TURIZM SEKTORINING TURKIYA IQTISODIYOTIGA KO’RSATGAN TA’SIRI

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Gulimmatov Humoyun Javlonbek o’g’li. (2025). TURIZM SEKTORINING TURKIYA IQTISODIYOTIGA KO’RSATGAN TA’SIRI. Modern Education and Development, 25(4), 338–343. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/mead/article/view/86559
Gulimmatov Humoyun Javlonbek o’g’li

University of world economy and diplomacy (UWED)

Tashkent, Uzbekistan

xumoyungulimmatov@gmail.com

0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Turizm sanoati mamlakat iqtisodiy o'sishiga  boshqa sohalarga qaraganda samarali ta'sir ko'rsatadigan eng yaxshi soha hisoblanadi. Turizm sanoati orqali iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy usul bo’lganligi sababli Turkiya davlati o’z turizm sohasiga katta e’tibor qaratdi va rivojlantirdi. G’arb va Sharqni bog’lovchi Turkiya o’zining betakror tabiati, geografik joylashuvi, madaniyati va tarixi orqali turizm sohasini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega. Lekin, ba’zi hal qilinishi kutilayotgan muammolar sabali mamlakat turizm sohasi bir qancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ushbu maqolada turizm sanoatining Turkiya davlat iqtisodiyotiga ta’siri, bir qancha muammolar tahlil qilinadi va ushbu sohaning hozirgi holatini yanada yaxshilash uchun bir qator yechimlar taklif qilinadi.

Similar Articles


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

338

TURIZM SEKTORINING TURKIYA IQTISODIYOTIGA

KO’RSATGAN TA’SIRI

Gulimmatov Humoyun Javlonbek o’g’li

University of world economy and diplomacy (UWED)

Tashkent, Uzbekistan

xumoyungulimmatov@gmail.com

Anotatsiya: Turizm sanoati mamlakat iqtisodiy o'sishiga boshqa sohalarga

qaraganda samarali ta'sir ko'rsatadigan eng yaxshi soha hisoblanadi. Turizm sanoati

orqali iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy usul bo’lganligi sababli Turkiya davlati o’z

turizm sohasiga katta e’tibor qaratdi va rivojlantirdi. G’arb va Sharqni bog’lovchi

Turkiya o’zining betakror tabiati, geografik joylashuvi, madaniyati va tarixi orqali

turizm sohasini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega. Lekin, ba’zi hal qilinishi

kutilayotgan muammolar sabali mamlakat turizm sohasi bir qancha qiyinchiliklarga

duch kelmoqda. Ushbu maqolada turizm sanoatining Turkiya davlat iqtisodiyotiga

ta’siri, bir qancha muammolar tahlil qilinadi va ushbu sohaning hozirgi holatini

yanada yaxshilash uchun bir qator yechimlar taklif qilinadi.

Tayanch so’zlar: turizmdan daromad, turizm muammolari, turizm

eksporti

Abstract: The tourism industry is the best sector that has an effective impact on

the country's economic growth compared to other sectors. Since the development of

the economy through the tourism industry is the main method, the Turkish state has

paid great attention to and developed its tourism sector. Connecting the West and the

East, Turkey has the opportunity to further develop the tourism sector through its

unique nature, geographical location, culture and history. However, the country's

tourism sector is facing a number of difficulties due to some problems that are yet to

be solved. This article analyzes the impact of the tourism industry on the Turkish state

economy, several problems, and proposes a number of solutions to further improve the

current state of this sector.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

339

Keywords: tourism revenue, problems of tourism, tourism export

Аннотация: Туристическая индустрия является лучшим сектором,

который оказывает эффективное влияние на экономический рост страны по

сравнению с другими секторами. Поскольку развитие экономики через

туристическую индустрию является основным методом, турецкое государство

уделяло большое внимание и развивало свой туристический сектор. Соединяя

Запад и Восток, Турция имеет возможность дальнейшего развития

туристического сектора благодаря своей уникальной природе, географическому

положению, культуре и истории. Однако туристический сектор страны

сталкивается с рядом трудностей из-за некоторых проблем, которые еще

предстоит решить. В этой статье анализируется влияние туристической

индустрии на экономику турецкого государства, ряд проблем и предлагается

ряд решений для дальнейшего улучшения текущего состояния этого сектора.

