Authors

  • D.Qarshiboeva
  • S.Amrullayeva

Author Biographies

  • D.Qarshiboeva

    JDPU, Umumiy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

  • S.Amrullayeva

    JDPU, Amaliy psixologiya yonalishi 2-bosqich talabasi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94235

Keywords:

Refleksiya personal identivlik sublimatsiya Id («U») Ego («Men») Superego («Oliy Men») «Individual «Men» haqiqiy “Men” emperik “Men”.

Abstract

“Men” konsepsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, U.Jeyms tomonidan ajratilgan 2 aspektlar, ”Men” borasidagi konsepsiyalar, K.Yungning Personasi,E.Berns iyerarxiyasi, ”Men” ustanovkasi, Z.Freyd psixoanalizida “Men”ning tasniflanishi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

33

“MEN” KONSEPSIYASINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLILI

D.Qarshiboeva- JDPU, Umumiy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

S.Amrullayeva- JDPU, Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya: “Men” konsepsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar,

U.Jeyms tomonidan ajratilgan 2 aspektlar, ”Men” borasidagi konsepsiyalar,

K.Yungning Personasi,E.Berns iyerarxiyasi, ”Men” ustanovkasi, Z.Freyd

psixoanalizida “Men”ning tasniflanishi.

Kalit so‘zlar: Refleksiya, personal identivlik, sublimatsiya, Id («U»), Ego

(«Men»), Superego («Oliy Men»), «Individual «Men», haqiqiy “Men”, emperik

“Men”.

“Men” konsepsiyasini o‘rganish sohasida tadqiqot olib boradigan

mutaxassislarning aksariyati o‘z tadqiqotlarining asosiy yadrosi sifatida G.Olport,

S.Meddi, Uilyam Jeyms kabi psixologlarning nazariyalariga tayanadi. Ulardan biri

U.Jeymsning shaxs nazariyasida shaxs «Men»i haqidagi fikrlarini to‘liq ifodalay

olgan, desak bo‘ladi. U. Jeyms shaxs «Men»iga xos ikki aspektni ajratib ko‘rsatdi:

empirik «Men» va haqiqiy «Men». Empirik «Men» inson nimaniki «o‘zimniki» deb

atay olgan barcha narsalar yig‘indisidir. Uning ichiga:

• Material «Men» — o‘z ichiga shaxsning tana tuzilishi va shaxsan uning

o‘zigagina tegishli bo‘lgan barcha narsalarini oluvchi «Men» bo‘lsa;

• Ijtimoiy «Men» — shaxsdagi uning atrofidagilar tan olgan «Men», har bir

shaxsni o‘zi haqida uning atrofidagilarning fikri qiziqtiradi, albatta. Demak,

shaxsning atrofida qancha alohida ijtimoiy guruhlar mavjud bo‘lsa, uning uchun

shuncha ijtimoiy «Men»i mavjud bo‘ladi;

• Psixik «Men» — individning ijtimoiy muhitda uning kimligini namoyon

qilishiga yordam beruvchi qobiliyat va iqtidorlarining yig‘indisi hisoblanadi;

• Haqiqiy yoki axloqiy «Men» — shaxsning o‘zini anglashi, o‘z-o‘ziga baho

berishi doirasidan iboratdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

34

Zamonaviy psixologiyada bunday «Men»ni shaxsning markaziy bo‘g‘ini

sifatida qaraladi va «Men» konsepsiya (bu ilmiy atama fanga amerikalik psixolog

K.Rodjers tomonidan kiritilgan) tushunchasi orqali ifodalanadi. U.Jeymsning

tasvirlashicha, shaxsning ijtimoiy «Men»i ijtimoiy psixologik nazariyalar orasida

