MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
138
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING QOTILLIK
JINOYATLARINING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINI TASHKIL
ETISH FAOLIYATI
O`zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi 309-guruh kursanti
Najmiddinova Marjona
Annotatsiya:O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda profilaktika
inspektorlari tomonidan jinoyatlarni oldini olish hamda uning kelib chiqish sabablari
hamda unga imkon bergan shart sharoitlarni bartaraf etish bo’yicha bir qancha ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi kuni” deb belgilanishi, mahalla yettiligining tashkil etilishi va ular bilan
hamkorlik asosida mahallalardagi huquqbuzarliklarni oldini olish hamda
jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali mexanizmi ishlab chiqilishi va
amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida respublikamizdagi kriminogen vaziyatga ijobiy
ta`sir o`tkazib kelinmoqda.
Tayanch so`zlar:Profilaktika inspektori, qotillik, viktimologik profilaktika,
jabrlanuvchi, hamkorlik, kriminogen vaziyat, profilaktik chora tadbirlar,
Hozirgi kunda butun dunyoda insonning hayoti va sog’lig’iga qarshi sodir
etilayotgan jinoyatlar soni ko’pligini kuzatishimiz mumkin. Bizning O’zbekiston
Respublikamizda bu borada bir qancha islohotlar va o’zgarishlar amalga oshirilganligi
natijasida bu kabi jinoyatlarning bir qancha kamayganini guvohi bo’lishimiz
mumkin.Lekin shunga qaramasdan bu kabi jinoyatlar hozirgacha ham sodir
etilayotganligi holatlari uchrab turibdi. Ana shunday jinoyatlardan biri bu insonning
hayotiga qarshi qaratilgan qotillik jinoyatidir.
Qotillik jinoyatlari bu inson hayotiga tahdid soluvchi, jamiyatni eng og‘ir
zararlantiruvchi jinoyatlardan biri hisoblanadi. Ular nafaqat o‘sha voqeaga bevosita
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
139
aloqador bo‘lgan shaxslarning hayotini, balki jamiyatning umumiy xavfsizligini,
barqarorligini va axloqiy fazilatlarini jiddiy ravishda buzadi. Shu sababli, qotillik
jinoyatlarini oldini olish va ularning profilaktikasi dolzarb masala hisoblanadi.Lekin
hozirgi kunda yana bir masala chetda qolayotgan bo’lib, bu qotillik jinoyatlarining
viktimologik profilaktikasini amalga oshirishdir.Qotillik jinoyatlarining sodir etilishini
kamaytirishda undan jabrlanish ehtimoli yuqori shaxslarga nisbatan viktimologik
profilaktikani amalga oshirish ham o’zini yuqori darajada samarasini berishi mumkin.
Viktimologik profilaktikani amalga oshirishda albatta profilaktika inspektorlarining
roli juda kattadir.Ushbu maqolada, profilaktika inspektorining qotillik jinoyatlari
viktimologik profilaktikasini tashkil etishdagi rolini tahlil qilamiz.
Viktimologiya – jinoyatning qurbonlari va ularga nisbatan sodir etilgan
jinoyatlar haqida ilmiy izlanishlar olib boruvchi soha hisoblanadi. Viktimologik
profilaktika esa, jinoyatlarning oldini olish va qurbonlarning huquqlarini himoya
qilishga qaratilgan faoliyatni anglatadi. Profilaktika inspektorlarining vazifasi
shundaki, ular potentsial qurbonlar va jinoyatchilar o‘rtasidagi aloqalarni aniqlab,
jinoyatchilikni kamaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Qotillik jinoyatining viktimologik profilaktikasi
-shaxsning hayoti va
sog’lig’iga qarshi huquqbuzarliklardan qurbon bo’lishini taqozo etuvchi sabab,
sharoitlarni bartaraf etish, kuchsizlantirish, ularga to’siqlar qo’yish hamda ushbu
jinoyat qurboni bo’lishga moyil bo’lgan shuningdek kasb, yoshi, jismoniy holati bilan
bog’liq holda viktimligi bo’lgan shaxslarga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini amalga
oshirish jarayoni hamdir.
