Authors

  • Jo’raqulova Mashhura O’rol qizi

Author Biography

  • Jo’raqulova Mashhura O’rol qizi

    O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti,        3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85645

Keywords:

sun’iy intellekt raqamli ta’lim elektron ta’lim axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) masofaviy ta’lim ta’lim texnologiyalari aqlli tizimlar raqamlashtirish innovatsion o‘qitish usullari.

Abstract

Mazkur maqolada sun’iy intellekt tushunchasi va uning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, uni joriy etish jarayonidagi texnik va metodik xususiyatlar, xorijiy hamda mahalliy tajriba asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, SI asosida yaratilgan o‘quv platformalari, elektron ta’lim vositalari, masofaviy ta’lim tizimlarida qo‘llanilishi bo‘yicha aniq misollar keltirilib, bu texnologiyalarning professor-o‘qituvchilar va talabalar faoliyatidagi o‘rni tahlil etiladi. Maqolada sun’iy intellektni ta’limga integratsiya qilishda yuzaga kelayotgan muammolar, ehtimoliy xavf-xatarlar, hamda uning istiqbollari, ya’ni kelajakdagi tutgan o‘rni yuzasidan fikr yuritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

72

SUN’IY INTELLEKT VA UNING TA’LIMDA QO‘LLANILISHI:

IMKONIYATLAR VA XAVFLAR

Jo’raqulova Mashhura O’rol qizi

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 3-

bosqich talabasi

ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada sun’iy intellekt tushunchasi va uning

asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy

ta’lim tizimidagi o‘rni, uni joriy etish jarayonidagi texnik va metodik xususiyatlar,

xorijiy hamda mahalliy tajriba asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, SI asosida

yaratilgan o‘quv platformalari, elektron ta’lim vositalari, masofaviy ta’lim tizimlarida

qo‘llanilishi bo‘yicha aniq misollar keltirilib, bu texnologiyalarning professor-

o‘qituvchilar va talabalar faoliyatidagi o‘rni tahlil etiladi. Maqolada sun’iy intellektni

ta’limga integratsiya qilishda yuzaga kelayotgan muammolar, ehtimoliy xavf-xatarlar,

hamda uning istiqbollari, ya’ni kelajakdagi tutgan o‘rni yuzasidan fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, elektron ta’lim, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), masofaviy ta’lim, ta’lim texnologiyalari, aqlli

tizimlar, raqamlashtirish, innovatsion o‘qitish usullari.

Sun’iy intellekt (SI) — bu informatika fanining muhim yo‘nalishlaridan biri

bo‘lib, u inson aql-idroki va tafakkuriga taqlid qiladigan mashina va dasturiy

ta’minotlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Bugungi globallashgan va raqamlashtirilgan

dunyoda SI texnologiyalari barcha sohalarda keng joriy etilmoqda: ishlab chiqarish,

savdo, sog‘liqni saqlash, logistika, davlat boshqaruvi, xizmat ko‘rsatish, va albatta,

ta’lim sohasida ham o‘z o‘rnini topmoqda. Uning yordamida inson faoliyati

avtomatlashtirilmoqda, samaradorlik ortmoqda, xatoliklar kamaymoqda.

So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda

rivojlanishi bilan sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga

chuqur kirib bormoqda. Mazkur texnologiyalar, ayniqsa, ta’lim sohasida tub


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

73

o‘zgarishlarni yuzaga keltirish salohiyatiga ega bo‘lgan ilg‘or vositalardan biri sifatida

e’tirof etilmoqda. Ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foydalanish o‘quv jarayonini

avtomatlashtirish, shaxsiylashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, bu texnologiyalarni joriy etish turli muammolar va xavflarni ham

yuzaga chiqarishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 17-fevralda qabul

qilingan PQ-4996-sonli qaror orqali SI texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kompleks

chora-tadbirlar belgilab berildi. Ushbu qaror orqali SI sohasidagi faoliyatlar bir tizimga

solindi va rivojlanish uchun zarur muhit yaratildi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030”

strategiyasida esa SI texnologiyalarini keng qo‘llash, raqamli infratuzilmani

rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimini zamon talablari asosida

takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

Ta’lim tizimida SI texnologiyalarini tatbiq etish orqali maktabgacha ta’limdan

tortib, oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bo‘g‘inlarda sifatli, samarali, individual

yondashuvga asoslangan o‘quv jarayonini yaratish imkoni tug‘ildi. Yangi muassasalar

qurilishi, mavjudlarini zamonaviylashtirish va raqamlashtirish SI’ning jadal rivojiga

xizmat qilmoqda.

