MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
308
VAQF INSTITUTINING MUSULMON JAMIYATIDAGI TUTGAN
ROLI VA AHAMIYATI
Xolmaxmatova Kamola
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Islomshunoslik yo‘nalishi 4-kurs talabasi
+998947229660
Annotatsiya
:
Vaqf - islom moliyasi tizimining muhim xususiyatlaridan biri
hisoblanadi. U ixtiyoriy xayriya shaklida namoyon bo‘lib, islom huquqida o‘ziga xos
o‘rin egallaydi. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy omil jamiyat taraqqiyotini qo‘llab-
quvvatlashda va rivojlanishida samarali bo‘lgani isbotlangan. Vaqf tizimi
kambag‘allikni kamaytirish, ta’lim, tarbiya, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va
boshqa ko‘plab sohalarda farovonlikni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat
qilgan. Mazkur maqolada vaqf tushunchasi va mohiyati, shuningdek, uning
jamiyatdagi roli va barqaror rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatidagi ahamiyati
muhokama qilinadi. Asrlar davomida mavjud bo`lgan vaqflar va ularni musulmon
dunyosiga qo`shgan hissasi ochib beriladi.
Kalit so`zlar: Vaqf, iqtisodiy barqarorlik, tarix.
Vaqf shunday bir tizimki, u orqali ko`plab moliyaviy muammolarga yechim
topilgan. Musulmon davlatlarning asosiy moliyaviy manbayi sifatida xizmat
ko`rsatgan. U bilan masjid, madrasa, ko`priq, shifoxona, kutubxona, do‘kon,
mehmonxona va quduqlar qurilgan, aholi uchun bog‘lar va xiyobonlar, kir yuvish
joylari,
hammom,
bozor,
ziyoratgohlar,
oshxonalar,
sayohatchilar
uchun
karvonsaroylar tashkil etilgan, piyodalar yo‘lagi, beva va yetimlar uchun uylar, mayoq,
kamon va kurash maydonlari, qal’alar, mudofaa inshootlari barpo etilgan. Maktab
o‘quvchilariga oziq-ovqat va maktab anjomlari bilan yordam berish, masjid va
ko‘chalarni yoritish va tozalatish, xizmatkorlarning xo‘jayinlari tomonidan tanbeh
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
309
eshitmasligi uchun ular sindirgan idishlarning o‘rniga yangisini olish, qarz sababli
qamoqqa tushganlarning qarzini to‘lash, tog‘larda yo‘llar ochish, yetim qizlarga sep
tayyorlash, qarzdorlarning qarzlarini to‘lash, bevalarga va muhtojlarga yordam berish,
bahor faslida ochiq havoda bolalarni sayr qildirish, kambag‘al va qarindoshi yo‘q
kishilarning jasadini dafn qilish va barcha dafn xarajatlarini qoplash, bayramlarda
bolalar va yetimlarni turli sovg‘alar bilan xursand qilish kabi xayrli ishlar
moliyalashtirilgan. Qolaversa, vaqf mulklari orqali aksar davlat askarlari qurol-aslaha
va kiyim-kechak bilan ta’minlangan, asirlar ozod qilingan
1
.
Dastlab, vaqf xayriya, sadaqa sifatida ko`rilgan bo`lsada, keyinchalik huquqiy
va ijtimoiy tizim sifatida rivojlangan.
Vaqf lug`atda “tutib turish”, “to`xtatish” degan ma’nolarni anglatadi. Masalan,
agar hayvonni tutib turilsa, “vaqofta dabbata”, ya’ni “hayvonni to`xtatding” deyiladi.
Vaqf bu – ma’lum bir narsani belgilangan shaklda tutib turish va ma’lum
maqsadga yo`naltirishdir. Vaqf – mulkning foydasini sadaqa sifatida berishdir. Mulk
vaqfga aylangach uni sotish, sadaqa qilish va meros qoldirish mumkin bo`lmaydi. Vaqf
– mulkning o‘zini vaqf qiluvchining mulki sifatida ushlab turish va uning foydasini
sadaqa qilishdir.