Ichki ishlar organlari tomonidan qotillik jinoyatini oldini olish faoliyati
profilaktikasi fuqarolarning yoki muayyan shaxslarning hayoti va sog’lig’iga qarshi
huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimolini kamaytirishga yo’naltirilgan hamda ushbu
huquqbuzarliklarnisodir etilishida jabrlanuvchilarning tutgan o’rnini hamda
jabrlanishning sabablari, ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf
etish, shuningdek bu borada targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish orqali jabrlanish
xavfini kamaytirish, ushbu huquqbuzarliklar haqida ma’lumotlar berish, ogohlikka,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
140
xushyorlikka chaqirish hamda xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga
oshirish maqsadida olib boriladi.
Qotillik jinoyatining sodir etilishi sabablari va ularga imkon bergan
sharoitlarni aniqlash davomida Ichki ishlar organi xodimlari viktimogen xususiyatga
ega bo’lgan holatlarga e’tibor berilishi kerak. Bular asosida fuqarolar uchun maxsus
eslatmalar, varaqalar, plakatlar, ishlab chiqiladi. Ularda aynan tan jarohati, odam
o’ldirish, bezorilik va shu kabi jinoyatlarning qurboniga aylanmaslik uchun foydali
maslahatlar beriladi.
Qotillik jinoyatining profilaktik faoliyati umumiy, maxsus va yakka tartibda
amalga oshiriladi.
Qotillik jinoyatining umumiy viktimologik profilaktikasining muhim chorasi
huquqiy targ’ibotdir. Amaliyotda jinoyatlar jabrlanuvchilarning huquqiy bilimlardan
bexabarligi oqibatida sodir etilishi mumkin bo’lgan ko’plab hollarda uchraydi.
Masalan, fuqarolarga zaruriy mudofaaning mohiyatini hamda g’ayriqonuniy
tajovuzlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishidagi ahamiyatini tushuntirib
berish jiddiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Qotillik jinoyatlarining viktimologik profilaktikasi quyidagi asosiy
maqsadlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Qurbonlarning ehtimoliy xavf-xatarlarini aniqlash
: Bu jarayon qotillik
jinoyatlari uchun xavfli omillarni (masalan, oilaviy zo‘ravonlik, alkogol va giyohvand
moddalar iste'moli, shaxsiy nizolar) aniqlashga qaratilgan bo‘lib, profilaktika
inspektori bunday holatlarni oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishi kerak.
2.
Jinoyatchilikning ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik omillarini tahlil
qilish
: Profilaktika inspektorlarining vazifalaridan biri, jinoyatchilikni keltirib
chiqaruvchi sabablarni chuqur o‘rganish va tahlil qilishdir. Bu omillarni aniqlash,
jinoyatni oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
3.
Jamoatchilikni xabardor qilish
: Aholini qotillik jinoyatlari xavfi haqida
ogohlantirish va ularga qanday holatlarda yordam olish mumkinligini tushuntirish juda
muhim. Profilaktika inspektorlari bu maqsadda targ‘ibot ishlarini olib borishi,
seminarlar va treninglar tashkil etishi zarur.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
141
4.
Potentsial qurbonlarga yordam berish
: Oilaviy zo‘ravonlikka uchragan
yoki psixologik bosim ostida bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni himoya qilish uchun
maxsus xizmatlarga yo‘naltirish ham profilaktika inspektorlarining vazifasiga kiradi.
Fuqarolarning o’zlarining noto’g’ri xulqlari hamda qotillik jinoyatining
qurboniga aylangan shaxslar haqidagi ma’lumotlardan foydalanib keng targ’ibot
ishlari olib borish viktimologik jihatdan yaxshi profilaktik samara beradi hamda
fuqarolarning ogohligini oshiradi, ularning o’z xatti-harakatlari va ular muloqotga
kirishayotgan
shaxslarning
xulq-atvoriga
nisbatan
tanqidiy
munosabatda
bo’lishlariga yordam beradi, odamlarning jinoyatchilarni fosh etishda faol
bo’lishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Jumladan: internet axborot saytlari;
fotovitrinalar;
gazeta
va
jurnallardagi
maqolalar;
radioeshittirishlar
va
teleko’rsatuvlarda beriladigan jinoyatchilar harakatlarining usullari haqidagi
ma’lumotlar; u yoki bu hayotiy vaziyatda eng oddiy ehtiyotkorlik qoidalari haqidagi
tavsiyalar va boshqa viktimologik axborotlar; huquqni muhofaza qiluvchi organlar
tomonidan o’tkaziladigan turli tadbirlar, jumladan ma’ruza va davra suhbatlarida
namoyon bo’ladi
1
.
