MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
56
“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” AJ EKSPLUATATSION
FAOLIYATINING TEXNIK – IQTISODIY KO’RSTAKICHLARI
KLASSIFIKATSIYASI
Yegamberdiyeva Xurshidaxon Alisherovna
dotsent v.b., Toshkent davlat transport universiteti
Temir yo‘l transportining ekspluatatsiya faoliyati (ishi) – bu tashish jarayonini
tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq barcha temir yo‘l korxonalari va tarkibiy
tuzilmalarining ishlab chiqarish faoliyatidir. Temir yo‘lning ekspluatatsiya ishi temir
yo‘lni barcha element va tizimlarini birlashtiradi.
Temir yo‘lning espluatatsion faoliyati quyidagi faoliyat doiralarini o‘z ichiga
oladi:
-
Texnik normalashtirish - yuk va yo‘lovchi tashishning ma'lum hajmini
bajarish, shuningdek keyingi davrlarda tashish hajmini rejalashtirish uchun poyezd va
yuk ishlarining oylik normalarini ishlab chiqish;
-
Operativ rejalashtirish – operativ sharoitda yuzaga keladigan ish faoliyatini
samaradorligini ta’minlash;
-
Tashish jarayonini tartibga solish - barcha bo‘limlarning barqaror ishlashini
ta’minlash va texnik me’yorlarni amalga oshirish;
-
Poyezdlar harakatini dispetcherlik boshqarish (poyezd dispetcheri
tomonidan bajariladi) poyezdlar harakati va manyovr ishlarini uzluksiz nazorat qilish
va boshqarishni ta’minlashdan iborat.
-
Lokomotiv parki ishini boshqarish;
-
Ekspluatatsion faoliyatning hisobi va tahlili - bu transport ishini tashkil
etishdagi to'siq va kamchiliklarni aniqlash, hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini
aniqlash. [
Ошибка! Источник ссылки не найден.
]
Tashish ishlarini amalga oshirishda maksimal tez imkoniyatlardan
foydalangan holda poyezdlar harakatini havfsizligini ta’minlashda minimal
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
57
harajatlarni sarflab amalga oshirish temir yo‘l ekspluatasiya ishining asosiy vazifasi
hisoblanadi.
Masalan, temir yo‘l yuk poyezdlari tarkibining qat’iy me’yorlarini ushlab
turishi shart, buning natijasida vagonlarni to‘plash vaqtini oldindan aytib berish juda
qiyin.
Chunki, berilgan muddatga yuklarni kafolatli yetkazib berilishini ta’minlash
mumkin emas.
Ishning jadallashuvi ba’zida ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirishga
to‘sqinlik qiladi. Tejash o‘rniga ularning ortishi kelib chiqadi.
Shuning uchun hozirgi sharoitda ekspluatatsiya ishlarini boshqarish minimal
xarajatlar bilan tashishga bo‘lgan talabni sifatli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerak.
Ekspluatasiya ishini hususiyatlari quyidagicha:
Turli hil tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi – ya’ni temir
yo‘llar, stansiyalar, depolar, tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar,
ekspeditorlik, logistik kompaniyalar va boshqalarning barchasi birgalikda tashish
ishini amalga oshiradi.
Ishlab chiqarish faoliyati bir temir yo‘l ichida boshlanib boshqa temir yo‘l
korhonalarida ichida davom etib, tugaydi. Boshqa sanoat korhonalarida farqli
ravishda temir yo‘lda nafaqat mehnat predmeti emas(yuklar), balki mehnat vositalari
ham o‘tishi mumkin(vagon va lokomotivlar)
Lokomotivlar ma’lum bir depolarga biriktirilib, shu yerga qaytadilar,
Lokomotivlar aniq bir depoga biriktirilgan, lekin lokomotivlar ish yelkasi temir yo‘l
chegaralari bilan mos tushmaydi va lokomotivlarni boshqa temir yo‘llarga «kirishi»
yuzaga keladi, bu esa xarajatlarni baholash va bu xarajatlarni kompensatsiyasi bilan
bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.
Vagonlar esa ko‘plab davlat temir yo‘llarida aylanadilar. Shuning uchun
spetsifik faoliyat – vagon parklarini tartibga solish ham mavjud.[
Ошибка!
Источник ссылки не найден.