uzoq vaqtdan beri va ko‘p o‘rganilgan mavzudir. Sotsiolog olimlardan biri Charlz

Kuli «Shaxs oynasi» tushunchasini ishlatgan bo‘lib, bu orqali shaxs atrofidagi

odamlarning unga nisbatan berayotgan bahosi va fikriga aynan oynaga qaraganday

qaraydi, degan flkrni asoslagan. J.G. Midning fikricha, shaxsning o‘zini anglashi

uning ijtimoiy munosabatlarining hosilasi bo‘lib, bu jarayonda u o‘ziga tashqi

tomondan, go‘yoki obyektga qaragandek qarashni o‘rganadi. Shuni alohida qayd etish

kerakki, bunda atrofdagi butun bir ijtimoiy guruh yoki jamoa a’zolarining fikri —

jamoaviy ustanovka sifatida rol o‘ynaydi. Aynan shu holat tufayli biz o‘zimizni

boshqalar qanday ko‘rsa o‘shanday ko‘rishga o‘rganamiz, o‘zimizga boshqalar ko‘zi

bilan qarashga o‘rganamiz. Lekin o‘sha jamoadan aynan kimningdir fikri nima

uchundir bizga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, degan savol barchani qiziqtiradi. Bu savolga

javob aynan jamoa a’zolarining barchasi ham biz haqimizda bir xilda fikr yuritmasligi

va bizga bir xilda baho beravermasliklari bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari

atrofdagilarning flkrini inobatga olishimizda qanday omillar rol o‘ynaydi, degan

savol ham muhimdir. Dastlabki omil sifatida fikrlarni qabul qiluvchining yoshi

muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bolalar uchun ota-onasi, o‘qituvchisining fikri

muhimdir. Katta yoshdagilar uchun esa oila a’zolaridan biri, do‘sti, hamkasbi kabilar

ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs bolishi mumkin. Bu borada jins xususiyati ham o‘ziga xos

ahamiyatga ega.

Karl Yungning ta’kidlashicha, shaxs psixikasi tuzilishida himoya qismi

mavjud va u Persona deb ataladi. Ana shu Persona shaxsning haqiqiy «Men»i va

Yolg‘on «Men»i o‘rtasida muammolarni keltirib chiqaradi. K. Yungning fikricha,

Persona, o‘ziga xos niqobga ega boiib, shaxs jamoatchilik bilan munosabatlarda

o‘zinining haqiqiy «Men»inini yashirish maqsadida shu niqobni taqib oladi. Buning

natijasida shaxs o‘zining asl basharasini har doim ham va barcha ijtimoiy guruhlar

oldida ham namoyon etavermaydi, natijada uning aslida qandayligini atrofidagilar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

35

bila olmaydi. K. Yungning taxmin qilishicha, Persona — bu jamiyat va shaxs

o‘rtasidagi hamkorlikdir. Uning maqsadi — shaxsning haqiqiy «Men»ini yashirgan

holda boshqalarda yaxshi taassurot uyg‘otishdan iboratdir. Ko‘pincha shaxs o‘zining

asl holati bilan Personani chalkashtirib yuboradi. Bunday holda «Men» ham Persona

bilan aralashib ketadi, shaxs esa ijtimoiy muhit oldida rol o‘ynovchi yolg‘onchi

mavjudodga aylanib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs o‘zini o‘z niqobidagi

holati bilan chalkashtirib yuboradi. K.G.Yung bunday holat individning o‘z-o‘zini

anglashiga xavf solishini ko‘rsatib beradi. Shaxs «Men»ining tuzilishiga doir turli xil

yondashuvlar mavjud boiib, ular orasida eng ko‘p tarqalgani, o‘z ichiga «Men»ning

uch tarkibini qamrab oladi: kognitiv (o‘zi haqida bilimlar), emotsional (o‘z-o‘ziga

baho) va xulqiy (o‘ziga munosabat).

