Authors

  • Mo’ydinova Maftuna Azizbek qizi

Author Biography

  • Mo’ydinova Maftuna Azizbek qizi

    Andijon davlat texnika instituti, “Muqobil energiya manbalari”, yoʻnalishi
    K-93 21 guruhi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.89911

Keywords:

avtomatikada telemexanikada radioelektronikada elektron hisoblash texnikasi fotoelementlar quyosh batareyalari mikrosxemalar mikroelektronika elementlari.

Abstract

ushbu maqolada quyosh energiyasini o‘zgartirish va qayta ishlashda yarimo’tkazgich materiallarning ahamiyati, qo’llanilish sohalari yuzasidan fikr yuritilgan. Ularning xossalarini o‘rganish ustida olib borilayotgan tadqiqot ishlari hamda maliy natijalar muhokama qilindi hamda adabiyotlar tahlili amalga oshirildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

364

YARIMO’TKAZGICH MATERIALLARNI MUQOBIL

ENERGETIKADAGI O‘RNI

Mo’ydinova Maftuna Azizbek qizi

Andijon davlat texnika instituti, “Muqobil energiya manbalari”,

yoʻnalishi

K-93 21 guruhi talabasi

Annotatsiya:

ushbu maqolada

quyosh energiyasini o‘zgartirish va qayta

ishlashda yarimo’tkazgich materiallarning ahamiyati, qo’llanilish sohalari

yuzasidan fikr yuritilgan.

Ularning xossalarini o‘rganish ustida olib borilayotgan

tadqiqot ishlari hamda maliy natijalar muhokama qilindi hamda adabiyotlar tahlili

amalga oshirildi.

Kalit so‘zlar:

avtomatikada, telemexanikada, radioelektronikada, elektron

hisoblash

texnikasi,

fotoelementlar,

quyosh

batareyalari,

mikrosxemalar,

mikroelektronika elementlari.

Zamonaviy elektronika sohasida jahon fani va texnikasida salmoqli o‘rinni

egallaydi. Ular asosda ishlab chiqarilayotgan asboblar va qurilmalar miqdori tez

ko‘payib, ularning turli sohalarga tatbiqi kengayib bormoqda. Hozir zamonaviy

elektronika elementlari qo‘llanilmayotgan insoniyat faoliyati sohalarini alohida

ko‘rsatish qiyin ular avtomatikada, telemexanikada, radioelektronikada, elektron

hisoblash texnikasida va boshqa qator sohalarda keng ishlatilmoqda. Quyosh

energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdek muhim dunyoviy muammoni

yechishda ham elektronika elementlarining ahamiyati juda kattadir. Hozirda unumli

foydalanilayotgan fotoelementlar, jumladan, quyosh batareyalari va kichik

energetikaga

mansub

boshqa

elementlarni

takomillashtirishdan

tashqari,

yarimo‘tkazgichlarga asoslangan katta energetika ancha qudratli quyosh

elektrostansiyalarini yaratish loyihalari ham o‘rtaga tashlanmoqda, zero quyosh

energiyasidan foydalanish inson va tabiatga ziyon keltirmaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

365

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda elektronika sanoati rivojlanib borishi bilan

birgalikda bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlar ham avj olib bormoqda. Shu tufayli

yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yarimo‘tkazgichlar asosida tayyorlanadigan asboblar,

qurilmalar va mikrosxemalar hamda mikroelektronika elementlari bo‘yicha yuqori

ixtisosli mutaxassislarni yetishtirishga ehtiyoj katta. Ana shunday kasbni egallashga

intilayotgan yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. Bu talabni qondirish maqsadida

O‘zbekistonning deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida mazkur soha bo‘yicha

mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Zamonaviy elektronika elementlarini beshinchi avlod elektronikasi

sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi. Bu avlod elektronikasining asosiy

elektronika elementlarini o‘zining ma’lum bir xossasiga ega bo‘lgan yarim

o‘tkazgichlar tashkil etadi. Yarimo‘tkazgichli asboblarni ishlab chiqarish

texnologiyasi juda tez rivojlanib bormoqda. Turli yarimo‘tkazgichli asboblarning

ajoyib fizik xossalarini tushunish va ularning loyihalash prinsiplarini egallash uchun

texnologik tayyorlash yo‘llarini va yarimo‘tkazgich tuzilmalarni olish usullarini

bilish zarur. Diodlar radioelektron qurilmalarda ishlatilishi va bajaradigan vazifasiga

muvofiq tasniflanadilar.

