Authors

  • Hulkar O’razboyeva
  • Dilnura Amanboyeva
  • O’lmas Saidov

Author Biographies

  • Hulkar O’razboyeva

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich talabalari

  • Dilnura Amanboyeva

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich talabalari

  • O’lmas Saidov

    Oʻqituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.91857

Keywords:

Transkripsiya transliteratsiya oʻzbek tili fonetik tahlil fonematik tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi muhim jarayonlar – transkripsiya va transliteratsiya tushunchalari, ularning o‘zaro farqlari, amaliy qo‘llanilishi va oʻzbek tilidagi oʻrni yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

69

TRANSKRIPSIYA VA TRANSLITERATSIYA

Hulkar O’razboyeva

Dilnura Amanboyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili

va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich talabalari

Oʻqituvchi: O’lmas Saidov

Annotatsiya. Ushbu maqolada tilshunoslikdagi muhim jarayonlar –

transkripsiya va transliteratsiya tushunchalari, ularning o‘zaro farqlari, amaliy

qo‘llanilishi va oʻzbek tilidagi oʻrni yoritiladi.

Kalit soʻzlar: Transkripsiya, transliteratsiya, oʻzbek tili, fonetik tahlil,

fonematik tahlil.

Kirish.

Transkripsiya lotincha qaytadan degan ma’noni bildiradi. Shevalardagi

konkret nutq tovushlarini, ya’ni fonemaning variatsiyalari, variantlarini yozuvda

ifodalash uchun qo‘llaniladigan harflar, ishoralar sistemasiga transkripsiya deyiladi.

Transliteratsiya esa bir tildagi yozuv qismlarini boshqa bir yozuv tizimidagi mos

harflar bilan aks jarayondir. Har ikkalasini bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Tilshunoslikda transkripsiya va transliteratsiya yozuv tizimlari, talaffuz, tarjima bilan

bog’liq muhim jarayonlardir.

Yozuvda so‘zlashuv nutqi tovushlarini va uning barcha o‘zgarishlarini talaffuz

etilishicha mos ravishda to‘liq ifodalab bo‘lmaydi. Bunda u yoki bu tilda mavjud

bo‘lgan alfavitdagi belgilar yetarli bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra alfavitga tegishli

o‘zgartirishlar kiritish talab qilinadi. Bu belgilar odatda mavjud alfavitdagi harflarning

ustidan, yonidan va tagidan shartli belgilar qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi yoki

boshqa alfavitdan shartli ravishda belgi (harf) qabul qilinadi. Transkripsiya bilan

transliteratsiya o‘zaro mustahkam bog`liqdir. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki

ma‘lum bir matnni nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv tizimini orqali ifodalash

transliteratsiya deyiladi. Masalan, arab yozuvidagi yozma manbani hozirgi amalda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

70

bo‘lgan yozuv tizimi bilan berish kabi. Qiyosiy va tarixiy grammatika, filologik

lug`atlar tasvirini izohlashda va nashr etishda transliteratsiyadan foydalaniladi.

Tilshunoslik fanida transkripsiya muhim o‘rin tutadi. Yozuvning o‘zgarishi

yangi transkripsiya tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Bunda ikkita muhim vazifani

hal etish dolzarb bo‘lib turibdi. Birinchisi, zamonaviy yozuv texnikasi

(kompyuterlar)ning imkoniyatlarini hisobga olgan holda yangi yozuvga mos hamda

muvofiq keladigan mukammal transkripsiya (fonetik yozuv) yaratish bo‘lsa,

ikkinchisi, transkripsion belgilar tizimi yuzasidan bir to‘xtamga kelish,

qat`iylashtirishdir.

Ular turli tillar va yozuvlari, ilmiy tadqiqot, tarjima ishlari, hujjatlar va

texnologiya rivojida katta joyga ega bo‘ladi. Transkripsiya asosida fonetik va

fonologik tahlilarda qo‘l. U, asosan, tillar talaffuzini o‘rganishda, chet tillarni

o‘rganishda talaffuzni to‘g’ri o‘zlashtirishga, ovoz tizimlarini tadqiq qilishda,

matnlarni nutqqa yaratish va elementlar muhimida rol o‘ynaydi. U yozuv tizimlarini

o‘zgartirish va standartlashtirishda, tarixiy hujjatlarni zamonaviy alifboga

moslashtirishda, xalqaro standart hujjatlarda, pasport, diplom, rasmiy hujjatlar uchun

shaxsiy yozuvlar o‘girishlarni boshqarishda. Transkripsiya – talaffuzga raqobat bo‘lib,

lingvistik, fonetik tahillar va talaffuzni standartlashtirish uchun muhim.