R. Bernsning «Men» konsepsiyasi R. Berns «Men» konsepsiyasining

differensiyalashgan tizimini taklif qiladi. Unga ko‘ra «Men» konsepsiyasining asosini

o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkalari tizimi tashkil etadi. «Men» konsepsiyasi

strukturasining asosiy komponentini quyidagi ustanovkalar tashkil qiladi: kognitiv;

emotsional; xulq-atvor. R. Berns «Men» konsepsiyasining ierarxik (ketma-ketlik

bilan bir-biriga teng bo‘ysundirish usuli) tizimi ko‘rinishida «Men» konsepsiyasi

cho‘qqisiga erishib, o‘z-o‘zini anglashdagi imkoniyatlar chegarasini ochib berdi. R.

Berns «Men» konsepsiyasi elementlarini quyidagicha tasniflagan: a) «Men» —

anglovchi; b) «Men» — obyekt. U «Men» konsepsiyasini insonning o‘ziga nisbatan

ustanovkalarining yigindisi deb tushuntiradi. U buni ikki komponentga boladi, bu

komponentlar o‘zaro bog‘liq boiib, quyidagicha izohlanadi: o‘ziga baho berish yoki

o‘zini qabul qilish — «Men — anglovchi» — «Men» obrazi bilan bogliq boiib, bu

esa o‘z navbatida «Men obyekt» bilan bogliq boladi. R. Berns o‘ziga yo‘nalganlik

ustanovkasini 3 ga boladi: — real (haqiqiy) «Men» ustanovkasi — bu individning o‘z

aktual qobiliyatlarining rolini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishi; —

oynadagi «Men» ustanovkasi; — kelajakdagi «Men» ustanovkasi. R.Bernsning

ierarxik tizimidagi eng quyi pog‘onada «Men» konsepsiyasining keyingi aspektlari

joylashgan. Bular: ijtimoiy men; ma’naviy men; jismoniy men. R. Berns nazariyasida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

36

jismoniy men aspekti boshqa elementlarga nisbatan zaifroq ochib berilgan. R. Berns

bo‘yicha «Men» va uning ijtimoiy psixologik mohiyati quyidagicha talqin qilinadi:

Ideal yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan «Men». Shaxsning «Men» konsepsiyasi

uning ayni paytdagi xarakterlovchi «Men» tizimlarini emas, balki shaxs bo‘lishi

mumkin bo‘lgan yoki bo‘lishni istagan «Men»larni o‘z ichiga ham oladi. Amerikalik

psixolog tadqiqotchi J. Markus va uning hammualliflarining fikricha, bo‘lishi

mumkin bo‘lgan «Men» o‘z tarkibiga shaxs bo‘lishni istagan tasavvurlar — badavlat,

yoqimtoy, sevimli «Men»larni oladi

1

. Bo‘lishi mumkin boigan «Men»ning ichiga

shaxs bolishdan qo‘rqadigan «Men»lar ham kiradi — ishsiz «Men», «ikkinchi» Men,

yoqimsiz «Men». Bo‘lishi mumkin boigan «Men» shaxsni har doim ma’lum

maqsadlarga erishishga undaydi: bu maqsadlarga erishilgandan so‘ng, shaxs o‘zi

intilgan hayotni ko‘rishga muyassar bolishi mumkin. Ijtimoiy «Men»ning

rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. «Men» konsepsiyasi ijtimoiy psixologiyadagi

tadqiqotlarning asosiy predmetiga aylandi, chunki u jamiyatdagi ijtimoiy fikrlarni

tashkil etadi va shaxsning xulq-atvorini boshqaradi

Djennifer Kroker va Konn Volfning fikricha, yuqorida ko‘rsatilgan sifatlar

haqiqatdan ham o‘zini hurmat qilish, o‘zi bilan g‘ururlanish uchun muhim

ahamiyatga ega . «Bir odam o‘zini hurmat etish uchun faoliyatidagi muvaffaqiyat va

tashqi ko‘rinish kerak bo‘lsa, ikkinchisi uchun Xudoning suyukli bandasi ekanligini

va u axloq me’yorlarini buzmaganini bilish muhimroqdir». Demak, agar birinchisiga

o‘zini aqlli va chiroyli bo‘lishni o‘rgatishsa, ikkinchisini esa, o‘zini odobli odam deb

his etishga o‘rgatgan taqdirda, u o‘zini hurmat qiladi. Lekin Djonatan Brayn va Keyt