Ba’zi manbalarda “vaqf” atamasi “al-habs” tushunchasi bilan tenglashtiriladi.
Bu esa, mulk ustidan erkin muomala qilish – uni sotish, hadya qilish yoki meros qilib
qoldirish kabi huquqlarni to‘xtatish orqali uning faqatgina foydasidan belgilangan
maqsadlar yo‘lida foydalanishni bildiradi.
Vaqflar Rasululloh (s.a.v.) va sahobalar davridan mavjud bo`lgan. Garchi o`sha
davrda ular vaqf deb atalmagan bo`lsa ham hadislarda ular haqida tarixiy ma’lumotlar
uchraydi. Vaqf tizimi shakllanish va rivojlanishida asos sifatida olinadigan hadislar
bor. Ulardan biri Abu Hurayra (r.a.) dan rivoyat qilinadi: Nabiy (s.a.v.): “Odam bolasi
vafot etganda, uning amallari kesiladi. Faqat uch narsadan: sadaqai joriyadan,
manfaatlanadigan ilmdan va uning haqqiga duo qilib turadigan solih farzanddan
kesilmaydi” dedilar
2
.
1
Dr. İsmail Kurt. Para vakıflarının muhasebesi. – S. 6.
2
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. Savdo, ziroat va vaqf kitobi. 11-juz. – Toshkent, 2025. – 276.-
b
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
310
Vaqf institutlarining faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular nafaqat ta’lim tizimining
rivojlanishiga xizmat qilgan, balki sog‘liqni saqlash muassasalari — shifoxonalar
barpo etish, yo‘l va ko‘priklar qurish, turar joylar tashkil etish orqali infratuzilmani
mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynagan. Shu bilan birga, vaqflar aholining ijtimoiy
farovonligini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va kambag‘allik darajasini
kamaytirishda ham samarali vosita bo‘lgan.
Vaqf insonlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga turli va keng qamrovli hissasi
bilan muhim rol o‘ynagan. Uning roli deyarli barcha sohalarga — qishloq xo‘jaligi,
sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga - chuqur kirib borgan
3
.
Islom iqtisodiy tizimida, ko‘ngilli xayriya ishlari va vaqflar bilan bog‘liq
ijtimoiy munosabatlar barchasi farovonlikning ajralmas qismi sifatida qabul qilinadi.
Vaqflar ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu
yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi muassasalarni tashkil etish va ularni moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshirilgan. Jumladan, maktablar, madrasalar, boshqa
turdagi o‘quv yurtlari, shuningdek, shifoxonalar va davolash maskanlari vaqf mulklari
hisobiga barpo etilgan yoki ularning faoliyatini davom ettirish uchun doimiy mablag‘
bilan ta’minlangan.
Vaqf institutlari o‘z faoliyatida ta’lim sohasini faqat ma’lum bir yo‘nalish bilan
cheklab qo‘ymay, tibbiyot, astronomiya, farmatsevtika kabi turli fan sohalarini o`z
ichiga olgan holda keng qamrovli ilmiy-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirgan. Bu holat
vaqflarning ko‘p tarmoqli ilm sohalarini rivojlantirishdagi ahamiyati va o‘z navbatida
ilm-fan taraqqiyotiga sezilarli darajada hissa qo‘shganini ko`rsatadi. Natijada, vaqf
asosida tashkil etilgan ta’lim muassasalari o‘rta asrlarda keng miqyosli ilmiy uyg‘onish
jarayonining muhim omillaridan biriga aylangan.
Vaqflar talabalar va o‘qituvchilarni taqdirlash, ularning ta’limi va turar joylari,
ovqatlanish va davolanish kabi xarajatlarni qoplash uchun sarflangan. Hatto talabalar
uchun alohida yotoqxona va turar joylar ham taqdim etilgan. Natijada, vaqf asosida
shakllangan ushbu tizim mustaqil va barqaror ta’lim muassasalari tarmog‘ini vujudga
3
Masoud Ahmad. Role of Waqf in Sustainable Economic Development and Poverty Alleviation: Bangladesh
Perspective // Journal of Law, Policy and Globalization.-Bangladesh: International Institute for Science, tecknology and
Education, 2015. – P. 119.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
311
keltirgan. Talabalar va o‘quvchilar ko‘pincha davlat maktablarida yoki hukumat ta’lim
muassasalarida tahsil olishgan, vaqflar esa ularning umumiy ehtiyojlarini qoplashga
xizmat qilgan.
