MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
332
DISKURS VA PARALINGVISTIKA: TIL VA NOVERBAL
ELEMENTLAR UYG’UNLIGI
Mirzakamolova Madina Maxamatmusayevna
Andijon davlat chet tillari instituti
mirzakamolovam@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada paralingvistika va diskurs o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘
liqlik tahlil qilinadi. Paralingvistika – bu til vositalariga hamroh bo‘luvchi
noverbal elementlarni o‘rganuvchi fan bo‘lib, diskurs esa nutqning ijtimoiy va
madaniy kontekstda shakllanishini va qo‘llanishini tahlil qiladi. Maqolada
paralingvistik vositalarning turlari, ularning diskursdagi roli, turli madaniyatlarda
qanday namoyon bo‘lishi va ularning ta’sirchanligi haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Shuningdek, turli tillarda paralingvistika va diskurs o‘rtasidagi munosabatlar
o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:paralingvistika, diskurs, verbal kommunikatsiya, noverbal
vositalar,
intonatsiya,
mimika,
jestlar,
proksemika,
kognitivtilshunoslik,
psixolingvistika.
Kirish.
Zamonaviy tilshunoslikda paralingvistika va diskurs tushunchalari
inson
muloqotining muhim tarkibiy qismi sifatida o‘rganiladi. Verbal muloqot
jarayonida faqat so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi emas, balki ularning qanday aytilish
tarzi, ovoz balandligi, intonatsiya, mimika va jestlar ham muhim rol o‘ynaydi. Bunday
paralingvistik elementalar orqali xabarni aniqroq, ta’sirchanroq va ishonchli tarzda
yetkazish mumkin. Diskurs esa tilning muloqot jarayonida qanday shakllanishi,
kontekstdagi dinamikasi va uning ijtimoiy hamda madaniy omillar bilan bog‘liqligini
o‘rganad.
1
Bunda paralingvistika diskursning muhim qismi bo‘lib, u nutqning
ma’nosini aniqlashda va uning qabul qilinishida muhim ahamiyatga
1
.
Gumperz, J. J. Discourse Strategies. Cambridge University Press
.
. (1982).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
333
ega.Paralingvistika turli madaniyatlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan, g‘arb
mamlakatlarida faol jestlar va baland ovozda so‘zlash normal holat hisoblansa, sharq
xalqlarida yumshoq nutq va kamharakatli mimika afzalroq ko‘riladi. Bu madaniy
farqlar paralingvistika va diskursni tadqiq etish zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada
paralingvistika va diskurs o‘rtasidagi bog‘liqlik, ularning muloqot jarayonidagi
ahamiyati, turli madaniy kontekstlardagi namoyon bo‘lishi va ularni tadqiq etish
usullari batafsil ko‘rib chiqiladi.
Metodologiya
.Paralingvistika va diskurs o‘rtasidagi munosabatni tahlil qilish
uchun bir nechta metodologik yondashuvlardan foydalanildi. Bular kognitiv
tilshunoslik, psixolingvistika, korpus tahlil va muqoisaviy tadqiqot usullaridir.
Kognitiv tilshunoslik paralingvistik vositalar va ularning ma’no hosil qilish
jarayonidagi rolini o‘rganadi. Ayniqsa, intonatsiya, mimika, proksemika (masofa
saqlash) va kinesika (jestlar) kabi paralingvistik elementlar qanday qilib inson
tafakkuri orqali interpretatsiya qilinishi tahlil qilinadi
2
.Shuningdek, psixolingvistika
paralingvistik vositalar orqali emotsiyalarning uzatilishi va qabul qilinishi, ularning
inson ongida qanday ishlovdan o‘tishiga e’tibor qaratadi
3
. Bunda maxsus
eksperimental tadqiqotlar va audio-vizual kuzatishlardan foydalaniladi. Yana bir
tahlillardan biri korpus tahlildir. Korpus tahlil yordamida turli tillardagi nutqiy
korpuslar tekshiriladi. Masalan, ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi muloqotlarda
paralingvistik vositalarning qo‘llanilishiga oid audio va video materiallar tahlil qilindi.
Tahlil uchun CALLHOME (ingliztilida), Multimodal korporatsiyalar (rus tilida),
hamda o‘zbek tilidagi nutqiy materiallar ishlatildi. Turli madaniy muhitlarda
paralingvistik vositalarning farqli qo‘llanilishi ham muhokama qilindi. Masalan, G‘arb
va Sharq madaniyatlaridagi paralingvistika tahlil qilindi. Bunday yondashuvlar orqali
paralingvistik vositalarning diskursdagi o‘rni va ta’sirini chuqur o‘rganishga imkon
yaratildi.
2
Johnson, K. (2003). Acoustic and Auditory Phonetics.Wil
ey-Blackwell.
3
Ekman, P., & Friesen, W. V. The Repertoire of Nonverbal Behavior. (1969).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
334
Muhokama.
