MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
232
ILK MUSULMON UYGʻONISH DAVRINING YUZAGA KELISH
SABABLARI VA UNING PEDAGOGIK TAHLILI
SamDChTI mustaqil tadqiqotchisi
Mardiyeva Yulduz Ubaydullayevna
Email: mardiyevayulduzxon82@gmail.com
Annotatsiya: Mazkur maqolada Arab musulmon madaniyatining keng yoyilishi
“islom renessansi” vujudga kelishi va IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati
tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlari haqida ma’lumot berib o’tgan. IX-
XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy
kashfiyotlar haqida ma’lumot berib o’tilgan. “Bayt al-hikma”ga asos solinib yirik
ilmiy markazga aylangan haqida atroflicha ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: Arab xalifaligi, O‘rta Osiyo, Bayt al-hikma, oltin davri,
Movarounnahr, handasa, Aflotun, Arastu.
Аннотация: В данной статье дается информация о широком
распространении арабской мусульманской культуры, о возникновении
“исламского возрождения”, о великих достижениях и важных научных
открытиях в истории мусульманской науки и культуры IX-XI веков. История
мусульманской науки и культуры IX-XI вв. содержит сведения о великих
достижениях и важных научных открытиях. Подробно описано
основание”Байт аль-Хикма " и превращение его в крупный научный центр.
Ключевые слова: Арабский халифат, Средняя Азия, Байт Аль-Хикма,
Золотой век, Мавераннахр, Хандаса, Платон, Аристотель
Annotation: In this article, the wide spread of Arab Muslim culture was
explained by the emergence of the “Islamic Renaissance” and the great achievements
and important scientific discoveries in the history of Muslim science and culture of the
9th-11th centuries. The 9th-11th centuries are mentioned in the history of Muslim
science and culture with great achievements and important scientific discoveries. The
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
233
foundation of”Bayt al-hikma " has been described in detail as having become a major
scientific center.
Key words:
Arab Caliphate, Central Asia, Beit al-hikma, golden age,
Movarounnahr, geometry, Plato, Arastu.
Arab musulmon madaniyatining eng yuksak parvozi –“islom renessansi” -
islomning siyosiy qudrati zaiflashgan davrga, hayot pragmatik va ancha durust holga
kelgan davrga to‘gʻri keladi. Diniy urushlar vaqtida qo‘lga kiritgan boyliklar,
resurslarga ega bo‘lgan amirlar, yuqori avtoritet bo‘lgan Bagʻdod halifaligidan
mustaqil
bo‘lgach,
ularni bogʻ-rogʻlar, o‘z saroylari va boshqa hovli
obodonchiliklariga ishlata boshlaganlar. Ular o‘z saroylariga shoirlar, faylasuflar,
nafaqat islom aqidasini o‘rganuvchi, balki qadimiy ellin, rim-xristian va fors
an’analarini biluvchi olimlarni to‘play boshlaganlar. Bularning hammasi ma’rifatli va
ma’lumotli kishilarning ko‘payishga, madaniyatning gullab-yashnashiga olib kelgan
edi.
Shuning bilan bir qatorda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida
katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri bo‘lganligidan, bu davrni ba’zi
tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining “oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha
davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan
madaniy-ma’rifiy yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy
kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok
etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan
izohlanadi. Movarounnahr zamini o‘rta asr musulmon sharqida ma’rifat va madaniyat
maskani sifatida dong taratgan o‘lka hisoblangan.
Yurtimizdan yetishib chiqqan al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy, al-Forobiy, ibn Sino,
Beruniy, Zamaxshariy va boshqa buyuk alloma, qomusiy olimlarning ilmiy merosi
haqli ravishda umumbashariy mulkka aylangan. Sobiq sovet davrida ushbu olimlarning
ilmiy merosiga bir tomonlama munosabat shakllangan bo‘lsa, mustaqillik yillariga
kelib ushbu buyuk zotlar faoliyati va ilmiy merosi har tomonlama chuqur o‘rganilishi
boshlandi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
234
O‘lkamiz, shuningdek, islom dini taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan
muhaddis, dinshunos olimlar, tasavvuf ilmi namoyondalari yurti ham hisoblanadi.
