MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
397
KIMYOVIY KINETIKA VA UNI OTM LARDA O’QITISHNING
AHAMIYATI
Xolmatova Sevara
e-pochta: xolmatovasevara199@gmail.com
Xolmatova Maftuna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada asosan kimyo fanini o’qitishda talabani
pedagogik mahoratiga oid tajribalarni qo’llash metоdlarini nazariy asoslari
keltirilgan.
Mazkur maqolada kimyoviy kinetikaning nazariy asoslari, reaksiyalar
tezligi va uni ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Kimyoviy kinetikaning ilmiy va
amaliy ahamiyati yoritilib, uni oliy ta’lim muassasalarida (OTM) samarali
o‘qitishning dolzarbligi asoslab beriladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va
innovatsion o‘qitish metodlarining kimyo fanini o‘zlashtirishdagi roli tahlil qilinadi.
Shuningdek, talabalarda mustaqil fikrlash va tajriba asosida tahlil qilish
ko‘nikmalarini shakllantirishda kimyoviy kinetika bo‘yicha bilimlarning o‘rni
ko‘rsatib berilgan. Maqola OTMda kimyo fanini o‘qitish sifatini oshirishga
qaratilgan metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.
Kalit so’zlar:
Pedagogik mahorat, reaksiya tezligi, kimyoviy kinetika,
kimyoviy muvozanat, kimyoviy tajriba, harorat, kimyoviy formula,
OTMda o‘qitish,
ta’lim metodikasi, tajriba asosidagi ta’lim, pedagogik yondashuv, Ilmiy tahlil,
innovatsion metodlar
Abstract:
This article presents the theoretical foundations for the application
of experiments on the pedagogical skill of a teacher in teaching chemistry.
This article
explores the theoretical foundations of chemical kinetics, reaction rates, and the
factors influencing them. It highlights the scientific and practical significance of
chemical kinetics and substantiates the importance of its effective teaching in higher
education institutions. Modern pedagogical approaches and innovative teaching
methods that enhance students' comprehension of chemistry are analyzed. The article
also emphasizes the role of chemical kinetics knowledge in developing students'
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
398
independent
thinking
and
experimental
analysis
skills.
Methodological
recommendations aimed at improving the quality of chemistry education in
universities are also included.
Keywords:
Pedagogical skills, reaction rate, chemical kinetics,chemical
equilibrium, chemical
experiment, temperature, chemical formula,
teaching in higher
education, teaching methodology, experiment-based learning, pedagogical
approach, scientific analysis, innovative methods.
Aннотация:
В данной статье в основном представлены теоретические
основы методов применения эксперементов, связанныx с педагогическими
навыкамиучащиxся
при
преподавании
xимии.
В
данной
статье
рассматриваются теоретические основы химической кинетики, скорость
химических реакций и факторы, влияющие на неё. Освещается научное и
практическое значение химической кинетики, обосновывается актуальность
её эффективного преподавания в высших учебных заведениях. Анализируются
современные педагогические подходы и инновационные методы обучения,
способствующие лучшему усвоению химии студентами. Также показано
значение знаний по химической кинетике в формировании у студентов навыков
самостоятельного мышления и анализа на основе эксперимента. Статья
включает методические рекомендации, направленные на повышение качества
преподавания химии в вузах.
Ключевы слова
Педагогическое мастерство, скорость реации,
xимическая кинетика, xимическое равновесие, xимический эксперимент,
температура, xимическая формула,
преподавание в вузе, методика обучения,
обучение на основе эксперимента, педагогический подход, научный анализ,
инновационные методы.
Kirish
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash,
nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday
ekan, o‘qituvchi o‘quvchi yoki talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va
sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonlarni boshqarar ekan,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
399
pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi lozim. Shundagina har qanday fan
o‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bilan birgalikda pedagogik asoslarini nazariy asoslarini
ilmiy asosida bilishligi va dars jarayonlariga tadbiq eta olishligi lozim. Bo’lajak
metodist o‘qituvchi pedagogik nazariyalarni jarayonida: pedagogik hodisalarning
mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va
professional pedagogikani tushunib yetadi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lgan
o‘qituvchi avvalo, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs
rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining
mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. Ta’lim tizimida mehnat qilayotgan
pedagoglarning ko‘pchiligi ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning
zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormoqdalar.
