Authors

  • Xujaqulova Aziza Zafardiyor qizi

Author Biography

  • Xujaqulova Aziza Zafardiyor qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika insitituti

    2-kurs 2-23guruh talabasi

    E-mail: azizaxujaqulova@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.89965

Keywords:

Individual yodashuv kompentatsiya korreksiya moslashtirilgan o'quv muhiti ijtimoiy integratsiya moliyalashtirish

Abstract

Mazkur maqolada sensor kamchiligi bo'lgan bolalarning ta’lim olishi uchun ta’lim strategiyalari, sensor kamchilik turlariga qarab strategiyalar, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, moliyalashtirish masalalari o'rganiladi. Jamiyatning sensor kamchiligi bor bo'lgan bolalarning ta’lim olishiga nisbatan munosabatini o'zgartirish, inklyuziv ta’limning afzalliklari yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

27

SENSOR KAMCHILIGIGA EGA BO'LGAN BOLALAR UCHUN

INKLYUZIV TA'LIM STRATEGIYALARI VA ULARNI AMALGA

OSHIRISH SHART SHAROITLARI

Xujaqulova Aziza Zafardiyor qizi

Shahrisabz davlat pedagogika insitituti

2-kurs 2-23guruh talabasi

E-mail: azizaxujaqulova@gmail.com

ANNOTASIYA:

Mazkur maqolada sensor kamchiligi bo'lgan bolalarning

ta’lim olishi uchun ta’lim strategiyalari, sensor kamchilik turlariga qarab

strategiyalar, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, moliyalashtirish masalalari

o'rganiladi. Jamiyatning sensor kamchiligi bor bo'lgan bolalarning ta’lim olishiga

nisbatan munosabatini o'zgartirish, inklyuziv ta’limning afzalliklari yoritiladi.

Kalit

so'zlar:

Individual

yodashuv,

kompentatsiya,

korreksiya,

moslashtirilgan o'quv muhiti, ijtimoiy integratsiya, moliyalashtirish

АННОТАЦИЯ:

В статье рассматриваются образовательные

стратегии для детей с сенсорными нарушениями, стратегии в зависимости

от типа сенсорных нарушений, условия их реализации и вопросы

финансирования. Изменение отношения общества к образованию детей с

сенсорными нарушениями и подчеркивание преимуществ инклюзивного

образования.

Ключевые слова:

Индивидуальный подход, компенсация, коррекция,

адаптированная среда обучения, социальная интеграция, финансирование.

ABSTRACT:

This article examines educational strategies for children with

sensory impairments, strategies depending on the type of sensory impairment,

conditions for their implementation, and financing issues. Changing the attitude of

society towards the education of children with sensory impairments, the advantages

of inclusive education are highlighted.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

28

Keywords:

Individual approach, compensation, correction, adapted learning

environment, social integration, financing

Sensor kamchiligi bo'lgan bolalar uchun ta’lim tizimini tashkil etishning

ahamiyatli va dolzarbdir. Sababi sensor kamchiligi bor bolalar jamiyatning eng zaif

qatlamlaridan biri hisoblanadi. Ularga teng imkoniyatlar yaratish, shu jumladan ta'lim

olish imkoniyatini ta'minlash ijtimoiy adolat va tenglikning muhim sharti hisoblanadi.

"Sensor" so'zi lotincha "sensus" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tirik

organizmning tashqi va ichki muhitdagi o'zgarishlarni sezadigan va asab tizimiga

xabar beradigan a'zosi. Masalan, ko'z - yorug'likni, quloq - tovushni, til - ta'mni, teri

- harorat, bosim va og'riqni sezadigan sensorlardir. Ushbu sensorlardagi kamchiliklari

bor bolalar esa inkluziv ta’lim zarur bo’lgan qatlamlardan biridir. Barcha bolalar,

ularning jismoniy va ruhiy holatidan qat'i nazar, sifatli ta'lim olish huquqiga ega. Bu

huquqni ro'yobga chiqarish uchun inklyuziv ta'limni to'liq moliyalashtirish zarurdir.

Sensor kamchiligi bor bolalar jamiyatning bir qismi bo'lib, ularning salohiyatini

ro'yobga chiqarish mamlakatning inson kapitalini rivojlantirishga hissa qo'shadi.

