Authors

  • H.R.Yusupov
  • L.R.Bekchanova

Author Biographies

  • H.R.Yusupov

    q.x.f.f.d. (PhD) -  Urganch Davlat Universiteti

  • L.R.Bekchanova

    Urganch Davlat Universiteti Biologiya yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94226

Keywords:

Варианты сорт Нурли-70 Мирзой желтый Мирзой красный листовая поверхность ФАР период технического созревания сбор урожая.

Abstract

В данной статье изучено влияние минеральных удобрений на формирование листовой поверхности сортов моркови «Нурли-70», «Мирзойи Сарык» и «Мирзойи Кызыл», выращиваемых в почвенно-климатических условиях Хорезмской области.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

102

SABZI NAVLARINING BARG SATXI TO‘PLASHIGA MINERAL

O‘G‘ITLARNING TA’SIRI

H.R.Yusupov, q.x.f.f.d. (PhD) - Urganch Davlat Universiteti

L.R.Bekchanova – Urganch Davlat Universiteti Biologiya yo‘nalishi

magistranti

Аннотация: В данной статье изучено влияние минеральных удобрений

на формирование листовой поверхности сортов моркови «Нурли-70»,

«Мирзойи Сарык» и «Мирзойи Кызыл», выращиваемых в почвенно-

климатических условиях Хорезмской области.

Ключевые слова: Варианты, сорт, Нурли-70, Мирзой желтый, Мирзой

красный, листовая поверхность, ФАР, листовая поверхность, период

технического созревания, сбор урожая.

Fotosintez o‘simliklar hayotida eng muhim asosiy biokimyoviy jarayon

bo‘lib, biologik energiyaning asosiy ta’minotchisi hisoblanadi. O‘simliklarning

barglari tashqi muhit omillari, yorug‘lik, namlik va haroratni birinchi bo‘lib qabul

qiladi va yorug‘lik ular orasida eng asosiy omil hisoblanadi. Shuning uchun ham

o‘simliklarning barg yuzasining sathi qancha yirik bo‘lsa u kelayotgan quyosh

energiyasini shuncha tez o‘zlashtiradi. Buning natijasida mahsuldor a’zolari

rivojlanishi tezlashadi va yiriklashadi.

Ekinzor FARni yutadigan optik tizimdan iborat. Dastlabki rivojlanish davrida

o‘simlikning assimmilyatsion yuzasi kam bo‘lishi tufayli FAR ning ko‘p qismi

barglar tomonidan yutilmaydi. Barglar yuzasining ortib borishi bilan barg indeksi

4...5 ga yetganda bir gektarda 40...50 ming m

2

barg yuzasi hosil bo‘ladi va Far ning

barglar tomonidan yutilishi maksimal darajaga 75-80% yoki umumiy radiasiyaning

40% iga yetadi. Barglar yuzasining yanada oshishi FAR yutilishini oshirmaydi.

Barglarning yuzasi ekinzorda asta-sekin oshib boradi. Dastlab bargyuzasi

sekin (maysalashda) keyin tez (tuplanish, naychalash) oshadi va boshoqlash fazasidan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

103

keyin pastki barglarning sarg‘ayishi va nobud bo‘lishi bilan kamayib boradi, O‘suv

davrining oxirida yashil barglar o‘simlikda bo‘lmaydi. Demak, yuqorida keltirilgan

sharhdan ma’lum bo‘lishicha, barg sathining normal darajada bo‘lishi FARning

yutilishini 75-80% gacha borishini ta’minlasada, ammo barg sathining yanada yuqori

bo‘lishi FARning yuqori darajada yutilishini bildirmaydi.

Biz ham tadqiqot olib borgan 2023-2024 yillar davomida sabzi yetishtirishda

ma’danli o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari bo‘yicha variantlar kesimida parvarish

qilinayotgan sabzi navlarini barg sathining shakllanishi rivojlanish fazalari kesimida

aniqlab borildi.

Olingan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, sabzi navlari barg sathi tahlil

qilinganida ma’danli o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari kesimida katta farqlar

kuzatilganligi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan sabzining Nurli-70 navini o‘g‘it me’yorlari azot-200, fosfor-120,

kaliy-90 qilib berib yetishtirganimizda sabzi 2 ta barg chiqarganida barg satxi

xisoblanganda gektariga 3,0 m

2

, 5 ta barg chiqarganida 9,0 m

2

/ga, 7 ta chin barg

chiqarganida 14,8 m

2

/ga texnik yetilgan davrida o‘lchanganida 20,2 m

2

/ga ni tashkil

qildi.