Islom jamiyatlarning dastlabki davrlarida, xususan Abbosiylar va Usmoniylar
davrida, vaqf masjidlari, maktablar (madrasalar), kutubxonalar, shifoxonalar va boshqa
ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirishda muhim rol o‘ynagan. Bu muassasalar diniy
va ijtimoiy maqsadlarga xizmat qilgan bo‘lib, musulmon jamiyatlarining farovonligiga
katta hissa qo‘shgan.
Masalan, dunyodagi eng qadimiy universitetlardan bo‘lgan Al-Qaravin
(Marokashda) va Al-Azhar (Misrda) vaqf mablag‘lari orqali moliyalashtirilgan bo‘lib,
bu vaqfning ta’lim sohasidagi tarixiy ahamiyatini ko‘rsatadi.
Ibn Kasir o`zining “Al-bidoya va an-nihoya” kitobida 631 hijriy yil voqealarida
zikr qilishicha, o`sha yili Bagdodda xalifa al-Mustansir billoh tomonidan qurila
boshlagan madrasaning qurilishi nihoyasiga yetgan. Bunday madrasa hech qayerda
bo`lmagan. Madrasada ta’lim olish jarayonida sunniylikdagi to`rt mazhabga tegishli
ilm oluvchilarning har biriga bir xil, ya’ni teng imkoniyat yaratilgan. Har bir
mazhabdan 62 nafardan faqih, to`rt nafar yordamchi, har bir mazhabning mudarrisi,
hadis ustozi, ikki qori, 20 nafar tinglovchi, tibbiyot bilan shug`ullanadigan 10 nafar
musulmon shaxs, yetim bolalar uchun maxsus o`quv maskani mavjud bo`lgan. U yerda
barcha uchun yetarli non, go`sht, holva hamda yetarli nafaqa bo`lgan
4
.
Odil podshoh Nuriddin Mahmud ibn Zankiy har bir hududda ko`p sonda
madrasa va xonaqohlar qurishni amr qilgan va ularga ko`plab mol-mulklarni vaqf
qilgan. U Damashqda Dor al-hadis qurdirgan hamda unga va unda faoliyat olib
boruvchilarga ko`plab mol-mulk vaqf qilgan. U yetimlar uchun ham ta’lim maskanlari
qurdirgan hamda u yerda yetimlar va ularning ta’lim olishlari uchun katta miqdorda
mablag`lar ajratgan, shuningdek, masjidlar qurdirgan va u yerdagi Qur’on qorilari
uchun mol-mulklar vaqf qilgan.
O‘sha davrlarda ilmga atalgan vaqflar ham juda xilma-xil shakllarda namoyon
bo‘lgan. Masalan, Al-Azhar masjidi faoliyatini barqaror yuritish va u yerda dars
4
Ismoil ibn Kasir. Al-bidoya va an-nihoya. 23-juz. Bayrut: Maktabatu al-maorif. – B. 139.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
312
berayotgan ustozlarga imkon qadar qulayliklar yaratish maqsadida turli vaqflar tashkil
etilgan. Shulardan biri — “xachir vaqfi” bo‘lib, u Al-Azhar o‘qituvchilarining
harakatlanishlari uchun xizmat qilgan xachirlar (mayda yuk eshaklari) xarajati va
parvarishiga bag‘ishlangan. Bu orqali ustozlarning darsga kelishdagi qulayligi
ta’minlangan.
