Authors

  • Ismoilova Sevara Ne’matillayevna

Author Biography

  • Ismoilova Sevara Ne’matillayevna

    Asaka Abu Ali Ibn Sino nomidagi

    Jamoat salomatligi texnikumi

    Hamshiralik ishi kafedrsi mudiri.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94197

Keywords:

Mastoektomiya bemor parvarishi jarrohlikdan keyingi davr psixologik yordam reabilitatsiya sut bezi o‘simtasi jarrohlik asoratlari.

Abstract

Ushbu maqolada mastoektomiya (sut bezi o‘simtasini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash) jarayoni o‘tkazilgan bemorlarni parvarish qilishning asosiy tamoyillari yoritilgan. Bemorning jarrohlikdan keyingi umumiy holatini baholash, psixologik ko‘mak, reabilitatsiya usullari va sifatli parvarishni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, jarrohlikdan keyingi asoratlarning oldini olish, yara parvarishi va turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan choralar batafsil bayon etilgan. Maqola tibbiyot xodimlari va parvarishlash sohasidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

195

MASTOEKTOMIYA BOʻLGAN BEMORLARNI PARVARISH

QILISH

Ismoilova Sevara Ne’matillayevna,

Asaka Abu Ali Ibn Sino nomidagi

Jamoat salomatligi texnikumi

Hamshiralik ishi kafedrsi mudiri.

Annotatsiya. Ushbu maqolada mastoektomiya (sut bezi o‘simtasini jarrohlik

yo‘li bilan olib tashlash) jarayoni o‘tkazilgan bemorlarni parvarish qilishning asosiy

tamoyillari yoritilgan. Bemorning jarrohlikdan keyingi umumiy holatini baholash,

psixologik ko‘mak, reabilitatsiya usullari va sifatli parvarishni ta’minlash bo‘yicha

tavsiyalar berilgan. Shuningdek, jarrohlikdan keyingi asoratlarning oldini olish, yara

parvarishi va turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan choralar batafsil bayon

etilgan. Maqola tibbiyot xodimlari va parvarishlash sohasidagi mutaxassislar uchun

mo‘ljallangan.

Kalit so‘zlar: Mastoektomiya, bemor parvarishi, jarrohlikdan keyingi davr,

psixologik yordam, reabilitatsiya, sut bezi o‘simtasi, jarrohlik asoratlari.

Mastoektomiya – sut bezi saratonini davolashda qo‘llaniladigan asosiy

jarrohlik usullaridan biri bo‘lib, bu jarayon bemorning jismoniy va ruhiy holatiga

jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada mastoektomiya o‘tkazilgan bemorlarni

kompleks parvarishlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Koʻkrak saratoni -bu sut bezlari toʻqimalarida vujudga keladigan oʻsimta.

Kasallik belgilari: sut bezlari hajmi, shakli yoki tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar,

terining oʻzgarishi. Koʻkrak atrofidagi toʻqimalardan farq qiladigan zich hosila paydo

boʻlishi, koʻkrak yoki uning bir qismining qizarishi, yoxud koʻkrakdan keladigan

suyuqlikning oʻzgarishi. Kasallik ildiz otib, chuqurlashganda esa, suyak ogʻrigʻi

shishgan limfa tugunlari, nafas qisilishi yoki sargʻish teri (koʻkrak yoki butun

tananing sargʻayishi) belgilari kuzatilishi mumkin. Koʻkrak bezi saratoni rivojlanishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

196

uchun xavf omillari orasida semizlik, jismoniy faollikning yetishmasligi, alkogolizm,

menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi, ionlashtiruvchi nurlanish,

birinchi hayz koʻrishning erta boshlanishi, yo kechikishi, yo umuman boʻlmasligi,

naslida shu kasallik bilan ogʻrigan bemorning boʻlishi, taxminan 5-10% hollarda

odamning ota-onasidan meros boʻlib oʻtgan genetik moyillik natijasidir, jumladan,

BRCA1 va BRCA2 genlarida mutatsiyalar mavjudligi bu kasallikning xavf omili

hisoblanadi.

Shuningdek, koʻkrak bezi saratonining yana 18 dan ortiq boshqa kichik turlari

mavjud. Masalan, in situ duktal karsinoma, preinvaziv lezyonlarda rivojlanadi.

Koʻkrak bezi saratoni tashxisi tegishli toʻqimalardan biopsiya olish bilan tasdiqlanadi.

Tashxis qoʻyilgach, saraton koʻkrakdan tashqariga tarqaldimi yoki yoʻqligini aniqlash

uchun qoʻshimcha testlar oʻtkaziladi va qaysi davolash usullari samaraliroq boʻlishi

aniqlanadi.

Bemorga mastektomiya (qisman yoki ikki tomonlama), lumpektomiya yoki

hatto rekonstruksiya qilinganida, shifo jarayoni o‘ziga xos qiyinchiliklarga duch

kelishi mumkin.

Jarrohlikdan so‘ng bemorlar reabilitatsiya xonasiga ko‘chiriladi, u erda

hayotiy jarayonlar tibbiy guruh tomonidan nazorat qilinadi. Har kimning tajribasi har

xil, ammo kasalxonada qolish o‘rtacha 1-3 kun. Agar mastektomiya va

rekonstruksiyani bir vaqtning o‘zida tanlasa, bemorlar uzoqroq qolishlarini kutishlari

mumkin.