Sifatli ta'lim olgan sensor kamchiligi bor bolalar kelajakda jamiyatga foydali a'zo

bo'lishi, mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lishi va o'z hayotini mustaqil ravishda

ta'minlashi mumkin. Bundan tashqari, sifatli ta'lim olgan sensor kamchiligi bor

bolalar kelajakda davlat yordamiga kamroq muhtoj bo'ladi va iqtisodiyotga o'z

hissasini qo'shadi. Inklyuziv ta'lim nogironlik bilan bog'liq xarajatlarni kamaytiradi

va jamiyatning barcha a'zolari uchun imkoniyatlar yaratadi. Inklyuziv ta'lim

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biri

hisoblanadi. Shu tufayli, ko'pgina davlatlar inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishga

qaratilgan siyosat va dasturlarni amalga oshirmoqda va xalqaro tashkilotlar inklyuziv

ta'limni qo'llab-quvvatlash uchun moliyaviy va texnik yordam ko'rsatmoqda.

Bu sohada O’zbekiston ham o’ziga xos siyosat yaratmoqda, jumladan

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-

quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi

qarori (PQ-74, 27.02.2023) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar inklyuziv ta'limni

rivojlantirishga qaratilgan siyosatning amaliy natijasidir. Chunki, O'zbekistonda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

29

sensor kamchiligi bor bolalar uchun inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirish ustuvor

vazifa hisoblanadi.

Ammo amaliyotda bir nechta muammolar mavjud, jumladan O'zbekistonda

inklyuziv ta'limni moliyalashtirish hali ham yetarli emas. Buning uchun esa,

mablag'larni taqsimlash va ulardan foydalanishda shaffoflik va samaradorlikni

oshirish

zarur.

Shuningdek,

inklyuziv

ta'limni

moliyalashtirish

tizimini

takomillashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish

dolzarb vazifa hisoblanadi.

Hozirgi kunda sog'lom bola ta’lim tarbiyasi bilan sensor kamchiligi bor

bolalar ta’limi anchagina farq qiladi va buning uchun malakali kadrlar tayyorlash,

pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish, barcha imkoniyatlarga ega bo'lgan ta’lim

muhitini yaratish, ularning ta’lim olishiga jamiyatni tayyorlash muhim masala

hisoblanadi. Sezgi organlari - organizmga taʼsir qilayotgan tashqi taʼsirlarni qabul

qilish va idrok etishni taʼminlaydigan ixtisoslashgan periferik tuzilmalar. Ular

organizm tashqi va ichki muhitdan oladigan turli qoʻzgʻalishlarni qabul qilib, bu

hakdagi informatsiyani markaziy nerv sistemasiga uzatadi. So’ng organizmning atrof

muhitga yanada moslashishiga imkon beradi. Oʻta ixtisoslashgan qoʻzgʻaluvchanlik

tufayli faqat maʼlum turdagi taʼsirotning idrok etilishini taʼminlaydi. Odamda koʻrish

organlari, eshitish organlari, hid bilish organlari, maza bilish, tuygʻu organlari farq

qilinadi. Sensor kamchiligi bor bolalar, ya'ni sezgi organlari (ko'rish, eshitish, hid

bilish, ta'm bilish, taktil) faoliyatida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ta'lim strategiyalari

ularning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan holda, inklyuziv ta'lim tamoyillariga

asoslanishi kerak.

Bunday masalalarni hal qilish uchun bir nechta ta’lim strategiyalarini

ko’rsatib o’tish lozim:

Birinchi usuli individual yondashuv bilan har bir bolaning sensor

kamchiligining turi, darajasi, rivojlanish xususiyatlari va ta'limiy ehtiyojlarini

aniqlash. Individual ta'lim rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali;

Ikkinchi usuli sezgi organlarining faoliyatini qisman yoki to'liq

kompensatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar orqali mavjud sezgi organlarining


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

30

funksiyalarini rivojlantirish, yordamchi vositalardan (ko'rish uchun lupa, eshitish

uchun apparat, taktil materiallar) foydalanish bilan.

Uchinchi usuli o'quv materiallarini turli sezgi organlari orqali qabul qilish

imkoniyatini yaratish orqali. Misol uchun, ko'zi ojiz bolalar uchun o'quv

materiallarini Brayl alifbosida taqdim etish, eshitish qobiliyati past bolalar uchun

vizual materiallar va imo-ishora tilidan foydalanish.

