Authors

  • V. B. SHANAZAROVA
  • D. Z. NIGMATOVA

Author Biographies

  • V. B. SHANAZAROVA

    TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

    DOTSENT

  • D. Z. NIGMATOVA

    N.B.M.ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY NIVERSITETI

    KATTA UKITUVCHI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85642

Keywords:

eksport diversifikatsiya ijtimoiy-axloqiy marketing .

Abstract

Ushbu maqolada mamlakatimizda ma’lum soha mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, eksport saloxiyati xaqida bayon etilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

210

MILLIY EKSPORT SALAHIYАTINI RIVOJLANTIRIShDA

MARKETING KONSEPSIYALARINING AXAMIYATI.

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

DOTSENT V. B. SHANAZAROVA

N.B.M.ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY NIVERSITETI

KATTA UKITUVCHI D. Z. NIGMATOVA

Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda ma’lum soha mahsulotlarini

ishlab chiqaruvchi korxonalar, eksport saloxiyati xaqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: eksport , diversifikatsiya, ijtimoiy-axloqiy marketing,.

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror о‘sishi va uning jahon bozoriga kirib

borishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri mamlakat eksport salohiyati hisoblanadi.

Shu sababli ham rivojlangan va rivojlanayotgan har bir mamlakat о‘z daromadini

yuksaltirish va valyuta oqimini kо‘paytirish maqsadida eksport hajmini oshirishga

harakat qiladi. О‘z navbatida bu maqsadga erishishda mamlakat barcha

imkoniyatlardan foydalangan holda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda bozorga

taklif qilishni kо‘paytirishga harakat qiladi. О‘zbekistonda ham eksport salohiyatini

oshirish va jahon bozoridan munosib joy olish maqsadida jahon talablariga javob

beradigan eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan qator yillarda mamlakatimizning turli hududlarida erkin iqtisodiy

zonalar, turli sanoat korxonalari, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta

ishlash uchun maxsus loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda kо‘plab

xalqaro hamkorlar bilan birgalikda turli xil ishlab chiqarish obyektlari qurilishi amalga

oshirilmoqda va rejalashtirilmoqda. Lekin bugungi jahon bozori shiddat bilan

egallanayotgan bir paytda birgina mahsulot ishlab chiqarishning о‘zi kifoya qilmaydi.

Hozir mahsulot ishlab chiqarishdan kо‘ra, uni sotish yechimini topish kerak bо‘lgan

asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bu borada esa jahon bozorini, undagi talab va taklifni

о‘rganish, uni tadqiq qilish kabilarni qamrab oladigan marketing faoliyati bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

211

shug‘ullanish talab etiladi. Bu orqali bozorlarni о‘rganish jarayonida paydo bо‘ladigan

qanday tovarlarni, kimlar uchun, qanday hajmda, qay kо‘rinishda va bir qancha

miqdorda kabi savollarga javob bо‘ladigan marketing konsepsiyalaridan foydalanish

о‘zining ijobiy natijasini beradi.

Marketingda ishlab chiqarish, tovar, sotish, an’anaviy marketing, ijtimoiy-

axloqiy marketing, о‘zaro aloqa marketingi kabi konsepsiyalar mavjud. Bu

konsepsiyalarda mamlakat yoki mintaqaga qanday mahsulotlarni eksport qilish

о‘rganilishi ham mumkin. Marketingning ishlab chiqarish konsepsiyasida asosiy

e’tibor mahsulotning sifatidan kо‘ra uning miqdoriga qaratiladi. Mamlakatimizda

ishlab chiqarilayotgan va yetishtirilayotgan narxi pastroq va mahsulot miqdori kо‘p

bо‘lgan sanoat va qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qoloq va rivojlanayotgan

mamlakatlarga eksport qilish о‘zining yaxshi samarasini beradi. Bu borada asosiy

e’tibor mamlakat bozorini egallash va kо‘proq mahsulot eksport qilib, kо‘proq foyda

olishga qaratiladi. Tovar konsepsiyasida esa mahsulotning sifati va narxiga teng

ravishda e’tibor qaratiladi. Yа’ni iloji boricha sifatli va arzon mahsulot talab etiladi.

Bu borada eksportda о‘z mavqeiga ega kompaniyalar va xususiy sektorda faoliyat

yurituvchilarga tayaniladi. Shu sababli ham mahsulot eksport qilish jarayonida davlat

tomonidan soliq va tо‘lovlardan ozod qilish kabi imtiyozlar berilishi maqsadga

muvofiq hisoblanadi. Sotish konsepsiyasida esa asosan, о‘rganilayotgan tashqi

bozorda mavjud bо‘lmagan mahsulotlarni eksport qilish va bu orqali talab paydo qilib,

sotish asosiy omil hisoblanadi. Bu borada yaratilgan mahsulotning qay darajada tezroq

bozorga kirishiga ham e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasida

esa e’tibor ma’lum bir shaxs yoki jamoaga qaratiladi. Bu borada ushbu konsepsiya

orqali mamlakat eksport qiladigan mahsulotini ekologik muammolar, resurslar

taqchilligi, inflyatsiya kabi omillarga e’tibor berib amalga oshirishi kerak. Lekin eng

asosiy maqsadlardan eksport qilinadigan mamlakatdagi jamiyat ehtiyojlarini oqilona

tarzda qondirish hisoblanadi. Masalan, islom dini keng tarqalgan mamlakatlarga

“halol” (brendidagi) mahsulotlarni eksport qilish yoki boshqa mamlakatlarning urf-

odatlarini о‘rgangan holda faoliyat boshlash yaxshi natija beradi. О‘zaro aloqaviylik

konsepsiyasida esa eksport qiladigan korxonalar birbiri bilan samarali faoliyat olib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

212

borishi muhim hisoblanadi. Masalan, mamlakatimizda ma’lum soha mahsulotlarini

ishlab chiqaruvchi korxonalar о‘z assotsiatsiyalarini tuzib va eksport faoliyatini

birgalikda olib borishlari bir qancha qulayliklarni yaratadi. Endilikda asosiy

maqsadlarimizdan biri mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish orqali yanada

kо‘proq valyuta tushumlarini olib kirish va О‘zbekiston taraqqiyoti yо‘lida

foydalanishdir. Bu borada esa marketing, marketing konsepsiyalaridan foydalanish

о‘zining yaxshi natijasini beradi. Zero, bugungi rivojlanayotgan davrda marketing

faoliyati bilan shug‘ullanmaslik katta xatodir va marketing faoliyatidan

foydalanmasdan turib istalgan marralarga erishib bо‘lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR:

1. Shanazarova, N. B. (2022). THE IMPORTANCE OF INVESTMENT ACTIVITIES

IN THE RAILWAY TRANSPORT NETWORK IN UZBEKISTAN.

Confrencea

,

6

(6), 216-217.

2. Шумпетер Й.А. Теория экономического развития. М.: Прогресс, 1983.С. 278-

285.