Authors

  • Qobiljonov Dostonbek
  • M.А.Х.Eshonov

Author Biographies

  • Qobiljonov Dostonbek

    Andijon davlat texnika instituti

    Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv

    fakulteti “Bank ishi va audit” yo’nalishi

    4-kurs K-116-21 guruh talabasi

  • M.А.Х.Eshonov

    Ilmiy rahbar: dots

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.86538

Keywords:

tijorat banklari monetar siyosat pul-kredit siyosati inflyatsiya foiz siyosati bank resurslari kredit siyosati depozit siyosati moliyaviy barqarorlik iqtisodiy o’sish samaradorlik strategik rivojlanish.

Abstract

Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va iqtisodiyotdagi faol ishtirokini ta’minlashda monetar siyosatning samaradorligi muhim o’rin tutadi. Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati orqali iqtisodiy o’sish sur’atlarini qo’llab-quvvatlash, inflyatsiyani nazorat qilish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga erishilmoqda. Biroq, tijorat banklarining ushbu siyosatga moslashuvi va undan samarali foydalanishi ko’p jihatdan banklarning o’z kredit, depozit va likvidlik siyosatini to’g’ri olib borishiga bog’liq. Mazkur maqolada tijorat banklarida monetar siyosat vositalarining qo’llanilishi, ularning samaradorligi va banklar faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, banklar faoliyatida monetar siyosat samaradorligini oshirish yo’nalishlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

295

TIJORAT BANKLARIDA MONETAR SIYOSAT SAMARADORLIGINI

OSHIRISH YO’NALISHLARI

Qobiljonov Dostonbek

Andijon davlat texnika instituti

Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv

fakulteti “Bank ishi va audit” yo’nalishi

4-kurs K-116-21 guruh talabasi

Ilmiy rahbar:

dots.M.А.Х.Eshonov

Annotatsiya: Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va iqtisodiyotdagi

faol ishtirokini ta’minlashda monetar siyosatning samaradorligi muhim o’rin tutadi.

Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati orqali iqtisodiy

o’sish sur’atlarini qo’llab-quvvatlash, inflyatsiyani nazorat qilish va moliyaviy

barqarorlikni ta’minlashga erishilmoqda. Biroq, tijorat banklarining ushbu siyosatga

moslashuvi va undan samarali foydalanishi ko’p jihatdan banklarning o’z kredit,

depozit va likvidlik siyosatini to’g’ri olib borishiga bog’liq. Mazkur maqolada tijorat

banklarida monetar siyosat vositalarining qo’llanilishi, ularning samaradorligi va

banklar faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, banklar faoliyatida monetar

siyosat samaradorligini oshirish yo’nalishlari bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab

chiqiladi.

Kalit so’zlar: tijorat banklari, monetar siyosat, pul-kredit siyosati, inflyatsiya,

foiz siyosati, bank resurslari, kredit siyosati, depozit siyosati, moliyaviy barqarorlik,

iqtisodiy o’sish, samaradorlik, strategik rivojlanish.

Аннотация: Повышение эффективности монетарной политики имеет

важное значение для обеспечения финансовой устойчивости коммерческих

банков и их активного участия в экономике. Денежно-кредитная политика,

проводимая Центральным банком, направлена на поддержку темпов

экономического роста, контроль над инфляцией и обеспечение финансовой

стабильности. Однако успешная адаптация коммерческих банков к данной


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

296

политике и эффективное её использование во многом зависят от правильного

ведения собственной кредитной, депозитной и ликвидной политики. В статье

анализируется

применение

инструментов

монетарной

политики

в

коммерческих банках, их эффективность и влияние на банковскую

деятельность. Также разрабатываются практические рекомендации по

повышению эффективности монетарной политики в деятельности банков.

Ключевые слова: коммерческие банки, монетарная политика, денежно-

кредитная политика, инфляция, процентная политика, банковские ресурсы,

кредитная политика, депозитная политика, финансовая устойчивость,

экономический рост, эффективность, стратегическое развитие.

Abstract: Improving the effectiveness of monetary policy is crucial for ensuring

the financial stability of commercial banks and their active participation in the

economy. The monetary policy implemented by the Central Bank aims to support

economic growth, control inflation, and ensure financial stability. However, the

successful adaptation of commercial banks to this policy and its effective use largely

depend on the proper management of their credit, deposit, and liquidity policies. This

article analyzes the application of monetary policy instruments in commercial banks,

their effectiveness, and their impact on banking activities. Practical recommendations

are also developed to improve the effectiveness of monetary policy in banking

operations.