To’rtinchi usuli o'quv xonasini bolalarning ehtiyojlariga moslashtirish. Ko'zi

ojiz bolalar uchun yaxshi yoritilgan, to'siqlardan xoli muhit yaratish, eshitish

qobiliyati past bolalar uchun shovqinni kamaytirish, yaxshi akustikani ta'minlash.

Beshinchi usuli sensor kamchiligi bor bolalarning sog'lom tengdoshlari bilan

muloqotini rag'batlantirish. Sinfdoshlarning tolerantligini oshirish, hamkorlikda

o'qish va o'yinlarni tashkil etish.

Oltinchi usuli bolalarning qiziqishlari, qobiliyatlari va imkoniyatlariga mos

keladigan kasblarni tanlashga yordam berish. Kasbiy ta'lim va amaliyot o'tash

imkoniyatlarini yaratish.

Yettinchi usuli ota-onalarni ta'lim jarayoniga faol jalb qilish. Ota-onalar

uchun maslahatlar berish, treninglar o'tkazish, ularning tajribalarini almashish uchun

platforma yaratish.

Har bir bolaning sensor kamchiligi turiga qarab esa quyidagicha

strategiyalarni ishlab chiqish mumkin:

Ko'rish nuqsoni bo'lgan bolalar uchun brayl alifbosidan foydalanish, lupa,

teleskop, elektron kattalashtiruvchi vositalar, audio kitoblar, taktil materiallar,

yoritilganlikni optimallashtirish, katta shriftlardan foydalanish bilan;

Eshitish nuqsoni bo'lgan bolalar uchun eshitish apparatlari, koklear

implantlar, imo-ishora tili, vizual materiallar (rasmlar, videolar, diagrammalar),

subtitrlar, shovqinni kamaytirish orqali;

Nutq nuqsoni bo'lgan bolalar uchun nutq terapiyasi, alternativ

kommunikatsiya vositalari (rasmlar, belgilar, kompyuterlar), sabr-toqatli va qo'llab-

quvvatlovchi muhit yaratish orqali;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

31

Boshqa sensor nuqsonlari (hid bilish, ta'm bilish, taktil) bor bolalar uchun

individual ehtiyojlarga asoslangan moslashuvlar, xavfsizlikni ta'minlash o'ziga xos

ta'lim usullari orqali.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun quyidagi amaliy yechimlarni taklif

qilamiz:

1.

Inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlovchi qonunchilik bazasini yaratish.

Sensor kamchiligi bor bolalarning ta'lim olish huquqini kafolatlash.

2.

Inklyuziv ta'limni moliyalashtirishni ko'paytirish. Maxsus ta'lim

muassasalari, yordamchi vositalar, o'qituvchilarni tayyorlash uchun mablag' ajratish.

3.

Maxsus

pedagoglar,

logopedlar,

psixologlar,

surdopedagoglar,

tiflopedagoglar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash.

O'qituvchilarni inklyuziv ta'lim bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish.

4.

Maxsus o'quv materiallari, yordamchi vositalar, texnologiyalar bilan

ta'minlash. Maktablarni inklyuziv ta'lim uchun zarur bo'lgan jihozlar bilan ta'minlash.

5.

Jamiyatning sensor kamchiligi bor bolalarga nisbatan munosabatini

o'zgartirish. Inklyuziv ta'limning afzalliklari haqida xabardorlikni oshirish,

kamsitishga qarshi kurashish.

Sensor kamchiligi bor bolalar uchun inklyuziv ta’limni moliyalashtirish – bu

sifatli va samarali ta’lim berishning muhim sharti. Avvalo, moliyalashtirish

manbalarini aniqlashtirilishi kerak. Bunda bir nechta manbaalarni ko’rsatib o’tish

mumkin.

1.

Davlat budjeti

2.

Mahalliy budjetlar;

3.

Nodavlat tashkilotlar (NNT) va xayriya tashkilotlari;

4.

Xalqaro tashkilotlar;

5.

Ota-onalarning hissasi.