Asrlar davomida vaqf amaliyoti rivojlanishda davom etib, islomiy
sivilizatsiyaning ajralmas qismiga aylangan. Ko‘plab musulmon mintaqalarda vaqf
turli rivojlanish loyihalarini moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lgan. Misol uchun,
Misrda Mamluklar sulolasi davrida vaqf yirik shifoxonalar, masalan, Qalovun
shifoxonasi kabi muassasalarni qurish uchun ishlatilgan bo‘lib, bu yerda minglab
bemorlarga bepul xizmat ko‘rsatilgan. Bu esa, agar to‘g‘ri boshqarilsa, vaqfning
ijtimoiy farovonlik vositasi sifatida ulkan salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Nuriddin Mahmud ibn Zankiy Damashq shahrida joylashgan buyuk “Nuriy”
shifoxonasini ham tashkil etgan bo‘lib, ushbu muassasa aynan kambag‘allar va
muhtojlar ehtiyojini qondirish maqsadida vaqf etilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, bu
shifoxona o‘z davrida dunyodagi eng ilg‘or tibbiyot markazlardan biri bo‘lgan va hijriy
1317-yilgacha, ya’ni deyarli 800 yil davomida uzluksiz faoliyat yuritgan
5
.
Musulmonlar, ayniqsa, shifoxona vaqflarida g‘oyat ajoyib va ilg‘or tajribalar
joriy etganlar. U zamonlarda yozilgan vaqf hujjatlarida shunday shartlar qo‘yilgan edi.
Har bir bemorga alohida idishda ovqat berilishi, bu idish boshqa bemor tomonidan
ishlatilmasligi kerak. Idishlar yopiq holda olib kelinishi va bemorga toza, o‘sha holatda
yetkazilishi zarur. Bimaristonlarda (o‘sha davr shifoxonalarida) uyqusi buzilgan
bemorlar uchun alohida xonalar ajratilgan. Bu joylarda ularga xonandalarning qo‘shiq
aytishi yoki hikoyachilarning ertak so‘zlab berishi orqali tinchlik berilgan. Bemorlar
shunday muhitda uxlab qolishlari maqsad qilingan. Bu odat 1798-yilda Fransuzlar
Misrga kirguncha davom etgan va fransuz olimlari bu holatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib,
yozib qoldirishgan. Bundan tashqari, vaqf tibbiy bilimlarni rivojlantirish maqsadida
talabalarga amaliyot o‘tkazadigan o‘quv shifoxonalarni ham tashkil etgan. Hatto ba’zi
davrlarda butun boshli shaharlar ham tibbiyot sohasi va uning xodimlariga vaqf
5
Manosiruddun ibn Furot. Tarix ad-duval va al-muluk. 4-jild. –B.23.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
313
qilingan. Bu xizmatlar nafaqat tibbiyot ahli uchun, balki ularning yordamidan
foydalangan bemorlar va muhtojlar uchun ham katta xizmat qilgan.
Islom tarixining turli davrlarida vaqflarning sarflanish yo‘nalishlari kengayib
borgan va turli sohalarda namoyon bo‘lgan. Ushbu yo‘nalishlar islom tamadduni
naqadar yuksak madaniyatga va insonparvarlik qadriyatlariga asoslangani haqida aniq
tasavvur beradi. Bugungi kunda bu fazilatlarni ko‘rsatib beruvchi o‘nlab, hatto yuzlab
tarixiy misollar mavjud. Mashhur sayyoh Ibn Battuta hijriy 8-asrda, Bahriy Mamluklar
davrida Damashq shahriga tashrifi chog‘ida u yerdagi vaqf faoliyatlaridan chuqur
ta’sirlangan.
“Damashqdagi vaqflar soni va turlari shu qadar ko‘pki, ularni sanab tugatish
qiyin. Masalan, Ular orasida hajga borishga qodir bo‘lmaganlar uchun vaqf mavjud
bo‘lib, ulardan har bir kishi uchun haj qiladigan odamga zaruriy mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek, turmush qurayotgan, biroq oilasi ularni moddiy taminlay olmaydigan
oilalar uchun, qizlarni turmushga tayyorlash vaqflar mavjud. Asirlikka tushganlarni
ozod qilish uchun ham vaqflar tashkil etilgan. Safarda yurgan musofirlar uchun esa
ovqat, kiyim-kechak va vataniga qaytish uchun mablag‘ ajratiladigan vaqflar bor.
