Authors

  • XO’JAYEVA XAYRINISO G’ULAMOVNA

Author Biography

  • XO’JAYEVA XAYRINISO G’ULAMOVNA

    Denov tumani

    Maktabgacha va maktab boshqarmasiga

    qarashli 91- umumiy o‘rta ta’limi maktabi

    ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85631

Keywords:

Alisher Navoiy o‘zbek adabiyati ma'naviyat bebaho meros asarlar tarixiy ahamiyat madaniyat ma'naviy rivojlanish adabiy til siymo.

Abstract

Ushbu maqolada Navoiy asarlarining tarixiy ahamiyati va o‘zbek adabiy tiliga qo‘shilgan hissasi ko‘rib chiqiladi. Asarlarning ko‘p qirrali mazmuni va ularda ifodalangan fikrlar, shuningdek, siymo sifatidagi ahamiyati ta'kidlanadi. Navoiy, nafaqat o‘z zamonining eng buyuk shoirlaridan biri, balki o‘zbek ma’naviyatining asoschilaridan sifatida ham tan olinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

159

NAVOIY SIYMOSI MANGU VA ABADIY SIYMODIR

Denov tumani

Maktabgacha va maktab boshqarmasiga

qarashli 91- umumiy o‘rta ta’limi maktabi

ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi

XO‘JAYEVA XAYRINISO G‘ULAMOVNA

Annotatsiya:Ushbu maqolada Navoiy asarlarining tarixiy ahamiyati va o‘zbek

adabiy tiliga qo‘shilgan hissasi ko‘rib chiqiladi. Asarlarning ko‘p qirrali mazmuni va

ularda ifodalangan fikrlar, shuningdek, siymo sifatidagi ahamiyati ta'kidlanadi.

Navoiy, nafaqat o‘z zamonining eng buyuk shoirlaridan biri, balki o‘zbek

ma’naviyatining asoschilaridan sifatida ham tan olinadi.

Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, o‘zbek adabiyati, ma'naviyat, bebaho meros,

asarlar, tarixiy ahamiyat, madaniyat, ma'naviy rivojlanish, adabiy til, siymo.

Abstract: This article examines the historical significance of Navoi's works and

their contribution to the Uzbek literary language. The multifaceted content of the works

and the ideas expressed in them, as well as their significance as a figure, are

emphasized. Navoi is recognized not only as one of the greatest poets of his time, but

also as one of the founders of Uzbek spirituality.

Keywords: Alisher Navoi, Uzbek literature, spirituality, invaluable heritage,

works, historical significance, culture, spiritual development, literary language,

figure.

Kirish

Alisher Navoiy, o‘zbek adabiyotining buyuk siymosi, o‘zining asarlari orqali

milliy tilimizni boyitgan shoir va mutafakkirdir. Uning asarlari zamon o‘tishi bilan

yanada qadrlanmoqda va har biravlod uchun ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qiladi.

Insoniyatning xususiyatlaridan biri o‘z ajdodlari, qadriyatlari, an’analari bilan

faxrlanishdir. Alisher Navoiy esa bunday siymolarimizdan biridir. Uning ijodi hayratga

to‘la, asarlarini o‘qigan inson ko‘plab sirlarni topadi. “Muhokomat ul-lug‘atayn”


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

160

asarida turkiy tilning boyligi ilmiy ravishda tasdiqlanadi. Navoiy tillar haqida

mulohazalar yuritadi, arab tilining jozibadorligini ta'kidlaydi. U forsiy, turkiy va hindiy

tillarini Nuh alayhissalomning o‘g'illari bilan bog'lab, turkiy tilni ustun deb hisoblaydi.

Navoiy turkiy tildagi so‘zlar imkoniyatini tahlil qilib, ularning kengligini ko‘rsatadi. U

turkiy tilning nafosatini va tarixiy merosini e'tirof etadi. “Muhokomat ul-lug‘atayn”

asarini yakunlar ekan, o‘z ishining ahamiyatini ta'kidlaydi. Alisher Navoiydir. Navoiy

ijodi hayrat xazinasidir. Navoiy asarlarini mutolaa qilgan inson duru-javohirlar, siru-

sinoatlar ummoniga g‘arq bo‘ladi. Buni turkiy (o‘zbek) tilining nechog‘li jilvakor va

boy til ekanini ilmiy asoslab yaratgan “Muhokomat ul-lug‘atayn” asarida ham yaqqol

kuzatishimiz mumkin.

Hazrat Navoiy tillar haqida o‘z fikr-mulohozalarini bayon etar ekan asarning

avvalida arab tilining naqadar jozibador ekanini dunyodagi hech bir takallum ahli bu

tilga da’vo qila olmasligi va buning boisi Allohning kalomi bo‘lgan Qur’oni Karimning

ushbu tilda nozil bo‘lgani bilan bog‘lagan. holda eng nuktadon fikrlarni asosli tarzda

izohlab o‘tganlar.

Bayt:

Ki to bo‘lg‘ay jahon bu gulshan mevador o‘lsin,

Harimida bu bulbullarg‘a bu gulbong bor o‘lsun

1

.

“…. Mindin so‘ngra uch nav’ tildurkim asl va mo‘tabardir” - deya Navoiy

ushbu asarni yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sari yuzlanadi. Bu uch til ya’ni

forsiy, turkiy va hindiy tillarining kelib chiqishi Nuh alayhissalomning uch o‘g‘li tarixi

bilan bog‘lagan holda izohlaydilar. Dunyoni To‘fon bosishi va bundan keying

hayotning davom ertishida salmoqli hissa qo‘shgan Nuh alayhissalom Odami soniy

deb ulug‘lanadi. Nuh o‘g‘illari Yofas (Abu Turk)ni Xito mulkiga yubordi, Som ( Abul-

furs)ni Eron va Turon mamlakatiga Voliy qildi, Xom (Abul-hindni) Hindistonga

jo‘natdi. Bu uch payg‘ambarzodalarning avlodu ajdodlari yuqorida keltirilgan

yurtlarda ko‘payib, yashay boshladilar. Yofas, ya’ni Abu- turk boshqa qarindoshlari

1

Sirojiddinov Sh. A. Navoiy manbalarining qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili.