Keywords: commercial banks, monetary policy, monetary-credit policy,

inflation, interest policy, bank resources, credit policy, deposit policy, financial

stability, economic growth, effectiveness, strategic development.

KIRISH

Zamonaviy iqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni

ta’minlashda monetar siyosat muhim tartibga solish vositalaridan biri hisoblanadi.

Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosat orqali iqtisodiy

muvozanatga erishish, inflyatsiyani nazorat ostida ushlab turish, moliyaviy bozorlar

barqarorligini ta’minlash maqsad qilinadi. Bunda tijorat banklari Markaziy bank

siyosatiga moslashib, o’z kredit, depozit va foiz siyosatini samarali boshqarishi zarur


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

297

bo’ladi. O’zbekiston iqtisodiyotida so’nggi yillarda inflyatsiyani pasaytirish, pul

massasini tartibga solish, banklararo bozorlarni rivojlantirish bo’yicha muhim

islohotlar amalga oshirilmoqda. Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasi,

majburiy zaxira normalari va ochiq bozor operatsiyalari orqali monetar siyosatni olib

bormoqda. Bu esa tijorat banklari uchun yangi strategik yondashuvlarni ishlab chiqish

zaruratini yuzaga keltirmoqda. Biroq, amaliyotda tijorat banklarining monetar siyosat

talablariga to’liq moslashgani yoki undan samarali foydalana olayotgani to’liq

ta’minlanmagan. Kredit resurslarining yuqori foiz stavkalari, depozit mahsulotlarining

cheklanganligi, likvidlik boshqaruvi muammolari bank faoliyatida ayrim cheklovlarni

yuzaga keltirmoqda. Shu bois, tijorat banklarida monetar siyosat vositalarini to’g’ri

qo’llash, foiz siyosatini optimallashtirish, kredit va depozit mahsulotlarini

rivojlantirish hamda moliyaviy barqarorlikni oshirish yo’nalishlarini aniqlash dolzarb

masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada tijorat banklarida monetar siyosat

samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy yo’nalishlari tahlil qilinadi hamda taklif

va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Monetar siyosatning bank faoliyatiga ta’siri va uning samaradorligini oshirish

bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar ko’rsatadiki, Markaziy bank va tijorat banklari

o’rtasidagi uzviy aloqalar moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat

kasb etadi. Iqtisod fanlari doktori Sh.A. Nurmuxamedov o’zining ilmiy ishlari orqali

O’zbekiston sharoitida tijorat banklarining monetar siyosatga moslashuvchanligini

kuchaytirish zarurligini asoslab bergan. Unga ko’ra, banklar foiz siyosatini Markaziy

bank stavkalari bilan muvofiqlashtirishi, kredit va depozit siyosatini moslashtirishi

lozim. Iqtisod fanlari nomzodi D.S. Ergashev esa tijorat banklarining monetar siyosat

vositalaridan samarali foydalanish orqali kredit bozorini jonlantirish, depozitlarni

ko’paytirish va mijozlar ishonchini oshirish imkoniyatlarini tahlil qilgan. U, ayniqsa,

ochiq bozor operatsiyalarining bank likvidligini boshqarishdagi ahamiyatini

ta’kidlagan.

Xorijiy olimlar, jumladan, Mishkin va Heffernan asarlarida Markaziy bank va

tijorat banklari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, foiz siyosati va pul bozorlarining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

298

o’zaro ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Ularning fikricha, moliyaviy vositachilik

samaradorligi banklarning monetar siyosatga moslashuvchanligiga bevosita bog’liq.

Ushbu maqolada quyidagi metodlardan foydalanildi:

Ilmiy tahlil va umumlashtirish usuli – nazariy va amaliy manbalarni tahlil

qilish;

Taqqoslash usuli – O’zbekiston va boshqa mamlakatlar tajribasini

solishtirish;

Statistik tahlil – tijorat banklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarini tahlil

qilish;

Ekspert baholash usuli – bank sohasi mutaxassislari fikrlari asosida

takliflar ishlab chiqish.

