MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
13
OILADA SOTSIALIZATSIYA JARAYONLARININING O‘ZIGA
XOSLIGI
D.Qarshiboeva-
JDPU, Umumiy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:Ushbu maqolada oilaviy sotsializatsiya jarayonining o‘ziga xos
xususiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek sotsializatsiya jarayoni bosqichlari hamda
ota-onaning o‘rni hususida mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:Oila, tarbiya, sotsializatsiya, taraqqiyot, ijtimoiy muhit.
Oila qurish ostonasida bo‘lgan yoshlar ontogenezda psixik taraqqiyotning
o‘spirinlik va yoshlik davri fazasida bo‘lishadi. Mazkur davrgacha shaxs tomonidan
o‘zlashtirilgan ijtimoiy ta’sirlar avvalo uning oilasi va boshqa ijtimoiy
institutlarning ta’siri mahsuli deb qarash mumkin.
Ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila bo‘lib, aynan ota va ona dastlabki
ijtimoiy ko‘nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charhlovchi
insonlardir
1
.
Oilaviy munosabatlar bolani nafaqat shaxs sifatida o‘zligini anglash, balki
o‘zini u yoki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini
takomillashtirishga ham yordam beradi. Olimlar tomonidan olib borilgan tajribalar
shuni isbotladiki, oilaning to‘liq bo‘lishi, ya’ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik-
totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog‘lom ma’naviy
muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog‘lom, aqlli,
kuchli iroda sohibi bo‘lib etishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning ham onaning
bo‘lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada
o‘zini tutishiga qarab, o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari,
kelajakda qanday ona bo‘lishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga bo‘lgan
munosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo‘lishi
1
Oила психологияси: Дарслик. Педагогика олийгоҳлари талабалари учун // Муаллиф: В.М.Каримова. – Т.:,
2007. – 316 б.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
14
lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o‘g‘il bola onasining fazilatlari, oiladagi
tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan
turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi bo‘lishi
lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida
kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda
bo‘lish lozimligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik
qonuniyat bo‘lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining etakchi
tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib,
jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo‘lishi uchun oila
muhiti sog‘lom, barqaror, er va xotin bir-birlariga g‘amxo‘r, mehrli v asadoqatli
bo‘lishlari o‘ta muhimdir.Demak, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor
bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etgan pedagogik muhitdir. Shu bois ham olimlar
oilaning eng muhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funksiya
ekanligini doimo e’tirof etadilar.
Oilaviy sotsializatsiya jarayonini bir tomonlama, ya’ni, farzandlar
tarbiyasidagi roli bilan cheklash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki ayniqsa, yosh oilada
nikohdan so‘ng er va xotin boshqa oila a’zolari jamiyatida xohlasa-xohlamasa o‘z-
o‘zidan tarbiyalanib, xarakter xislatlarini o‘zgartirib boradilar. Masalan, ilgari
tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan yigit, uylangach, turmush o‘rtog‘i nigohida
obro‘si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o‘zida kuch-qudratni, irodani sezib, dadil,
faol, o‘ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq bo‘lib borishi tabiiy. Kelinchak ham
yangi xonadon sharoitiga ko‘nikib borgan sari, uning an’analarini muvaffaqiyat bilan
o‘zlashtirib borgan sari, turmush o‘rtog‘ining mehrli muhabbati, qaynnona va
qaynotaning g‘amxo‘rligi, e’tiborliligi oqibatida yanada iffatli, sermulohazali, ziyrak
va farosatli bo‘lib, o‘zidagi ilgari mavjud ayrim salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi
ham mumkin. Bu – er va xotin uchun oila muhitining yangi bosqichdagi
ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o‘rnini isbotlaydi.Lekin ayrim oilalarda er va xotin
o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlarning yo‘qligi, tashqi tomondan nomiga oila
qurganliklari, ma’nan esa bir-birlariga nisbatan beganoday qolganliklari bois bu erda
o‘zaro munosabatlar hamisha tarang, yuzaki bo‘lib boradi. Tabiiy, bunday
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
15
munosabatlar nafat ularning o‘ziga balki ularni o‘rab turgan boshqa qarindoshlar,
ayniqsa, farzandlarga faqat salbiy ta’sir etadi, yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoniga
to‘g‘anoq bo‘lishi ham mumkin. “Ko‘cha bolalari”, “tarbiyasi og‘ir bolalar”, voyaga
etmay turib jinoyatga qo‘l urgan o‘smirlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy
muhitning qurbonlari hisoblaandi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida
maktabgacha tarbiya maskanlari, maktabning roli va ahamiyati ham bor. Lekin
ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi eng avvalo, oilaviy tarbiyaga
bog‘liq ekanligini, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” maqolining mohiyatini hamma
biladi. Maxsus tarbiya maskanlari oldida oiladagi ijtimoiylshauvning afzalligi
shundaki, oiladagi barcha o‘zrao munosabatlar tabiiy muhitda, inosniy munosabatlar
tamoyiliga asoslanib amalga oshiriladi. Qolaversa, o‘rtacha O‘zbekistondagi oilalarda
3-4 nafardan farzand bo‘lsa, ikki ota va ona uchun ularga etarli e’tibor berish uchun
imkoniyat kengroq, maktab yoki bog‘chada esa guruhlardagi bolalar soni ko‘p va
ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus dasturlar va aniq rejim asosida amalga oshirilgani
uchun bolalarning bir tekisda rivojlanishi va kamol topishi uchun etarli bo‘lmaydi.