Ключевые слова: доходы от туризма, проблемы туризма, экспорт

туризма

Kirish:

Turkiya o'zining geografik joylashuvi, xususan, G’arb va Sharqni bir-

biriga bog’lovchi ko’prik bo’lganligi va o’zining go’zal tabiati sababli boshqa

mamlakatlarga qaraganda turizm sohasini yanada rivojlantirishda ko'proq

imkoniyatlarga ega deb hisoblanadi. XX asrdan boshlab xalqaro turizmning

rivojlanishi tufayli sohilbo’yi dam olish maskanlari ham rivojlana boshladi. Turkiya

o'zining noyob tabiati, boy tarixi va yuqori darajada rivojlangan dengiz turizmi sanoati

bilan ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun yangi strategiyalarni ishlab chiqishga

doimo katta e'tibor qaratadi. 2023-yilda Turkiya turizm sohasida dunyo mamlakatlari

orasida 6-oʻrinni egalladi

1

. Biroq hozirda turizm sohasining yaxshi rivojlanishiga

to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar mavjud bo‘lib, hukumat ularni aniq

strategiyalar orqali hal qilishi kerak. Ushbu maqola Turkiya turizm sanoatini tahlil

qilib, turizmdan keladigan foyda va zararlarni muhokama qiladi.

1

GoWithGuide

https://gowithguide.com/blog/tourism-in-turkey-statistics-2024-insights-through-numbers-for-

planning-your-trip-5786


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

340

Asosiy qism:

Turkiya davlati turizm sanoati orqali aholisining bandligini

ta’minlash, infratuzilmalarini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikka katta ta’sir

ko’rsatadi. Turizm sanoati mamlakat yalpi ichki mahsulotiga sezilarli darajada ta’sir

ko’rsatganligi sababli dunyo mamlakatlari orasida Turkiya turizm sanoati bo’yicha

eng yaxshi rivojlangan davlatlar qatorida yetakchi o’rinlarda turadi.

Statistik ma’lumotlarg qaraganda, pandemiya sababli turizm sohasining

mamlakat yalpi iichki mahsulotiga qo’shadigan hissasi 2019-yildagi 5,4% dan 2020-

yilda 1,9% ga kamaygan (1-jadval). 2023-yilda pandemiya tugashi natijasida Turkiya

turizmi yaxshilandi va YaIM ga qo’shadigan hissasi 12% ga yetdi.

Jadval-1: Turizm sanoatining Turkiya YaIM ga qo’shadigan hissasi

2017-2023(foizda)

2

Jadval-2: Turkiya turizm sanoatidan oladigan umumiy daromadi 2017-

2023

3

Pandemiyadan oldingi ma’lumotlarga qaraganda, 2019-yilda davlat

2

The global economy

https://www.theglobaleconomy.com/Turkey/international_tourism_revenue_to_GDP/

3

Road Genius

https://roadgenius.com/statistics/tourism/turkey/

0

2

4

6

8

10

12

14

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

Fo

iz

0

10

20

30

40

50

60

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

D

ar

o

mad

(mi

lli

ar

d

d

o

llar

)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

341

turizm eksportidan 42,85 milliaard dollar daromad olgan. Lekin COVID-19

pandemiyasi turizm sanoatiga sezilarli ta’sir ko’rsatganli sababli pandemiya paytida

ya’ni 2020-yilda 15,17 milliard dollar daromad olgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra,

davlat turizmdan 55,87 milliard dollar daromad olgan va bu pandemiyadan keyin

turizm sanoati qayta tiklanishidir.

Muammolar va yechimlar

Turkiya turizmning ijobiy tomonlari orqali o’ziga sayyohlarni jalb

qilishga harakat qilayotgan bir paytda ba’zi salbiy jihatlar sabbali qiyinchilikka duch

kelmoqda. Asosiy muammolarga quyidagilar kiradi:

1.Mavsumiylik muammosi

Turkiya turizm sohasi, asosan, dengiz kurortlari yoz oylariga moslashganligi

uchun qish faslida sayyohlar kamayib ketadi va shu yerdagi mehmonxonalar va boshqa

turizm obyektlarining daromadiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

2. Atrof-muhitga zarari

Turistik hududlarda sayyohlar oqimi tufayli atrof-muhitga katta salbiy ta’sir

ko’rsatilmoqda. Natijada, bu uzoq muddatda turizm sohasi pasayishiga olib keladi.