Ushbu metodlar orqali tijorat banklarida monetar siyosat samaradorligini

oshirish yo’nalishlari ilmiy-amaliy jihatdan o’rganildi.

NATIJALAR

Tijorat banklarining Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan monetar

siyosatga moslashuvi va uning samaradorligini tahlil qilish natijalari quyidagi

holatlarni ochib berdi. Birinchidan, O’zbekistonda 2022–2024-yillar davomida

Markaziy bank inflyatsiyani jilovlash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash

maqsadida foiz siyosatini qat’iylashtirgan bo’lsa-da, tijorat banklari o’z kredit va

depozit siyosatini bu o’zgarishlarga to’liq moslashtira olmagan. Kredit bozorida foiz

stavkalari yuqoriligi sababli kredit olish imkoniyatlari cheklanib, ayniqsa, kichik va

o’rta biznes subyektlari bank xizmatlaridan yetarlicha foydalana olmayapti. Bu holat

banklarning kredit portfelining sekin o’sishiga va real sektorni moliyalashtirish

hajmining past bo’lishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, kredit olish jarayonining

byurokratik tartib-taomillari ham mijozlar uchun qiyinchilik tug’dirmoqda. Depozit

bozorida esa banklar foiz stavkalarini bozordagi talab va taklif asosida belgilashga

harakat qilmoqda, biroq ba’zi banklarda depozit mahsulotlarining cheklanganligi va

marketing faoliyatining sustligi sababli omonatchilar bazasini kengaytirish qiyin

kechmoqda. Hududiy tafovutlar va raqamli xizmatlarning rivojlanmagani bu jarayonga

salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Likvidlik boshqaruvi borasida esa banklar Markaziy bank


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

299

ochiq bozor operatsiyalarida ishtirok etish orqali qisqa muddatli resurslar bilan ishlash

imkoniyatiga ega bo’lsa-da, uzoq muddatli likvidlikni ta’minlashda qiyinchiliklarga

duch kelmoqda. Bu esa banklar faoliyatining barqarorligiga xavf tug’dirmoqda.

Tahlillar shuni ko’rsatadiki, tijorat banklarining monetar siyosatga to’liq moslashuvi

va uning samaradorligini oshirish uchun kredit va depozit siyosatini qayta ko’rib

chiqish, foiz siyosatini optimallashtirish va moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilash

zarur. Shuningdek, banklar o’z faoliyatida mijozlar ehtiyojlarini chuqur o’rganishi va

raqobatbardosh strategiyalar ishlab chiqishi lozim.

MUHOKAMA

Tijorat banklarining monetar siyosat vositalaridan samarali foydalanishi

moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyotda faol ishtirok etishning muhim

omili hisoblanadi. So’nggi yillarda Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan

monetar siyosat natijasida inflyatsiyani jilovlash, pul massasini tartibga solish va foiz

stavkalarini boshqarish bo’yicha muayyan yutuqlarga erishildi. Biroq, ushbu

siyosatning tijorat banklari faoliyatiga to’liq va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun bir

qator dolzarb muammolarni hal etish zarur. Birinchidan, tijorat banklari kredit

siyosatini bozor talabiga moslashtirishda sustlik qilmoqda. Foiz stavkalarining

yuqoriligi va kredit olish shartlarining murakkabligi real sektor subyektlari, ayniqsa,

kichik va o’rta biznes vakillarining moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatini

cheklamoqda. Banklar kredit siyosatini yumshatish, kredit liniyalarini kengaytirish va

mijozlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha faolroq harakat qilishi zarur.

Ikkinchidan, depozit siyosatida raqobatbardosh mahsulotlar yetishmayapti. Ko’plab

banklarda depozit turlari cheklangan, foiz stavkalari esa bozordagi real talab va

taklifdan orqada qolmoqda. Aholini va tadbirkorlarni omonatlarga keng jalb etish

uchun banklar depozit mahsulotlarini diversifikatsiya qilishi, ularni marketing va

reklama orqali faol targ’ib qilishi kerak. Shuningdek, raqamli texnologiyalar

yordamida omonatlarni masofaviy boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish talab

etiladi. Uchinchidan, banklar likvidlik boshqaruvini kuchaytirishi, ochiq bozor

operatsiyalarida faolroq ishtirok etishi, uzoq muddatli moliyaviy resurslar bilan ishlash

strategiyasini ishlab chiqishi zarur. Bu esa banklarning barqarorligi va moliyaviy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

300

xavflarga chidamliligini oshiradi. To’rtinchidan, tijorat banklari moliyaviy xizmatlar

sifati va mijozlar bilan ishlash uslublarini qayta ko’rib chiqishi, mijoz ehtiyojlarini

chuqur tahlil qilishi va ularni qondirishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqishi lozim.