Paralingvistika – bu verbal nutqka hamroh bo‘ladigan
qo‘shimcha vositalar tizimi bo‘lib, muloqot jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi
4
.
Paralingvistikaga quyidagi vositalar kiradi:
Fonetik paralingvistika:
ovoz balandligi, tembri, tezligi, intonatsiya.
Kinesika:
mimika, jestlar, bosh harakatlari.
Proksemika:
muloqotdagi masofa va joylashuv.
Xronemika:
vaqtni boshqarish, pauzalar va intizorlik.
Bu vositalar inson his-tuyg‘ularini ifodalashda va xabarni to‘g‘ri qabul
qilinishida muhim rol o‘ynaydi.
Diskurs – bu nutqning ijtimoiy va madaniy kontekstda shakllanishi va
ishlatilish jarayoni. U quyidagi jihatlar orqali paralingvistika bilan uzviy bog‘liq:
Ekspressivlik: paralingvistik vositalar diskursning emotsional tusini
kuchaytiradi. Ishonch va ta’sirchanlik: notiq paralingvistik vositalardan foydalanib,
ma’lumotni ta’sirchanroq yetkazishi mumkin
5
.Bunga misollarni badiiy asarlardan
ko‘rishimiz mumkin. Masalan:
O‘zbek tilida
- “Kumush past ovozda, titrab gapira boshladi. Ko‘zlari yoshga
to‘lgan edi.”( Abdulla Qodiriy- “O‘tkan kunlar”). Past ovoz, titrash va ko‘zyoshi-
paralingvistik elementlardir. Shu holat Kumushning qayg’u va qo‘rquv hissini
diskursda namoyon qiladi.
Rus tilida
- “Онегин, я вас любил в молодости.” (A.Pushkin-“Yevgeniy
Onegin” ) . Ijtimoiy me’yorlarni tanqid qilish uchun qo‘llanadi.
Ingliz tilida -
“ To be or not to be, that is the question.” (William Shakespeare-
“Hamlet”) Bu monologning ta’sir ohangi pauza va intonatsiyaga bog’liq. Gamletning
ichki iztirobi, shubhalari va falsafiy mulohazalari ovozning titroqli, sekin va chuqur
bo‘lishi orqali ifodalanadi. Paralingvistik elementlar (masalan, ovoz balandligi yoki
pauzalar) diskursning ma’nosini kuchaytirib, uni falsafiy va emotsional jihatdan
chuqurroq qiladi hamda diskursning ma’no qatlamlarini ochib, Gamletning ruhiy
holatini o‘quvchiga yetkazadi.
4
Categories, Origins, Usage, and Coding. Semiotica
5
Nurmonov N. A. O’zbek tilining paralingvistik vositalari. – Andijon. 1980
-
yil.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
335
Madaniy omillar: diskurs va paralingvistika madaniyatga qarab turlicha
namoyon bo‘ladi. Bunday jihatlar diskursni to‘g‘ri tushunish va tahlil qilishda
paralingvistikaning o‘rnini yanada oshiradi. G‘arb va Sharq madaniyatlarida
paralingvistika turlicha namoyon bo‘ladi: Bunday madaniy farqlar tilshunoslik va
diskurs tahlillarida hisobga olinishi zarur. Psixolingvistika nuqtayi nazaridan,
paralingvistika quyidagi jarayonlarga ta’sir qiladi:
Emotsional signallar: inson nutqidagi ton, intonatsiya va pauzalar orqali his-
tuyg‘ularni anglatadi.
Nutq qabul qilinishi: paralingvistik elementlar yordamida gap ma’nosini to‘g‘ri
tushunish osonlashadi.
Verbal va noverbal aloqa uyg‘unligi: agar gapirish tarzi va mimika bir-biriga
mos kelmasa, nutq noto‘g‘ri qabul qilinishi mumkin. Bu paralingvistika va
psixolingvistika o‘rtasidagi muhim bog‘liqlikni ko‘rsatadi
6
.