SI’ning rivojlanishi sun’iy neyron tarmoqlarning chuqurlashuvi, katta

ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlarining kengayishi hamda kompyuter xotira

hajmining ortishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu boisdan, SI kundalik hayotimizga

tobora chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida uning qo‘llanilishi yangi

imkoniyatlar va metodologiyalarni yuzaga keltirmoqda.

Keyingi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi

zamonaviy o‘quv platformalarining shakllanishi va ularning ta’lim tizimiga chuqur

integratsiyalashuviga olib keldi. Bu platformalar nafaqat ta’lim jarayonining

avtomatlashtirilishini ta'minlamoqda, balki shaxsiylashtirilgan o‘rganish, individual

ehtiyojlarga moslashuv va umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faoliyatining samarali tashkil etilishi

va optimallashtirilishida bu vositalar muhim rol o‘ynamoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

74

Masalan,

Khan Academy

platformasi sun’iy intellekt yordamida

o‘quvchilarning bilim darajasini tahlil qilib, ularning ishlagan topshiriqlari asosida

keyingi mashg‘ulotlarni avtomatik ravishda moslashtiradi. Bu, o‘z navbatida, har bir

o‘quvchining o‘ziga xos o‘rganish sur’atini hisobga olgan holda individual

yondashuvni ta’minlaydi (Li & Lalani, 2020).

Coursera

va

edX

kabi MOOC (Massive

Open Online Courses) platformalari ham foydalanuvchilarning o‘quv odatlari va

tajribasini sun’iy intellekt algoritmlari orqali tahlil qilib, ularga mos kurslar va o‘quv

materiallarini tavsiya qiladi (Zawacki-Richter et al., 2019). Til o‘rganish sohasida esa

Duolingo

platformasi foydalanuvchilarning xatolarini real vaqt rejimida aniqlab,

sun’iy intellekt asosida yangi mashqlarni taklif etadi. Bu foydalanuvchining darajasiga

mos tarzda takomillashtirilgan o‘quv jarayonini yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek,

Carnegie Learning

platformasi matematika faniga ixtisoslashgan bo‘lib, "kognitiv

tutor" texnologiyasi yordamida talabalar bilimini tahlil qiladi va zarur pedagogik

yondashuvlarni taklif etadi.

Professor-o‘qituvchilar uchun sun’iy intellekt vositalari bir qator afzalliklarni

taqdim etadi. Avvalo, testlar, insholar va topshiriqlarni avtomatik baholash imkoniyati

orqali vaqt tejaladi va baholashdagi subyektivlik kamayadi (Luckin et al., 2016).

Shuningdek, sun’iy intellekt tizimlari yordamida o‘quvchilarning faolligi, qiyinchilik

darajasi va ilg‘orlik holatlari real vaqt rejimida kuzatilib, o‘quv jarayoni monitoring

qilinadi (Holmes et al., 2019). Bu esa, o‘qituvchiga talabaning individual ehtiyojlariga

mos dars rejalari tuzishda yordam beradi. Sun’iy intellekt asosidagi platformalar

ta’limni shaxsiylashtirish orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi pedagogik aloqani

kuchaytirishga xizmat qilmoqda (Zawacki-Richter et al., 2019).

SI texnologiyalari o‘quv jarayonida bir qator yangiliklarni olib kirmoqda.

Avvalo, u o‘quvchilarning qanday o‘rganishini tahlil qiladi va shu asosda individual

o‘quv yo‘llarini belgilash imkonini beradi. Bu esa ta’lim jarayonini

shaxsiylashtirishga, har bir o‘quvchi ehtiyojiga moslashtirishga xizmat qiladi.

O‘qituvchi SI yordamida o‘quvchilarning bilim darajasi va o‘zlashtirishini real vaqt

rejimida kuzatib borishi, baholashi va shunga ko‘ra ta’lim strategiyasini o‘zgartirishi

mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

75

Shuningdek, SI asosida yaratilgan o‘quv dasturlari, virtual assistentlar va o‘quv

platformalari darsdan tashqari vaqtda ham talabalarga bilim olish imkonini beradi.

Masalan, SI yordamida ishlaydigan tizimlar dars davomida o‘qituvchi rolini, darsdan

keyin esa repetitorlik vazifasini bajara oladi.