Buning uchun banklar mijozlarga qulay xizmat ko’rsatish standartlarini joriy etishi va

zamonaviy raqamli texnologiyalarni faol qo’llashi kerak.

Ushbu muammolarni bartaraf etish va monetar siyosat samaradorligini oshirish

uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

kredit foiz stavkalarini bosqichma-bosqich pasaytirish va kredit olish

shartlarini soddalashtirish;

depozit mahsulotlarini diversifikatsiya qilish va raqobatbardosh foiz

siyosatini ishlab chiqish;

ochiq bozor operatsiyalarida ishtirok etishni kengaytirish va likvidlik

boshqaruvini kuchaytirish;

raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish va mijozlarga qulayliklar yaratish;

moliyaviy savodxonlikni oshirish va mijozlar bilan samarali aloqalarni

kuchaytirish.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish banklarning monetar siyosatga

moslashuvchanligini kuchaytirib, ularning iqtisodiy o’sishga qo’shayotgan hissasini

oshiradi.

XULOSA

O’zbekiston tijorat banklarining monetar siyosat samaradorligini oshirish

yo’nalishlarini o’rganish asosida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi. Markaziy bank

tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosati mamlakat iqtisodiy barqarorligini

ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, banklar faoliyatida bu siyosatning

imkoniyatlaridan to’liq va samarali foydalanish darajasi yetarli emasligi tahlillar

davomida aniqlandi. Kredit siyosatida yuqori foiz stavkalari va murakkab kredit olish

tartiblari kichik va o’rta biznesning bank moliyaviy xizmatlariga bo’lgan ehtiyojini

to’liq qondira olmayapti. Depozit siyosatida esa mahsulotlarning yetarlicha

diversifikatsiya qilinmagani va marketing faoliyatining sustligi banklarning resurs

bazasini kengaytirishda to’siq bo’lib qolmoqda. Likvidlik boshqaruvida ochiq bozor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

301

operatsiyalaridan yetarlicha foydalanilmayotgani banklarning qisqa va uzoq muddatli

barqarorligiga xavf tug’dirmoqda.

Tijorat banklari o’z faoliyatini Markaziy bankning monetar siyosatiga

moslashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni

amalga oshirishi lozim:

kredit siyosatini yumshatish va mijozlarga qulay shartlar yaratish;

depozit mahsulotlarini diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshlikni

oshirish;

ochiq bozor operatsiyalarida faol ishtirok etish va likvidlik boshqaruvini

kuchaytirish;

raqamli bank xizmatlarini kengaytirish va mijozlarga qulay xizmat

ko’rsatish standartlarini joriy etish;

moliyaviy savodxonlikni oshirish va mijozlar bilan samarali aloqalarni

mustahkamlash.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali tijorat banklari nafaqat

moliyaviy barqarorlikka erishadi, balki iqtisodiy o’sishni moliyaviy jihatdan qo’llab-

quvvatlash imkoniyatlarini ham kengaytiradi.

ADABIYOTLAR RO’YHATI

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi PF–101-son

Farmoni “O’zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot

strategiyasi to’g’risida”. – lex.uz. https://lex.uz/docs/5974314 (10.05.2025-yil holatiga

ko’ra).

2.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yilgi pul-kredit siyosati

asoslari. –

www.cbu.uz

(10.05.2025-yil holatiga ko’ra).

3.

Nurmuxamedov Sh.A. O’zbekistonda monetar siyosat va tijorat banklari

faoliyatining strategik yo’nalishlari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2021. – 230 b.

4.

Ergashev D.S. Tijorat banklarida monetar siyosat samaradorligini oshirish

masalalari. – Toshkent: Fan, 2023. – 194 b.

5.

Mishkin F.S. The Economics of Money, Banking, and Financial Markets. – New

York: Pearson Education, 2019. – 736 p.