Damashq ko‘chalarini tekislash va tosh bilan qoplash uchun ham vaqf mablag‘lari
sarflanadi. Shahar ko‘chalarida piyodalar uchun ikki yo‘lak bo‘lib, o‘rtadan esa otliq
va aravalilar o‘tadi. Bundan tashqari, ko‘plab boshqa savobli ishlar uchun ajratilgan
vaqflar ham mavjud
6
”
Ibn Battuta o‘z safarlari davomida ko‘rgan eng g‘aroyib vaqflardan biri sifatida
“idish-tovoq vaqfi”ni tilga oladi.
“Bir kuni Damashqning bir ko‘chasidan o‘tayotib, bir mulozimatdagi kichik
quldek bolani ko‘rdim. Uning qo‘lidan xitoycha sopol likop tushib ketdi va chil-chil
sinib ketdi. Atrofdagilar to‘planib qoldi. Ulardan biri unga dedi: “Sinib ketgan
bo‘laklarni yig‘ishtir va ularni idish-tovoq vaqfi boshlig‘iga olib bor”. Bola bo‘laklarni
6
Min ajoib al-avfoq al-islomiy. Muhammad Ayyub.
https://www.aljazeera.net/midan/intellect/history/2017/2/27/-نم
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
314
to‘pladi va uni bir kishi bilan birga olib bordi. U bo‘laklarni ko‘rsatdi. Vaqf vakili unga
sinib ketgan idishga o‘xshash yangisini sotib olish uchun yetarli miqdorda pul berdi
7
”.
Usmonliylar davrida esa o‘ta g‘aroyib va o‘ziga xos vaqflar paydo bo‘lgan.
Jumladan, to‘y va bayram marosimlarida zebu-takomot (ziynat) uchun zargarlik
buyumlarini ijaraga beruvchi vaqf tashkil etilgan. Bu orqali kambag‘al fuqarolar o‘z
yoki oila a’zolarining to‘y marosimlarida bepul bezanib, ijtimoiy tenglik hissini tuya
olganlar. Bayram tugagach, ziynat buyumlari vaqf idoralariga qaytarilgan. Bunday
tashabbuslar odamlarga qashshoqlikni unutishga yordam bergan, ularning qalbini
quvontirgan.
Vaqf orqali ta’minlangan ijtimoiy yordam shakllaridan biri mehmonxona va
boshpanalar uchun qilingan vaqf. Bu turdagi vaqflar, ayniqsa yo‘lda qolgan va
boshpanasizlar uchun tunash joylarini ta’minlashda katta rol o‘ynagan. Yo‘lovchi va
boshpana izlovchilar uchun xavfsiz boshpana bo`lgan.
Suv quduqlari va oshxona vaqflarning maqsadi - oziq-ovqat va ichimlik bilan
ta’minlab, ochlik va chanqoqdan aziyat chekayotgan kambag‘allarga yordam berish
bo`lgan.
Vaqf institutlari ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagina emas, balki siyosiy
manfaatlar nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etgan. Ayyubiy
hukmdorlardan Sulton Salohiddin ham vaqflarga jiddiy e’tibor qaratgan. Salibchilar
hijriy 564-yilda Misrga hujum qilganida ular tomonidan asir olingan musulmonlarni
ozod qilish uchun Bulbays shahrini vaqf qilgan. Bu vaqf barcha musulmonlar ozod
qilinguncha davom etgan
8
.
Vaqflar jamiyatning zarur ehtiyojlarini va dolzarb talablarini qondirish uchun
xizmat qilgan, hatto infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirishda ham muhim rol
o‘ynagan. Bunga yo‘llar, quduqlar, ko‘priklar, qal’alar, suv inshootlari va boshqa
ko‘plab obyektlarga vaqf ajratilgani misol bo‘la oladi.
7
Min ajoib al-avfoq al-islomiy. Muhammad Ayyub.
https://www.aljazeera.net/midan/intellect/history/2017/2/27/-نم
8
Manosiruddun ibn Furot. Tarix ad-duval va al-muluk. 4-jild. –B.23.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
315
Bu ko‘p qirrali xizmatlarga qilingan xarajatlar davlatning umumiy xarajatlariga
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, vaqflar orqali jamiyat ehtiyojlari
qoplangani sababli, davlat zimmasidagi moliyaviy bosim ancha yengillashgan.