Demak, oilaviy sotsializatsiyaning samaradorligi oila bilan boshqa tarbiya maskanlari
o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlkidagi uyg‘unlikka bevosita bog‘liq.
Shu o‘rinda ijtimoiylashuvni jamiyatning talablari va bola imkoniyatlarinig
tutashuvi deb qarash mumkin. Ijtimoiy talablar shaxsning xulq-atvorini belgilovchi
mutloq omil hisoblanadi
2
.
Shaxs shakllanishi borasidagi Sotsiogenetik nazariya tarafdorlarining
mashhur vakili nemis psixologi K.Levinning “maydon nazariyasi” da insonning
xulq-atvori, bir tomondan shaxsning, ikkinchi tomondan uni o‘rab turgan muhitning
funksiyasidir. Lekin shaxs xususiyatlari va muhit hislatlari o‘zaro bog‘liq. Bola
oiladan, maktabdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, chunki bu ijtimoiy institutlar
alohida olingan individlarsiz bo‘lishi mumkin emas. Levin shaxsiy va muhit
komponentlarining birligi va o‘zaro ta’sirini hayotiy yoki psixologik fazo deb
2
Бола
тараққиётини
психологик
ташхис
қилиш.
Муаллифлар
Р.И.Суннатова,
Н.Г.Иргашева,С.Х.Таджиева.Тошкент -2008 йил, 156 бет
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
16
ataydi. K.Levin konsepsiyasining yutug‘i shundaki, shaxs shakllanishini ijtimoiy-
psixologik hodisa sifatida qaraydi, shaxsning psixik taraqqiyotini uning ijtimoiy
holatining o‘zgarshi bilan bog‘laydi
3
.
Ijtimoiy tarbiyaning asl ma’nosi ham, vazifasi ham boladagi ijtimoiy faollikni
oshirish orqali, undagi ijobiy fazilatlarni kamol toptirishdir. Odatda oilada ijtimoiy
faollikni oshirish bola irodasini chiniqtirish orqali amalga oshiriladi. Chunki
ko‘pincha ota-onalar bolalarining aqlli, farosatli bo‘lib etishlariga e’tibor berib, uning
ruhiyatini hamda jismoniy quvvatini oshirishga, irodasini mustahkamlashga bee’tibor
qoladilar. Buning oqibatida bola turmush so‘qmoqlarida tez qoqiladigan, turli ijtimoiy
vaziyatlarda qiyinchiliklarni yenga olmaydigan, ruhiyati mo‘rt bo‘lib katta bo‘ladi.
Shuning uchun ham oilaviy ijtimoiylashuvda bolaning ijtimoiy bilimdonligi, ijtimoiy
ko‘nikmalar va ularni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida urg‘u beriladi.
Mutaxassislar
oilaviy
sotsializatsiyaning
bosqichlari,
funksiyalarini
tafovutlash bilan birgalikda uning har birida o‘ziga xos ijtimoiylashuv usullari ustivor
bo‘lishini ham ta’kidlaydilar. Masalan, rus sotsiologi N.Andrenkova ijtimoiylashuv
jarayonini ikki katta bosqichda tasavvur qiladi. Uning
birinchi bosqichi
– individning
ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot bo‘lagini o‘z ichiga olib,
u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu davrda asosan
bolaning:
dastlabki ilk sotsializatsiyasi (bolalik davri);
normativ xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish davri (o‘smirlik
davriga to‘g‘ri keladi);
o‘spiriinlikdan balog‘at yoshiga o‘tish davrini o‘z ichiga olgan
ijtimoiylashuv oqibatlari yaxlit namoyon bo‘ladigan bosqich.
Ikkinchi bosqich
– shakllanib bo‘lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi
davrlarini o‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli
jamiyat a’zosi sifatida, so‘ngra nafaqa yoshiga etgan inson siftaida o‘z o‘rniga ega
bo‘ladi.
3
З.Нишонова.Ривожланиш психологияси.Педагогик психология-Тошкент -2017 –йил, 280- бет.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
17
Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko‘proq yuqorida
ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiy-psixologik muhit va ota-onaning
tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog‘liq bo‘lsa, uning keyingi
bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga
mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi.
