MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
250
TARJIMANING MAZMUNI. BADIIY TARJIMANING AHAMIYATI
Toshkent Davlat O‘zbek Tili va adabiyoti Universiteti talabasi
Bayjanova Gulxayo
Annotasiya: Tarjima dunyoning turli millatlari bilan muloqotni rivojlantiradi.
Tarjima sababli insonlar jahon adabiyotining eng sara namunalaridan bahra oladilar.
Bu jarayon insoniyatning dunyo qarashini oshiradi, tilning imkoniyatlarini
kengaytiradi. Tarjima sababli oʻquvchi kitobxonlarni fikrlash doirasi kengayib,
yangicha gʻoyalar bilan tanishadi. Tarjima jarayoni barcha millat va oʻsha millat
vakillarining kamol topishiga ijobiy xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar: tarjimashunoslik, dinamik ekvivalentlik, lingvistik ocherk,
obyekt, transformatsiyalash, mutarjim, zullinisonayn, kontekst, mezon, adekvatlik.
Tarjima nazariyasi haqidagi dastlabki qarashlar, Qadimgi Rimda vujudga
kelgan. Ko’plab tillarni oʻzlashtirgan, jumladan, yunon va lotin tillarini mukammal
bilgan Aristotel va uning zamondoshlari tarjimada soʻz va soʻz birliklarining orqasidan
yugurish emas, balki maʼnoviy jihatlarini har tomonlama oʻylab, fikr-mulohaza qilgan
holda tarjimani amalga oshirgan ma’qul,degan fikrlarni bildirishgan. Keyinchalik
Angliyalik [Bekon], Italiyalik [Manetti], Fransiyalik [Malerb], Germaniyalik [Gyote],
Rossiyalik[Lomonosov] olimlar tarjima nazariyasi va jarayoni haqida oʻz qarashlarini
aytishgan.
XXasrning 20 yillarida Tarjimashunoslik sohasida doir dastlabki izlanishlar
shakllana boshladi. Lekin, bu paytda na chet el olimlari, na oʻzbek olimlari tarjima va
uning nazariyasi haqida aniq fikr bildirmagan edi. 1950-yillar atrofida esa
Tarjimashunoslikni alohida fan, ilmiy soha ekanligini anglatuvchi izlanishlar, ilmiy
ishlar ommaga taqdim qilina boshladi. 1952-yilda mashhur tilshunos olim
A.A.Reformatiskiy oʻzining “Tarjimaning lingvistik masalalari” deb nomlagan
maqolasida “Tarjima amaliyoti barcha fanlar uchun xizmat qilsada, tarjima nazariyasi
mustaqil fan bola olmaydi. U tilshunoslikning bir boʼlimigina boʼlishi mumkin” degan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
251
g’oyani maydonga olib chiqdi.Ammo koʻp o’tmay bu fikrga oʻz qarashlarini
bildiradigan nomzod topildi. A.Fedorov “Tarjima nazariyasi fan sifatida e’tirof
qilinishi zarur. Faqat u qurilishi jihatdan tilshunoslik yoʻnalishiga vobasta bo’lmog’ii
kerak” degan qarshi fikrni ilgari surdi.
1953-yilga kelib esa, Xalqaro Tarjimonlar Uyushmasining tashkil etilishi
tarjimashunoslik sohasining yanada rivojlanishiga, tarjimonlarning imkoniyatlarini
oshishiga zamin yaratib berdi. Bu davrga kelib dunyoning turli davlatlaridan tilshunos
olimlarning tarjimashunoslik bilan bogʻliq ilmiy izlanishlari yaratila boshladi.
1960-yillarning boshlariga kelib esa, fransiyalik tilshunos olim Karining
“Tarjima nazariyasi sari” hamda Amerikalik olim Nayda tomonidan yaratilgan
“Tarjima nazariyasi xususida” nomi ostida mazmun jihatdan bir biriga juda yaqin ilmiy
ishlar eʼlon qilindi. Fransiyalik tilshunos olim Kari oʻzining tadqiqotida tarjima
nazariyasi alohida mustaqil fan deb eʼtirof etilishi mazmunidagi “tarjima nazariyasini
yaratmoq payti keldi” degan gʻoyani ilgari surgan. Amerikalik tilshunos Nayda esa
tarjimashunoslik sohasiga ilmiy nazariyalar, izlanishlar zarurligini taʼkidlagan holda,
bu sohaga “dinamik ekvivalent” ( soʻzlarning teng maʼnoli muqobillari) tushunchasini
kiritdi.