1-jadval

Sabzi navlarining o‘suv davridagi barg yuzalari sathining ming. m

2

/ga

o‘rtaсha 2022-2023 yy.

№ Navlar

O‘g‘it me’yorlari

O‘sish bosqichlari

2 ta barg

5 ta barg

7 ta barg

texnik
yetilish

davri

1

Nurli-70

N200, P120 K90

3,0

9,0

14,8

20,2

2

N250, P150 K120

3,5

10,6

17,2

25,5

3

Mirzoyi sariq

N200, P120 K90

3,1

7,7

11,3

19,2

4

N250, P150 K120

3,4

9,8

15,4

23,0

5

Mirzoyi qizil

N200, P120 K90

2,7

6,2

12,2

17,0

6

N250, P150 K120

2,6

6,0

12,5

16,7


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

104

Nurli-70 sabzi navini o‘g‘it me’yorini oshirib berganimizda yani azot-250,

fosfor-150, kaliy-120,kg/ ga yetishtirganimizda barglarning biroz uzun bo‘lganligini

ko‘rishimiz mumkin, 2ta barg chiqarganda 3,5 m

2

/ga, 5ta barg chiqarganida 10,6 m

2

/

g, 7 ta barg chiqarganida 17,2 m

2

/ga, texnik yetilgan davrda o‘lchanganida esa

25,5m

2

/ ga ni tashkil qildi.

Sabzining Mirzoyi sariq navini o‘g‘it me’yorlari azot-200, fosfor-120, kaliy-

90 qilib berib yetishtirganimizda sabzi 2 ta barg chiqarganida barg satxi

xisoblanganda gektariga 3,1 m

2

, 5 ta barg chiqarganida 7,7 m

2

/ga, 7 ta chin barg

chiqarganida 11,3 m

2

/ga texnik yetilgan davrida o‘lchanganida 19,2 m

2

/ga bo‘lganligi

kuzatildi.

Mineral o‘g‘itlarning oshirilishi Mirzoyi sariq navining xam barg satxining

oshishiga olib keldi yani o‘g‘it me’yori kamaytirilgan variantga nisbatan 2 ta barg

chiqarganida 0,3 m

2

/ga, 5 ta barg chiqarganida 2,1 m

2

/ga,7 ta barg chiqarganda 4,1

m

2

/ ga, texnik yetilgan davrida 3,8 m

2

/ga yuqori bo‘lganligi kuzatildi.

Tajribamizda qatnashgan sabzining yana bir Mirzoyi qizil navida barg satxi

o‘lchanganda barglar bir muncha qisqa ekanligi kuzatilib mineral o‘g‘itlar

kamaytirilgan fonda parvarishlanganda 2 ta barg chiqarganida barg satxi

xisoblanganda gektariga 2,7 m

2

, 5 ta barg chiqarganida 6,2 m

2

/ga, 7 ta chin barg

chiqarganida 12,2 m

2

/ga texnik yetilgan davrida o‘lchanganida 17,0 m

2

/ga bo‘lib

Nurli-70 navining shu fondagi o‘g‘it me’yorida parvarishlangandagiga nisbatan mos

ravishda 0,3; 2,8; 2,6; 3,2 m

2

/ ga kam, Mirzoyi sariq naviga nisbatan 0,4; 1,5; +0,9;

2,2 m

2

/ga kam bo‘ldi.

Mirzoyi qizil navida o‘git me’yorini ko‘paytirganimizda xam yuqoridagi

qonuniyat saqlanib qolganligi kuzatildi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, Sabzi navlarining

barg satxi rivojlanishiga har bir navning biologik morfologik tuzulishi bilan farqlanib,

madanli o‘g‘itlarning oshib borishi o‘z ta’sirini ko‘rsatgan holda yer ustki va yer ostki

vegetativ qisimlarining rivojlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazganligini ushbu

tadqiqotimizda o‘z isbotini topganligi aniqlandi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

105

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Balashev N.N, Zeman.G.A. Ildizmevali sabzavotlar. Sabzavotchilik- kitobi:

O‘zbekiston – 1981. B. 330-334.