Dattonlar o‘zini hurmat etish masalasiga o‘zgacha yondashadilar, ular fikricha, sabab

va oqibatning o‘mini almashtirish lozim. Agar odamlar umuman o‘zlarini qadrlashsa,

ular o‘zlarining tashqi ko‘rinishini, o‘zlarining qobiliyatlarini ham qadrlaydilar.

Shaxsning o‘zini anglashida ijtimoiy muhitning ta’siri qurilishi jihatidan psixologlar

shartli ravishda to‘rt o‘zaro bog‘liq tomonlarni ko‘rsatib o‘tadilar:

1. O‘z-o‘zini bilishi.

2. O‘z-o‘ziga munosabat.

1

(Marcus et al., 1989; Marcus & Nurius, 1986)


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

37

3. O‘z-o‘zini his qilish.

4. O‘z-o‘ziga ta’sir.

Demak, o‘z-o‘zini bilish asosidagi o‘zlikni anglash, umuman olganda, o‘z-

o‘zini boshqarishga, tarbiyalashga olib borishi mumkin ekan. Lekin bunda o‘z-o‘ziga

munosabatning rolini ham nazardan qochirmaslik kerak. Shuning uchun o‘zlikni

anglashning turli qirralari o‘z-o‘zini boshqarish va tarbiyalashga nima bera olishi

mumkinligini ko‘rib chiqamiz. 0‘zlikni anglashning qiymatli tomoni bo‘lgan o‘z-

o‘ziga munosabat insonni o‘zga shaxs sifatida munosabatda bo‘lishini nazarda tutadi.

U birinchi navbatda, shaxsning yo‘nalganligi (maqsadlari, ideallari, ehtiyojlari,

qiziqishlari)ni, qadriyatlar ma’naviy qiymatlarga yo‘nalishi, o‘ziga talabchanligi,

o‘zini ifoda qila olishini o‘z ichiga oladi. 0Bularning barchasi o‘z hissiyotlari va

fikrlari, xatti-harakatlarini boshqarishga, asoslashga, o‘z-o‘zini tarbiyalashda u yoki

bu darajada namoyon bo‘ladi. 0‘zlikni anglash va o‘z-o‘zini boshqarishning o‘zaro

aloqasi va o‘zaro bog‘liqligini quyidagi chizma tarzida tasavvur qilish mumkin: 0 ‘z-

o‘zini anglash — bu umuman olganda, shaxs «Men» obrazining hosil bo‘lishi

demakdir . Ko‘pchilik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, «Men» obrazi insonda tez hosil

boimaydi, balki butun umri davomida ijtimoiy ta’sirlar natijasida yuzaga keladi.

Refleksiya «Men» obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. «Men»

obraziga doir bir qancha nuqtayi nazarlar mavjud boiib, bulardan eng ko‘p tarqalgani

quyidagi uch komponent boiib, bular:

1. Bilish komponenti (o‘zini bilish).

2. Emotsional komponent (o‘z-o‘zini baholash).

3. Axloqiy komponent (o‘ziga munosabat).

Insonning o‘z-o‘zini anglashi borasida ko‘pgina olimlar ilmiypsixologik

tadqiqot olib borganlar. Masalan, D. Mill «Men» konsepsiyasini xotira bilan boglagan

boisa, V. Vundt «Men»ni insonni shaxsiy hissiyotlari bilan boglagan. l.S.Kon

o‘zining «Men»ning yaratilishi» nomli asarida bu fikrlarni tahlil qilib, «inson avvalo

kishining diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratadigan sifatlarini anglaydi» deydi. D. Midning

fikricha, o‘z-o‘zini anglash bu — birgalikdagi faoliyati tufayli birlashgan

odamlarning ko‘zi bilan o‘ziga boqishdir. A.N. Leontev o‘z-o‘zini anglashda ijtimoiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