Ayni mana shu davrda, sobiq Ittifoq tilshunoslik va adabiyotshunoslik
vakillarining tarjima sohasiga oid tadqiqotlari eʼlon qilina boshladi. Jumladan, 1958-
yil Fedorov “Tarjima nazariyasiga kirish” nomli kitobini qayta chop ettirdi va unga
ilova qilib “lingvistik ocherk” tagsarlavha kiritdi. Hech qancha vaqt oʻtmasdan,
kitobning mazmuni haqida qizgʻin bahs-munozaralar paydo boʻla boshladi.Sobiq
Ittifoqning
tilshunos
olimlari orasida tarjima nazariyasi bilan bogʻliq:
adabiyotshunoslik hamda tilshunoslikni ilmiy tomonlama talqin qilish muammosi
kelib chiqdi.
Tarjimaning amaliyoti, turli xil qarashlari, tanqidiy yondashuvlari, izlanishlari
va tadqiqotlarini Tarjima nazariyasi chuqur oʻrganadi, shartlari,tartib va talablarini
nazorat qiladi.
Tarjima jarayonida aniq bir obyekt boʻlishi darkor. Bu jarayonda
umumlashtirishga, tarjima matnida nimalarga ahamiyatli boʻlishga, qaysi turdagi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
252
informatsiyalar kerakligi alohida inobatga olinishi zarur. Tarjima nafaqat tilshunoslikni
balki, psixologiyani, sanʼatni, ijodkorlikni, millatlararo madaniyatni ham oʻzida
mujassam etgan boʻlishi kerak.
Tilshunoslikning ilmiy yondashuvi boʻyicha tarjima nutqining bir qismi xolos,
yaʼni bu jarayon bir tildagi matnni ikkinchi tilga oʼgirish -transformatsiyalashdir.
Aynan mana shu ikki til oʻrtasidagi almashuvlar tilshunoslik sohasida tarjima jarayoni
deyiladi. Shunday ekan, transformatsiyalashning oʻziga xos bir turi “tarjima” deb
nomlasa ham boʻlar ekan. Demakki, nazariyaning asosi- transformatsiyalash boʻlsa,
uning predmeti esa mavjud boʻlgan tarjima ishlar hisoblanadi.
Tarjima dunyoning turli millatlari bilan muloqotni rivojlantiradi. Tarjima
sababli insonlar jahon adabiyotining eng sara namunalaridan bahra oladilar. Bu jarayon
insoniyatning dunyo qarashini oshiradi, tilning imkoniyatlarini kengaytiradi. Tarjima
sababli oʻquvchi kitobxonlarni fikrlash doirasi kengayib, yangicha gʻoyalar bilan
tanishadi. Tarjima jarayoni barcha millat va oʻsha millat vakillarining kamol topishiga
ijobiy xizmat qiladi. Demakki, tarjima jarayoni- millatlararo muloqotni rivojlanishida
katta hissa qoʻshadi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Yurtimiz mustaqil boʻlgandan buyon juda koʻp sohalarga etibor qaratildi.
Ayniqsa, taʼlim tarbiya sohasiga alohida urgʻu berildi. Maʼlumki, hech bir davlat oʻz-
oʻzidan dunyoga tanilib qolmaydi. Mamlakat dunyoga tanilishi uchun kuchli bilim,
taʼlim zarur albatta. Demak, mustaqil davlatning kuchi-bilimli avlodda desak,
mubolagʻa boʻlmaydi.
Shu oʻrinda, Oʻzbekiston Respublikasining ilk prezidenti I.A. Karimovning
soʻzlarini misol qilib olsak boʻladi. I.A.Karimov oʻzining “Yuksak maʼnaviyat-
yengilmas kuch” asarida taʼlim sohasining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega
ekanligini quyidagicha taʼriflagan: “Milliy tiklanish yo‘li yuqori savodxonlik yuksak
madaniyat orqali o‘tadi. Shuning uchun ham ma’lumot darajasi va professional
tayyorgarlik 21-asr arafasida bizning ijtimoiy rivojlanishimizning o’lchovi bo’lib
qolmog’i kerak. Bu islohatlarning belgilangan yo’lidan borishining eng yaxshi
loyihasidir. Bu sarflangan mablag’lardan vaqti kelib eng ko’p foyda olinadigan
yo’nalishidir. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan kadrlar tayyorlash milliy dasturi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
253
ana shu fikrning amaliy tadbig’i asosida ko’rish mumkin”[ I.A.Karimov. “Yuksak
ma’naviyat- yengilmas kuch’’]
Butun dunyo mamlakatlari oʻzaro aloqaga kirishgan bir vaqtda, tarjimonlarga
ehtiyoj sezila boshladi. Jumladan, rivojlanib kelayotgan Oʻzbekistonda ham
tarjimonlik sohasi uchun talab kuchaya boshladi. Shu sababli, yurtimizda ham tarjima
sohasiga eʼtibor kuchaydi. Chunki, badiiy tarjima shunchaki tarjima emas, balki,
tarjimonning ijodkorligi demakdir. Yaʼni tarjima jarayonida tarjimon tarjima qilibgina
qolmasdan, oʻsha asarning asl ruhiyatini, mohiyatini, turli xil detallarini anglab yetgan
holda ijodkorlik bilan yondashib tarjima qiladi.