3. Madaniy va tarixiy merosning yo’q bo’lib ketish xavfi

Turkiya davlatida tarixiy va madaniy meroslar tijorat uchun foydalanishmoqda

va bu sayyohlar tomonidan ularga zarar yetkazilishi natijasida madaniy va tarixiy

merosning yo’q bo’lib ketishi mumkin.

4. Sayyohlar xavfsizligi

Oxirgi yillarda siyosiy, tabiiy notinchliklar sayyohlar xavfsizligiga tahdid

solgan, Shu sababli, turizm sanoatiga ya’ni Turkiyaga sayyohlar tashrif buyurushiga

salbiy ta’sir ko’rsatgan.

Turkiya turizm sanoatining pasayish ehtimolligi borligi sababli mamlakat

bu muammolarning oldini olish uchun bir qancha choralar ham ko’rmoqda.

1.Turizmni rivojlantirish strategiyasi

Turkiya Madaniyat va Turizm vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “

Turkiya

Turizm Strategiyasi-2023

4

da mamlakat turizm sohasini yanada takomillashtirish

4

https://uz.eturbonews.com/turkiye-tourism-strategy-unveiled-for-next-5-years/


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

342

rejalarini bayon qilgan. Ushbu strategiyada turizmni diversifikatsiyalash ya’ni faqat

plyaj emas, balki madaniy, eco-turizmlarni ham rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.

2.Raqamli markting va brend yaratish

“GoTurkey.com” va “Turkish Riviera” kabi platformalarda reklamalarni

oshirish orqali sayyohlarni jalb qilishni oshirish.

Turkiyaga tashrif buyuruvchilar sonini yanada orttirish va turizm sanoatini

rivojlantirish uchun muallif quyidagi takliflarni beradi:

1.Barqaror turizm oqimi

Turkiya faqat mavsumiy turizm bilan chegaralanib qolmasdan qishki turizmni

ham rivojlantirishga kerak. Bunga har xil qishki sport o’yinlarini tashkil etish bilan

erishishi mumkin.

2. Atrof-muhitni asrash

Turkiya reklamalarida katta e’tibor berishi va uni yorqin tasvirlash orqali

sayyohlarni atrof-muhitni asrashga jalb qila oladi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, turizm sohasi Turkiya YaIMiga katta tasir

ko’rsatmoqada va bu sohani yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega. Shuningdek,

pandemiya sababli sohada kuzatilgan pasayishni qayta tiklash va muammolarni

bartaraf etish uchun “

Turkiya Turizm Strategiyasi-2023

” ni amalga oshirmoqda.

Turizm sanoatni diversifikatsiya qilish, atrof-muhitni asrash, barqaror turizm oqimi

orqai mamlakat turizm sanoatini yanada rivojlantirishi va u orqali davlat iqtisodiyotiga

turizmdan oladigan daromad ta’sirini yanada orttirishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Omonjon Umarov and Parizoda Mirboboyeva Umidjon qizi (2023) “MADANIY

MEROS

TURIZMI:

ASOSIY

TENDENSIYALAR,

RIVOJLANISH

VA

MUAMMOLAR (OʻZBEKISTON VA TURKIYA MISOLIDA)”,

QO‘QON

UNIVERSITETI XABARNOMASI

, 8(8), pp. 78–80. doi: 10.54613/ku.v8i8.809.

2.

Timothy, D.J. (ed.) (2018)

Cultural Heritage and Tourism

. Cham: Springer.

Available at:

https://doi.org/10.1007/978-3-319-91692-7


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

343

3.

Mengu, C. (2018) ‘Approaches on the future of Turkey tourism in 2023’,

European Journal of Educational and Social Sciences

, 3(2), pp. 164–184. Available

at:

https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/566057

Statistik ma’lumotlar va manbalar:

4.

eTurboNews

, 31 January. Available at:

https://uz.eturbonews.com/turkiye-

tourism-strategy-unveiled-for-next-5-years/

5.

TheGlobalEconomy.com

(2020)

Turkey: International tourism revenue,

percent

of

GDP

.

Available

at:

https://www.theglobaleconomy.com/Turkey/international_tourism_revenue_to_GDP/

6.

Road Genius

(2023)

Turkey Tourism Statistics - How Many Tourists Visit?

.

Available at:

https://roadgenius.com/statistics/tourism/turkey/

7.

Republic of Türkiye Ministry of Culture and Tourism (n.d.)

Tourism Receipts

and Expenditures

. Available at:

https://www.ktb.gov.tr/EN-249307/tourism-receipts-

and-expenditures.html