]
Temir yo‘l ekspluatasiya ishini quyidagi turlari mavjud:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
58
• Texnik ekspluatasiya – poyezdlar harakatini tashkil etish, temir yo‘l
stansiyalarini loyihalashtirish va ishlatish, yo‘lovchi tashishni tashkil etish.
• Tijorat ekspluatasiyasi - yuk va tijorat ishlarini tashkil etish,
iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish.[
Ошибка! Источник ссылки не
найден.
]
Harakatlanuvchi tarkibni tavsiflash, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarga
ehtiyojni aniqlash, hamda lokomotiv va vagonlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun
temir yo‘lda ekspluatatsiya ishining hajm va sifat ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi.
Hajm ko‘rsatkichlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:[
Ошибка! Источник
ссылки не найден.
]
1. Bajarilgan ish sikllarini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar.
2. Harakatlanuvchi tarkibning bosib o‘tgan masofasini aks ettiradigan
ko‘rsatkichlar.
3. Vagon va lokomotivlar sarflaydigan vaqtini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar.
1.1-jadval
Hajm ko‘rsatkichlarini guruhlar bo‘yicha taqsimlanishi
Guruh nomi
Guruhdagi ko‘rsatkichlar nomi
Bajarilgan ish sikllarini aks
ettiradigan ko‘rsatkichlar
Ortilgan vagonlar soni
Qo‘shni temir yo‘llardan qabul qilingan va
qo‘shni temir yo‘llarga topshirilgan vagonlar
soni.
Stansiya ishi nafaqat yuklangan vagonlar soni
bilan balki yuk tushirilgan va qayta ishlangan
tranzit vagonlar soni bilan ham aniqlanadi
Harakatlanuvchi
tarkibning
bosib o‘tgan masofasini aks
ettiradigan ko‘rsatkichlar
Vagonlarni bosib o‘tgan masofasi
Lokomotivlarni bosib o‘tgan masofasi
Vagon
va
lokomotivlar
sarflaydigan
vaqtini
aks
ettiradigan ko‘rsatkichlar
Vagonlarni sarflagan vaqti
Lokomotivlarni sarflagan vaqti
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
59
1.2-jadval
Sifat ko‘rsatkichlarini guruhlar bo‘yicha taqsimlanishi
Guruh nomi
Guruhdagi ko‘rsatkichlar nomi
Tarkib quvvati, vagonlarni
yuk ko‘tarish qobiliyati va
lokomotivlarni tortish kuchi
bo‘yicha
harakatlanuvchi
tarkibdan
foydalanish
ko‘rsatkichlari
Poyezdning o‘rtacha og‘irligi (brutto, netto);
Vagonning o‘rtacha yuklamasi (statik, dinamik);
Vaqt
bo‘yicha
harakatlanuvchi tarkibdan
foydalanish ko‘rsatkichlari
Poyezd, lokomotivlarning harakatlanish tezligi
(uchastka, texnik);
Yuk va texnik stansiyalarda vagonlarni o‘rtacha
turib qolish vaqti;
Lokomotivlarni depoda o‘rtacha turib qolish vaqti;
Vagon va lokomotivlarning o‘rtacha sutkada bosib
o‘tadigan masofasi
Harakatlanuvchi tarkibning
unumsiz ish ulushini aks
ettiruvchi ko‘rsatkichlar
Vagonlarni bo‘sh holda yurish koeffitsienti;
Lokomotivlarning
yordamchi
holda
yurish
koeffitsientlari (yakka holda yurishi, turib qolish
vaqti);
Umumlashtiruvchm
(sintetik) sifat ko‘rsatkichlari
Vagon, lokomotivlarning to‘liq aylanish vaqti;
O‘rtacha sutkalik ishlab chiqarish (yuk vagoni va
poyezd lokomotivining ish unumdorligi).
Sifat va hajm ko‘rsatkichlari yagona tizimni tashkil qiladi va formula,
nisbatlar yordamida hisoblanishi mumkin. O‘z navbatida ko‘rsatkichlarni hisoblash
bo‘yicha ikki turdagi formula farqlanadi: hajm, unda sifat darajasi ekspluatatsiya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
60
me’yorlaridan foydalangan holda ish hajmi orqali baholanadi; analitik, unda
ko‘rsatkich boshqa sifat ko‘rsatkichlari orqali olinadi.
