MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
317
INTENSIVLIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI USULLAR
To’xtayeva Dilafruz Ashurovna
BuxDU O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika
kafedrasi o‘qituvchisi
dilafruztukhtayeva1988@gmail.com
Annotatsiya. Intensivlik parametrik miqdorlarning birinchi bosqich belgilari
bo‘lib, narsa-predmetlarning bevosita xususiyati sifatida harakat qiladi. Intensivlik
nafaqat ekspressivlik o‘lchovi (asosan, matnga turli xil kuchaytirkichlarning kiritilishi
bilan bog‘liq), balki uning tarkibiy qismi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Agar gapda
biron-bir xususiyat kuchayib ketsa, u holda umumiy gap ekspressivlikka ega bo‘lishi
mumkin. Intensivlik miqdor o‘lchovi sifatida uni yuzaga keltiruvchi o‘ziga xos
usullarga ega bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: intensivlik, sintaktik usul, miqdor, kuchaytirish, ta’kidlash,
sintaktik birlik, tartib, belgi, o‘lchov.
Insonlar o‘rtasidagi muloqot semantikaning asosiy kategoriyasi bo‘lgan
lingvistik birliklarning ma’nolarini bilish tufayli amalga oshiriladi. Semantik
kategoriyalarga mantiqiy yoki psixologik mohiyatdan ko‘ra lingvistik mohiyatga ega
bo‘lgan mazmun birliklari kiradi. Ular maxsus ko‘rsatkichlarda ifodalanadi, ya’ni
muayyan lingvistik vositalarda mujassamlashgan bo‘ladi.
N.N. Zaneginaning qayd etishicha
1
, rus tilida sifat so‘z turkumi misolida
intensivlik kategoriyasining tadqiqi A.V.Ivancha ishlarida ko‘zga tashlanadi
2
. Muallif
intensivlikning denotativlik masalasini ko‘taradi va uning alohida belgi doirasida
obyektiv va subyektiv miqdoriy xususiyatlarini tahlilga tortadi. Intensivlik
xususiyatiga ega bo‘lgan sifatlarning tahlili qiyosiy planda A.N.Minka tadqiqotlarida
1
Занегина Н.Н. Имена прилагательные со значением интенсивности, меры проявления признака
(внутриклассная организация и межклассные связи и отношения) https://lexrus.ru/default.aspx?p=2917
2
Иванча А. В. Прилагательные со значением интенсивности в русском языке // Известия Саратовского
университета. Сер. Филология. Журналистика. 2010. Вып. 4. Т. 10. С. 9-11.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
318
amalga oshirilgan
3
. G.I.Kustova rus tilining milliy korpusida to‘plangan materiallar
asosida “Rus idiomalari lug‘ati” ni yaratadi. Lug‘atda muallif mavjud materiallar
asosida to‘liq, noto‘liq daraja xususiyatlarini beruvchi lingvistik birliklarni intensivlik
kategoriyasi asosida o‘rganadi.
4
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida intensivlik kategoriyasini yuzaga keltiruvchi
lingvistik vositalar rang-barang bo‘lib, quyida sintaktik usullarda namoyon bo‘lishiga
to‘xtalamiz.
1.
Leksik birlikka nisbatan sintaktik birlik orqali ifodalangan ma’no
kuchliroq bo‘ladi:
mehribon
–
haddan tashqari mehribon, tepmoq – kuch bilan tepmoq,
ochmoq – shahd bilan ochmoq va h.k.
2.
So`roq gap shakli orqali ifodalangan buyruq ma’nosi buyruq gap
orqali ifodalangan buyruq ma’nosidan kuchliroq bo`ladi.
M:
Yuring.
Yoki:
Yurmaysizmi?
3.
Buyruq gaplarning kesimi, odatda, gap oxirida keladi. Ba’zan
buyruqni kuchaytirish, do‘q-po‘pisa ma’nosi ifodalanganda, kesim gap boshida
keladi.
M:
Qo‘lingizni oling. – Oling qo‘lingizni.
4.
Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar bilan ularga sinonim bo‘lgan
sodda gaplar bir xil mazmun ifodalash jihatidan umumiylikni tashkil etadi.
Ammo havola bo‘lakli qo‘shma gaplarda unga sinonim bo‘lgan sodda
gaplarga nisbatan ma’no ta’kidlangan bo‘ladi
Ertamiz bugungidan porloqroq bo‘lishiga aminman.
Shunga aminmanki, ertamiz bugungidan porloqroq bo‘ladi.
5.