[2]
Bugungi kunda kimyo o‘qitish metodikasi yo’nalishida tayyorlandigan
bo‘lajak metodist o‘qituvchilar ikkita yo‘nalish metodologiyasini o‘rganmoqda
1.Kimyo faning umumiy nazariyalari (anorganik,organik,analitik,polimerlar kimyosi
va kimyoviy texnologiyalarning nazariy asoslari). 2.Kimyo o‘qitish metodikasini
nazariy
asoslari:Kimyo
o`qitish
jarayonida
o`quvchilarda
vatanparvarlik,
baynalminal, mehnat, ekologik tarbiyalarni shakllantirish. Kimyo o`qitishda
o`quvchilarni rivojlantirish. Kimyo kursida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish
manbalari va vositalari. Kimyo o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalashga har
tomonlama yondashish. Kimyo o‘qitish jarayoni. Kimyoning muammoli o`qitilishi
o`quvchilarni rivojlantirish vositasi ekanligi. O‘qitish metodlarining funksiyalari
haqida va uning rivojlanish bosqichlari hamda faning ilmiy asosida rivojlantirgan
ulug‘ fan olimlar va metodist olimlarimizning fanga rivojlantirishga qo‘shgan ilmiy
nazariy asoslarini, ilmiy meroslarini metodologiyasini yosh avlodga o‘rgatishga
asoslanmoqda.Bunda asosan bo’lajak metodist o‘qituvchilarimiz quydagi kimyo
o‘qitish metodikasining nazariy asoslarini metodologiyasi bo‘yicha ko’nikma va
malakalarga ega bo‘lishadi: Shunga asoslanib yosh metodist o‘qituvchilar maktabda
kimyo talimini nazariyalari asosida metodlarni tadbiq qilish orqali amalga
oshiradilar.Buning uchun o‘qituvchi maktab kimyo ta’limini o‘zi qanday tuzilgan va
u nimalarga asoslanishini, nazariy asoslarini chuqur o‘rganishlari zarur: Qaysiki,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
400
maktab kimyo ta’limi, bu maktabda kimyo ta’limining ahamiyati uning fan-texnika
taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan
belgilanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitish orqali
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy
rivojlanishini, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish va o‘stirish, ularda milliy
va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim
olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlar beriladi.
Asosiy qism
Kimyoviy
kinetika (
κίνησις — harakatlanuvchi), kimyoviy
reaksiyalar kinetikasi
kechadigan jarayon sifatida oʻrganadigan boʻlimi. Bu jarayon mexanizmi uni amalga
oshiradigan sharoitlarga bogʻliq. Kimyoviy kinetika kimyoviy reaksiyalarning tezligi,
yoʻnalishi, oʻtkazish sharoitlari orasidagi oʻzaro bogʻliqlik qonuniyatlari va ularga
taʼsir etuvchi omillarni tadqiq qiladi. Murakkab kimyoviy reaksiyalar mexanizmini
oʻrganish kechayotgan jarayon qanday elementar bosqichlardan iboratligini va bu
bosqichlar oʻzaro qay tarzda bogʻliqligini, qanday mahsulotlar hosil boʻlishini va
boshqani aniqlashga imkon beradi. Kimyoviy kinetika elementar reaksiyalarni faol
zarrachalar (erkin atomlar va radikallar, ionlar va ion radikallar, taʼsirlangan
molekulalar va boshqa) ishtirokida oʻrganadi. Molekulalar va kimyoviy bogʻlar
tuzilishini kinetik tadqiq qilish natijalaridan foydalanib kimyoviy kinetika
ining
tuzilishi hamda ularning reaksiyaga kirishish krbiliyatini
aniqlaydi. Kimyoviy kinetikaning faol toʻqnashish va faol kompleks nazariyalari
mavjud. Faol toʻqnashish nazariyasiga koʻra, kimyoviy oʻzgarish boʻlishi uchun