Sovet mustabid davrida nomi unutilish darajasiga kelib qolgan Imom al-Buxoriy,
Imom at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Imom al-Moturudiy, Abdulholiq Gʻijduvoniy,
Burhoniddin Margʻinoniy, Bahovuddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Xoja Axror va
boshqa diniy arboblarning tabarruk nomlarini tiklash, ularning asarlarini keng
jamoatchilikka, xalqimizga tanishtirishda aynan sharqshunos-tarixchi olimlarning
hissasi katta bo‘ldi. Zero ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lmish islomning tom
ma’nodagi ezgulik hamda kamolotga erishish yo‘lidagi buyuk ma’naviy qudratini
namoyon etishda yuqorida nomi zikr etilgan olimlar katta jonbozlik ko‘rsatishdi.[1.28]
Islomning barcha musulmonlar uchun birodarlik, tenglik, soliq va qullikdan
ozod qilish haqidagi shiorlari Eron va O‘rta Osiyo xalq ommasiga o‘z ta’sirini
o‘tqazmay qolmadi. Murakkab ijtimoiy ziddiyatlar ta’sirida yashagan aholi bunday
shiorlarning amalga oshishiga ishonar edi. Shuning uchun aholi arablarga qarshi
deyarli jiddiy qarshilik ko‘rsatmadi.
Shu tariqa islom dinining yoyilishi turli yo‘llar bilan, jumladan, zo‘rlik bilan
ham amalga oshirildi. Bu yerda shuni ham ta’kidlash lozimki, uni qabul qilish uchun
qisman zamin ham tayyorlangan edi. Bunga zardushtiylikdagi yakkaxudolik
aqidasining rivoji, yahudiylik va xristianlik oqimlari bo‘lgan monofizitlik va
nestorianlikning mavjudligi ham o‘z hissasini qo‘shdi. Misr olimlari Rashid al-Baraviy
va Muhammad Hamza Uleyshlarning ta’kidlashlaricha, zardushtiylik, monofizitlik va
nestorianlikning siqib chiqarish jarayoni bosqichma-bosqich bilan olib borildi.
“Ba’zilar yangi e’tiqodni o‘z ishonchlariga ko‘ra, boshqalar esa -moddiy manfaat
tufayli, yana ba’zi birovlar esa-o‘zlarini hukmron doiralar tomonidan ta’qib
qilinishlaridan saqlash maqsadida qabul qildilar”.
Abbosiylar davrida Bagʻdod shahriga asos solindi. Bu joy xalifalikning siyosiy
markazi bo‘libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy
markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid
(786-809) va Ma’mun (813-833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berildi. Masalan,
yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt al-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z davrining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
235
mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me’mor, muhandislari
to‘plangan edi. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik
va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi
riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy,
ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari
Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest), Yevklidning handasa (geometriya), Aflotun va
Arastuning qator asarlari arab tiliga o‘girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid
asarlarining tarjima qilinishi Bagʻdod ziyolilari dunyoqarashining butunlay
o‘zgarishiga olib kelgan edi.[3.15]
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Буюк сиймолар, алломалар. 1 -китоб., - Ф, 1995. -28 б.
2. Бютнер К. Жить с агрессивными детьми. Пер. с нем. -М.: Педагогика, 1991.-
496 с.
3.Вамбери Ҳ. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. -Т.: Фан, 1990. -15б.
4. Гафуров Б.Г. История таджикского народа. -М.: Наука, 1995. -69 с.
5. Григорян С.Н. Великие мыслители Средней Азии. -М.: Наука, 1958. -4 с.
6. Григорян С.Н. Из истории философии Средней Азии и Ирана. -М.: Наука,
1960. -15 с.