Natijada, davlat o‘z ishlarini yanada yaxshiroq va samaraliroq tarzda yuritish
imkoniga ega bo‘lgan. Chunki, jamiyat a’zolari ham javobgarlikning bir qismini o‘z
zimmalariga olib, davlatning yukini yengillashtirganlar
9
.
Vaqflar jamiyatda ijtimoiy tenglikni muayyan darajada ta’minlashda katta
ta’sir ko`rsatgan. Ular kambag‘allar va muhtojlarga yordam ko‘rsatish, ularga munosib
hayot sharoitlarini yaratib berish orqali ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi farqni
kamaytirishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, o‘rta tabaqa vakillarini ham qo‘llab-
quvvatlagan — ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab xizmatlarga sarflangan
mablag‘lar bilan aholi keng qatlamlari manfaat ko‘rgan
10
. Moddiy yordam va nafaqalar
vaqf mulklaridan olingan daromadlar hisobidan amalga oshirilgan. Vaqf mulklari
foydali ishlatilishi natijasida hosil bo‘lgan daromadlar kambag‘allar va muhtojlarga
muntazam ravishda taqsimlangan. Bu esa muhtoj oilalarga barqaror daromad
manbayini ta’minlagan
11
.
Hukmdorlar, yuqori mansab egalari, yirik boylar va savdogarlar uchun vaqf
siyosiy va ijtimoiy dastak vazifasini ham bajargan. Jumladan, hukmdorlar aholi orasida
o`z ta’sir doiralarini saqlab qolish va mustahkamlash, yuqori tabaqa vakillari esa
ijtimoiy nufuz, obro`-e’tiborga erishish maqsadida vaqf ishlarida faol qatnashganlar.
Ular yirik loyihalar, xususan, diniy va jamoat muassasalari qurilishi, ularning doimiy
ta’minoti hamda boshqa xayriya tadbirlar uchun yirik mulklarini vaqfga
aylantirganlar
12
.
Masalan, Usmoniylar imperiyasi hukmdori Sulton Sulaymon Qonuniy
(hukmronlik davri 1520-1566) rafiqasi Hurrem Sulton tomonidan 1552-yilda
Quddusdagi yangi majmua foydasiga qator mulklar vaqf sifatida ta’sis etiladi. Mazkur
9
Dr. Ayman Muhammad. Al-vaqf va duvaruhu fi at-tanmiya al-iqtisodiya // Majalla ash-shar’iyya va ad-dirosot al-
slomiya. – Kuvayt: al-majlis an-nashr al-ilmiy – Jomia al-Kuvayt, 2005. – S. 51
10
Ana Maghfiroh. The role of wakaf in empowering local economies: a study of its potential in modern Islamic finance
// Berajah Juurnal. –B. 1197-1198.
11
Ayman Muhammad Umar. Al-vaqf va duvaruhu fi at-tanmiya al-iqtisodiya. // majalla ash-shar’iyya va ad-dirosot al-
islomiyya. – Quvayt: al-majlis an-nashr al-ilmiy – Jome’ al-Kuvayt, 2005. – S. 45.
12
Oberauer N. Early Doctrines on Waqf Revisited: The Evolution of Islamic Endowment Law in the 2nd Centuary AH.
//Islamic Low and Society Vol. 20, No. 1-2 (2013). – P. 3.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_ Май –2025
316
majmua masjid, haj ziyoratchilari uchun 55 ta hujrali inshoot hamda faqir va
miskinlarga mo`ljallangan oshxonadan iborat bo`lgan. Muallif Odel Peri Hurrem
Sultonning vaqf hisobidan ta’minlangan mazkur me’moriy majmuasining XVIII asr
oxirlarida ushbu hududda kechgan siyosiy voqealardagi roli va o`rni katta bo`lganiga
aniq misollar orqali e’tibor qaratadi
13
.
13
Peri O. The Waqf As an Instrument to Increase and Consolidate Political Power... . – P. 56-62.