38

faoliyatning roli haqida fikrlab, shunday deydi: «Individual «Men» o‘zining tarkibiga

ko‘ra, ijtimoiy malakalar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy tarkibdir». Insonning

o‘z-o‘zini anglashi borasida yana bir qator mulohazalar bo‘lib, uni o‘rganishda asosiy

fakt shundaki, u oddiy tavsiflar kabi yuzaga kelmaydi, lekin u shaxs tarbiyasining va

tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan olib

qaraganda, tarbiya shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarning

shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o‘zini,

o‘zligini qanchalik aniq bilsa, tasavvur qila olsa, uning jamiyat me’yorlariga qarshi

harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi, shunda u tarbiyalangan boiib

hisoblanadi.

Z. Freyd nazariyasiga ko‘ra «Men»ning tuzilishi

Zigmund Freyd shaxs nazariyasini rivojlantirish barobarida boshqa

olimlarning fikrlariga qarshi chiqqan holda, nisbatan boshqacharoq tarzda asoslab

bergan. Uning fikriga ko‘ra «individ — doimo jamiyat bilan nizoda bo‘ladi» deb

ta’kidlaydi. Ya’ni «insonning biologik ehtiyojlari (ayniqsa jinsiy ehtiyojlari) jam

iyatdagi mavjud madaniyat me’yorlariga zid boiib, shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish

jarayonida bu me’yorlar bilan albatta to‘qnash keladi. Z. Freydning klassik

psixoanaliz nazariyasiga ko‘ra, «Men» konsepsiyasi inson psixikasining strukturali

komponenti hisobla- nadi, boshqacha aytganda, Zigmund Freyd shaxs

shakllanishining psixik strukturasini uch asosiy qismga bo‘lib ko‘rsatadi: 1. Id («U»).

Bu shaxsga berilgan tug‘ma reflekslar bilan bogliq holda mavjud bo‘lgan instinktiv

ehtiyojlarning asosi. Rohat olish uchun yo‘naltirilgan energiya manbai. «U»

organizmning ovqatlanishi va kerakli ehtiyojlarini qondirish funksiyasini bajaradi. 2.

Ego («Men»). Insonning atrof-muhitda o‘zini tutishini, xulq-atvorini yo‘lga solib

turadigan funksiyani bajaradi. Ego reallik prinsipi orqali boshqariladi. Masalan, inson

och qolganda, Ego uni zaharli mevalarni iste’mol qilishdan asrab qoladi, ya’ni

taqiqlab qo‘yadi. 3. Superego («Oliy Men»). U ideal ota-ona funksiyasini bajaradi.

Superego insonning xulq-atvorini yo‘lga solib turadi va otaonalarning standartlariga

asosan uning jamiyatda shakllanishiga yordam beradi. Bu uchta komponent bolaning

shaxs bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bolalar reallik prinsipiga,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

39

shuningdek, Ego va Superegoning talablariga rioya qilishlari kerak. Ego

Superegoning jazolashlari va xatti-harakatlari uchun javobgardir. Shu orqali inson o‘z

aybini va mag‘rur ligini his qiladi. Freyd nazariyasiga kola, jamiyatda tarixan tarkib

topgan odatlar, axloqiy prinsiplar, ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tufayli jinsiy

mayl to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘siladi. Shuning uchun ham ba’zi kishilarda bu ongsiz tabiiy

mayl bilan anglab turilgan vaziyat o‘rtasida ichki ruhiy nizo paydo bo‘ladi, bunday

to‘qnashuvlar ba’zan barqaror asab kasalliklariga (nevrozga) olib keladi. Kishilik

jamiyatida ko‘pchilik kishilarning hayoti davomida bu tabiiy ongsiz mayl energiyasi

mehnat faoliyatiga, aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va sarf etiladi. Hayotning

yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko‘chirilishi sublimatsiya deyiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.Маерс Д. Социальная психология. —М.: Аллель, 2000

2.Мокчанцев Р., Мокчанцева А.Социальная психология.Издательства:

Сибирское соглашение, Инфра.М.: 2001.