Ichki ishlar organlari xodimlari ma’muriy hududining ijtimoiy-iqtisodiy
kriminogen vaziyatini tahlili asosida mahalla fuqarolar yig’ini, o’zini-o’zi boshqarish
organlari, yarashtirish komissiyalari, tuman hokimiyati qoshidagi ijtimoiy ko’nikma
markazi, bolalar masalalari bo’yicha idoralararo komissiyalari, “Yoshlar Ittifoqi”,
diniy qo’mitalar bilan hamkorlikda aholi o’rtasida, jamoat tashkilotlarida shaxsning
hayoti va sog’lig’iga qarshi huquqbuzarliklar sodir etilishi oqibatida fuqarolarning
jabrlanib qolishini oldini olish mavzusida profilaktik tashviqot-targ’ibot ishlarini
muntazam amalga oshirib borsa jabrlanuvchining jabrlanishini oldini olgan, hech
bo’lmaganda ularning sonini kamayishiga erishgan bo’lamiz. Masalan, shaxs o’z
harakatlarini boshqara olmasdan jahl ustidajanjallashib bir birlariga nisbatan tan
jarohati yetkazish oqibatida kishi o’z hayotini o’zi barbod qilishi, mayib majruh bo’lib
qolish sabablari xususida suhbatlar o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Qotillik
1
Криминология. Махсус қисм: Дарслик / И.Исмоилов, Қ.Р.Абдурасулова ва бошқ. – Т.:
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015. – 744 б.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
142
jinoyatlarining oldini olish va viktimologik profilaktikasini tashkil etishda eng asosiy
vazifalar profilaktika inspektori tomonidan amalga oshiriladi. Bu sohani yoritish
uchun eng avvalo profilaktika inspektorining faoliyati bilan tanishib chiqishimiz
lozim.
Profilaktika inspektori – jinoyatlarning oldini olish, asosan, jinoyatlarning
ijtimoiy sabablarini tahlil qilib, ularni bartaraf etish yo‘llarini izlashga mas'ul shaxsdir.
U qotillik kabi og‘ir jinoyatlarning oldini olishda muhim vazifalarni bajaradi.
Profilaktika inspektorining faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlarga qaratilgan bo‘lishi
kerak:
1.
Jinoyatni oldini olish va profilaktika tahlili
: Profilaktika inspektori
jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni aniqlash orqali jinoyatlarning ehtimoliy sabablarini
tahlil qiladi. Oila va mahalla darajasidagi muammolarni, psixologik va iqtisodiy
omillarni o‘rganish, jinoyatga motiv beruvchi omillarni aniqlash, qotilliklarni oldini
olishda samarali bo‘lishi mumkin.
2.
Viktimologik tahlil va qurbonlarni aniqlash
: Qotillik jinoyatlarining
qurbonlari ko‘pincha o‘zining hayoti, psixologik holati, ijtimoiy o‘rni yoki ma'lum bir
muammolar bilan bog‘liq bo‘ladi. Profilaktika inspektori potentsial qurbonlarni
aniqlash uchun jinoyatni tahlil qilishi, ularning xulq-atvorini va turmush tarzini
o‘rganishi lozim. Bunday tahlil qurbonlarga nisbatan tegishli profilaktik choralarning
belgilanishini ta'minlaydi.
3.
