lishi mumkin.

O`z urf-odat va ananalarga ega bo`lmagan millat yo`q. Manaviy hayotning

mana shu jixatlari orqali millatning o`zligi namoyon bo`ladi. Urf-odat va ananalarda

millatning tarixi, utmishi, madaniy merosi o`z aksini topadi. Ana shu xususiyatlarini

yo`qotgan millat etnoijtimoiy birlik sifatida yuqoladi.Shu bilan birga, muayyan xudud,

davlat va mintakalarda ham bir kancha xalqlarning azal-azaldan yonma-yon yashab

kelayotganligining guvohimiz. Albatta, ular orasida tabiiy ravishda ijtimoiy, iqtisodiy

va madaniy aloqalar jarayoni boradi. Bu jarayonlar, o`z navbatida, umuminsoniy va

baynalmilal madaniy tamoyillar asosida amalga oshadi. Madaniyatlarni bir-biriga

yaqinlashtiradi, ular o`rtasidagi umumiy jixatlarning kamol topishiga olib keladi. Ana

shu umumiylik bilan aloxidalik, yani butunjahon madaniyati va biror-bir xalqqa xos

bo`lgan madaniyat o`rtasidagi muntazam aloqa ham insoniyat tarixi va taraqqiyoti

uchun muxim xisoblanadi.Bu soxada umumbashariyatga xos bo`lgan jixatlarni biz

madaniyatdagi umuminsoniylik, millatning o`zigagina xos bo`lgan xususiyatlarni esa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

128

madaniyatning milliyligi deb ataymiz. Aslida esa milliylik va umuminsoniylik bir

butun madaniyatning ikki tomoni, bir-birini taqozo etuvchi jixatlardir. Madaniyat ana

shu ikki jixatning uzviy aloqasi va bir butunligi orqali namoyon bo`ladi. Milliylik

madaniyatning joni, uning millat bilan bog`liq yashash usuli, millatning unda namoyon

bo`ladigan ruxidir. Umuminsoniylik esa madaniyatning butun jahonga xosligi, ana

shundan kelib chiqadigan umumbashariy xususiyatlari, jamiyat rivojining barcha davr

va xududlarga xos umumiy tamoyillaridir.

Madaniyatshunoslik falsafaning mustaqillik yillarida mamlakatimizda keng

taraqqiy etayotgan falsafiy fan soxalaridan biridir. Sobik Ittifok davrida bu fan

umuminsoniy manoda o`qitilmas edi. Aslida esa, jahon falsafasida madaniyat

to`g`risidagi aloxida bir fanning vujudga kelgani madaniyatning inson va jamiyat

hayotida naqadar muxim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Falsafa

madaniyatdagi rang-baranglikni etirof etadi, madaniyatning universal harakterga ega

bo`lgan tarixiy namunalarini bir-biridan farqlaydi.

Xulosa:Umuminsoniy qadriyatlar insonni e’zozlash, hayotni sevish, burch,

sadokat, ajdodlarga hurmat, vatanparvarlik, adolat, ma’rifatparvarlik, tinchlik, totuvlik,

do`stlik, hamkorlik singari fazilatlarni ifoda etadi. Тajriba shuni ko`rsatadiki, biron bir

milliy madaniyatni ulug`lab, uni boshqa madaniyatdan ustun qo`yish va boshqa

xalqlarga majburan targ`ib etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko`pmillatli

mamlakatda milliy madaniyatlarni mensimaslik yoki ularni kamsitish ijtimoiy

barqarorlik va milliy totuvlikka putur yetkazadi, turli ziddiyat va ixtiloflarning paydo

bo`lishi uchun zamin yaratadi. Bu borada milliy G`oya va istiglol mafko`rasi asoslarini

ishlab chiqishda etnik xususiyatlarni xisobga olish ularni respublika taraqqiyotining

istiqbollari bilan uyg`unlashtirish imkonini yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. A. A.Abdugʻaniyev– "Jahon madaniyati tarixi".2018-yil.120-145-betlar

2.Q.Q.Qosimov– "Madaniyatshunoslik" .2010-yil.85-110-betlar

3.H.Rahmatullayev – "Madaniyatshunoslik asoslari".2006."Turon-Iqbol"

4.A.Toynbi – "Tarixning idrok qilinishi".1934—1961."Oxford University Press"


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

129

6.Aralovna, Ochilova Guzal, et al. "Ecological globalization and its social place in the

globalization system of processes." Journal of Survey in Fisheries Sciences 10.1S

(2023): 5000-5006.

7.Ayonovna A. S. IN THE CONTEXT OF ENVIRONMENTAL GLOBALIZATION,

THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION BECOMES A PRIORITY

//American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. – 2024. – Т. 4. – №.

07. – С. 30-35.

8.Omonov, Bakhodir Nurillaevich, Go‘zal Aralovna Ochilova, and Sitora Ayonovna

Azamova.

"SPECIFIC

CHARACTERISTICS

OF

THE

ECOLOGICAL

ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN." World of Scientific news in Science 1.3

(2023): 15-28.

9.Ayonovna, Azamova Sitora. "The Need for the Formation of Environmental

Education and Upbringing in Young People in the Conditions of Environmental

Globalization." Global Scientific Review 13 (2023): 7-10.

10.Ayonovna, Azamova Sitora, and Pirimov Lerik Xudoyberdi o’g’li. "EKOLOGIK

MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK OMIL TUSHUNCHASI

‘." TADQIQOTLAR. UZ 40.4 (2024): 135-139..

11.Ayonovna

A.

S.

IN

THE

CONTEXT

OF

ENVIRONMENTAL

GLOBALIZATION, THE NEED FOR ENVIRONMENTAL EDUCATION

BECOMES A PRIORITY //American Journal Of Social Sciences And Humanity

Research. – 2024. – Т. 4. – №. 07. – С. 30-35..

12.Shakhrisabz A. S. A. THE USE OF THE SCIENTIFIC HERITAGE OF

ORIENTAL SCIENTISTS IN THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE

AMONG SCHOOLCHILDREN IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL

GLOBALIZATION //International Scientific and Current Research Conferences. –

2024. – С. 94-97.

13.Azamova S. EKOLOGIK TA’LIM VA TARBIYANING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI //Talqin va tadqiqotlar. – 2024. – Т. 1. – №. 1.

Most read articles by the same author(s)