Yarimo‘tkazgichli diodlar elektrovakuum va gaz bilan to‘ldirilgan diodlar

o‘rnini egalladi va hozirda elektron qurilmalarda keng qo‘llaniladi. Ular

o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash, elektron qurilmalarni tarmoq kuchlanishining

oshishidan himoya qilish uchun qurilmalar uchun quvvat manbalarining asosiy

elementi sifatida ishlatiladi. Barcha yarimo‘tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish

mumkin: to‘g‘rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi. To‘g‘rilovchi diodlar

o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish uchun qo‘llanadi. To‘g‘rilanuvchi

tok shakli va chastotasiga bog‘liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va

impuls diodlarga ajratiladi. Ko‘pchilik yarimo‘tkazgichli asboblar tuzilmasining

asosiy elementi elektr o‘tishi bo‘lib, ularga turli solishtirma qarshilikka, turli

o‘tkazuvchanlik sohasiga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichning ikkita sohasida vujudga

kelgan o‘tish qatlami va metall- yarimo‘tkazgich kontakti natijasida ham vujudga

kelgan o‘tishlar kiradi. Agar yarimo‘tkazgich ikki sohasining biri n-tur, ikkinchisi p-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

366

tur bo‘lsa, bunday o‘tishni elektron-kovak o‘tish yoki p-n o‘tish deyiladi. Ko‘pchilik

keng tarqalgan asboblarning xossalari p-n o‘tishlarda yuz beradigan jarayonlar bilan

aniqlanadi. Masalan, n- tur soha va p- tur sohalarda kirishmalar konsentratsiyasi

ancha yuqori bo‘lsa, unda p – n o‘tish volt-amper tavsifnomasining ko‘rinishi oddiy

p – n o‘tish tavsifnomasidan keskin faqr qilib, tavsifnoma n ko‘rinishida bo‘ladi.

Bunday p –n o‘tishlardan tayyorlangan diodlarni tunnel diodlari deyiladi.

Yarimo‘tkazgichlarda

esa

erkin

elektronlarning

soni

kam.

Yarimo‘tkazgichlarda valentli elektronlarning oz atomlari bilan bog‘lanib turishi,

ya’ni ularning erkin bo‘lmasligi bilan bu holat tushuntiriladi. Yarimo‘tkazgichlarning

yana bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularga tashqi tomondan ta’sir

ko‘rsatish, ya’ni qizdirish, nurlantirish va aralashmalar qo‘shish hisobiga tok hosil

qilish va ularni keng chegaralarda o‘zgartirish mumkin. Bu yarimo‘tkazgichlardagi

valentli elektronlarning energiyasini oshishiga sabab bo‘ladi. Ushbu energiya

hisobiga valentli elektronlar o‘z atomlaridan ajralib chiqadi va berilgan kuchlanish

ta’sirida yo‘naltirilgan harakatga kelishadi, ya’ni tok tashuvchilar yuzaga keladi.

Qanchalik yarimo‘tkazgichning harorati yuqori yoki intensiv ravishda

nurlantirish amalga oshirilsa, shunchalik unda erkin elektronlar soni ko‘p, natijada

yarimo‘tkazgichda tokning miqdori ham yuqori bo‘ladi. Buning natijasida

yarimo‘tkazgichda elektron elektr o‘tkazuvchanlik yoki p-tipidagi o‘tkazuvchanlik

yuzaga keladi. Erkin elektronlar yarimo‘tkazgichning o‘z atomiga tegishli bo‘lganligi

bois, bunday elektr o‘tkazuvchanlik xususiy o‘tkazuvchanlik deb ataladi.