2011, 225-bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

161

orasida nisbatan ko‘proq e’tibor topdi. Xom Nuh alayhissalomga beadablik qilgani

bois uning tili va eliga qarg‘ish o‘tdi… Navoiy bu uch til haqida o‘z fikr va

mulohozalarini bayon etar ekan, aynan turkiy va forsiy tillarni o‘zaro qiyoslashni lozim

topadi. Navoiy turk elini fahm- farosatli, aql- idrokli sof hilqatli, pokdomon deb e’tirof

etadi. Navoiy turk (o‘zbek) tilining fors tilidan ustunligini dalillar bilan isbotlab beradi.

Bundan tashqari, turkey (o‘zbek) tilidagi 100 ta so‘zlarni forsiy til bilan yasab

bo‘lmasligi haqida fikrlar keltirilgan. So‘zlarning ayrimlari bilan tanishib o‘tamiz:

quruqshamoq, qizg‘anmoq, ko‘ndirmoq, sovrilmoq, chayqalmoq, burmak, turmak,

o‘rtanmak,chidamoq, tuzmak, chimdilamoq, sipqarmoq, siylanmoq, tanlamoq,

ingramoq… va bosahqalar.

… Biri sipqarmoq lafzidurki, mubolag‘a mundin o‘tmas.turkcha nazmda bu

matla’ bordurkim.

Bayt:

Soqiyo, tut bodakim , bir lahza o‘zumdin boray,

Shart bukim har necha tutsang labo-lab sipqoray

2

.

Shu bilan bir qatorda Navoiy turk (o‘zbek) tilidagi omonim so‘zlar

imkoniyatining nechog‘li keng ekani borasida to‘xtalib o‘tadi.

…ko‘k lafzin hamnecha ma’ni bilaiste’mol qilurlar. .Biri ko‘k osmonni derlar,

yana ko‘k ohangdur.

Yana ko‘k tegrada ko‘klamakdur. Yana ko‘k qadog‘i ham derlar. Yana ko‘k

sabza va o‘lanni dag‘i derlar...

Navoiy tilimizning naqadar nafis, serjilo, diltortar va betimsol ekani

Xuloguxon (Chingizxonning nevarasi 1285-yil), Sohibqiron Amir Temur, uning o‘g‘li

Shohrux Mirzo davrida turkiygo‘y shoirlarning qoldirgan katta adabiy meroslaridan

namoyon bo‘lgani haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tadi. Navoiy “Muhokomat ul-

lug‘atayn” asarini xotimalar ekan quyidagi jumlalar bilan yakun yasaydi:

2

Sirojiddinov Sh. A. Navoiy manbalarining qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili.

2011, 225-bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

162

“… Agar dag‘i ranju mashaqqatim muqobalasida, chun bu maxfiy ilmdinki,

zohir qilibmen , vuquf topsalar, umid ulkim bu faqirni xayr duosi bila yod qilg‘aylar

va ruhimni aning bila shod qilg‘aylar

3

”.

Ruboiy:

Bu nomaki, yozdi qalamim tortib til,

Ta’rixin aning jumodiul-avval bil,

Kunning raqamini chorshanba qilg‘il,

To‘qqiz yuz yildin o‘tib berdi besh yil

4

.

Darhaqiqat asar yozilganiga 524 yil bo‘libdi. Hazratning o‘zlari e’tirof

etganlaridek, o‘zbek adabiy tili bor ekan Alisher Navoiy nomi barhayotdir. Biz

shunday

umrboqiy

siymolarimizning

bebaho

merosini

o‘qib, o‘rganib,

ma’naviyatimizni boyitishimiz lozim.

Xulosa

Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi bo‘lib, uning

asarlari asrlar davomida ma'naviy va madaniy meros sifatida qadr topmoqda. U og'zaki

va yozma adabiyotda qalam tebratib, muhim tarixiy va falsafiy g'oyalarni o‘z asarlarida

ifodaladi. Navoiy nafaqat shoir, balki muallif sifatida ham madaniyatga ulkan hissa

qo‘shgan. Uning asarlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining poydevorini shakllantirgan.

Ma'naviy rivojlanish va adabiy tilni rivojlantirishda O‘zbekiston tarixida muhim rol

o‘ynagan. Alisher Navoiy merosi nafaqat o‘zbek xalqiga, balki global madaniyatga

ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Mirzoyeva A. ,, Foniy va Hofiz”. 1968, 64-bet.

3. Sirojiddinov Sh. A. Navoiy manbalarining qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili.

2011, 225-bet

4. Mirzoyev A. M. ,, Kamal ad-din” 1976.33-34-bet.

3

Mirzoyev A. M. ,, Kamal ad-din” 1976.33-34-bet.

4

Sirojiddinov Sh. A. Navoiy manbalarining qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili.

2011, 225-bet


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

163

5. Y. Is’hoqov. ,,Xamsa” poetikasiga doir.

6. Abdurasul Eshonboboyev. ,,Sharq yulduzi” jurnali, 2016-9

7. Navoiy asarlarining izohli lug‘ati. T: G‘afurG‘ulom nomidagi adabiyot va san'at

nashriyoti, 1972.

8. Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at. T: Fan,1993

Most read articles by the same author(s)