3.Семечкин Н.И. Социальная психология на рубеже: история, теория,

исследования. —М.: 2001.

4.Социальная психология. Учеб. пос. \\Под ред. A.JI. Журавлева, —М.: 2002.

5.V. Karimova. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. —Т.: 2009.

6.V. Karimova, О. Xayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi.Т.: 2007.

7.N. Ismoilova, D. Abdullayeva/; Ijtimoiy psixologiya: o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.—Toshkent. 2013.-168 b

8.Mukhamedova, D. G., & Abdullajanova, D. S. (2020). The actuality of the gender

aspect of the manager's constructive interaction in the conflicting situation.

Journal

Of Critical Reviews

,

7

(12), 228-231.

9.Akhmadjonova, S., & Abdullajanova, D. (2023). Socio-Psychological Features Of

Family Conflict Resolution. In

Academic International Conference On Multi-

Disciplinary Studies And Education

(Vol. 1, No. 6, pp. 101-108).

10.Abdullajanova, D., & Raxmonova, Z. (2020). Motivation to succeed, to avoid

defeat and the impact of risk preparedness on women's activism and its socio-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

40

psychological factors.

European Journal Of Molecular And Clinical Medicine

,

7

(1),

3555-3561.

11.Abdullajanova, D. S. (2023). Socio-psychological criteria for the selection and

placement

of

personnel

in

management

(on

the

example

of

women).

Confrencea

,

5

(05), 401-411.

12.Abdullajanova, D. S. (2023). Socio-psychological criteria for the selection and

placement

of

personnel

in

management

(on

the

example

of

women).

Confrencea

,

5

(05), 401-411.

13.Абдуллажанова,

Д.

С.

(2023).

ПРОБЛЕМЫ

СОЦИАЛЬНЫХ

СТЕРЕОТИПОВ В НАПРАВЛЕНИИ ЖЕНСКОЙ АКТИВНОСТИ В

УПРАВЛЕНИИ.

ПСИХОЛОГИЯ XXI СТОЛЕТИЯ

.

14.Мухамедова, Д. Г., & Абдуллажанова, Д. С. (2021). СОЦИАЛЬНО-

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ

ОСОБЕННОСТИ

РАЗВИТИЯ

КАДРОВОГО

РЕЗЕРВА:

ФОРМЫ

И

МЕХАНИЗМЫ

ИННОВАЦИОННОЙ

АКТИВНОСТИ.

BEING A MUSIC FAN: FANDOM EFFECTS ON THE

PSYCHOLOGICAL WELL-BEING OF ITS PARTICIPANTS...................... 12

, 187.

15.Абдулладжанова, Н. Г., Абдугафурова, Д. Г., Якубова, Р. А., Назирова, Э. Р.,

&

Рахмонова,

Г.

Г.

(2020).

ПЕРСПЕКТИВЫ

ПРИМЕНЕНИЯ

ПРОТИВОВОСПАЛИТЕЛЬНЫХ

ФАРМАКОЛОГИЧЕСКИХ

ПРЕПАРАТОВ.

Universum: химия и биология

, (12-1 (78)), 80-84.

16.Kadirov, K. B., Mullabaeva, N. M., Abdullajanova, D. S., Kurbanovna, A. D., &

Abdullaevna, B. S. (2023). A Mobbing Questionnaire In School And An Analysis Of

The Results Obtained.

Journal of Higher Education Theory and Practice

,

23

(4).

