MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
99
G‘O‘ZA NAVLARINING KO‘CHAT QALINLIGI VA CHILPISH
MUDDATLARINING PISHIB YETILISHIGA TA’SIRI
H.R.Yusupov, q.x.f.f.d. (PhD) - Urganch Davlat Universiteti
D.I.Shakirova – Urganch Davlat Universiteti Biologiya yo‘nalishi
magistranti
Annotation: In this article, comparing "Khorazm-127" grown in the soil and
climatic conditions of Khorezm region, "Sultan" and "C-8294 " The influence of
seedling thickness and the duration of the harvest on the early ripening of cotton
varieties is studied.
Key words: Variants, varieties, Khorezm-127, Sultan, C-8294, planting
system, harvest periods, ripening, productivity, harvesting.
Har bir g‘o‘za navining hosildorligini aniqlash bilan birga, uning
tezpisharligini bilish ham muhim ahamiyatga ega.
Bizni izlanishlarimizda g‘o‘za navlarini ko‘saklarini ochilish tezligi va ularni
tezpisharligi biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ko‘chat qalinligi hamda
chilpish muddatlarining tasirini o‘rgandik.
Bu izlanishlarni olib borishdan maqsad: fermer xo‘jaliklari uchun paxta
hosiliga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda navlarni tezpisharligini oshirishdir. Bu
muammo azaldan dolzarb hisoblangan, qolaversa hozirgi intensiv dehqonchilik
soxasida 2-3 kunga bo‘lsa ham paxtani ertaroq yig‘ib-terib olinsa boshqa ekinlarni
ekishga zamin yaratish uchun imkoniyat yaxshilanadi. Kuzgi shudgorni o‘z
muddatida sifatli o‘tkazishni iloji bo‘ladi.
F.Mamatsoilyevning tavsiyalariga [1] asosan g‘o‘zani chilpish ishlarini
kechiktirilishi yoki sifatsiz o‘tkazilishi oqibatida, poya bo‘yiga o‘sib g‘ovlab ketadi
va hosildorlik 15-20 foiz kamayib, pishib yetilishi 7-10 kunga kechikadi. Shuningdek,
ko‘saklar kichrayib, vazni kamayadi, g‘o‘za barglari ko‘payib, ko‘saklar qobig‘i
qalinlashishi natijasida hasharotlar jumladan, ko‘sak qurti soning ko‘payishiga olib
kelishi kuzatiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
100
SH.Abdualimov, F.Hasanova [2; 7-8-b]lar Avgust oylarining boshlarida rivoji
kechroq bo‘lgan dalalardagi g‘o‘zalarni chilpish ishlarini yakuniga tezroq yetkazish
lozimligini takidlaydilar. Kechki dalalarda paxta erta pishib yetilishi ta’minlash
maqsadida, chilpishda Sojean, Entojean va boshqa tarkibida mepikvat xlorid bo‘lgan
preparatlar bilan 90-100 g/ga me’yorda 250-300 l suv bilan ishchi aralashma
tayyorlanib, bir gektar maydondagi g‘o‘zalarga ishlov berilsa uning rivoji 7-8 kunga
tezlashadi, hosildorlik 3-5 s/ga va hattoki 7-8 s/ga ortishiga erishiladi.
Xorazm viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida (2022-2024 y.) olib
borilgan tajribalarda g‘o‘za navlarini chigiti ekilgandan birinchi ko‘sak paxtasi
ochilguncha ketgan kunlar xisoblandi va navlarni tezpisharligi aniqlandi (1-jadval).
1-jadval
Ko‘chat qalinligi va chilpish muddatlarining g‘o‘za navlarini
tezpisharligiga ta’siri (kunlar)
№ Navlar
Ekish sxemasi
Chilpish muddatlari
2022-yil
2023-yil 2024-yil
№
Navlar
Ekish
sxemasi
Chilpish
muddatlari
2022-yil
2023-yil
2024-
yil
1
Xorazm-127
60x15-1
12-14
128
130
129
2
Sulton
60x12-1
10-11
120
121
120
3
12-14
127
127
126
4
15-16
127
128
127
5
60x15-1
10-11
118
120
119
6
12-14
126
128
127
7
15-16
127
126
126
8
C-8294
60x12-1
10-11
115
118
117
9
12-14
118
120
118
10
15-16
119
121
120
11
60x15-1
10-11
111
113
113
12
12-14
117
119
118
13
15-16
120
122
121
Tajribada nazorat sifatida olingan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
101
Xorazm-127 navini 60x15-1 sxemasida ekib 12-14 xosil shoxida chilpish
o‘tkazganimizda 1-ko‘sak ochilishi 2020-yilda 128 kunni, 2021-ylda 130 kunni,
2022-yilda 129 kunni tashkil qildi. Sulton navini 60x12-1 sxemasida ekib 10-11 hosil
shoxida chilpish o‘tkazganimizda bu ko‘rsatkich 2020-yilda 120 kunni, 2021-yilda
121 kunni, 2022-yilda 120 kun bo‘ldi, shu ekish sxemasida ekib 12-14 hosil shoxida
chilpish o‘tkazganimizda yillarga mos xolda 127-127-126 kunni tashkil qildi. Sulton
navida 1-ko‘sakning ochilishi eng erta bo‘lgan variant 60x15-1 sxemada ekib 10-11
hosil shoxida chilpinganda kuzatildi bunda yillarga mos ravishda 118-120-119 kunni
tashkil qilib nazorat variantiga nisbatan o‘rtacha 10 kunga erta ochilganini kuzatdik.
Tajribadagi C-8294 g‘o‘za navini 60x12-1 sxemasida ekib 10-11 hosil
shoxida chilpish o‘tkazganimizda birinchi ko‘sakning ochilishiga ketgan vaqt 2020-
yilda 115, 2021-yilda118, 2022-yilda 117 kunni tashkil qildi. Bu g‘o‘za navida xam
1-chi ko‘sakning ochilishiga ketgan eng kam vaqt 60x15-1 sxemada ekib 10-11 xosil
shoxida chilpish o‘tkazganimizda (yillarga mos ravishda 111; 113; 113 kun)
nazoratga nisbatan o‘rtacha 17 kunga ko‘sakning erta ochilganligi kuzatildi.
Ta’kidlash kerakki, biz izlanishlarimizda g‘o‘za navlarining qo‘llanilgan
agrotexnik tadbirlar ta’sirida biologik xususiyatlariga bog‘liq holda ko‘saklarini
ochilish tezligini (tezpisharligini) aniqladik. Barcha variantlarda ko‘saklarni ochilishi
50 % dan ortgandan so‘ng g‘o‘zada defoliatsiya tadbiri o‘tkazilgan.
Yuqorida keltirligan ma’lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki
Xorazm viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida yetishtirilayotgan Sulton va C-
8294 g‘o‘za navlari ilgaritdan ekib kelinayotgan Xorazm-127 naviga nisbatan barcha
variantlarda erta pishib yetilishi aniqlandi. Ko‘chat qalinligi ortib borishi xamda
chilpishning kechiktirilishi g‘o‘za navlarining pishib yetilishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatganini ko‘rishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1)
https://agroinspeksiya.uz/oz/news/hududlarda-gozani-chilpish-ishlari-qizgin-
pallaga-kirdi
2) Abdualimov SH, Hasanova F. Avgust hosilga hosil qo‘shish oyi // O‘zbekiston
qishqloq va suv xo‘jaligi. Toshkent, 2023, №8, b-7-8.