Authors

  • Tillavoldiyev Rasuljon Raxmonali o’g’li

Author Biography

  • Tillavoldiyev Rasuljon Raxmonali o’g’li

    Asisstent-o’qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.92093

Keywords:

individuallik psixologik muammolar shaxsiy identifikatsiya o‘z-o‘zini anglash xarakter ijtimoiy munosabatlar shaxsiy xususiyatlar psixologik izlanishlar ruhiy holat shaxsiy qadr-qimmat.

Abstract

Mazkur maqolada individuallik va uning psixologik muammolari o‘rganiladi. Individuallik psixologiyasi, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari, xarakteri, ehtiyojlari, qobiliyatlari va ularning ijtimoiy muhitdagi o‘rni haqida tasavvurlarni rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada individuallikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, shaxsiy identifikatsiya, o‘z-o‘zini anglash va ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq psixologik muammolar tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

106

INDIVIDUALLIK PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA

Tillavoldiyev Rasuljon Raxmonali o’g’li

Asisstent-o’qituvchi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada individuallik va uning psixologik

muammolari o‘rganiladi. Individuallik psixologiyasi, shaxsning o‘ziga xos

xususiyatlari, xarakteri, ehtiyojlari, qobiliyatlari va ularning ijtimoiy muhitdagi o‘rni

haqida tasavvurlarni rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada individuallikning

rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, shaxsiy identifikatsiya, o‘z-o‘zini anglash va

ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq psixologik muammolar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

individuallik, psixologik muammolar, shaxsiy identifikatsiya,

o‘z-o‘zini anglash, xarakter, ijtimoiy munosabatlar, shaxsiy xususiyatlar, psixologik

izlanishlar, ruhiy holat, shaxsiy qadr-qimmat.

Аннотация:

В этой статье исследуется индивидуальность и ее

психологические проблемы. Психология индивидуальности направлена на

развитие

представлений

об

особенностях

личности,

характере,

потребностях, способностях и их месте в социальной среде. В статье

анализируются факторы, влияющие на развитие индивидуальности,

психологические проблемы, связанные с личностной идентичностью,

самосознанием и социальными отношениями.

Ключевые слова:

индивидуальность, психологические проблемы,

личностная идентичность, самосознание, характер, социальные отношения,

черты личности, психологические исследования, душевное состояние, личная

самооценка.

Annotation:

this article will study individuality and its psychological

problems. The psychology of individuality is aimed at developing perceptions of the

individual's characteristics, character, needs, abilities and their place in the social

environment. The article analyzes the factors affecting the development of


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

107

individuality, psychological problems associated with personal identity, self-

awareness and social relations.

Keywords:

individuality, psychological problems, personal identity, self-

awareness, character, social relationships, personal characteristics, psychological

research, mental state, personal dignity.

Individuallik – har bir insonning o’ziga xosligi, boshqa kishilardan farq

qilishi, psixologiyada keng muhokama qilinadigan tushunchadir. Har bir inson o’ziga

xos shaxsiy xususiyatlar, qarashlar va fikrlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek,

individuallik, odamning jamiyatda qanday o’rin tutishi, o’zligini qanchalik anglashi

va atrof-muhit bilan qanday moslashishiga ta’sir qiladi. Lekin, individuallik ba’zi

holatlarda psixologik muammolarga olib kelishi mumkin, sababi odam o’zining

yagonaligi va ijtimoiy normalarga mos kelmasligi bilan bog’liq qiyinchiliklarni

boshdan kechirishga moyil bo’ladi.

Individuallikning psixologik muammo sifatida

ko’rilishi ko’p faktorlarga bog’liq. Birinchidan, individuallik ijtimoiy moslashuvda

qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Ijtimoiy norma va qadriyatlar doirasida yashashga

majbur bo’lgan odamlar, o’zlarining o’ziga xosligi yoki farqlari tufayli boshqalardan

ajralib turishi mumkin. Bu, o’z navbatida, izolyatsiya, o’zini past baholash,

depressiya kabi psixologik holatlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, individuallik

shaxsning o’zligini tushunish, uni qabul qilishida psixologik muammolarni keltirib

chiqarishi mumkin. O’ziga xoslik, insonni o’zlikni anglashi odamning o’z hayotini va

qarorlarini boshqarishga qodir bo’lishi uchun zarur bo’lsa-da, ba’zan bu jarayon

murakkablashadi. O’ziga bo’lgan ishonchsizlik, ijtimoiy xavotirlar yoki kelajakdagi

istiqbolga bo’lgan mavhumlik kishi o’zligini anglashda qiyinchiliklarga duch kelishi

mumkin. Shunday qilib, individuallik o’ziga ishonchsizlik psixologik muammolarga

olib kelishi mumkin.