Ko‘plab olimlar va oila masalalari bo‘yicha mutaxassislarni xavotirga solgan
jihat shuki, zamonaviy oila o‘zining bola shaxsini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini
yaxshi va to‘liq ado etmayapti. A.Antonovning ta’kidlashicha, zamonaviy oila oilaviy
turmush tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o‘zining bola tarbiyasi
borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti.
4
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari uchun // Muallif:
V.M.Karimova. – T.:, 2007. – 316 b.
2.Bola taraqqiyotini psixologik tashxis qilish. Mualliflar: R.I.Sunnatova ,
G.Irgasheva,S.X.Tadjieva.Toshkent -2008 yil, 156 bet
3.Z.Nishonova.Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya-Toshkent -2017 –
yil, 280- bet.
4.Sotsiologiya semi / Pod red.
A.I. Antonova
. – M.: 2005. – S. 235.
5. Ijtimoiy psixologiya (o‘quv qo‘llanma). F.A.Akramova.. – T., 2007.
– 166 b.
6.Abdulakimovna S. S. Socially Psychological Education of Self-Development Skills
in Future Teachers Functions //International Journal of Discoveries and Innovations
in Applied Sciences. – 2021. – T. 1. – №. 5. – S. 231-235
7.Shakarboyeva, S. (2022). BO‘LAJAK O‘QITUVChILARDA O‘Z USTIDA
IShLASh
FAOLIYaTINI
TARBIYaLAShNING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
JIHATLARI.
Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii
,
2
(2).
8.Shakarboyeva, S. (2021). BO‘LG‘USI PEDAGOGLARDA O‘Z USTIDA
IShLASh
FAOLIYaTINI
TARBIYaLAShNING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
XUSUSIYaTLARI.
Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii
, (1).
4
Социология семьи / Под ред. А.И. Антонова. – М.: 2005. – С. 235.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
18
9.Shakarboyeva, & O‘ktamova , O. (2024). TARBIYASI OGʻIR O‘SMIRLARNI
IJTIMOIYLASHTIRISHDA OILA, MAHALLA, TA’LIM MUASSASASI
HAMKORLIKLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI. Jurnal Pedagogiki i
psixologii
v
sovremennom
obrazovanii,
4(1),
139-147.
izvlecheno
ot
https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/9555
10.Shakarboyeva,
&
Qayumov,
A.
(2024).
AUTIZMLI
BOLALARNI
RIVOJLANTIRISHDA ART TERAPIYA USULLARIDAN FOYDALANISH
IMKONYATLARI. Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii, 4(1),
https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/9556
11. Munarova, R. U. (2016). Kamolova Shirin Usarovna, Shakarboeva Shaxnoza
Abdulakimovna, Karshiboeva Dilfuza Burlievna, & Alimkulov Sirojiddin Olimjon
o‘g‘li (2016).
Velikie mыsliteli Sredney Azii o vospitanii garmonichnogo i
vsestoronne razvitogo pokoleniya. Problemы pedagogiki,(2 (13))
, 17-19.
12.Abdulakimovna, S. S. (2021). Socially Psychological Education of Self-
Development Skills in Future Teachers Functions.
International Journal of
Discoveries and Innovations in Applied Sciences
,
1
(5), 231-235.
13.Abdulakimovna, S. S. (2022). Social-Psychological Characteristics Of
Professional SelfDevelopment Of Future Teachers.
Zien Journal of Social Sciences
and Humanities
,
14
, 138-140.
14.Shakarboyeva,
S.
(2024).
TARBIYASI
OGʻIR
O‘SMIRLARNI
IJTIMOIYLASHTIRISHDA OILA, MAHALLA, TA’LIM MUASSASASI
HAMKORLIKLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI.
Jurnal Pedagogiki i
psixologii v sovremennom obrazovanii
,
4
(1), 139-147.
15.Shakarboeva, Sh. (2024). Boshlang‘ich sinflarda chet tili o‘zlashtirish va
o‘rganishning yoshga oid xususiyatlari.
Obщestvo i innovatsii
,
5
(10/S), 286-290.
16.Shakarboyeva,
&
Qayumov,
A.
(2024).
AUTIZMLI
BOLALARNI
RIVOJLANTIRISHDA ART TERAPIYA USULLARIDAN FOYDALANISH
IMKONYATLARI.
Jurnal
Pedagogiki
i
psixologii
v
sovremennom
obrazovanii
,
4
(1),
148-154.
izvlecheno
ot
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
19
BO‘LAJAK O‘QITUVChILARDA O‘Z USTIDA
Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: Tom 2 №
2 (2022): Zamonaviy ta'limda pedagogika va psixologiya fanlari
RABOTA NAD SOBOY BUDUЩIX PEDAGOGOV
Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii:
№ 2 (2021): Jurnal pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii (oktyabr)
19.Shahnoza
Shakarboyeva,
Oynisa
O‘SMIRLARNI IJTIMOIYLASHTIRISHDA OILA, MAHALLA, TA’LIM
MUASSASASI HAMKORLIKLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: Tom 4 № 1 (2024): Zamonaviy
ta'limda pedagogika va psixologiya fanlari
20.
