MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
3
JADIDLAR JASRATI – MILLATIMIZ FAXRI
Quqonboyeva Moxlaroyim Elmurodjon qizi
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Yurtimiz tarixida jadidchilik harakati va namoyandalari muhim
o’rin tutadi. Ma’rifatparvar jadid bobolarimiz yurt ravnaqi va xalq kamoloti yo’lida
butun umrlarini fido qilib, shu yo’lda jon berdilar. Ularning shaxsini, asarlarini
hamda amalga oshirgan ishlarini o’rganish va keying avlodga yetkazish bugungi
kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shuningdek, har bir insonda ularga
nisbatan hurmat va faxr tuyg’ularini uyg’otish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu
maqola jadidlar faoliyati va merosi muhokama qilinadi.
Kalit so’zlar:
jadid, jadidchilik, ma’rifat, teatr, jurnal, davlat, handasa,
riyoziyot, yo’lchi yulduz.
Ularning ulug’ maqsadlar yo’lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi
O’zbekistonni qurishda ibrat maktabi bilib xizmat qilishi zarur.
Sh. M. Mirziyoyev
XIX asr oxiri va XX asrning eng muhim voqeasi O’rta Osiyo uchun,
shubhasiz, jadidchilik harakatining vujudga kelishi bo’ldi. Ma’rifatparvarlar bir
vulqon misoli yurtni larzaga keltirishdi. Ularning maqsadini jadid bobomiz Abdurauf
Fitratning quyidagi misralari bilan izohlasak bo’ladi:
Turma – yugur, tinma – tirish, bukilma – yuksal…
Darhaqiqat, ma’rifatparvar jadid bobolarimiz qoloq sharoit va uslublarda
qotib qolgan yoshlarimizni jhillikdan qochib, ilm tomon yugurihga; yangi
islohotlarsiz tinib qolgan davlatimizni tirishib, davlatchilikni mustahkamlashga
hamda qullik azobidan o’zligini ham unutayozgan xalqimizni bukilmasdan, qaddini
yuksaltirib, hurriyat tomon borishga hayotlarining oxirigacha undadilar. Mana
shunday qat’iy shior bilan, qat’iyat bilan yangi davlatchilik usullarini ishlab
chiqishga, mustaqillik sari ildam qadam tashlashga va, ayniqsa, xalqni ilmsizlik
botqog’idan olib chiqib, ma’naviy ozuqa berishga kirishdilar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
4
Ismoil G’aspirali boshlab bergan muborak harakat Turkistonga ham keng
yoyildi. “Jadidlar otasi” deya ta’riflangan Mahmudxo’ja Behbudiy boshchiligida bir
qator ishlar amalga oshirildi. Avvalo, yangi usuldagi maktablar ochish jadal yo’lga
qo’yildi. Ular o’z mablag’laridan kutubxona, maktablar qurishi; o’quvchilarni
darsliklar bilan ta’minlashi haqiqiy fidoyilik edi. O’sha paytdagi tahlikali zamonda
xalqni mustaqillik sari da’vat qildilar. Bu g’oyalarini yuraklarga kirib boruvchi
nutqlar, kitoblar yordamida amalga oshirishdi. Bundan tashqari, xalqning qalbiga
yanada kirib boorish uchun teatrdan ham foydalanishdi. Abdulla Qodiriy, Abdulla
Avloniy kabi jonkuyar bobolarimiz teatr teatr uchun pyesalar yozishdi. Nimaiki qilib
bo’lsa-da, xalqni uyg’otishga, ularni qullik kishanlaridan ozod qilishga, yurtimizni
rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shish uchun astoydil harakat qilishdi. Maktablarda
diniy fanlardan tashqari handasa, riyoziyot kabi dunyoviy fanlar ham o’qitildi. Zero,
limning diniy yoki dunyoviysi bo’lmaydi. Bu yo’lda jonlarini ham, mollarini ham
ayamailar. Yo’qsa, o’sha paytda jadidlarning eng kattasi – Mahmudxo’ja Behbudiy
36 yoshda, eng kichigi Cho’lpon esa 14 yoshda edi. Alisher Navoiy bobomizning
purma’no misralari shu on xayolimni band qiladi:
Odami ersang, demagil odami
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Jadid bobolarimiz bari Vatani, xalqi g’amida o’zlarini fido qilib, insoniylikka
chinakam haykal qo’yib ketdilar.
