Authors

  • Tillayev Habibullo
  • Sh.A.Usmonov

Author Biographies

  • Tillayev Habibullo

    Andijon davlat texnika instituti

    Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv

    fakulteti “Bank ishi va audit” yo’nalishi

    4-kurs K-115-21 guruh talabasi

  • Sh.A.Usmonov

    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.86505

Keywords:

tijorat banklari depozit operatsiyalari omonatlar bank resurslari mijozlar ishonchi foiz siyosati moliyaviy barqarorlik xizmat sifati marketing strategiyasi hududiy rivojlanish innovatsion mahsulotlar takliflar.

Abstract

Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda depozit operatsiyalarining ahamiyati beqiyosdir. Bank resurs bazasining asosiy qismini tashkil etuvchi omonatlar banklarning kreditlash, investitsiya faoliyati va boshqa moliyaviy xizmatlarini kengaytirishga imkon beradi. O’zbekiston bank tizimida depozit xizmatlarini kengaytirish va takomillashtirish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, biroq mavjud imkoniyatlardan to’liq foydalanilmayotgani ham kuzatilmoqda. Mazkur maqolada tijorat banklarida depozit operatsiyalarining rivojlanish istiqbollari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar tahlil qilinadi. Shuningdek, depozit siyosatini takomillashtirish, mijozlar ishonchini oshirish, hududiy qamrovni kengaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni rivojlantirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

272

TIJORAT BANKLARIDA DEPOZIT OPERATSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI VA TAKLIFLAR

Tillayev Habibullo

Andijon davlat texnika instituti

Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv

fakulteti “Bank ishi va audit” yo’nalishi

4-kurs K-115-21 guruh talabasi

Ilmiy rahbar:Sh.A.Usmonov

Annotatsiya: Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda

depozit operatsiyalarining ahamiyati beqiyosdir. Bank resurs bazasining asosiy

qismini tashkil etuvchi omonatlar banklarning kreditlash, investitsiya faoliyati va

boshqa moliyaviy xizmatlarini kengaytirishga imkon beradi. O’zbekiston bank tizimida

depozit xizmatlarini kengaytirish va takomillashtirish bo’yicha qator chora-tadbirlar

amalga oshirilmoqda, biroq mavjud imkoniyatlardan to’liq foydalanilmayotgani ham

kuzatilmoqda. Mazkur maqolada tijorat banklarida depozit operatsiyalarining

rivojlanish istiqbollari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar

tahlil qilinadi. Shuningdek, depozit siyosatini takomillashtirish, mijozlar ishonchini

oshirish, hududiy qamrovni kengaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni

rivojlantirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so’zlar: tijorat banklari, depozit operatsiyalari, omonatlar, bank

resurslari, mijozlar ishonchi, foiz siyosati, moliyaviy barqarorlik, xizmat sifati,

marketing strategiyasi, hududiy rivojlanish, innovatsion mahsulotlar, takliflar.

Аннотация: Депозитные операции играют ключевую роль в обеспечении

финансовой устойчивости коммерческих банков. Вклады, составляющие

основную часть ресурсной базы банков, позволяют расширять кредитование,

инвестиционную деятельность и другие финансовые услуги. В банковской

системе Узбекистана реализуются меры по расширению и совершенствованию

депозитных услуг, однако наблюдается недостаточное использование


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

273

существующих возможностей. В данной статье анализируются перспективы

развития депозитных операций в коммерческих банках, существующие

проблемы и предлагаются пути их решения. Особое внимание уделяется

совершенствованию депозитной политики, укреплению доверия клиентов,

расширению регионального охвата и развитию конкурентоспособных

продуктов.

Ключевые слова: коммерческие банки, депозитные операции, вклады,

банковские ресурсы, доверие клиентов, процентная политика, финансовая

устойчивость,

качество

обслуживания,

маркетинговая

стратегия,

региональное развитие, инновационные продукты, предложения.

Abstract: Deposit operations play a crucial role in ensuring the financial

stability of commercial banks. Deposits, forming the main part of the banks’ resource

base, enable the expansion of lending, investment activities, and other financial

services. In Uzbekistan’s banking system, measures are being implemented to expand

and improve deposit services, yet there remains untapped potential. This article

analyzes the prospects for developing deposit operations in commercial banks,

identifies existing challenges, and proposes solutions. Special attention is given to

improving deposit policy, enhancing customer trust, expanding regional coverage, and

developing competitive products.