toʻqnashuvchi molekulalarning energiya zahirasi maʼlum minimumdan kam
boʻlmasligi shart. Bunday molekulalar faol molekulalar deyiladi. Bu na-zariyaning
matematik ifodasi: K=
A yexr (-EJRT)
(Arrenius tenglamasi); K—tezlik konstantasi
(yoki solishtirma tezlik); R — universal gaz doimiysi; T — absolyut temperatura;
E— aktivlanish energiyasi — aktiv molekulalar energiyasi zahirasining yigʻishshsi;
A — proporsionallik. Aktiv kompleks nazariyasiga muvofiq, AB+CA -" C+B
koʻrinishida reaksiya borayotgan boʻlsa, A—B bogʻi darhol uzilmaydi va A—S bogʻi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
401
ham darhol hosil boʻlmaydi. AB va C moddalari bir-biriga yaqinlashganda A—B bir-
biridan uzoqlashadi va A—C birbiriga yaqinlashib boradi. Maʼlum bir paytda ABC
kompleksi vujudga keladi. Soʻng aktiv kompleks parchalanib, reaksiya
mahsulotlariga aylanadi. Bu nazariya aktivlanish energiyasining mohiyatini
tushuntirib beradi va reaksiyalar (hozircha oddiy reaksiyalar)ning tezligini nazariy
hisoblash yoʻlini koʻrsatadi. Yuqorida bayon etilgan 2 nazariya birbiriga zid emas,
balki bir-birini toʻldiradi. Kinetik tadqiqotlar kimyo fanining mustaqil boʻlimlari
(kataliz, fotokimyo, plazmakimyo, radiokimyo, elektrokimyosh b.)ga muhim tarkibiy
qism boʻlib kiradi. Kimyoviy kinetika oʻz tadqiqotlari va nazariy umumlashmalarida
matematika, kibernetika, atom va molekulyar fizika, kvant kimyosi, spektroskopiya,
analitik kimyo va b.ning yutuqlaridan foydalanadi. Kimyoviy kinetikaning kinetik
maʼlumotlari va nazariy konsepsiyalari atmosfera va gidrosferaning ekologik
modellarini tuzishda, koinotda sodir boʻladigan jarayonlarni tahlil qilishda
qoʻllaniladi
Maktabda o‘rganiladigan kimyoning mazmuni imkoni boricha o‘quvchilar
atrofini o‘rab turgan muhitdagi hayot, turmush va ishlab chiqarish hamda
o‘quvchilarning turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. O‘quv dasturi
kimyo fani o‘qitishda oddiydan murakkabga tomon tuzilgan bo‘lib, dastavval modda,
moddalarning xossalari, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va
qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo sanoati
erishgan yutuqlar, tabiat va jamiyatda kimyoviy ishlab chiqarishning o‘rni, ta’siri
haqidagi bilimlarni berish va amaliy malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat
berilgan. Maktabda kimyo ta’limini o‘rgatishda asosan o‘qituvchi kimyoning
nazariyalarini tajribalar asosida isbotlash orqali o‘quvchilarda nazariyani
shakllantirilib boriladi. Shuning uchun o‘quvchilarga har qanday kimyoviy
reaksiyalar asosan ikki xil usulda amalga oshirilishi: 1.Quruq. 2.Ho’l(eritmalarda)
borishligini o‘rgatish orqali o‘rgatiladi. O‘quvchilarda kimyoviy tushunchalarni
vujudga keltirishda asosan modda va uning xossalar hamda ular orasida boradigan
kimyoviy reaksiyalarninazariyaga asoslanib hosil bo‘lgan moddalarni aniqlash va
formulalarini ionli va molekulyar tenglamalarini tuza olish qobilyatini vujudga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
402
keltirishga yo’naltirish orqali asta sekinlik bilan oddiydan murakkabga qarab evristik
va deduksion metodlardan foydalanib amalga oshirish kimyo ta’limini sifatini
oshirishga olib keladi.