Tarjima-tilning rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Masalan, biz turkiy
zabonmiz. Xoʻsh, unda biz ingliz tilida yozilgan mashhur asar hisoblanmish “Otello”,
“Rameo va Julyetta”, rus tilida yozilgan “Yevgey Onegin” sheʼriy romani yoki nemis
tilida mahorat ila yozilgan “Faust” asarini va ularning mashhur yozuvchilarni qayerdan
bilamiz? Albattada, tarjimon va uning yordami orqali. Bu asarlarni tarjima qilishda,
tarjimon shunchaki tarjima qilmasdan, oʻsha asar ichida yashagan, asar ruhiyatini his
qilgan.
Buyuk nemis yozuvchisi Gyote oʻz asari “Faust”ni Jeran tomonidan
fransuzchaga qilingan tarjima talqinini oʻqib, “nemis tilida men “Faust”ni qayta
oʻqigim kelmaydi, lekin mana bu fransuzcha tarjima meni hamon hayajonga soladi va
u sof, yangi oʻtkir tuyuladi” degan. Bundan kelib chiqqan holda, tarjima-inson
maʼnaviyatining va ona tilimiz rivojining asosiy ustunlardan biridir. Tarjima ona
tilimizni nafaqat boyitadi, balki uni serjilo qiladi, imkoniyatlarini oshiradi. Insonlar
dunyoning turli burchaklarida yashab turib ham, bir-birlari bilan yaratilayotgan
manaviy boyliklar orqali qalban doʻstlashib, yaqinlashib bormoqdalar.
“Kundalik aloqa vositasi boʻlgan tilga nisbatan badiiy adabiyot tili-bu soʻz
ustalari tomonidan qayta ishlangan tildir” degan edi A.V.Fedorov. Darvoqe, bu soʻzlar
bugungi kunga kelib, oʻzining naqadar toʻgʻri ekanligini isbotlamoqda. Tarjimani
bevosita unib borayotgan niholga qiyoslasak boʻladi. Nihol bir joydan boshqa joyga
koʻchib oʻtkazilsa, meva bersa gullab-yashnasa koʻzni quvontiradi. Bu albatta
bogʻbonning mahoratiga bogʻliqdir. Chet el adabiyoti namunalari ham boshqa tilga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
254
tarjima qilinganda, oʻquvchini boshqatdan hayajonga solishi tarjimonga bogʻliq.
Demakki, tarjimani niholga, tarjimonni bogʻbonga qiyoslash xato boʻlmaydi.
Belinskiy badiiy tarjima haqida oʻz qarashlarini quyidagicha talqin qilgan:
“Badiiy asarni tarjima qilishining bitta qoidasi bor. Tarjima qilinayotgan asarning
ruhini berishdir. Buning uchun, agar, basharti, muallif rus boʻlganida u ham asarni rus
tilida xuddi shunday yozilgan boʻlar edi, deyiladigan qilib tarjima qilish kerak”.
Aslida, mutarjim zullinisonayn boʻlishi kerak. Yaʼni, har ikkala tilning
maʼnaviyati, leksikasi, frazeologiyasidan xabardor boʻlmogʻi kerak.Shundagina
asarning tarjimasini oʻqigan kitobxon ham hayratda qoladi, asarning mutolaasini
tugatgach esa, oʻsha asar ruhi bilan yashaydi, qayta qoʻliga olganda avvalgidan ham
koʻproq hayajonga tushadi, qancha oʻqisa ham yana va yana oʻqiyveradi. Tarjima
jarayoni ana shunday boʻladi.
Asar, hikoya tarjimasida tarjimondan ijodkorlik, badiiylik, tassavur kengligi
ham talab qilinadi. Chunki asar, hikoya, ertak yoki roman tarjimasida tarjimon oʻsha
asarni boshqatdan yaratishi, badiiy boʻyoqdorligini oshirib berishi ham kerak.