Keywords: commercial banks, deposit operations, deposits, bank resources,

customer trust, interest policy, financial stability, service quality, marketing strategy,

regional development, innovative products, proposals.

KIRISH

Bank tizimi iqtisodiyotni barqaror moliyaviy qo’llab-quvvatlovchi asosiy

institutlardan biri bo’lib, uning resurs bazasi ko’p jihatdan depozit operatsiyalarining

samaradorligiga bog’liq. Depozit operatsiyalari banklar uchun barqaror va uzoq

muddatli moliyaviy manba hisoblanadi. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining bo’sh

mablag’larini omonat sifatida banklarga jalb qilish, ularni iqtisodiyotni

moliyalashtirishga yo’naltirish – banklar faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri

bo’lib qolmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

274

O’zbekiston bank tizimida so’nggi yillarda depozit xizmatlarini rivojlantirish

bo’yicha muayyan yutuqlarga erishilgan bo’lsa-da, bu borada amalga oshirilishi zarur

bo’lgan dolzarb vazifalar saqlanib qolmoqda. Jumladan, depozit mahsulotlarining

yetarli darajada diversifikatsiya qilinmaganligi, foiz siyosatining bozordagi real

shartlarga moslashtirilmaganligi, hududiy qamrovning cheklanganligi, mijozlar bilan

ishlash sifati va ularning bank xizmatlariga bo’lgan ishonchining yetarli emasligi kabi

muammolar mavjud. Depozit operatsiyalarining samarali tashkil etilishi banklarning

moliyaviy barqarorligini ta’minlabgina qolmay, mijozlar bazasini kengaytirish,

raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy o’sishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash

imkonini beradi. Shu bois, tijorat banklari o’z depozit siyosatini takomillashtirishi,

yangi va jozibador mahsulotlarni taklif etishi, xizmat sifati va marketing faoliyatini

kuchaytirishi zarur. Ushbu maqola tijorat banklarida depozit operatsiyalarining

rivojlanish istiqbollari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni

ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tijorat banklarining depozit operatsiyalarini rivojlantirish bo’yicha olib

borilgan ilmiy izlanishlar va amaliy tajribalar, bu sohada nazariy va amaliy asoslarning

yetarli darajada shakllanganligini ko’rsatadi. Iqtisod fanlari doktori Sh.A.

Nurmuxamedov o’z ilmiy izlanishlarida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini

ta’minlashda depozit siyosatining o’rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratgan. Uning

fikricha, banklar o’z mijozlariga jozibador va moslashtirilgan omonat turlarini taklif

qilishi orqali depozit bazasini kengaytirishi, shu orqali kreditlash salohiyatini oshirishi

mumkin. Iqtisod fanlari nomzodi D.S. Ergashev esa tijorat banklarining depozit

operatsiyalarini rivojlantirishda marketing strategiyasini kuchaytirish, mijozlar bilan

ishlash sifati va ishonchini oshirish, xizmat turlarini kengaytirish zarurligini

ta’kidlagan. U, shuningdek, hududiy qamrovni kengaytirish, raqamli texnologiyalarni

joriy etish va masofaviy xizmatlarni rivojlantirish orqali bank xizmatlarining

ommabopligini oshirish mumkinligini ko’rsatgan.

Xorijiy tadqiqotlar, jumladan, J. Heffernan va P. Molyneux asarlarida bank

depozit mahsulotlarining bozordagi o’zgarishlarga moslashuvchanligini ta’minlash,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

275

mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish va foiz siyosatini raqobatbardosh darajada belgilash

orqali bank raqobatbardoshligini kuchaytirish strategiyalari ishlab chiqilgan.

Mazkur maqolada quyidagi ilmiy usullar asosida tahlillar olib borildi:

Ilmiy tahlil va umumlashtirish usuli – mavjud ilmiy va amaliy manbalarni

o’rganish va xulosalar chiqarish;

Taqqoslash usuli – O’zbekiston va xorijiy banklarning depozit

amaliyotlarini solishtirish orqali samarali yondashuvlarni aniqlash;

Statistik tahlil – tijorat banklarining depozit portfeli ko’rsatkichlarini

o’rganish va ularning o’sish dinamikasini tahlil qilish;

Ekspert baholash usuli – soha mutaxassislarining fikr va tavsiyalariga

asoslangan tahlillar va takliflar ishlab chiqish.