Bunday tizimlar orqali o‘qituvchilar vaqtni tejab, ko‘proq amaliy va ijodiy

ishlarga e’tibor qaratishlari mumkin. Baholash tizimi avtomatlashtiriladi,

o‘quvchilarning faoliyati tezkor va adolatli tarzda tahlil qilinadi. Bundan tashqari,

raqamli sinflar, gibrid ta’lim muhitlari va ijtimoiy platformalar orqali ota-onalar,

o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi aloqa mustahkamlanadi.

Sun'iy intellekt texnologiyalari ta’limda shaxsiylashtirilgan yondashuvni

amalga oshirishga imkon beradi. Bu orqali talaba o‘zining individual o‘rganish tezligi

va uslubiga mos ravishda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yagona o‘quv dasturi

bo‘yicha o‘qitish tizimi o‘rniga, talabalarning xohish va ehtiyojlariga moslashtirilgan,

interaktiv va shaxsiylashtirilgan ta’lim berilishi mumkin (Luckin et al., 2016).

Masalan, IBM ning Watson Education tizimi o‘quvchilarga o‘rganish jarayonida

yordam beradi, ularning individual xatoliklarini aniqlaydi va o‘quvchi uchun to‘g‘ri

yo‘lni tanlashga yordam beradi.

Bundan tashqari, sun’iy intellekt o‘qituvchilarni kasbiy rivojlanishiga ham

yordam beradi. O‘qituvchilar SI yordamida o‘quvchilarning bilim darajasini avtomatik

baholash, natijalarga asoslangan tarzda ta’lim dasturlarini ishlab chiqish imkoniga ega

bo‘ladilar. Bu jarayon o‘qituvchilarning vaqtini tejaydi va ta’lim jarayoniga yangi

innovatsion yondashuvlar qo‘shadi.

Biroq, SI’ning joriy etilishi bilan birga ayrim xavotirli jihatlar ham yuzaga

chiqmoqda. Avvalo, bu texnologiyalar arzon emas, ularni yaratish va joriy etish katta

mablag‘ talab qiladi. SI ba’zi kasblarning qisqarishiga olib kelishi, ishsizlik

darajasining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi dolzarb masaladir. SI

tizimlari katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘adi va tahlil qiladi. Agar bu ma’lumotlar

noto‘g‘ri qo‘llarga tushsa, o‘quvchilar yoki o‘qituvchilarning shaxsiy hayotiga jiddiy

tahdid tug‘iladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

76

Yana bir muammo — SI algoritmlarining tarafkash qarorlar chiqarishi. Agar

algoritmlar noto‘g‘ri yoki bir tomonlama ma’lumotlar asosida tuzilsa, bu tengsizlikni

kuchaytirishi mumkin. Eng muhimi, SI texnologiyalarining haddan ziyod qo‘llanishi

ta’limni noinsoniylashtirishi, o‘qituvchi-o‘quvchi o‘rtasidagi hissiy aloqa va

motivatsiyani susaytirishi mumkin.

Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim sohasiga joriy etilishi o‘quv

jarayonini sezilarli darajada takomillashtirishi mumkin bo‘lsa-da, bu jarayon bir qator

muhim xavf va ehtimoliy cheklovlarni ham yuzaga keltiradi. Xususan, axloqiy,

ijtimoiy va texnik xavflar AIEd (ta’limda sun’iy intellekt) dan foydalanishda muhim

e’tibor talab etadi.

Sun’iy intellekt tizimlari ko‘pincha katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlar bilan

ishlaydi. Ta’lim tizimlarida bu o‘quvchilar va o‘qituvchilarning shaxsiy, akademik va

ba’zan psixologik ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi. Agar bu ma’lumotlar yetarli

darajada himoyalanmasa, ularning oshkor bo‘lishi yoki noqonuniy foydalanilishi

ehtimoli mavjud (Popenici & Kerr, 2017). Shu sababli, AI asosidagi ta’lim

platformalarida kuchli ma’lumotlarni himoyalash protokollari zarur bo‘ladi.

AI tizimlari insonlar tomonidan yaratilgan ma’lumotlar asosida o‘rganadi.

Agar bu ma’lumotlar tarafkash yoki noto‘g‘ri bo‘lsa, sun’iy intellekt ham noto‘g‘ri

qarorlar qabul qilishi mumkin. Masalan, ayrim algoritmlar jins, irq yoki ijtimoiy

holatga ko‘ra diskriminatsion baholashlarga olib kelishi mumkin (Binns, 2018;

Eubanks, 2018). Ta’limda bunday tarafkashlik o‘quvchilarni adolatsiz ravishda

baholash xavfini tug‘diradi.