Zamonaviy tilshunoslikda paralingvistika va diskursni o‘rganish uchun bir
nechta ilmiy metodlar ishlatiladi. Ular quyidagi asosiy yondashuvlarga tayanadi:
1. Korpus tahlili. Korpus lingvistikasi nutqdagi paralingvistik vositalarning
chastotasi va ularning qo‘llanilishi haqida ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Masalan,
CALLHOME korpusi (ingliz tilida) va Multimodal korporatsiyalari (rus tilida)
yordamida intonatsiya, pauzalar va emotsiyalarning muloqotdagi rolini tahlil qilish
mumkin.Misol tariqasida keltirishimiz mumkinki, ingliz tilida “Well…”so‘zi
ko‘pincha pauza bilan birga ishlatilganda ikkilanish yoki mulohaza belgisi sifatida
qabul qilinadi.O‘zbek tilida “Hmm...” kabi tovushlar muloqotda tasdiqlash yoki fikr
yuritish shakli sifatida ishlatiladi
7
. Kognitiv tilshunoslik paralingvistik vositalar orqali
berilgan ma’nolarning inson tafakkurida qanday qayta ishlanishini o‘rganadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, axborotni qabul qilishda 7% verbal, 38% vokal (intonatsiya va
tovush xususiyatlari) va 55% no-verbal (mimika, jestlar) omillariga bog‘liqdir. Bunga
ushbu holatni misol qilib keltirishimiz mumkin. Agar biror kishi “Men yaxshiman”
desa, lekin uning ovozida pasayish va sustlik bo‘lsa, bu insonning aslida charchaganini
6
Mehrabian, A. Silent Messages. Wadsworth. (1971).
7
Nurmonov.Tanlangan asaralar,3 jildlik.Toshkent, 2001-yil
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
336
yoki qayg‘uda ekanini ko‘rsatishi mumkin.Sharq madaniyatida hurmat ko‘rsatish
uchun past tovushda gapirish normal holat hisoblansa, g‘arbda bu ishonchsizlik belgisi
sifatida qabul qilinishi mumkin
8
.
Fonetik tadqiqotlar paralingvistik elementlarni aniqlash va ularning ta’sirini
o‘lchashda qo‘llaniladi. Bunda maxsus sonogramma, spectral tahlil va boshqa
laboratoriya metodlaridan foydalaniladi. Turli tillardagi intonatsiya modellarini
solishtirish bunga yaqqol dalil bo’la oladi.Masalan, rus tilidagi savol shakli oxiri
ko‘tarilgan intonatsiya bilan ifodalansa, o‘zbek tilida bu ko‘proq kontekst orqali
belgilanadi
9
.
Inson muloqotida paralingvistika his-tuyg‘ularni uzatishda muhim rol
o‘ynaydi. Bu jarayon tilshunoslik va psixolingvistika nuqtayi nazaridan muhim
tadqiqot obyektlari asosiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Paralingvistik
vositalarning qo‘llanilishi nutq kontekstiga bog‘liq. Masalan, rasmiy muloqotda,
rasmiy chiqishlarda intonatsiya va pauzalarga katta e’tibor beriladi. Norasmiy
muloqotda esa oddiy suhbatlarda ovozning balandligi va mimika katta rol o‘ynaydi.
Kino va teatrda bo’lsa, paralingvistika orqali personajning kayfiyati va xarakterini
tushunish osonlashadi.Masalan, agar kino filmda qahramon jim turib, terisini tirnasa,
bu uning xavotirda ekanini ko‘rsatadi, hatto u so‘zlamasa ham.
Xulosa.
Paralingvistika va diskurs bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, muloqot
jarayonidagi ma’no va his-tuyg‘ularni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Verbal
nutqning ta’siri 100% faqat so‘zlarga bog‘liq emas, balki intonatsiya, ovoz balandligi,
pauzalar, jestlar, mimika va proksemika kabi paralingvistik vositalar ham katta
ahamiyatga ega.Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki:diskursning ekspressivligi
paralingvistik vositalar orqali oshadi.Madaniy kontekst paralingvistikaga ta’sir qiladi
va bu esa turli xalqlar nutqining turlicha qabul qilinishiga olib keladi.
Zamonaviy tilshunoslikda korpus tahlili, kognitiv yondashuv va psixolingvistik
tadqiqotlar paralingvistik vositalarni chuqur o‘rganish imkonini beradi va buning
8
Nurmonov N. A. O’zbek tilining paralingvistik vositalari. – Andijon. 1980
yil.
9
Nurmonov N. A. O’zbek tilining paralingvistik vositalari. – Andijon. 1980
yil.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
337
uchun multimodal tahlil, madaniyatlararo paralingvistika va nutqiy texnologiyalarda
qo’llash usullarida chuqurroq tadqiqotlar olib borilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Categories, Origins, Usage, and Coding. Semiotica
2.Ekman, P., & Friesen, W. V. (1969). The Repertoire of Nonverbal Behavior.
3.Gumperz, J. J. (1982). Discourse Strategies. Cambridge University Press.
4.Hall, E. T. (1966). The Hidden Dimension. New York: Doubleday
5.Hofstede, G. (2001). Culture's Consequences: Comparing Values, Behaviors,
Institutions, and Organizations Across Nations. Sage Publications.
6. Johnson, K. (2003). Acoustic and Auditory Phonetics.Wiley-Blackwell.
7.Mehrabian, A. (1971). Silent Messages. Wadsworth.
8.Nurmonov N. A. O’zbek tilining paralingvistik vositalari. – Andijon. 1980
yil.
9. Nurmonov.Tanlangan asaralar,3 jildlik.Toshkent, 2001-yil