Ushbu metodlar asosida tijorat banklarida depozit operatsiyalarini rivojlantirish

istiqbollari va takliflari ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berildi.

NATIJALAR

Tijorat banklarining depozit operatsiyalarini rivojlantirish bo’yicha olib

borilgan tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, O’zbekiston bank tizimida so’nggi yillarda

ijobiy o’sish tendensiyalari kuzatilmoqda. Jumladan, 2022–2024-yillarda banklar

tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan jalb qilinayotgan omonatlar hajmi

o’sib, depozit portfeli barqaror rivojlanmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko’ra,

depozitlarning umumiy hajmi yillik o’sish sur’atida o’rtacha 16–18 foizni tashkil

etmoqda. Depozit portfelining tarkibida muddatli depozitlar ustunlik qilayotgan bo’lsa-

da, talab qilib olinguncha va jamg’arma omonatlarining salmog’i ham ortib bormoqda.

Banklar tomonidan yangi turdagi depozit mahsulotlarini ishlab chiqish, mijozlarga

qulay shartlarni taklif qilish, foiz stavkalarini moslashtirish va onlayn xizmatlar orqali

omonatlarni boshqarish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu esa mijozlarning bank tizimiga

bo’lgan ishonchini oshirmoqda. Biroq, tahlillar banklar faoliyatida hal etilishi lozim

bo’lgan muammolarni ham ochib bermoqda. Jumladan: depozit turlarining yetarli

darajada diversifikatsiya qilinmagani; foiz siyosatining raqobatbardosh emasligi yoki

bozordagi talab va taklifga mos kelmasligi; mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmat sifati

va marketing faoliyatining sustligi; hududiy qamrovning cheklanganligi, ayniqsa,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

276

chekka hududlarda bank infratuzilmasining rivojlanmaganligi; mijozlarning moliyaviy

savodxonligi pastligi va bank mahsulotlari haqida yetarli ma’lumotga ega emasligi.

Shuningdek, ko’plab banklarda depozit siyosati strategik yondashuv asosida olib

borilmayapti, bu esa mijozlarni ushlab qolish va yangi omonatchilarni jalb etishda

qiyinchiliklar tug’dirmoqda.

Tijorat banklari depozit operatsiyalarini rivojlantirishda strategik yondashuvni

kuchaytirishi, mijozlarga moslashtirilgan va raqobatbardosh mahsulotlarni taklif etishi,

marketing va xizmat sifati bo’yicha faoliyatini yaxshilashi zarur.

MUHOKAMA

Tijorat banklarining depozit operatsiyalarini rivojlantirish istiqbollari tahlil

qilinganda, mavjud natijalar bilan birga yechim talab qiladigan muammolar ham

aniqlandi. Ayni paytda tijorat banklari depozit mahsulotlarini takomillashtirish,

mijozlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko’rsatish sifatini oshirish bo’yicha

ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, banklar tomonidan

onlayn va mobil ilovalar orqali masofaviy omonat xizmatlari kengaytirilmoqda, yangi

aksiyali omonatlar va foizli depozitlar taklif qilinmoqda. Bu banklar o’rtasidagi

raqobatni kuchaytirib, omonatchilar bazasini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Biroq,

depozit siyosatini strategik boshqarish, mahsulotlar diversifikatsiyasini kuchaytirish va

foiz stavkalarini bozordagi o’zgarishlarga moslashtirish bo’yicha ko’plab kamchiliklar

mavjud. Ba’zi banklar hali ham standart mahsulotlar bilan cheklanib, mijozlarning

individual ehtiyojlarini to’liq qondira olmayapti. Bu esa mijozlar o’rtasida boshqa

banklarga

o’tish

xavfini

kuchaytirmoqda.