Yuk tashishda harakatlanuvchi tarkib ishini hajm ko‘rsatkichlari rejasi
quyidagi tartibda ishlab chiqiladi:
-
yuk turlari bo‘yicha vagon yuklamalari aniqlanadi va ortish, tushirish,
qabul qilingan va tushirilgan vagonlar soni aniqlanadi; tonnada berilgan tashish
zichligi vagonga aylantriladi va yukli vagonlarni bosib o‘tgan masofasi aniqlanadi;
-
uchastkalar bo‘yicha yuksiz vagonlarning balansi tuziladi; yuksiz
vagonlar soni ortib qolgan va tushirish punktlari, bo‘sh vagonlar yetmay qolgan va
ortish punktlariga biriktiriladi; yuksiz vagonlarni yonalish sxemasi tuziladi va yuksiz
vagonlarni bosib o‘tgan masofasi va so‘ngra umumiy vagon-kilometrlar aniqlanadi;
-
uchastkalar bo‘yicha tonno-kilometr brutto hisoblanadi; stantsiyalarni
qabul qilish va jo‘natish yo‘llarini uzunligidan va yuk poyezdlarini og‘irligi
meyoridan kelib chiiqib poyezdlarni bosib o‘tgan masofasi aniqlanadi;
-
uchastkalar bo‘yicha urnatilgan juft poyezdlar soni, itarish punktlari
(punkt podtalkivaniya) va ikkilangan tortuv uchastkalarining joylashuvidan kelib
chiqib lokomotivning chiziqli bosib o‘tgan masofasi aniqlanadi;
-
stansiyalarda vagonlarni qayta ishlash hajmiga qarab mahsus manyovr
lokomotivlar soni, ularni bosib o‘tgan masofasi aniqlanadi, terma poyezdlarning
oraliq stansiyalarda turish soni va davomiyligiga qarab esa poyezd lokomotivlarining
manevr ishi hajmi aniqlanadi;
-
harakatlanuvchi tarkibning bosib o‘tgan masofasi haqida uchastka
ma’lumotlari, ulardan foydalanishning texnik normalari, depo va stansiyalarning ishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida vagon va lokomotivlarni ishchi parki aniqlanadi.
Hajm ko‘rsatkichlar asosida sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Ushbu bosqichlarni qisqacha sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash
mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
61
Rasm 1.1. Harakatlanuvchi tarkib ekspluatatsiya ishini ko‘rsatkichlarini
aniqlashni texnologik sxemasi
«O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI» AJning “Asosiy ish, harakatlanuvchi
tarkibdan foydalanish, mehnat unumdorligi, tannarx ko‘rsatkichlari ro‘yhati va ularni
aniqlash tartibi” bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi guruhlar
bo‘yicha bo‘lingan:
-
Yo‘lovchi va yuk tashuvlarida xajm va sifat ko‘rsatkichlari
-
Yo‘lovchi va yuk xarakatlari bo‘yicha texnik ishlarning xajm
ko‘rsatkichlari
-
Yuk vagonlari parkidan foydalanishning sifat ko‘rsatkichlari
-
Yo‘lovchi vagonlari parkidan foydalanish ko‘rsatkichlari
-
Tashish ishlari va lokomotivlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
-
Mehnat unumdorligi
-
Tannarxni aniqlash
Boshlang'ich
ma'lumotlar
1. Yukli va yuksiz
vagonlarni bosib
o'tgan masofasi
aniqlanadi
2. Tonno-km brutto ish
hajmi va uning poyezd
kategoriyalari bo'yicha
taqsimlanishi
aniqlanadi
3. Poyezd
lokomotivlarining
bosib o'tgan masofasi
aniqlanadi
4. Poyezd
lokomotivlarining
ekspluatatsiya
parki aniqlanadi
5. Vagonlarning
ishchi parki
aniqlanadi
6. Harakatlanuvchi
tarkibdan
foydalanishning sifat
ko'rsatkichlari
aniqlanadi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–2_Май –2025
62
Bunday bo‘linish ko‘rsatkichlarni aniqlash tartibini, ketma-ketligini ko‘rsatib
bermaydi, balki temir yo‘l transportining ekspluatatsion faoliyatini tavsiflab beruvchi
barcha hajm va sifat ko‘rsatkichlarini ekspluatatsiya ishi faoliyatiga qarab
tizimlashtirilganligini bildiradi.