Authors

  • Mamajonov Abdumalik Hakimovich
  • Akbaraliyev Avazbek Ahmadjon o’g’li
  • Yusufjonov Asilbek G’ayratjon o’g’li

Author Biographies

  • Mamajonov Abdumalik Hakimovich

    Toshloq tumani 2-son politexnikumi “Maxsus fanlar” kafedrasi o’qtuvchilari.

    Katta o’qituvchi

  • Akbaraliyev Avazbek Ahmadjon o’g’li

    Oliy toifa o’qituvchisi

  • Yusufjonov Asilbek G’ayratjon o’g’li

    Oliy toifa o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.89935

Keywords:

Quvvatlash vaqti samaradorligi yo‘llar infratuzilmasi zaryadlashdagi zararlar yong‘in xavfsizligi ekologik zarari

Abstract

Elektromobillardan foydalanish va ishlab chiqarish bugungi kunda juda tez suratlarda oshib bormoqda.Bugungi kunda  dunyoda avtomobillar ishlab chiqarishni juda ko‘p kompaniyalari o‘zlarining elekromobillarini namoyish etmoqda, masalan:Tesla volkswagen,  BYD, Changan,  avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular bugungi hunda ko‘plab zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lsada, ekspluatatsiyasida qilish jarayonida ularning kamchiliklari ko‘zga tashlanadi, masalan:uzoq masofalarga yurishda buni yaqqol ko‘rish mumkin.  


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

224

ELEKTROMOBILNI EKSPLUATATSIYASIDAGI KAMCHILIK

TOMONLARINI TAXLILI

Toshloq tumani 2-son politexnikumi “Maxsus fanlar” kafedrasi o’qtuvchilari.

Katta o’qituvchi. Mamajonov Abdumalik Hakimovich.

Oliy toifa o’qituvchisi. Akbaraliyev Avazbek Ahmadjon o’g’li.

Yusufjonov Asilbek G’ayratjon o’g’li.

Annotatsiya:

Elektromobillardan foydalanish va ishlab chiqarish bugungi

kunda juda tez suratlarda oshib bormoqda.Bugungi kunda dunyoda avtomobillar

ishlab chiqarishni juda ko‘p kompaniyalari o‘zlarining elekromobillarini namoyish

etmoqda, masalan:Tesla volkswagen, BYD, Changan, avtomobillarini ishlab

chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ular bugungi hunda ko‘plab zamonaviy qulayliklarga ega

bo‘lsada, ekspluatatsiyasida qilish jarayonida ularning kamchiliklari ko‘zga

tashlanadi, masalan:uzoq masofalarga yurishda buni yaqqol ko‘rish mumkin.

Kalit so’zlar:

Quvvatlash vaqti, samaradorligi, yo‘llar infratuzilmasi,

zaryadlashdagi zararlar, yong‘in xavfsizligi, ekologik zarari

Elektromobillari

hozir,

shunaqa

ommalashmoqdaki,

ko‘chalarimizda

elektomobillar soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Elektromobillar O‘zbekiston

ham elekromobillar bozorlarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Bugungi kunda

elekromobillar zamonaviy shaxarlar, ekalogik toza shaxarlar uchun keng

foydalanilmoqda. Ularni ekologik jihatdan zararsiz va iqtisodiy jihatdan tejamkor

transport vositasi sifatida bilamiz.

Qisqacha qilib aytganda, elekromobilda yurish qulay va yoqimli. Boshqarish

oson va haydash o‘ziga xos. Ammo biz uning har doim ijobiy tomonlarini,

afzalliklarini gapiramiz ammo kamchiliklarini kam eshitamiz, real olib qaraganda,

salbiy tomonlarini ham tushunishimiz kerak. Hozirgi elektr transportining

kamchiliklari nimalarda ekanligini ko‘rib chiqamiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

225

Quvvatlash

vaqti

uzoqligi.

Zamonaviy

elektromobillar,

litiy-ion

akkumulyatorlari tufayli bir quvvatlanishda 400 km dan ortiq masofani bosib o‘ta

oladi. Ammo bu omilning ham salbiy tomoni bor - bunday mashinalar sig‘imi katta

batareyalaridan foydalanadi. Natijada, AC (o‘zgaruvchan tok) stansiyalaridan

zaryadlash ko‘p soatlar talab qilishi mumkin. Uyingizda quvvatlamoqchi bo‘lsangiz

tuni bilan zaryad qilgandan keyin ham batareyaning to‘liq zaryadini ko‘rmasligingiz

mumkin. Uyda 220 volt kuchlanishda kamida 8 soat, maxsus zaryadlash stansiyalarida

minimum 40 minut turishi kerak.Bu esa haydovchilarga ancha noqulayliklar tug‘diradi.

Qishda samaradorlikning pasayishi.

Elektromobilining yana bir haqiqiy

kamchiligi qishda samaradorlikning pasayishi hisoblanadi. Bunga batareyalar ichidagi

kimyoviy reaksiyalarning sekinlashishi sabab bo‘ladi. Natijada, elektromobilning

yurish masofasi qisqaradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 5 C° da batareya quvvati 12-

20% ga, -5 C° da 30-40% ga va -12 C° da 43-50% ga kamayadi. Agar izolyatsiya

qilingan issiq garaj bo‘lsa, unda bu yaxshi variant. Ya'ni, bu yer uylarda yashovchilar

uchun imkoniyatdir.

Yo‘llarda elekromobillar uchun infratuzilma rivojlanmaganligi.