Ular maxsus ta’lim xizmatlari, maxsus pedagoglar, logopedlar, psixologlar,

surdopedagoglar, tiflopedagoglarning ish haqi, individual ta’lim rejalarini ishlab

chiqish va amalga oshirish, reabilitatsiya xizmatlari, o’quv materiallari va

texnologiyalar, brayl alifbosidagi kitoblar, audio kitoblar, taktil materiallar, eshitish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

32

apparatlari, koklear implantlar, kompyuterlar, planshetlar, maxsus dasturiy ta’minot,

yordamchi texnologiyala, panduslar, liftlar, tutqichlar, taktil yo’laklar, yoritish va

akustikani yaxshilash, maxsus jihozlangan sinf xonalari yordam berishlari mumkin

Amaliyotda moliyalashtirish bilan bog’liq quyidagi muammolar uchrab

turadi:

1.

Mablag’larning yetishmasligi;

2.

Mablag’larning noto’g’ri taqsimlanishi;

3.

Moliyalashtirish jarayonining murakkabligi;

4.

Hisobdorlikning pastligi.

Moliyalashtirishni esa quyidagi usullar orqali yaxshilash mumkin:

1.

Davlat budjetidan ajratiladigan mablag’larni ko’paytirish;

2.

Moliyalashtirishning shaffof va samarali tizimini yaratish;

3.

Mahalliy hokimliklarning inklyuziv ta’limni moliyalashtirishdagi rolini

oshirish;

4.

NNTlar va xayriya tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish;

5.

Xalqaro donorlarning grantlarini jalb qilish;

6.

Moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;

7.

Moliyaviy resurslarni taqsimlashda adolat va tenglikni ta’minlash.

To'g'ri moliyalashtirish orqali sensor kamchiligi bo'lgan bolalar ta'limda teng

imkoniyatlarga ega bo'lishi va jamiyatga to'liq integratsiya qilishni taminlab beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, barcha inson jismoniy va aqliy

imkoniyatlaridan qat’iy nazar mamlakat fuqarosi,kimningdir farzandi bo'lib uning

yashash va ta’lim olishga to’laqonli haqqi bor va albatta bu qonunda belgilab berilgan.

Inklyuziv ta’limning ahamiyati va afzalliklari umuman ta’lim oluvchilar o'rtasida

insonparvarlikni, o'zaro hurmatni shakllantiradi va imkoniyati cheklangan

insonlarning qobilyatlarini, imkoniyatlarini tarbiyalab, jamiyatga foydali shaxs bo’lib

yetishishini ta’minlab beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

33

1.

Бобомуродов

Норпулат

Ширинович

Структуры

физической

подготовленности курашистов // Вестник науки и образования. 2020. №4-2 (82).

обращ).

2. Bobomurodov, Norpo'lat Shirinovich. "Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi

tuzilmalari". Fan va ta'lim axborotnomasi 4-2 (82) (2020).).ения: 24.12.2021

3. "Inklyuziv ta'lim: nazariya va metod" F.U.Qodirova, D.A.Pulatova Chirchiq.2022.

4. Tomlinson, C. A. (2001). Mixed-Ability Sinflarda Ta'limni Farqlash. Alexandria,

VA: Association for Supervision and Curriculum Development.

5. Gardner, H. (1993). Aqlning Ramkalari: Ko'p Intellektualar Nazariyasi. New York:

Basic Books.

6. Johnson, D. W., & Johnson, R. T. (1999). Birgalikda va yolg'iz o'rganish:

hamkorlik, raqobat va individual o'rganish. Boston: Allyn & Bacon.

7. Muhammadjon o'g'li, S. A. (2024). IMKONIYATI CHEKLANGAN O '

QUVCHILARNI

IJTIMOIY

HAYOTGA

TAYYORLASH

PEDAGOGIK

MUAMMO SIFATIDA: Siddiqov Azamat Muhammadjon o 'g 'li. Лучшие

интеллектуальные исследования, 22(5), 48-54.

8. Muhammadjonov, S. A. (2024). AQLI ZAIFLIKNING TURLARI, BELGILARI

VA DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI. PEDAGOGS, 52(1), 154159.

9. Qambaraliyeva, D. A. Q., & Siddiqov, A. M. (2024). Rivojlanishdan orqada qolgan

bolalar nutqini o'stirish. Science and Education, 5(2), 525-531.