Ko‘krak bezi saratoni - ayollar kasalligi bo‘lib, aksariyat hollarda bu kasallik

kech aniqlanadi, chunki uning belgilariga yetarlicha ahamiyat berilmaydi, aynan

shunisi bilan ham u xavfli hisoblanadi. Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan

yaxshi.

Quydagi belgilar ushbu kasallikda kuzatiladi:

1. Ajralmalar. Agar ko‘krak uchida og‘riq his qilsangiz, undan ajralmalar

chiqayotganini ko‘rsangiz (ko‘krak sutidan tashqari), bu ko‘krak bezi saratonining

belgilari bo‘lishi mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

197

2. Teri tarkibining o‘zgarishi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, saratonning

bu turiga yo‘liqqan ayollarning ko‘krak sohasidagi terisi apelsin po‘stlog‘iga o‘xshab

ketadi.

3. Doimiy og‘riq. Og‘riqni qoldiruvchi va antibiotik dori vositalari ta’sir

qilmagan ko‘krak sohasidagi og‘riqqa e’tiborli bo‘ling.

4. Yo‘tal va nafas olishning qiyinlashuvi. Ko‘krak bezi saratonining

belgilaridan biri shamollash yoki gripp bilan bog‘liq bo‘lmagan tushunarsiz va

sababsiz yo‘tal xurujlari.

5. Ko‘krakning qichishi

Ko‘krakning qichishiga bir necha omil sabab bo‘lishi mumkin:

- sut bezlarining o‘sishi (jismoniy yetilish davrida);

- limfalar sirkulyatsiyasi yomonlashuvi va suyuqlikning qotib qolishi;

- tana o‘simta uchun yangi qon tomirlari hosil qilishga urinishi.

6. Yelkaning pastki sohasidagi og‘riqlar

Agar yelkangizning atrofidagi soha sababsiz ko‘p bezovta qilsa va og‘riq

chekinmasa, bunga jiddiy e’tibor qarating. Axir o‘simta to‘qimalarining cho‘zilishi

og‘riqni paydo qilishi mumkin. Bu belgi yana shunisi bilan yomonki, kasallikning avj

olishi natijasida metastazlar suyaklarga ziyon yetkazishi mumkin.

Davolashning zamonaviy usullari jarrohlik, radiatsiya va kimyoterapiya

usullarining eng maqbul kombinatsiyasidan, ya’ni kompleks yondashuvdan

foydalanadi. Terapiyada mutaxassislar har bir bemorga individual yondashishlari

kerak. Mutaxassislar guruhi ayolga davolashning onkologik va estetik nuqtayi

nazardan muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘ziga xos davolash usullarini taklif qilishi

kerak. Bugungi kunda ko‘krak bezi saratonini davolashning eng samarali usullari

quyidagilardir:

1.

lampektomiya;

2.

mastektomiya ;

3.

radiatsion terapiya (agar bemor klimaks davridan otgan bolsa) - saraton

radioaktiv nurlanish bilan nurlanadi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

198

4.

kimyoterapiya (agar bemor klimaks davridan otmagan bo‘lsa) - saraton

hujayralarining o‘limini ta’minlaydigan sitostatiklar qo‘llaniladi;

5.

gormon terapiyasi;

6.

immunoterapiya.

Operatsiyadan keyin organizmning xususiyatlariga, davolash sifatiga,

kasallikning bosqichiga qarab, bemorlarning bir qismi bir necha yil, ba’zilari esa

keksalikka qadar yashaydi. Statistikaga ko‘ra, operatsiyadan keyingi yangi

metastazlar birinchi 3-5 yil ichida paydo bo‘ladi, keyinchalik yangi shakllanish xavfi

keskin kamayadi.

Ko‘krak bezi saratonini xalq tabobati bilan davolash samarasizdir. Dorivor

giyohlar va xalq retseptlari saraton bilan samarali kurasha olmaydi. O‘zboshimchalik

bilan davolanish odatda shifokorga tashrifni kechiktiradi va bemorning umrini

qisqartiradi.

1

Xulosa qilib aytkanda, Mastoektomiya o‘tkazgan bemorlarni parvarishlash –

murakkab va ko‘p yo‘nalishli jarayon bo‘lib, bemorning jismoniy va ruhiy tiklanishi

uchun tibbiy va psixologik yordamni uyg‘unlashtirishni talab qiladi. Tibbiy

xodimlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatgan parvarishi bemorlarning hayot sifatini

yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

World Health Organization (WHO).

2.

Breast cancer: prevention and control. WHO official website, 2023.

3.

Davidson, J., & Hunter, M. Post-mastectomy care: Evidence-based guidelines

for healthcare providers. Journal of Surgical Nursing, 2021, 38(4), 145–152.

1

Davidson, J., & Hunter, M. Post-mastectomy care: Evidence-based guidelines for healthcare providers. Journal of Surgical Nursing,

2021, 38(4), 145–152.

Most read articles by the same author(s)