[3]
O’tkazilgan
pedagogik tajribalarda asosan talabalarda kimyoviy
tushunchalarni shakllantirishda kimyoviy reaksiyalarni sodir bo’lishi, rangsiz
eritmalarda ko’zga ko’rinmaydigan jarayonlarda reaksiya tezliklari va kimyoviy
muvozanat qanday sodir bo’lishi, hamda katalizator va temperatura oshirilganda
kimyovy jarayopnlar sodir bo’lishi haqida tushunchalar beriladi. Bunda asosan oldin
talabalarga kimyoviy kinetika haqida umumiy tushunchalarni klassik metodlar orqali
o’rgatiladi. Bunda asosan talabalarga oldin kimyoviy reaksiya turlari haqida bilimlar
shakllantiriladi, so’ngra reaksiyalarni hosil bo’lish tezliklari, ularga ta’sir etuvchi
faktor moddaning konsentiratsiyasi, temperaturasi oshirilganda va katalizator
qo’shilganda reaksiyalarda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi va uning aniqlash
metodlari hamda shu kinetikaga oid o’zining qonuniyatlarini yaratgan olimlarni ilmiy
nazaryalarini keltirish orqali talabalarda kimyoviy kinetikasini qonunlari va
nazaryalari vujudga keltiriladi. Shundan so’ng talabalarga kimyoviy reaksiya tezligi
haqida qoidalar keltirib, reaksiyaning tezligini quyidagi formula asosida topilishini
ko’rsatib o’tiladi…
V
o’rtacha
=
Bunda C
M
= bo’lgani uchun, agar gazning hajmi va miqdori ma’lum bo’lsa
reaksiyaning o’rtacha tezligi V
o’rtacha
= formula bilan topiladi.
Xulosa
Kimyoviy kinetika — zamonaviy fan va texnologiyaning ko‘plab
yo‘nalishlarida muhim o‘rin tutadigan fundamental sohalardan biridir. Ushbu fan
orqali kimyoviy reaksiyalar tezligi, ularning shart-sharoitlarga bog‘liqligi va
mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida kimyoviy kinetikani
o‘qitish esa talabalarni nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalar bilan ham
qurollantiradi. Bu esa ularning ilmiy-tadqiqot, sanoat, tibbiyot va ekologiya kabi
sohalarda samarali faoliyat yuritishlariga zamin yaratadi. Shu bois, kimyoviy
kinetikani o‘qitish nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki fan-texnika
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
403
taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim
ahamiyatga egadir.
Kimyoviy kinetika – kimyoviy reaksiyalarni chuqur tushunish va ularni
boshqarish imkonini beruvchi muhim fandir. Bu yo‘nalish orqali reaktsiyalar tezligi,
unga ta’sir qiluvchi omillar va katalizatorlarning roli aniqlanadi. Oliy ta’lim
muassasalarida kimyoviy kinetikani o‘qitish talabalarda ilmiy fikrlashni
shakllantirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, muammolarga ilmiy
yondashuv bilan yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa ularning
kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida — farmatsevtika, kimyo sanoati, ekologiya yoki
ilmiy tadqiqot sohalarida — raqobatbardosh va malakali mutaxassis bo‘lib
yetishishlariga xizmat qiladi. Shunday qilib, kimyoviy kinetika fani nafaqat kimyo
fanining muhim bo‘g‘ini, balki amaliy hayotda ham katta ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Sharipov “Kimyo ta’limida kimyoviy kinetika va kataliz nazaryalarini o’qitishning
ilmiy metodologik asoslari” maqola
2.B.Abdurahmonov “Kimyo ta’limida kimyoviy kinetika va kataliz nazaryalarni
o’qitishning pedagogik ahamiyati” maqola
3.Omonov .H.T, Qurbonnazarov .O.A “Kimyo, inson va biosfera.”-Toshkent.
4.Sh.R Sharipov, G’.N Sharifov, F. Turdikulova, B. Rahmonov “ Kimyo fanini
o’qituvchisining kreaktivlik qobilyatini shakllantirish metodlari”.
5.Sh.R Sharipov, G’.N Sharifov, F. Turdikulova, B. Rahmonov “ Maktab kimyo
kursida elektrolitik dissosatsiyalanish nazariyasini muommali ta’lim texnologiyasi
asosida o’qitish”.
Foydalanilgan internet sayt
6.https://uz.wikipedia.org/wiki/Kimyoviy_kinetika