Individuallik, bir tomondan, insonning o’ziga xosligini aks

ettirsa, ikkinchi tomondan, jamiyat bilan moslashuvda qiyinchiliklarni keltirib

chiqarishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda, o’ziga xos va boshqalardan ajralib

turadigan shaxslar “oddiy” deya hisoblanmaydi. O’z navbatida, ijtimoiy tanqidga, rad

etilishiga va shaxsiy kamchiliklarni his qilishga olib keladi. O’ziga xoslikni orzu

qilgan odamlar ko’pincha o’zlarini noto’g’ri va yoki noto’g’ri tushunilgan deb


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

108

hisoblashadi, bu esa ularning psixologik holatiga salbiy ta’sir qiladi.

Odamlarning

o’ziga xoslikni qabul qilishidagi muammolar ko’pincha ijtimoiy izolyatsiya, o’zini

o’zgalar bilan taqqoslashdan kelib chiqadi. Ommaviy axborot vositalari orqali o’zini

boshqalardan ajratib ko’rsatishga bo’lgan intilish, shaxsning o’zligini yo’qotishiga va

atrofdagilarning me’yorlariga moslashishga olib kelishi mumkin. O’ziga xoslikni

qo’llab-quvvatlashda jamiyatning noxush munosabati, insonni yakkalanishga va ichki

ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.

Individuallikning psixologik muammo sifatida

ko’rilishi, ayrim hollarda, ruhiy kasalliklarning rivojlanishiga ham sabab bo’lishi

mumkin. Masalan, o’ziga xoslikni qabul qilishda qiyinchiliklar, depressiya, stressni

kuchaytirishi mumkin. Ijtimoiy normalar bilan mos kelmaslik, odamning o’zini

izolyatsiya qilishiga olib kelishi va bu ham psixologik muammolarni keltirib

chiqarishi mumkin. O’ziga xoslikni qabul qilishni o’rganish, shaxsning o’z-o’ziga

bo’lgan ishonchini oshirish, psixologik farovonlikni yaxshilash va stressni

kamaytirish uchun muhimdir. Shuning uchun, individuallikni psixologik nuqtai

nazardan o’rganish va insonlar o’zligini topishda yordam berish psixologiyaning

muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

Individuallik, o’ziga xoslik va boshqalardan farqlanish ijtimoiy jihatdan ham

muhimdir. Biroq, har bir odam o’ziga xos bo’lib qolish jarayonida ko’plab psixologik

muammolarga duch kelishi mumkin. Ijtimoiy moslashuv, o’zligini anglash va qabul

qilish kabi jarayonlar, ba’zida psixologik stress, depressiya yoki izolyatsiyaga olib

kelishi mumkin. Bunday muammolarga qarshi kurashish va individuallikni qo’llab-

quvvatlash psixologik farovonlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Odamlarning o’ziga xosligini qabul qilish va jamiyatga moslashish jarayonida

qo’llab-quvvatlash zarurati, psixologiyaning asosiy yo’nalishlaridan biriga aylanishi

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Abdullaeva, X. (2011). Psixologiya asoslari. Toshkent: "O‘zbekiston" NMIU.

2.

Azimov, A. (2015). Psixologiya va uning metodlari. Toshkent: O‘zbekistan,

Fan va texnologiya.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_Май –2025

109

3.

Kamilov, M. (2010). Individning psixologik rivojlanishi. Toshkent: Fan va

texnologiya.

4.

Qodirov, T. (2008). Psixologik jarayonlar va individning rivojlanishi.

Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.

5.

Toshpo‘latov, R. (2017). Inson va jamiyat psixologiyasi. Toshkent:

O‘zbekiston Matbuoti.

6.

Shodiev, S. (2019). Insonning psixologik integratsiyasi. Toshkent: O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi.

7.

Sodiqov, M. (2005). Psixologik xususiyatlar va shaxsiy integratsiya. Toshkent:

O‘zbekiston.

Most read articles by the same author(s)