Masalan, “die” soʻzi asarda keltirilgan. Tarjimon bu soʻzni kontekstdan kelib chiqib
tarjima qiladi. Agar asar salbiy maʼnoda yozilgan boʻlsa, “oʻlmoq”, ijobiy maʼnoda
boʻlsa, “dunyodan oʻtmoq”, “koʻz yumdi” maʼnolarini ishlatish mumkin.
Tarjima turlari, janrlari, turli xil sohalari, tarjima jarayoni bir-biri bilan bevosita
bogʻliqdir. Va bu bogʻliqlik tarjimon kadrlar tayyorlash muammosini yuzaga keltiradi.
Bu muammoni bartaraf qilmas ekanmiz, tarjimalar sifati ham yomonlashadi.
Tarjimashunos olimlardan biri Isaak Zinger[1904-1991]: “Tarjimon sinchkov
oʻquvchi, ajoyib uslubchi, soʻz ustasi, psixolog, har tomonlama bilimdon boʻlmogʻi
kerak”,- deya taʼkidlagan.
Tarjima jarayoni ham mashaqqatli bir yoʻl demakdir. Chunki, asar tarjimasida
umumiylik yoki qisqacha tushunarli ekanligi asosiy mezon boʻla olmaydi.
Tarjimondan asar mazmuni emas, balki yozuvchining hissiyotlarini, ichki
kechinmalarini, badiiy xususiyatlarini yuzaga chiqarish talab qilinadi.
Koʻplab tarjima turlari orasida badiiy tarjima alohida ajralib turadi.
Tarjimaning bu turida shunchaki yetkazib berish emas, balki asarni boshqatdan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
255
yaratish ham kerak. Shu sababli ham, tarjima qilingan asar- badiiy ijod namunasi,
tarjimon esa ijodkor hisoblanadi. Tarjimondan esa, voqealarni, asardagi voqelikni
badiiy tafakkur mahsuli sifatida mahorat bilan tarjima qilish talab qilinadi.
Insoniyat boshqa mavjudotlardan ongli ekanligi bilan ajralib turadi. Ongli
insoniyat esa mutasil muloqotda bo‘lishga intiladi. Tashqi dunyo bilan aloqada
bo‘lishga harakat qiladi. Axir, insoniyatning asosiy ehtiyoj va harakat shakli bu
muloqot va aloqadir.
Demakki,insoniyat uchun oddiy va kundalik faoliyat shakli- muloqot
bo‘lsak,murakkab faoliyat shakli esa tarjimadir.Chunki,tarjima jarayoni ma’lum bir
tilga tegishli bolgan matn yoki asarni,shakl va ma’no- mazmun jihatdan saqlab qolgan
holda, ikkinchi bir tida boshqatdan ijodiy-badiiy bo'yoqdorlik bilan gavdalantirish
jarayoni hisoblanadi.Demak, ma’lum bir til doirasida vujudga kelgan matn,boshqa bir
til ya’ni tarjima tili qoidalari,uslublari asnosida yaratilgan xuddi shunga o'xshash matn
bilan almashtiriladi.Ana shu yo‘sinda,asl va tarjima tillari, matnlari.umuman olganda
barcha sohalariga doir adekvatlik yuzaga keladi.Ushbu qarash, millatlararo bo‘ladigan
jarayonga bevosita bog‘liq bo'lib, insoniyat faoliyatining anchagina qismini
egallaydi.Shuning uchun ham “ tarjima” so‘zi tilga olinganda ko‘pchilikning
tasavvurida ,bir tilda yozilgan asar yoki materialni ikkinchi tilga ag‘darish jarayoni
paydo bo'ladi.
Tarjimashunoslik insoniyat faoliyatida eng qadimgi davrlardan kuzatilgan.Bu
soha sababli inson taraqqiyotini bosqichma-bosqich,barcha ma’lumotlar bilan
birgalikda aniq va ravshan tasavvur qilamiz.Shubhasiz, Tarjimashunoslik sohasi
millatlar va tillar orasida do‘stlik,qavm- qarindoshlik rishtalarini bog‘lovchi vosita,
madaniy-marifiy,
ilmiy-manaviy,
siyosiy-iqtisodiy,
ijtimoiy
aloqalarni
mustahkamlovchi asosiy omildir.