Foiz

siyosati

ham

banklar

raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omil bo’lib, ko’plab tijorat banklari bozordagi

o’zgarishlarga moslasha olmayapti. Mijozlar yuqori foiz stavkalarini izlayotgan bir

vaqtda, ayrim banklar past foizlar taklif qilmoqda yoki foiz siyosatini muntazam ko’rib

chiqmayapti. Bu esa mijozlar oqimini kamaytirishi mumkin. Hududiy rivojlanish

bo’yicha olib borilgan tahlillar shuni ko’rsatdiki, banklar yirik shaharlarda xizmatlarni

rivojlantirgan bo’lsa-da, chekka hududlarda bank infratuzilmasi yetarli emas. Aholi

uchun qulay bank xizmatlari taqdim etilmayotgani tufayli omonatlar bazasi to’liq

shakllanmayapti. Shuningdek, aholining moliyaviy savodxonlik darajasi past bo’lgani


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

277

sababli bank mahsulotlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lmasligi mijozlar

ishonchini pasaytirayotgan omillardan biri bo’lib qolmoqda.

Ushbu muammolarni bartaraf etish va istiqboldagi imkoniyatlardan samarali

foydalanish uchun tijorat banklariga quyidagilar tavsiya etiladi:

depozit mahsulotlarini diversifikatsiya qilish va yangi jozibador

mahsulotlarni taklif etish;

foiz siyosatini bozordagi talab va taklif asosida yangilab borish;

hududiy infratuzilmani kengaytirish va chekka hududlarda bank

xizmatlarini rivojlantirish;

marketing va mijozlar bilan ishlash faoliyatini kuchaytirish;

moliyaviy savodxonlikni oshirish bo’yicha keng ko’lamli targ’ibot

ishlarini amalga oshirish.

Agar banklar ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etadigan bo’lsa, depozit

operatsiyalari

yanada

rivojlanib,

bank

tizimining

moliyaviy

barqarorligi

mustahkamlanadi va mijozlar ishonchi ortadi.

XULOSA

O’zbekiston tijorat banklarining depozit operatsiyalarini rivojlantirish

istiqbollarini o’rganish natijasida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi. Depozit

operatsiyalari bank resurslarini shakllantirishda muhim manba bo’lib, banklarning

kreditlash va boshqa moliyaviy faoliyatlarini kengaytirishga asos yaratadi. Bugungi

kunda tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida

depozit portfeli hajmi ortmoqda, yangi mahsulotlar taklif etilmoqda va mijozlar bilan

ishlash sifati yaxshilanmoqda. Biroq, banklarning depozit siyosatini yanada

takomillashtirish va depozit operatsiyalarini rivojlantirish uchun hali ham qator

muammolar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, mahsulotlar taklifining yetarlicha

diversifikatsiya qilinmagani, foiz siyosatining bozordagi sharoitlarga to’liq

moslashtirilmaganligi, hududiy infratuzilmaning cheklangani va aholining moliyaviy

savodxonlik darajasining pastligi depozit bazasining barqaror o’sishini cheklab

qo’ymoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

278

Tijorat banklari o’z depozit siyosatini rivojlantirish va operatsiyalar

samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:

depozit mahsulotlarini diversifikatsiya qilish va ularni mijoz ehtiyojlariga

moslashtirish;

foiz siyosatini bozordagi talab-taklif asosida yangilab borish;

hududiy infratuzilmani kengaytirish va masofaviy bank xizmatlarini

rivojlantirish;

marketing va mijozlar bilan ishlash faoliyatini kuchaytirish;

moliyaviy savodxonlikni oshirish bo’yicha tizimli ishlarni yo’lga qo’yish.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish banklarning depozit operatsiyalarini

yangi bosqichga olib chiqadi, resurs bazasining barqarorligini mustahkamlaydi va bank

tizimining moliyaviy barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO’YHATI

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-martdagi PQ–4621-sonli

Qarori “Bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani

rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”. Rasmiy hujjatlar

portali – lex.uz. https://lex.uz/docs/4770824 (10.05.2025-yil holatiga ko’ra).

2.

Nurmuxamedov Sh.A. O’zbekistonda bank xizmatlari bozorini rivojlantirish

strategiyasi. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2020. – 234 b.

3.

Ergashev D.S. Tijorat banklarida depozit operatsiyalarini takomillashtirish va

rivojlantirish masalalari. – Toshkent: Fan, 2022. – 188 b.

4.

Heffernan S., Molyneux P. The Economics of Banking. – London: John Wiley

& Sons, 2019. – 335 p.

5.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yilgi statistik ma’lumotlari.

www.cbu.uz

(10.05.2025-yil holatiga ko’ra).

6.

Qodirov A., Raxmonov S. Bank xizmatlarini takomillashtirish va mijozlar bilan

ishlash strategiyasi. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2023. – 175 b.