Fonematik transkripsiya har bir soʻzni fonema tarkibiga koʻra aks ettiradi,

bunda kucheiz pozitsiyalarda paydo boʻladigan variantlar aks ettirilmaydi. Ushbu

transkripsiyaning prinsipiga koʻra, har bir fonema, pozitsiyasidan qatʼi nazar, doimo

ayni bir belgi bilan aks ettiriladi. Fonematik transkripsiyadafonetik transkripsiyaga

qaraganda kamroq belgi ishlatiladi, chunki fonemalar miqdori doimo variantlar

miqdoridan kam boʻladi.

Amaliy transkripsiya muayyan milliy alifbo vositalari orqali boshqa tillardagi

atokli otlar, terminlar, maxsus nomlar va shu kabi tarjima qilinmaydigan soʻzlarni aks

ettiradi va shu yoʻl bilan ularni qabul qiluvchi tilning bosma matnlariga kiritadi.

Amaliy transkripsiya qabul qiluvchi til alifbosidagi belgilar chegarasidan chiqmaydi,

lekin belgilarning ayrim gʻayriodatiy qoʻllanishlariga yoʻl qoʻyadi. Amaliy

transkripsiyaga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri qabul qilinayotgan birlikning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

71

talaffuzini imkon qadar aniq saqlab qolishdir. Shu bilan birga, amaliy transkripsiya

soʻzning morfem tuzilishini, uning grafik xususiyatlari va boshqa ni saqlab qolishi

hamda muayyan soʻzning oson oʻzlashishini taʼminlashi kerak.

Turkalogiyada ikki xil transkripsiya qabul qilingan. Biri kiril alifbosi

negizidagi, ikkinchisi esa lotin alifbosi negizidagi.So‘ngi chog’larda hatto rus

turkalogiyasida ham lotin yozuvi asosidagi transkripsiya keng ishlatilmoqda. Matnni

transkripsiyaga o‘girishda avvalo asarning fonetik xususiyatlarini, asarning tovishlar

tizimini yaxshi bilmoq kerak.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi [a] unlisi o‘rnida yozma yodgorliklar tilidagi ikki

fanema qo‘llangan:yo‘g’on talaffuzli so‘zlar orqa qator [a], ingichka talaffuzli

so‘zlarda esa old qator [a] ishlatilgan. Bularning har ikkovi ma’no farqlash

xususiyatiga ega.Masalan ilk o‘rta asrlar manbalarida ab-,,ov’’ ingichka unli bilan

talaffuz qilinsa uy so‘zi anglashiladi.Yoki at-ot(yilqi) yoki ,,ism’’ ingichka at esa

,,go‘sht’’ degan ma’noni anglatadi. Transliteratsiya – yozuv tizimlariga tegishli bo‘lib,

hujjatlar, nomlar va texnologiyalarda yozuvni saqlash uchun zarur. Ikkalasi ham

tilshunoslikda muhim kapital ega, lekin qo‘llanilish sohalari farqlanadi.

Transkripsiyaning asosiy maqsadi – so‘zlarning talaffuzini yozma shaklda aniq

ifodalash. Yozuv doim ham talaffuzni to‘liq aks ettirmagani uchun transkripsiya

yordamida so‘zlarning qanday talaffuz qilinishini aniq ko‘rsatish mumkin. O‘zbek

xalqi nimadandir qo‘rqadi so‘zlarni kiritishda va talaffuz qilish kerak. Transkripsiya

chet tilidagi so‘zlarning talaffuzini imkon qadar o‘zbek tiliga mos tushadigan shaklda

ifodalashga yordam beradi.Chet tilidagi so‘zlar talaffuziga yaqin shaklda yoziladi,

lekin o‘zbek tilidagi tovush tizimiga mos ravish oʻzgartiriladi. Misol: (Kompyuter →

Kompyuter, Taxi →taksi).

