MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
206
« LOGISTIKA TIZIMINI RIVOJLANTIRIShDA IQTISODIY
BOShQARUV MEXANIZMLARI »
SHАNАZАRОVА N.B.
Tоshkеnt dаvlаt trаnspоrt univеrsitеti, dotsent v.b.
KORGANOVA S.S. f. f.n., dotsent
M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston tadqiqotlar
universiteti. Chimkent, Qozog'istone mail: sevinch_kor@mail.ru
ABDUKARIMOVA G.B.
Toshkent davlat transport universiteti,katta o‘qituvchi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini bozor
iqtisodiyoti
talablariga
moslashtirish,
hizmat
ko‘rsatish
sohasidagi
o‘zgarishlar,xususan logistik xizmatlar ko‘rsatish tamoyillari xaqida bayon yetilgan.
Kalit so‘zlar: logistik xizmatlar, diversifikatsiya terminal tizimi.
O‘zbekiston
iqtisodiyoti
tarmoqlarini
bozor
iqtisodiyoti
talablariga
moslashtirish, hizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘zgarishlar hamda ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni izchil isloh yetish va liberallashtirish, real sektor korxonalarini
innovatsion boshqarish va modernizatsiya qilish jarayonlari yildan-yilga jadal sur’atlar
bilan rivojlanib bormoqda. Mazkur muhim vositalardan biri logistika markazlari
hisoblanadi. Chunki bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida
yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatmoqdaki, raqobatdoshlikka
yerishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh
yetish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish,
yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining
jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish
va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish, turli infratuzilmalarni shakllantirish
hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
207
Logistik tizim sotish tashkilotlarida tayyor mahsulotni saqlash va ularni
iste’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda tizimga ishlab
chiqarish sohasi ham jalb yetiladi. Bu hamda logistika mahsulot ishlab chiqaruvchidagi
zahiralar va ishlab chiqarishning o‘ziga texnologik xususiyatlarini ham qamrab oladi.
Yanada rivojlanganroq logistik tizimlar o‘ziga ta’minot sohasini ham qo‘shib oladi.
Shu narsa ravshanki, logistik tizimlarda yerishiluvchi texnologik muvofiqlashtirish,
boshqaruv jarayonlarini muvofiqlashtirishga asoslanadi. 89 Tijorat logistikasi
mazmunan moddiy oqimlar harakati va xomashyoni olishdan boshlab, to tayyor
mahsulotni
iste’mol
qilishgacha
bo‘lgan
bosqichlarni
boshqarishni
muvofiqlashtirishdan iborat. Bunday kelishuvli bog‘lanishga o‘zaro hamkorlik
qiluvchi tomonlarning bir-birlariga ma’lum bir yon berishlari natijasida yerishiladi,
bunga yerishish yesa zarur bo‘lgan tashkiliy shart-sharoitlarni yaratmay turib mumkin
yemas
Logistik tizimlarning rivojlanishi tajribasi ko‘rsatmoqdaki, odatda transport
ularning strukturasida hal qiluvchi o‘rinda turadi. Bir tomondan, bu transport
tashkilotlariga o‘z faoliyat doirasini kengaytirishga va transport xizmatlari bozorida
mustahkam o‘rnatish, ikkinchi tomonda, sanoat korxonalarini ularga xos bo‘lmagan
faoliyatlardan ozod bo‘lishlariga imkoniyat yaratiladi. Bunda korxonalarning
xarajatlari kamayadi va u butun kuchlarni ularning asosiy bozorlariga qaratishga
imkoniyat vujudga keladi. Terminal tizimining umumiy tamoyillari va rivojlanishining
asosiy istiqbollarini aniqlashda yuqorida aytib o‘tilgan yondashuvlar nuqtai nazaridan
uning kengayib borishini ko‘zda tutishi darkor.