Safarlarga chiqqanda, Viloyatlar markazlari va Toshkentdan boshqa

shaharlarda foydalanish noqulayliklar olib keladi. Aksariyat hollarda elektr transport

vositalarini uyda o‘z elektr tarmoqlaridan zaryad qilish kerak. Zaryadlash stansiyalari

soni kamligi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

226

1-rasm

2-rasm

Zaryadlashda sezilmagan zararlar.

Vaqt o‘tishi bilan har bir zaryadlash

siklidan keyin u asta-sekin akkumulyator sig‘imi pasayib boradi, yiliga o‘rtacha 5%

sig‘imini yo‘qotadi. Zaryadlash orasidagi yurish masofasi kamayadi, bu ma'lum bir

zaryadlash siklidan keyin katta noqulaylik tug‘diradi. Zaryadlash qurilmasi quvvati

qanchalik kuchli bo‘lsa, batareya tezroq eskiradi. Ikki-uch yildan so‘ng, savol sizni

bezovta qiladi: bu mashina bilan nima qilish kerak?

Uni almashtirish narxi 5000 -12000 $ atrofida xarajat qilishga olib keladi. 1200

-2000 sikl zaryaddan keyin, batareya umuman zaryadlanmay ham qoladi, shuning

uchun siz boshida 430 km dan oxirida 0 gacha bo‘lgan o‘rtacha masofani bosib

o‘tishingiz kerak.

Ko‘pgina elektr avtomobil egalari ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyda zaryad

qilishadi, ammo hamma ham buni qila olmaydi, chunki ayrim insonlar ko‘p qavatli

uylarda istiqomat qiladi. Odatda pastki qavatlarda yashovchilar uchun muammo yo‘q.

Uzaytirgich kabel bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonadoningizdan tortib chiqishingiz

mumkin. Ammo agar xonadon, masalan, 4 qavatdan yuqori bo‘lsa, vaziyat ancha

murakkablashadi.

Yong‘in xavfsizligi.

Elektromobilni akkumulyatori yonsa, mashina to‘liq yonib tugamaguncha

o‘chirib bo‘lmaydi.

litiy-ion batareyalarni o‘chirish ularning tabiatiga ko‘ra qiyin

vazifadir. Masalan, baxtsiz hodisa tufayli, yacheykalarning mexanik shikastlanishi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

227

aniq yong‘inga olib keladi. Shuning uchun batareyalar elektr transport vositasining eng

pastki qismiga joylashtirishga harakat qilishadi.

Kapot ostida siz ularni topa olmaysiz!

Agar biron bir batareya yacheykasi

yonadigan, bo‘lsa nima bo‘ladi? Gap shundaki, litiy-ion batareyasi yonish paytida

jarayonni qo‘llab-quvvatlovchi kislorod chiqara boshlaydi

u benzinga qaraganda

yaxshiroq yonadi

. Shuning uchun, na qum, na ko‘pik, na suv yordam

bermaydi.

Baxtsiz hodisa paytida, yong‘in ehtimoli yuqori bo‘ladi, bunga batareyalarni

qisqa tutashuvi sabab bo‘ladi.

Birinchidan, batareyalarni zaryad qilish va keyinchalik energiyadan

foydalanishda, elektr energiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishdan ko‘ra ko‘proq

energiya

sarflanadi.

Ikkinchidan, xizmatini o‘tab bo‘lgan batareyalarni

(utilizasiya)yo‘q qilish yangi ekologik muammolardir. Akkumulyatorlarni maxsus

yo‘q qilish kerak, siz ularni axlatga tashlay olmaysiz, mumkin emas.

Afsuski, hech qanday foyda yo‘q. Akkumulyatorlarni ishlab chiqarish juda

ko‘p energiya va ko‘plab resurslarni talab qiladi. Ehtimol, shaharlarda toksinlar

chiqishi kamroq bo‘lar edi, ammo o‘simliklar bundan hech qayerga qochib qutulmaydi,

tabiat zarar ko‘raveradi.

Ekologiya kamchiliklari .

Foydalanishda

elekromobillar

atrof-muhit

uchun

zararsizdir

ammo

ekektomobillar akkumulyatorlar batareyasini almashtirilgandan keyin uni yo‘q qilish

muommosi paydo bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda bugungi davrda elektromobillar shuncha kamchiligi

bo‘lsada uni bartaraf etish ustida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Masalan:

Elektromobillarga yuqoridagi ko‘plab kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki turdagi

elektr va ichki yonuv dvigatellari qo‘llanilmoqda va bu uning infratuzilma

rivojlanmagan joylarda juda foydali bo‘ladi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:

1. ‘‘Elektr avtomobil texnologiyasi tushuntirildi” – Jeyms Larminie va jon Louri Vaqt:

384b


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_ Май –2025

228

2. “Elektr va gibrid transport vositalari, dizayn asoslari” – - Gianfranco Pistoia Vaqt:

512 b

3. “Elektromobil: akkumulyator, gibrid va yonilg‘i xujayrali avtomobillarning

rivojlanishi va kelajagi” – - G. M. P. OLeary Vaqt: 384 varaq

Internet resurslari

:

1.

AQSh energetika vazirligi: Elektromobillar haqida ma'lumotlar va tadqiqotlar.

2.

Xalqaro energetika agentligi( IEA): Elektromobillar bo‘yicha ma'lumotlar va

statistika.

3.

Elektr avtomobil Jahon: Elektromobillar sohasidagi yangiliklar va tahlillar.

Most read articles by the same author(s)

Mamajonov Abdumalik Hakimovich, Akbaraliyev Avazbek Ahmadjon o’g’li, Yusufjonov Asilbek G’ayratjon o’g’li, ELEKTROMOBILNI EKSPLUATATSIYASIDAGI KAMCHILIK TOMONLARINI TAXLILI , Modern education and development: Vol. 26 No. 2 (2025)