AI vositalari o‘quvchilarga shaxsiylashtirilgan ta’lim imkonini berishi mumkin

bo‘lsa-da, bu texnologiyalar o‘qituvchining an’anaviy o‘rnini to‘liq egallay olmaydi.

O‘qituvchining empatiyasi, ijtimoiy o‘zaro ta’siri va motivatsion qo‘llab-quvvatlovi

sun’iy intellekt tizimlari tomonidan takrorlab bo‘lmaydigan jihatlar hisoblanadi. AIga

haddan ortiq ishonish, insoniy aloqaning zaiflashishiga olib kelishi mumkin.

Sun’iy intellekt asosidagi avtomatlashtirilgan o‘rganish platformalari ba’zan

o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini cheklashi mumkin.

O‘quvchilar tayyor javoblar yoki tavsiyalar orqali bilim olishga o‘rgangan hollarda,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

77

ular faol izlanishdan chekinib, passiv ishtirokchiga aylanishi mumkin (Williamson &

Piattoeva, 2021).

Ta’limda sun’iy intellektni keng qo‘llash o‘qituvchilar va boshqa pedagogik

xodimlar orasida ish o‘rinlarining qisqarishi haqida xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

To‘liq avtomatlashtirilgan baholash tizimlari yoki virtual o‘qituvchilar haqiqiy ish

kuchini qisqartirishi mumkin. Bu esa ta’lim muassasalari va jamiyatlar uchun iqtisodiy

va ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt bugungi jamiyatimizda ajralmas

texnologiyaga aylangan. U ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar yaratmoqda, o‘qitish va

o‘rganish jarayonini inqilobiy tarzda o‘zgartirish salohiyatiga ega. Shu bilan birga,

SI’ning axloqiy, ijtimoiy va texnologik xavflarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik

kerak.

Kelajakda ta’lim tizimining muvaffaqiyati, avvalo, ushbu texnologiyalardan

to‘g‘ri foydalanish, SI asosida yaratilgan platformalarni insoniy qadriyatlar bilan

uyg‘unlashtirish va mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Empirik

tadqiqotlar, axloqiy nazorat va huquqiy tartibga solish orqali sun’iy intellektning

ta’limdagi o‘rni barqaror va foydali bo‘lishi mumkin.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.02.2021 y. dagi “Sun’iy intellekt

texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari

to’g’risida”gi PQ-4996-son Qarori (https://lex.uz/docs/-5297046).

2.

Li, C., & Lalani, F. (2020).

The COVID-19 pandemic has changed education forever

.

World Economic Forum.

3.

Zawacki-Richter, O., Bond, M., Marin, V. I., & Gouverneur, F. (2019). Systematic

review of research on artificial intelligence applications in higher education – where

are the educators?

International Journal of Educational Technology in Higher

Education, 16

(1), 1–27.

https://doi.org/10.1186/s41239-019-0171-0

4.

Luckin, R., Holmes, W., Griffiths, M., & Forcier, L. B. (2016).

Intelligence

unleashed:

An

argument

for

AI

in

education

.

Pearson

Education.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

78

https://www.pearson.com/content/dam/one-dot-com/one-dot-com/global/Files/about-

pearson/innovation/open-ideas/Intelligence-Unleashed-Publication.pdf

5.

Popenici, S. A. D., & Kerr, S. (2017). Exploring the impact of artificial intelligence on

teaching and learning in higher education.

Research and Practice in Technology

Enhanced Learning, 12

(1), 1–13.

https://doi.org/10.1186/s41039-017-0062-8

6.

Binns, R. (2018).

Fairness in machine learning: Lessons from political philosophy

.

Proceedings of the 2018 Conference on Fairness, Accountability and Transparency,

149–159. https://dl.acm.org/doi/10.1145/3287560.3287583

Eubanks, V. (2018).

Automating inequality: How high-tech tools profile, police, and

punish the poor

. St. Martin’s Press.

7.

Williamson, B., & Piattoeva, N. (2021). Objectivity as standardization in data-

scientific education policy, technology and governance.

Learning, Media and

Technology, 46

(1), 1–16.

https://doi.org/10.1080/17439884.2020.1859648