Chet tillardagi tovushlar o‘zbek tilidagi eng yaqin muqobil tovushlar bilan

olinadi . Masalan, ingliz va rus tillariv] tovushlari ko‘pincha [f] tovushlari bilan

bog’lanadi: Voltaj → Nosozlik; So‘z tarkibi o‘zbek tili imlo qoidalariga mos kelishi

kerak. Ortiqcha harflar olib borish yoki fonetik moslashtiriladi: Comfort → Comfort;

O‘zbek tiliga chet tillaridan kirib kelgan so‘zlar talaffuzga yaqin, lekin o‘zbek yozuv

qoidalarga mos shaklda yozilishi kerak. Transkripsiya qoidalari fonetik va ortografik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

72

moslashuvni O‘zbek tilida transliteratsiya asosan kirillcha va lotincha yozuvlar o‘zaro,

bog’liq, xalqaro standartlarga mos raqobat amalga oshirish. Transliteratsiyada har bir

aniq har ekvivalentga ega bo‘lishi kerak. Masalan, “Sh” harfi doimo “Sh” shaklida,

“Ch” harfi esa “Ch” oʻtadi.

Transkripsiyaning bir qancha turlari bor. Tekshiruvchining vazifalari va

maqsadlari bilan bog`liq holda uning turli ko‘rinishlari qo‘llanilishi mumkin. Ulardan

eng ko‘p qo‘llaniladigani fonetik va fonologik transkripsiyadir. Fonetik

transkripsiyada har bir tovush uchun maxsus belgi qo‘yiladi. Fonologik transkripsiyada

esa so‘z, so‘z shakllari va morfemalarni farqlay oluvchi har bir fonema uchun bir belgi

qo‘yish tamoyiliga asoslanadi. Bunda fonemaning variantlari, ya‘ni tovushlarning

talaffuzi hisobga olinmaydi. Shu davrga qadar olimlar tomonidan qator transkripsiyalar

taklif etilgan. Shulardan dastlabkisi Xalqaro Fonetik Assotsiatsiya tomonidan 1907-

1908- yillarda taklif etilgan transkripsiya hisoblanadi. U fanda Xalqaro Fonetik Alfavit

nomi bilan ataladi. Mazkur transkripsiya tizimi lotin alfavitidagi harflarni qisman

o‘zgartirish asosida tuzilgan. Unga 1925- va 1951-yillarda ma‘lum bir tuzatishlar

kiritilgan. Uning takomillashishisha akad. L.V.Shcherba, prof. E.D.Polivanov kabilar

munosib hissa qo‘shdilar. Ayni paytda uning ayrim kamchiliklari ham mavjud: a)

barcha tillarning turli tovush xususiyatlari murakkab va noaniq.

Ayni damda dialektologiyada ikki xil transkripsiya bor. An’naviy va yangi

transkripsiya an’nanviy transkrippsiya krill harflariga asoslangan bo‘lsa, yangi

transkripsiya lotin harfiga asoslangan.

Xulosa.

O‘zbek dialektologiyasida lotin tiliga asoslangan yangi

transkripsiyadan foydalanish unumli va samariliroqdir. Chunki endi kelayotga yosh

avlod lotin harflariga soslangan darsliklarbi o‘qib o‘rganmoqda. Ularda krill harfi bilan

ishlash ko‘nikmasi bo‘lmagani uchun qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuning

uchun lotin harfiga asoslangan transkripsiyadan foydalanish kerak deb o‘ylayman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Абдулхакимовна Х. М. Транскрипция в узбекском национальном

Бойсунском диалектном корпусе (Бойсунский район на примере диалекта “J”) //


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

73

Международный журнал по интегрированному образованию. – Т. 3. –№. 3. – С.

105-109.//

2.

Samixon A. O‘zbek dialektologiyasi //O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligi. – 2016.

3.

Ru.wikipedia.org/wiki/Сегментация

4.

Avazova, N. (2024). TALIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR: ANVAR

OBIDJONIJODIDA TO ‘RTLIK SHAKLIGA YANGICHA POETIK MUNOSABAT

IFODASI

5.

Alimbekova V. Areal shevalarning o ‘rganilishi //ijtimoiy fanlarda innovasiya

onlayn ilmiy jurnali. – 2023. – Т. 3. – №. 12. – C.1. – С. 52-55./

6.

Matnshunoslik va manbashunoslik Sodiqov Q. Toshkent 2017

7.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Transkripsiya

Most read articles by the same author(s)