Ma’rifatparvar jadid bobolarimizning ziyosi ularning asarlariga ham ko’chdi
va har bir uyga kirib borib, bu ziyo qalblarni yoritdi. Bu yo’lda yoniq qalblargina
qadam tashlay olar edi. Jumladan, Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi
ilmsizlik insonni qay holga solishini ayanchli tarzda ko’rsatib berdi. Yoki Abdulla
Qodiriyning “O’tkan kunlar” asarida o’sha paytdagi jamiyatning qay ahvolga kelib
qolgani, davlatdagi o’yinlar-u nohaqliklar mahorat bilan ochib berilgan edi.
Shuningdek, ziyo tarqatishning yana bir usuli – gazeta, jurnallar chop etishda ham
jadid boblarimiz ildamlikni qo’ldan berishmadi. Ularga maqolalar yozib, jamiyatni
har tomonlama isloh qilishdi. Ajablanarlisi, o’sha paytda yozilgan asarlar hali hamon
dolzarb va muhimdir. Ularning asarlari har yili yangidan nashr qilinmoqda,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–7_ Январь –2025
5
maqolalari gazeta va jurnallarning yuqori o’rinlarini egallab kelmoqda. Negaki, ularni
har o’qiganingizda yangidan ma’nolarni kashf etasiz. Undagi da’vatlar, chaqiriqlar
har on hozirgi davr yoshlarini ham Vatanni asrashga, unga sidqidildan xizmat
qilishga, ilm olishdan to’xtamaslikka undab turadi. Abdulla Avloniyning hikmatga
to’la “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bo’ladi-mi yoki Abdurauf Fitratning
“Abulfayzxon” dramasi-yu Cho’lponning “Kecha va kunduz” romani va yorqin
she’rlari bo’ladi-mi – ularning bari o’zbek xalqining o’lmas, zamonlar osha yashab
qoluvchi ma’naviy merosidir.
Dunyo shunday: yaxshilik bor joyda, albatta, yomonlik ham o’z soyasini solib
turadi. Ma’rifatparvar bobolarimizning harakatlari, amalga oshirayotgan ishlari
mustabid hukumatga xush kelmadi va ularni yo’qotishdi. Biroq, ular shunday
ketishmadi. Qalblaridagi olovni, jasoratni o’zlaridan keying avlodning har biri
qalbiga joylab ketdilar. Jadid bobolarimiz tarixini o’rgangan, asarlarini o;qigan,
amalga oshirgan ishlari bilan tanishgan har bir inson qalbida g’urur va faxr tuyishi,
shubxasiz. Hozirgi kunda ularning nomini abadiylashtirish maqsadida ularga atalgan
gazeta va jurnallarga asos solindi, har bir jadid bobomizning asarlari to’planib, kitob
holida nashr ettirilmoqda. Jadidlar shaxsini yanada yorqinroq ochib berish uchun
filmlar ishlanmoqda. Yurtimizdagi “Adiblar xiyoboni” dan ularning ham “o’rin
olganligi” ko’ngilni xushnud qiladi. Mana shu xiyobonni kezarkanman, ularning
yoniq nigohlari meni yanada iftihorga to’ldiradi, go’yo meni ham muvaffaqiyatlar sari
chorlayotgandek tuyiladi. Ha, jadid bobolarimizning bizga qoldirib ketgan meroslari,
pand-u o’gitlari ularning ortidan tushgan yo’limizni yo’lchi yulduz misoli yoritib
turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1.
Jadidlar. Mahmudxo’ja Behbudiy. [Matn]: risola. \Z. Abdirashidov. –
Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. – 156 bet.
2.
Xalqaro ijodiy to’plam. “Buyuk jadidchilar izdoshlari”. Ilmiy va ijodiy
to’plam. O’zbekiston: “Phoenix publication” nashriyoti, 2024. – 650 bet.