MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
430
TO`QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT KORXONALARINI IQTISODIY
RIVOJLANTIRISH BO`YICHA MULOHAZALAR
Xudoykulov Mamarasul Radjabovich
Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti Iqtisodiyot kafedrasi
mudiri i.f.f.d,dots. Ma`rufjonov Qudratillo Nodirbek og`li
Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti.
Annotatsiya: Ushbu maqola to`qimachilik va yengil sanoat korxonalarini
iqtisodiy rivjlantirish masalalariga bag`ishlanadi. Shuningdek, korxonalarni iqtisodiy
rivojlanishdagi omillari, imkoniyatlari,ta`minot masalalari va energetika, xom-ashyo
yetkazishdagi muammolar,va davlatimiz tomonidan ushbu sohani rivojlantirish uchun
qilinayotgan ishlar haqida gap boradi.
Kalit so`zlar: iqtisodiy rivojlanish, investitsiya, xalqaro bozor, fors-
major,subsidiya, imtiyozli kreditlar
Аннотация: Данная статья посвящена вопросам экономического
развития предприятий текстильной и легкой промышленности. Также
обсуждаются факторы экономического развития предприятий, возможности,
вопросы и проблемы снабжения в сфере энергетики, сырьевого обеспечения, а
также работа, проделанная нашим государством для развития этой отрасли.
Ключевые слова: экономическое развитие, инвестиции, международный
рынок, форс-мажорные обстоятельства, субсидия, льготное кредитование
Annotation: This article is devoted to the issues of economic development of
textile and light industrial enterprises. Also, the factors of economic development of
enterprises, opportunities, supply issues and problems in energy, raw material supply,
and the work done by our state for the development of this sector are discussed.
Key words: economic development, investment, international market, force
majeure, subsidy, preferential loans
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
431
Tо‘qimachilik va yengil sanoat mamlakat iqtisodiyoti uchun katta
ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biridir. Ushbu sektor aholini ish bilan
ta’minlash, milliy mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda eksport salohiyatini
oshirish orqali iqtisodiy rivojlanishda muhim o‘rin tutadi va davlat yalpi ichki
mahsuloti hajmiga sezilarli darajada foyda olib keladigan yonalishlardan biridir.
Mamlakatlar o‘z tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish orqali
xalqaro bozorlar bilan raqobatlashish darajasini oshirishga intiladi. Ushbu maqolada
tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarini iqtisodiy rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari, imkoniyatlari hamda dolzarb muammolari tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va
investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son farmonida investitsiyalarni jalb
qilish,ularning ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlardagi o`rni hamda ahamiyati haqida
gap boradi.[1] Yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini joriy etish uchun
kapital talab etiladi, buning uchun eng yaxshi yechim investitsiya jalb qilish
hisoblanadi. Investitsiyalar sanoatni modernizatsiyalashga yordam beradi ya`ni bror bir
korxona investitsiya jalb qilar ekan hoh u moddiy qiymat ko`rinishida yoki uskuna
ko`rinishida bo`lsin korxonaga albatta foyda keltiradi agarki yaxshi oylangan va uzoqni
ko`zlab ish tutilgan bo`lsa, korxona investitsiya shaklida yangi texnika yoki
texnologiyani jalb qilar ekan bu korxonaning iqtisodiy rivojiga hamda uning
modernizatsiya bo`lishiga olib keladi. Investitsiyalar ishlab chiqarish hajmini oshirish