Sifatlovchi aniqlovchi tartibni o`zgartirish orqali (o‘rin
almashtirish yo‘li bilan) ajratilar ekan, bunda sifatlovchining ma’nosi
odatdagi tartib bilan qo‘llangan sifatlovchiga nisbatan bo‘rttiriladi, alohida
3
Минка А. Н. Прилагательные со значением степени и дискурсивное варьирование их градуальных признаков
(На материале текстов русского и английского языков). Дис. ... канд. филол. наук. Краснодар, 2005.
4
Кустова Г.И. Словарь русской идиоматики. Сочетания слов со значением высокой степени. Режим доступа:
http://dict.ruslang.ru/magn.php.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
319
ta’kidlanadi, gapdagi eng ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismga
aylanadi.
M:
Domla – sersoqol, rangpar, oriq – qiroat bilan o‘qir edi.
6.
Undalmali gaplarda undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun
turli undovlar ham birga qo‘llanilishi, undalmalar takror holda kelishi
mumkin.
M:
Oyi, oyi, o‘rtoqlarim kelishyapti.
Yoki:
Hoy qizginam-ey, qizginam-ey. Kel, kira qol
.
7.
Sifatlovchi aniqlovchilar ba’zan predmet yoki shaxslarning belgisini
qabartirish, ortiq darajasini ko‘rsatish uchun xizmat qilishi mumkin.
M:
go‘zal tilimiz – go‘zal, musaffo, ilhombaxsh tilimiz
Yoki:
aqlli yigit – aqli raso yigit
8.
Qo‘shma gaplar bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz qo‘llanganda
mazmun munosabatida turli farq va o‘ziga xosliklar yuzaga keladi. Ya’ni
bog‘lovchili (ya’ni bog‘langan va ergashgan) qo‘shma gaplarda bog‘lovchi vositalar
borligi sababli, zidlash, shart, payt, sabab-natija, qiyoslash-o‘xshatish kabi
ma’no munosabatlari aniq, ochiq, qabariq ifodalanadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma
gaplarda ham zidlash, shart, payt, sabab, o‘xshatish kabi munosabatlar
ifodalanadi, ammo bu ma’no munosabatlari bog‘lovchi vositalar bo‘lmagani
sababli shaklan eks etmaydi.
M:
Til millatning bebaho mulki, shuning uchun uni hamisha muhofaza
qilmoq lozim.
Yoki:
Til millatning bebaho mulki: uni hamisha muhofaza qilmoq
lozim.
Bundan tashqari, iboralarning deyarli barchasi ekspressivlikka,
obrazlilikka, alohida ifodalilikka ega hisoblanadi. M:
kutmagan
so
‘
zi
yetti uxlab
tushiga kirmagan
iborasi bilan ma’nodosh, ammo ibora ifodalilik jihatidan so
‘
zdan
ancha ustun.
Yoki:
o‘taketgan – uchiga chiqqan; beqiyos (juda) – yer bilan
osmoncha; albatta – turgan gap; hech qachon – ikki dunyoda (ham).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
320
Iboralarga ko
‘
chim va bo
‘
rttirish xos. M:
qo‘rqib ketdi
so
‘
zi bilan
yuragi yorildi
iborasi ma’nodosh, biroq ibora holatni ta’sirchanroq,
mubolag
‘
ali ifodalagani, shuningdek, ko
‘
chma ma’noda ekani (aslida yuragi
yorilgani yo
‘
q) bilan farqlanadi.
Sanab o‘tilgan barcha birliklar so‘zlovchining belgiga turlicha munosabatini, u
yoki bu xususiyatni ifodalashni ko‘rsatadi. Shunday qilib, intensivlik tushunchasi
tilning semantik kategoriyasi sifatida belgining ifoda o‘lchovi tarzida talqin qilinadi va
miqdor, sifat va daraja tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lib, tilning barcha sathlarida –
fonemadan tortib murakkab sintaktik birliklargacha namoyon bo‘ladi. Intensivlik
kategoriyasining amalga oshirilishi sintaktik usuldan tashqari fonetik, morfologik va
leksik-semantik usullarda ham ifodalanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Занегина Н.Н. Имена прилагательные со значением интенсивности, меры
проявления признака (внутриклассная организация и межклассные связи и
отношения) https://lexrus.ru/default.aspx?p=2917
2.
Иванча А. В. Прилагательные со значением интенсивности в русском
языке // Известия Саратовского университета. Сер. Филология. Журналистика.
2010. Вып. 4. Т. 10. С. 9-11.
3.
Минка А. Н. Прилагательные со значением степени и дискурсивное
варьирование их градуальных признаков (На материале текстов русского и
английского языков). Дис. ... канд. филол. наук. Краснодар, 2005.
4.
Кустова Г.И. Словарь русской идиоматики. Сочетания слов со значением
высокой степени. Режим доступа: http://dict.ruslang.ru/magn.php.