O‘SMIRLIK DAVRIDAGI SUITSIDNING KELIB
Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom
obrazovanii: № I (2023): «SOVREMENNAYa SOTSIALNAYa PSIXOLOGIYa:
TRADITSII I PERSPEKTIVЫ» I - MEJDUNARODNAYa NAUChNO-
21.Shahnoza Shakarboyeva, Gavhar Xudoyqulova ,
O‘ZLAShTIRISh VA O‘RGANIShNING YoShGA OID
Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii: №
I (2023): «SOVREMENNAYa SOTSIALNAYa PSIXOLOGIYa: TRADITSII I
PERSPEKTIVЫ» I - MEJDUNARODNAYa NAUChNO-PRAKTIChESKAYa
22.Shahnoza
Shakarboyeva,
Nazira
TILLARNI O‘RGATIShNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK MASALALARI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
20
23.Shakarboyeva
Shahnoza
Abdulakimovna.
(2024).
Nogiron
o'smirlarni
ijtimoiylashtirishda oila, mahalla, ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlikni
rivojlantirish usullari.
Diplomatiya, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali
,
1
(1),
https://semantjournals.com/index.php/JDLIA/article/view/26
24. Munarova Rano Usarovna, Kamolova Shirin Usarovna, Shakarboeva Shaxnoza
Abdulakimovna, Karshiboeva Dilfuza Burlievna, & Alimkulov Sirojiddin Olimjon
Ugli (2016). Velikie mыsliteli Sredney Azii o vospitanii garmonichnogo i
vsestoronne razvitogo pokoleniya. Problemы pedagogiki, (2 (13)), 17-19.
25.Mukhamedova, D. G., & Abdullajanova, D. S. (2020). The actuality of the gender
aspect of the manager's constructive interaction in the conflicting situation.
Journal
Of Critical Reviews
,
7
(12), 228-231.
26.Akhmadjonova, S., & Abdullajanova, D. (2023). Socio-Psychological Features Of
Family Conflict Resolution. In
Academic International Conference On Multi-
Disciplinary Studies And Education
(Vol. 1, No. 6, pp. 101-108).
27.Abdullajanova, D., & Raxmonova, Z. (2020). Motivation to succeed, to avoid
defeat and the impact of risk preparedness on women's activism and its socio-
psychological factors.
European Journal Of Molecular And Clinical Medicine
,
7
(1),
3555-3561.
28.Abdullajanova, D. S. (2023). Socio-psychological criteria for the selection and
placement
of
personnel
in
management
(on
the
example
of
women).
Confrencea
,
5
(05), 401-411.
29.Abdullajanova, D. S. (2023). Socio-psychological criteria for the selection and
placement
of
personnel
in
management
(on
the
example
of
women).
Confrencea
,
5
(05), 401-411.
30.Abdullajanova, D. S. (2023). PROBLEMЫ SOTSIALNЫX STEREOTIPOV V
NAPRAVLENII JENSKOY AKTIVNOSTI V UPRAVLENII.
PSIXOLOGIYa XXI
STOLETIYa
.
31.Muxamedova, D. G., & Abdullajanova, D. S. (2021). SOTSIALNO-
PSIXOLOGIChESKIE OSOBENNOSTI RAZVITIYa KADROVOGO REZERVA:
FORMЫ I MEXANIZMЫ INNOVATSIONNOY AKTIVNOSTI.
BEING A MUSIC
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
21
FAN: FANDOM EFFECTS ON THE PSYCHOLOGICAL WELL-BEING OF ITS
PARTICIPANTS...................... 12
, 187.
32.Abdulladjanova, N. G., Abdugafurova, D. G., Yakubova, R. A., Nazirova, E. R.,
&
Raxmonova,
G.
G.
(2020).
PERSPEKTIVЫ
PRIMENENIYa
PROTIVOVOSPALITELNЫX
FARMAKOLOGIChESKIX
PREPARATOV.
Universum: ximiya i biologiya
, (12-1 (78)), 80-84.
33.Kadirov, K. B., Mullabaeva, N. M., Abdullajanova, D. S., Kurbanovna, A. D., &
Abdullaevna, B. S. (2023). A Mobbing Questionnaire In School And An Analysis Of
The Results Obtained.
Journal of Higher Education Theory and Practice
,
23
(4).
34.
Abdullajonova, D. (2025). SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF
MOTIVATION FOR SUCCESS AND THE IMPACT OF RISK ON WOMEN.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 5(1), 10-16.
https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/10516