Jamiyatda huquqiy tarbiya va madaniyatni oshirish
: Profilaktika
inspektori jinoyatlarning oldini olishda jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga
katta e'tibor qaratishi lozim. Ushbu madaniyatni oshirish jinoyatlarning kamayishiga
olib kelishi mumkin. Yaxshi huquqiy tarbiya va muhim omil bo‘ladi.
4.
Maxsus maslahatlar va o‘zaro hamkorlik
: Profilaktika inspektori,
potentsial qurbonlar va jinoyatchilar bilan ishlashda o‘zaro maslahatlar va psixologik
yordam ko‘rsatish orqali, ularning huquqiy va psixologik holatini yaxshilashga harakat
qiladi. Masalan, jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlikka duchor bo‘layotgan shaxslarni
aniqlash va ularga yordam berish, qotillik jinoyatlarining oldini olishda muhim
ahamiyatga ega.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
143
5.
Jinoyatchilar bilan profilaktik ishlash
: Jinoyatni amalga oshirishi
mumkin bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik ishlash ham muhimdir. Bu avvalambor,
jinoyatchilikning sabablari va ular bilan qanday kurashish, ularni jinoyatni amalga
oshirishdan oldin to‘xtatish bo‘yicha maslahatlar berish bilan bog‘liq. Shu bilan birga,
jinoyatchilarni qayta tarbiyalash va reabilitatsiya qilish muhim ahamiyatga ega.
Viktimologik profilaktikaning samaradorligi hamda hozirda uchrayotgan
kamchiliklar
Viktimologik profilaktika o‘zining samaradorligini faqat ilg‘or tadbirlar
yordamida ko‘rsatadi. Ushbu profilaktika metodlarini to‘g‘ri qo‘llash, jinoyatlarning
oldini olish va potentsial qurbonlarning xavfsizligini ta'minlashda yuqori natijalarni
berishi mumkin. Viktimologik tahlil va o‘zaro hamkorlik, jinoyatlarning oldini olishda
jamiyatni yaxshilashda samarali usul bo‘lib xizmat qiladi. Lekin shunga qaramasdan
ushbu sohada ham ma’lum bir kamchilik va muammolar borligi ushbu faoliyatni
takomillashtirish zarurligini taqozo etmoqda. Ana shunday kamchiliklardan biri bu
hozirgi kunga qadar huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarning markazlashgan holda
hisobi yuritilmayotganligidir. Chunki aynan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarning
hisobi ichki ishlar organlari tomonidan yuritilmasa, ular alohida tahlil qilinmasa
huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini to’g’ri tashkil etib va amalga
oshirib bo’lmaydi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Agarda ichki ishlar organlari
tomonidan huquqbuzarliklardan jabrlangan shaxslarning markazlashgan hisobi
yuritilib, ular qaysi toifadagi huquqbuzarliklardan jabrlanganliklari bo’yicha toifalarga
ajratiladigan bo’lsa keyinchalik sodir etilishi mumkin bo’lgan jinoyatlarning sabab va
sharoitlarini aniqlab, ularni bartaraf etishga ham xizmat qilishi mumkin.
Fuqarolik, shaxs va jamiyat rivojlanib borar ekan aholining bir joydan
ikkinchi joyga ko’chishi ham o’sib boraveradi. Ular turli maqsadlarda davlatlar ichida
yoki davlatlararo ham ko’chib yurishlari mumkin.
Odamlar qadimdan turli hududlarga ko’chib yurgan. Turli omillar – urush,
tabiiy ofatlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklar insonlarni o’z yashash joyini o’zgartirishga
majbur qilgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
144
Shu sababli dunyoda migrantlar va ularning ko’chib o’tishi yoki ko’chib
yurishi ya’ni migratsiya vujudga kelgan.
.
Migratsiya -
migratio
— koʻchaman, joyimni oʻzgartiraman
ma’nosini anglatadi.
Xalqaro migratsiya tashkiloti taʼrifiga ko‘ra, o‘zining huquqiy maqomi,
ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ko‘chishi, ko‘chish sabablari yoki biror davlatda qolish
muddatidan qatʼiy nazar o‘z yashash joyini tark etgan hamda xalqaro yoki ichki
chegaralarni kesib o‘tgan har qanday shaxs migrant hisoblanadi. Shu o’rinda
migrantlarni qochqin bilan adashtirmaslik kerak. Migrantlar qochqinlardan farqli
o‘laroq boshqa davlatlarga taʼqiblar yoki o‘z hayotiga xavf tug‘ilishi ortidan ketmaydi.