Elektronlarini yo‘qotgan yarimo‘tkazgich atomlari musbat zaryadlangan ionlarga

aylanishadi. Ushbu atomlar o‘z joylarida mustahkam turgan holda harakatlanisha

olishmaydi. Atomning tashqi orbitasida elektron ketgan joy teshik deb ataladi. Bu

joyni qo‘shni atomni tashlab ketgan boshqa bir elektron egallashi mumkin. Shu

tarzdagi elektronlarning saqlashi hisobiga atomda ham teshik paydo bo‘ladi, yani u

musbat zaryadlangan zarracha ionga aylanadi. Agar yarimo‘tkazgichga elektr

kuchlanish berilsa, elektronlar bir atomdan boshqasiga bir xil yo‘nalishda harakatga

keladi. Teshiklar esa qarama- qarshi yo‘nalishda paydo boladi. Zaryadi elektron

zaryadiga teng bo‘lgan musbat zaryadlangan zarracha teshik deb ataladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

367

Elektronika sohasida qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichli materiallarga

mexanik va kimyoviy ishlov berish texnologiyasi quyidagicha amalga oshirildi.

Yarim o‘tkazgichli materiallar asosan yombi ko‘rinishda ostiriladi (slitok).

Yombining diametri, vazni, uzunligi har xil bolishi mumkin. Kimyoviy ishlov berish.

Bu texnologik jarayon davomida asosan yarimo‘tkazgichli materiallar yuzasiga ta’sir

qilinadi va ular qatoriga kimyoviy va mexanik sayqal berish (polirovka), kimyoviy

tozalash (ochistka) va kimyoviy yemirish (travlenie) jarayonlari kiradi.

Yarimo‘tkazgichli materiallar sirtida mexanik ishlov natijasida hosil bo‘lgan

deformatsiya bo‘lgan qatlamlarni sof yuza chegarasigacha olib tashlash uchun

ishlatildi

Xulosa qilib aytganda yarimo‘tkazgichli qurilmalar tokni boshqa

elementlarga qaraganda osonroq uzatish, o‘zgaruvchan qarshilik va yorug‘lik yoki

issiqlikka sezgirlikni ko‘rsatish kabi bir qator foydali xususiyatlarni namoyish etgani

hamda yarim o‘tkazgich materialining elektr xossalari doping yordamida yoki elektr

maydonlarini yoki yorug‘likni qo‘llash orqali o‘zgartirilishi mumkinligi sababli,

yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan qurilmalarni kuchaytirish, almashtirish va

energiya konversiyasi kabi vazifalar oson bajariladi. Demak yarimo‘tkazgichlar

asosida yaratilgan asboblar radioelektronika, elektronika, lazer sanoati, axborot

texnologiyalar istiqbolini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hozirda

zamonaviy elektronika elementlarini beshinchi avlod elektronikasi sanoatining asosiy

xom ashyosi hisoblanadi. Bu avlod elektronikasining asosiy elektronika elementlarini

o‘zining ma’lum xossasiga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar tashkil etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. S. Zaynobiddinov, Teshaboyev A. T. ‘Yarimo‘tkazgichlar fizikasi’ Т. «O‘qituvchi»

2001 yil.

2. Mamatkarimov O.O, Vlasov S.I, Nazirov D.I. Yarimo‘tkazgich materiallar va

asboblar fizikasi praktikumi. Toshkent. 2006 y. Str. 165-173

3. A.Azimov “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi”. Toshkent. O‘qituvchi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

368

4. Mamatkarimov O.O, Vlasov S.I, Nazirov D.I. Yarimo‘tkazgich materiallar va

asboblar fizikasi praktikumi. Toshkent. 2006 y. Str. 165-173

5. A.Azimov “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi”. Toshkent. O‘qituvchi

6. “Yarimo‘tkazgichli asboblar fizikasi” o‘quv qo‘llanma O.O.Mamatkarimov,

B.X.Qo‘chqorov Namangan 2019y