Nemis tilshunos olimi V.Fon.Gumboldtning ,”tilda xalq ruhi aks etadi” fikriga
mazmunan yaqin o'zbek tilshunos olimi Mahmudov tilda xalqning urf-odati, yashash
tarzi, iqtisodiy ahvoli, qisqasi, xalqning bor - budi, bo‘y- basti aks etadi. Muayyan
xalqning tilini bilish uning butun borligini anglash demakdir. Muayyan xalq tiining
mazmun- u mohiyatini idrok etish shu xalqning tarixi-yu kelajagini idrok etish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
256
demakdir.Til xalqning bebaho va muqaaddas boyligidir, xalqning har bir asl farzandi
o‘z tilidan sobit va o‘z tiliga sodiq bo‘lmog‘i azal-abad ham qarz, ham farz ekanligini
o‘z asarlarida keltirib o‘tgan. “Inson tabiati ,fe’l-atvori go'dakligidan shakllanar ekan,
milliy dunyoqarash ham bola vujudiga ona suti bilan kiradi. Mana shunga alohida
e'tibor berishingizni iltimos qilmiqchiman: tabiiyki, Ona allasi faqat chaqaloqning
orom olishi uchungina aytilmaydi, balki uning vositasida bolaning koʻngil dunyosiga
milliy ruh kiradi. Ona tilidagi mehr-muhabbat, nasliy tuygʻular va orzular goʻdakning
jism u jonida ildiz qoldiradi,”- deya taʼkidlagan edi,-Oʻzbekiston Respublikasining
birinchi prezidenti I.A.Karimov oʻzining “Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuch”
asarida. [I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”]. Bu fikrlar orqali
prezidentimizning tilga alohida eʼtibor berganlari namoyon boʻladi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkin ki, tarjima bu- millatlararo, xalqaro
koʻprikdir. Millatlarni, xalqlarni bir biri bilan tanishtiradigan, bir millatning bor
hayotini bo‘y- basti bilan ifoda etib, dunyoga tanitadigan asosiy omil ham tarjima ekan.
Xullas, tarjimashunoslik insonlar o‘zaro gaplashishiga uringan vaqtdan beri
yashab kelmoqda, boshqacha aytganda, u yanayam rivojlanishdan to‘xtamayapti.
Bundan kelib chiqadi-ki, insonlar barcha davrlarda tarjimaga muhtoj bo‘lishgan.
Tarjimon bir asarni o‘z ona tiliga o‘girayotganda asarning muallifi bilan
tengma-teng bellasha olish darajasida bo‘lmog‘i lozim. Axir, “tilni tilga ulaganda
emas, dilni dilga payvand etganda tarjima payda bo‘ladi’’ [ G‘aybulla Suyunov]
Darhaqiqat, bir millat yozuvchisi nima his qilgani, o‘sha asar yozish davomida
chekkan zahmatini dunyoning boshqa bir burchagidagi odamga yetkazish uchun ham
mahorat, ruhiyatdagi tutqinlikka bo‘lgan isyonkorlik hissiyoti kerak. So‘zni qo‘llash
jarayonida tarjimonda chegara bo‘lmasligi lozim. Chunki, so‘zlarning ma’nolari,
sinonimlari juda ko‘p. Ular orasidan munosibini tanlab olish uchun esa “so‘zlar
chegarasi” ni unitish kerak.
Demakki, tarjimon ham yozuvchi his qilgan hissiyotni, ichki kechinmalarini
xuddi o‘zidek his qilishi zarur. Aks holda, tarjimani o‘qigan mushtariy so‘zlar ketma
ketligini o‘qiydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–3_ Май –2025
257
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Fatxutdinova Iroda Atxamovna. TDSHU; Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika
kafedrasi oʻqituvchisi; “Tarjimada ekvivalentlikning muloqot maqsadini ifodalash
vositalari” maqolasi-2021
2. I.Gʼafurov, O.Moʻminov, N.Qambarov; “Tarjima nazariyasi” kitobi. “Tafakkur
boʻstoni” nashriyoti. Toshkent -2012
3. I.A.Karimov; “Yuksak manaviyat-yengilmas kuch”
4.M.Sh.Omonova; “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”. “Zebo Prints” nashriyoti.
Toshkent -2023
5.Nigora Isroilova; “Badiiy yozma tarjima va uning xususiyatlari” maqola: 2024-yil
6.Qudrat Musayev; “Tarjima nazariyasi asoslari”. “Fan” nashriyoti
7. “Tarjima tillararo va madaniyatlararo kommunikatsiyaning turi sifatida”.
Samarqand - 2021
8. Ziyoda Aliyeva; “Badiiy tarjimaning oʻziga xos xususiyatlari” maqola: “Media. Til
va madaniyat. Tarjima” talabalar ilmiy-amaliy konferensiya. 2023-yil