Ularning asosiy maqsadi — turmush tarzini yaxshilash, yaxshi ish topish yoki taʼlim
olish. Migrantlarning katta qismi qonuniy migratsiya yo‘llarini tanlaydi, ammo ular
orasida u yoki bu davlatga noqonuniy kanallar orqali borganlar ham bor.
Bugungi kunda migrantlar sonining oshib borishiga bir qancha sabablar
mavjud.
BMT maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 - yilda dunyoda 281 milion migrant bo‘lib,
bu sayyora aholisining 3,6 foizini tashkil etadi. So‘nggi yillarda xalqaro migratsiya
masshtabi keskin oshib bormoqda: 2020-yilda sayyorada 1970 - yilga nisbatan 3
barobar ko‘p muhojirlar bo‘lgan.
BMT maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 - yilda dunyoda 281 milion migrant bo‘lib,
bu sayyora aholisining 3,6 foizini tashkil etadi. So‘nggi yillarda xalqaro migratsiya
masshtabi keskin oshib bormoqda: 2020 - yilda sayyorada 1970 - yilga nisbatan 3
barobar ko‘p muhojirlar bo‘lgan.
Masalan, pandemiya va u bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, mehnat
migrantlari 2020 - yilda 702 miliard AQSH dollari miqdorida pul o‘tkazmalarini
amalga oshirgan. Eng ko‘p o‘tkazmalar Hindiston, Xitoy, Meksika, Filippin va Misr
hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Oxirgi o‘n yillikda AQSH va Germaniya migrantlar orasida eng mashhur
yo‘nalishga aylandi. AQSHda 1970 - yilda 12 milion xalqaro muhojirlar bo‘lgan
bo‘lsa, bugungi kunda ularning miqdori 51 miliondan oshgan. Germaniyada so‘nggi
10 yilda migrantlar 8,9 miliondan 16 milionga ko‘paydi. Shuningdek, Fransiya,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
145
BAA va Saudiya Arabistoni ham muhojirlar uchun jozibador davlatlar sanaladi.
Birgina BAA aholisining 88 foizini mehnat migrantlari tashkil etadi.
Umuman olganda, 60 foizga yaqin aholi yaxshiroq yashash maqsadida
Yevropa va Osiyoga yo’l oladi. Yevropada 87 milion. Undan keying o’rinda Shimoliy
Amerika turadi, bu yerda 59 milion mehnat migrantlari bor.
Muhojirlarning kelib chiqish davlatlariga eʼtibor berilsa, ularning 40 foizi
Osiyoning olti davlatidan: Hindiston, Xitoy, Bangladesh, Pokiston, Filippin va
Afg‘oniston. Meksikalik muhojirlar hindistonliklardan keyin ikkinchi o‘rinda tursa,
rossiyaliklar xalqaro migrantlar orasida 3 - o‘rinni egallaydi.
2
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023;
2.
O’zbekiston
Respublikasi
2014-yil
14-maydagi
“Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to’g’risida”gi 2014-yil 14-maydagi O’RQ-371-son qonuni;
3.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O’zbekiston
Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-27-son farmoni
4.
O’zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar to’g’risida”gi 2016-yil 16-sentabrdagi
O’RQ-407-son qonuni.
5.
O’zbekiston
Respublikasi
Jinoyat
kodeksi
https://lex.uz/acts/111453
6.
O’zbekiston
Respublikasi
Ma’muriy
javobgarlik
to’grisidagi kodeksi https://lex.uz/acts/97664
7.
O’zbekiston
Respublikasining
Kodekslar
to’plami
https://kitobxon.com/uz/kitob/ozbekiston-respublikasining-kodekslari-toplami-1-2-
jildlar
8.
. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019 й.,
09/19/865/3908-сон; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.02.2022 й.,
07/22/126/0125-сон;
2