17.Abdulakimovna S. S. Socially Psychological Education of Self-Development

Skills in Future Teachers Functions //International Journal of Discoveries and

Innovations in Applied Sciences. – 2021. – Т. 1. – №. 5. – С. 231-235

18.Shakarboyeva, S. (2022). БЎЛАЖАК ЎҚИТУВЧИЛАРДА ЎЗ УСТИДА

ИШЛАШ

ФАОЛИЯТИНИ

ТАРБИЯЛАШНИНГ

ИЖТИМОИЙ-

ПСИХОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ.

Журнал Педагогики и психологии в

современном образовании

,

2

(2).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

41

19.Shakarboyeva, S. (2021). БЎЛҒУСИ ПЕДАГОГЛАРДА ЎЗ УСТИДА

ИШЛАШ

ФАОЛИЯТИНИ

ТАРБИЯЛАШНИНГ

ИЖТИМОИЙ-

ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ.

Журнал Педагогики и психологии в

современном образовании

, (1).

20.Shakarboyeva, & O‘ktamova , O. (2024). TARBIYASI OGʻIR O‘SMIRLARNI

IJTIMOIYLASHTIRISHDA OILA, MAHALLA, TA’LIM MUASSASASI

HAMKORLIKLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI. Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании, 4(1), 139-147. извлечено от

https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/9555

21.Shakarboyeva,

&

Qayumov,

A.

(2024).

AUTIZMLI

BOLALARNI

RIVOJLANTIRISHDA ART TERAPIYA USULLARIDAN FOYDALANISH

IMKONYATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании,

4(1),

148-154.

извлечено

от

https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/9556

22.Мунарова, Р. У. (2016). Камолова Ширин Усаровна, Шакарбоева Шахноза

Абдулакимовна, Каршибоева Дилфуза Бурлиевна, & Алимкулов Сирожиддин

Олимжон ўғли (2016).

Великие мыслители Средней Азии о воспитании

гармоничного и всесторонне развитого поколения. Проблемы педагогики,(2

(13))

, 17-19.

23.Abdulakimovna, S. S. (2021). Socially Psychological Education of Self-

Development Skills in Future Teachers Functions.

International Journal of

Discoveries and Innovations in Applied Sciences

,

1

(5), 231-235.

24.Abdulakimovna, S. S. (2022). Social-Psychological Characteristics Of

Professional SelfDevelopment Of Future Teachers.

Zien Journal of Social Sciences

and Humanities

,

14

, 138-140.

25.Shakarboyeva,

S.

(2024).

TARBIYASI

OGʻIR

O‘SMIRLARNI

IJTIMOIYLASHTIRISHDA OILA, MAHALLA, TA’LIM MUASSASASI

HAMKORLIKLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI.

Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании

,

4

(1), 139-147.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

42

26.Шакарбоева, Ш. (2024). Бошланғич синфларда чет тили ўзлаштириш ва

ўрганишнинг ёшга оид хусусиятлари.

Общество и инновации

,

5

(10/S), 286-290.

27.Shakarboyeva,

&

Qayumov,

A.

(2024).

AUTIZMLI

BOLALARNI

RIVOJLANTIRISHDA ART TERAPIYA USULLARIDAN FOYDALANISH

IMKONYATLARI.

Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании

,

4

(1),

148-154.