Bunday kengayish imkoniyati quyidagi holatlardan kelib chiqadi. Terminal
tarmog‘i rivojlanib borgan sari hal yetilishi mumkin bo‘lgan muammolar guruhi ham
ko‘p jihatdan transport bog‘lamlari bilan bog‘liq. Yuk yegalarining yetib kelish
joylarida saqlashga majbur qiluvchi holat, shaharda omborxona maydonlarining
yetishmovchiligidir. Shaharda yer resurslarining yetishmovchiligi shaharga xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan omborxonalarni shahardan tashqariga chiqarish
zaruratini vujudga keltiradi. Omborxonalar xo‘jaligi muammosining bosh (asosiy)
yechimi, shahar atrofida yuqori quvvatga yega transport – omborxona terminal
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
208
komplekslarini yaratish bilan bog‘liq. Bu, o‘z navbatida, shaharning transport
bog‘lamlari faoliyatidagi tig‘izlikni kamaytiradi va xo‘jalik kompleksi ishini
ratsionallashtiradi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, logistik yondashuv rivojlanishidagi asosiy
to‘siqlardan
biri
tovarlar
harakat
tizimi
kontragentlarining
manfaatlarini
muvofiqlashtirish va transport – taqsimlash jarayonini boshqarishni integratsiyalash
uchun zarur tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bu qiyinchiliklarni yengib
o‘tish uchun hozirgi paytda bozor munosabatlariga o‘tish natijasida qulay sharoitlar
yaratilgan. Tashkiliy – iqtisodiy mexanizmning asosi bir tomondan – moddiy oqimlar
harakati jarayonining barcha ishtirokchilariga mustaqillik va raqobat muhitini
ta’minlash, ikkinchi tomondan yesa – iqtisodiy boshqaruv orqali ularni shahar
(viloyat)ning manfaatlari bilan mos keluvchi yechimlarga undashdan iborat.
Bunday boshqaruv vositalari (regulyatorlari) qatoriga soliqlar, tariflar, jarima
sanksiyalari, kreditlar, investitsiyalar va litsenziyalar kiradi. Iqtisodiy boshqaruv
mexanizmining asosiga quyidagi iqtisodiy tamoyillar qo‘yilishi kerak:
- hududdagi aholi va xo‘jalik komplekslarining yuklarni tashishga bo‘lgan
obyektiv talabini to‘liq qondirish;
- transport yegalari va xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar iqtisodiy manfaatlari
tengligi;
- tovarlar harakatining pirovard natijasi uchun o‘zaro moddiy javobgarlik;
- moddiy oqimlar harakatlanish jarayoni qatnashchilari iqtisodiy ahvolining
ishning oxirgi (pirovard) natijasiga bevosita bog‘liqligi;
- shartnoma munosabatlari asocida transport vositalarining yegalari bilan
xizmat ko‘rsatiluvchi mijozlar hamkorligining teng huquqliligi;
- transportdan foydalanishning maksimal darajada qulayligi, keng doirada
xizmatlar ko‘rsatish, mijozlarni ularga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilish.
Ko‘rib chiqilgan logistik konsepsiyalar asosida o‘z ichiga transport,
omborxona va yekspeditsiya xizmatlari ko‘rsatishni olgan kompleks tizimni yaratish
ayniqsa istiqbollidir. Bunday tizimlarning asosi zamonaviy, xalqaro standartlarga
javob beruvchi, yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, ko‘p turdagi maqsadlarga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
209
xizmat qiluvchi va keng xizmat ko‘rsatish kompleksiga yega yuklarni to‘plovchi va
qayta ishlovchi terminal komplekslari bo‘lishi kerak. Xulosa sifatida ta’kidlash
lozimki, iqtisodiyot globallashuvi sharoitida samarali logistika markazlarini tashkil
yetish va ularning samarali faoliyatini muvofiqlashtirish, tartibga solish muhim
ahamiyatga yega bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish hamda
innovatsion iqtisodiyot tuzilmasini shakllantirish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Shanazarova, N. B. (2022). THE IMPORTANCE OF INVESTMENT ACTIVITIES
IN THE RAILWAY TRANSPORT NETWORK IN UZBEKISTAN.
Confrencea
,
6
(6), 216-217.
2. E.A.Soliev, J.R.Qulmuxamedov, F.R.Mirzaev, O.K.Adilov, X.A.Mirgiyasov,
K.M.Nazarov “Transport logistika asoslari” o‘quv qo‘llanma 2013 y
.