va sifatni yaxshilashga ham yordam beradi, agar korxona yangi turdagi dastgohlarni
jalb qiladigan bo`lsa bu korxonaga ko`plab foyda va harajatlarni tejashga yordam
berishi mumkin. Masalan zamonaviy texnika olib kelinguniga qadar korxona
mahsulotni ma`naviy yoki jismoniy eskirgan dastgohlarda o`z faoliyatini olib
borayotgan bo`lsa, yangi turdagi texnikalarni olib kelishi bilan, bir mahsulot ishlab
chiqargunga qadar ketadigan vaqtdan yutishi mumkin,ya`ni yangi dastgoh yordamida
ishlab chiqarish vaqti tejaladi va bu harajatlarni qisqartirishga yordam beradi, hamda
yangi dastgohlar tejamkorligi bilan eski dastgohlardan farq qiladi, ular mahsulot ishlab
chiqargungacha bir soat vaqt sarflasa yangi texnologiyalar yordamida esa bu vaqt ikki
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
432
uch barobarga qisqarishi mumkin. Mahsulot sifatiga ham investitsiyalar o`zining ijobiy
ra`sirini bermay qolmaydi. Yuqorida ta`kidlanganidek zamonaviy uskunalar mahsulot
ishlab chiqarishda harajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarishni vaqtini qisqartirishga
ham eng asosiysi mahsulotni sifatli bo`lishiga yordam beradi. Innovatsiyalar va ilg‘or
texnologiyalarni kiritish mahsulot sifatini oshirishda va ishlab chiqarish
samaradorligini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Bu esa eksport hajmini ko‘paytirish
hamda xalqaro bozor talablariga moslashishga yordam beradi.
Malakali ishchi kuchini tayyorlash. Kadrlar masalasi sanoatni rivojlantirishda
asosiy omillardan biridir. Korxonada zamonaviy dastgohlar bo`lsayu lekin ulardan
samarali foydalana oladigan ishchilar bo`lmasa, korxona maqsad qilgan iqtisodiy
rivojlanishga erisha o`lmaydi. Ishchilarni yetuk kadr qilib shakillantirish uchun esa
ularni malaka oshirish uchun turli hil o`quv dasturlariga kerak bo`lsa chet elga bilim
va malakalirini rivojlantirish uchun ham sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berilishi
kerak.Yengil sanoatda malakali ishchilar mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqarish
samaradorligini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun investitsiya jalb qilish
barobarida ishchilarni ham yetuk kadr qilib tayyorlay olish kerak.
Eksport salohiyatini oshirish orqali yengil sanoat korxonalari xalqaro
bozorga chiqishi mumkin agar korxonalar xalqaro bozorga chiqa o`lsa ular birinchi
navbatda
o`zlarining
mahsulot
ishlab
chiqarish
hajmini,
mehnat
unumdorligini,mahsulot sifatini yuqori darajaga olib chiqgan bo`ladilar. Xalqaro
bozorga chiqishi bilan esa iqtisodiy rivojlanishga erishgan deb aytsa bo`ladi.
Tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirishda quyidagi
imkoniyatlar mavjud: Ishlab chiqarish klasterlarini shakllantirish .Eksport salohiyatini
kengaytirish .Innovatsiyalarni joriy etish .[3]
Ishlab chiqarish klasterlarini shakllantirish. Tarmoqning samaradorligini
oshirish uchun klasterlash tizimini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Bu yirik va
kichik korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya hamda logistika xarajatlarini kamaytirish
imkonini beradi.
Eksport salohiyatini kengaytirish. Mamlakatlarda ishlab chiqarilgan
to‘qimachilik mahsulotlarini xalqaro bozorlarda raqobatbardosh qilish, eksport
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
433
imkoniyatlarini oshiradi. Shu bilan birga, tashqi savdo bitimlari va xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish tо‘qimachilik sohasidagi yangi bozorlarni o‘zlashtirishga yordam beradi.
Mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash
orqali ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalash imkoniyati mavjud. Bu esa
mahsulotlarning global talabga mos kelishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarining iqtisodiy
rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi muammolar ham mavjud:energiya va xomashyo
ta’minoti
muammolari,kapitalga
bo‘lgan
cheklovlar,bozor
sharoitlarining
o‘zgaruvchanligi.[4]
Xomashyo uzliksiz yetkazib berilishini ta`minlash uchun bir nechta
usullardan foydalanish mumkin bulardan biri mahalliylashtirish, ya`ni bu usul bilan
korxonaga mahsulotni chet eldan yoki ishlab chiqarish hudidan uzoqda joylashgan
taminotchi bilan emas balki korxonaga yaqin hududlarda joylashgan taminotchilar
bilan ishlashi mumkin bu orqali ishlab chiqarish smaradorligini oshirgan holda,
harajatlarni va yetkazish vaqtini ham sezilarli darajada qisqartirishi mumkin. Bu esa
ta`minot masalasiga ya`ni ta`minotni uzliksiz bo`lishiga yechim bo`la oladi.
Energiya ta`minotiga tohtaladigan bo`lsak, elektr energiyasi sanoatning
asosiy energiya manbai hisoblanadi.Ba`zi holatlarda fors major holatlari sodir
bo`lganda elektr liniyalaridan energiya olish imkoni bo`lmay qoladi, shunday
holatlarda ishlab chiqarish uzliksizligini ta`minlash maqsadida qayta tiklnuvchan
energiya manbalaridan foydalanish samarali usullardan biri hisoblanadi.Qayta
tiklanuvchi energiya turlariga
quyosh, gidravlik, shamol, geotermik va biomassalar
kiradi. Bu energiya turlari ekologik jihatdan ham bezarar hisoblanadi. Hozirgi kunda
yurtimizda ham ushbu energiyamanbalariga otish uchun davlatimiz tomonidan qarorlar
va loyihalar amalga oshirilmoqda,bunga misol qilib “Qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish” to‘g‘risidagi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-
aprelda qabul qilingan.Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda ma’qullangan qonunni ham
aytishimiz mumkin[2] Sanoatning uzluksiz ishlashi uchun energiya resurslari va
xomashyo yetkazib berishning barqaror bo‘lishi talab etiladi. Ushbu masalalarning hal
qilinmagani ishlab chiqarish jarayonining sustlashishiga olib kelishi mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_ Май –2025
434
Yana bir e`tibor qaratilishi lozim bo`lgan masala moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash tizimini takomillashtirish. Bunda sanoat korxonalariga imtiyozli kreditlar
ajratish,subsidiyalar berish, ma`lum vaqtga qadar soliqlardan ozod qilish kabilar
moliyaviy qo`llab quvvatlashga misol bo`la oladi. Sohani iqtisodiy rivojlantirish uchun
quyidagi yo‘nalishlar taklif etiladi:Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash siyosati.
Davlat tomonidan to‘qimachilik va yengil sanoatga soliq imtiyozlari, kreditlar hamda
subsidiyalar berish orqali korxonalarni rag‘batlantirish kerak. Shuningdek, davlat-
hususiy sheriklikni rivojlantirish orqali innovatsiyalarni kiritish imkoniyatlarini
kengaytirish lozim.
Ilg‘or texnologiyalardan foydalanish. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
orqali korxonalar ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va energiya samaradorligini
oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Tashqi bozorlarga chiqish strategiyasini ishlab
chiqish. Eksport bozorlariga chiqishni rag‘batlantirish uchun xalqaro savdo
yarmarkalari va ko‘rgazmalarda ishtirok etish, hamkorlikni mustahkamlash kerak.
Xulosa qilib aytganda tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarini iqtisodiy
rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sektorning
innovatsiyalar va investitsiyalar orqali rivojlanishi, eksport salohiyatini oshirish hamda
raqobatbardoshlikni ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Ushbu sohaning davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va xususiy sektorning faol ishtiroki rivojlanishning
muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
LEX.UZ Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish
masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
LEX.UZ Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidaQonunchilik
palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilinganSenat tomonidan 2019-yil 3-
mayda ma’qullangan
Karimova, N. A. (2021). To‘qimachilik sanoatini
modernizatsiyalashning zamonaviy usullari. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori.
Yengil sanoatni rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha 2020 yilgacha bo‘lgan
chora-tadbirlar dasturi.