извлечено

от

https://phys-

tech.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/9556

28.Shahnoza Shakarboyeva,

БЎЛАЖАК ЎҚИТУВЧИЛАРДА ЎЗ УСТИДА

ИШЛАШ

ФАОЛИЯТИНИ

ТАРБИЯЛАШНИНГ

ИЖТИМОИЙ-

ПСИХОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ

,

Журнал Педагогики и психологии в

современном образовании: Том 2 № 2 (2022): Zamonaviy ta'limda pedagogika va

psixologiya fanlari

29.Shahnoza Shakarboyeva,

РАБОТА НАД СОБОЙ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ

КАК

КРИТЕРИЙ

ПОВЫШЕНИЯ

ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ

,

Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании: № 2 (2021): Журнал педагогики и психологии в современном

образовании (октябрь)

30.Shahnoza

Shakarboyeva,

Oynisa

O‘ktamova,

TARBIYASI

OGʻIR

O‘SMIRLARNI IJTIMOIYLASHTIRISHDA OILA, MAHALLA, TA’LIM

MUASSASASI HAMKORLIKLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

,

Журнал

Педагогики и психологии в современном образовании: Том 4 № 1 (2024):

Zamonaviy ta'limda pedagogika va psixologiya fanlari

31.

Shahnoza Shakarboyeva,

O‘SMIRLIK DAVRIDAGI SUITSIDNING KELIB

CHIQISH SABABLARI

,

Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании: № I (2023): «СОВРЕМЕННАЯ СОЦИАЛЬНАЯ ПСИХОЛОГИЯ:

ТРАДИЦИИ И ПЕРСПЕКТИВЫ» I - МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-

ПРАКТИЧЕСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

32.Shahnoza Shakarboyeva, Гавҳар Худойқулова ,

БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА

ЧЕТ ТИЛИ ЎЗЛАШТИРИШ ВА ЎРГАНИШНИНГ ЁШГА ОИД

ХУСУСИЯТЛАРИ

,

Журнал Педагогики и психологии в современном


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–1_ Январь –2025

43

образовании: № I (2023): «СОВРЕМЕННАЯ СОЦИАЛЬНАЯ ПСИХОЛОГИЯ:

ТРАДИЦИИ И ПЕРСПЕКТИВЫ» I - МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-

ПРАКТИЧЕСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

33.Shahnoza Shakarboyeva, Назира Жасурова,

ЎСМИРЛАРДА ХОРИЖИЙ

ТИЛЛАРНИ

ЎРГАТИШНИНГ

ИЖТИМОИЙ

ПСИХОЛОГИК

МАСАЛАЛАРИ

,

Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании: № I (2023): «СОВРЕМЕННАЯ СОЦИАЛЬНАЯ ПСИХОЛОГИЯ:

ТРАДИЦИИ И ПЕРСПЕКТИВЫ» I - МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-

ПРАКТИЧЕСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

34.Shakarboyeva

Shahnoza

Abdulakimovna.

(2024).

Nogiron

o'smirlarni

ijtimoiylashtirishda oila, mahalla, ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlikni

rivojlantirish usullari.

Diplomatiya, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali

,

1

(1),

6–8.

https://semantjournals.com/index.php/JDLIA/article/view/26

35.Abdullajonova, D. (2025). SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF

MOTIVATION FOR SUCCESS AND THE IMPACT OF RISK ON WOMEN.

Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 5(1), 10-16.

извлечено от

https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/10516

36.Мунарова Раьно Усаровна, Камолова Ширин Усаровна, Шакарбоева

Шахноза Абдулакимовна, Каршибоева Дилфуза Бурлиевна, & Алимкулов

Сирожиддин Олимжон Угли (2016). Великие мыслители Средней Азии о

воспитании гармоничного и всесторонне развитого поколения. Проблемы

педагогики, (2 (13)), 17-19.

37.Ж.Мажидов-.

(2023).

ЛИДЕРЛИК

СИФАТЛАРИНИНГ

ГЕНДЕР

ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. Involta Scientific Journal, 2(4), 293–298.

Retrieved from

https://involta.uz/index.php/iv/article/view/540

38.Shakarboyeva.

(2024).

БОШЛАНҒИЧ СИНФЛАРДА ЧЕТ ТИЛИ

ЎЗЛАШТИРИШ ВА ЎРГАНИШНИНГ ЁШГА ОИД ХУСУСИЯТЛАРИ.

Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 4(3), 9-17.

извлечено от

https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/10423