Authors

  • Lobar Fayzullo qizi Choriyeva
  • Gulbahor Abdullayevna Gaynazarova

Author Biographies

  • Lobar Fayzullo qizi Choriyeva

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim

    fakulteti 1-kurs magistranti

  • Gulbahor Abdullayevna Gaynazarova

    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94240

Keywords:

proffessionallik. ta’lim texnologiyalari kasbiy kompitentligi pedagoglar maktabgacha ta'lim tashkiloti ta’lim usullari axborot va resurslardan foydalanish imkoniyati interfaol ta’lim kasbiy rivojlanish muloqot va hamkorlik ota-onalarning ishtiroki va muloqoti tadqiqot va innovatsiyalar. профессионализм. образовательные технологии профессиональные навыки педагоги организация дошкольного образования методы обучения доступ к информации и ресурсам интерактивное обучение профессиональное развитие общение и сотрудничество участие и общение родителей исследования и инновации. professionalism. educational technologies professional skills pedagogues preschool education organization educational methods access to information and resources interactive learning professional development communication and collaboration parent involvement and communication research and innovation.

Abstract

Ushbu maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlaydigan pedagoglarning kasbiy kompitentligiini oshirishda ta'lim texnologiyalarining muhim rolini o'rganadi.  Samarali ta'lim texnologiyalarini o'z ichiga olgan pedagoglar o'z ta'lim usullarini yaxshilashlari, o'quvchilarni faolroq jalb qilishlari va optimal o'quv muhitini yaratishlari mumkin. 

В данной статье рассматривается важная роль образовательных технологий в повышении профессионального мастерства педагогов, работающих в дошкольных образовательных организациях.  Преподаватели, применяющие эффективные технологии обучения, могут улучшить свои методы обучения, более активно вовлекать учащихся и создавать оптимальную среду обучения. 

This article examines the important role of educational technologies in improving the professional skills of pedagogues working in preschool educational organizations.  Educators who incorporate effective learning technologies can improve their teaching methods, engage students more actively, and create optimal learning environments. 


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

429

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA

PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH

TEXNOLOGIYALARI

Lobar Fayzullo qizi Choriyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim

fakulteti 1-kurs magistranti

Ilmiy rahbar: Gulbahor Abdullayevna Gaynazarova

Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlaydigan

pedagoglarning kasbiy kompitentligiini oshirishda ta'lim texnologiyalarining muhim

rolini o'rganadi. Samarali ta'lim texnologiyalarini o'z ichiga olgan pedagoglar o'z

ta'lim usullarini yaxshilashlari, o'quvchilarni faolroq jalb qilishlari va optimal o'quv

muhitini yaratishlari mumkin.

Kalit so‘zlar: proffessionallik.

ta’lim texnologiyalari, kasbiy kompitentligi,

pedagoglar, maktabgacha ta'lim tashkiloti, ta’lim usullari, axborot va resurslardan

foydalanish imkoniyati, interfaol ta’lim, kasbiy rivojlanish, muloqot va hamkorlik,

ota-onalarning ishtiroki va muloqoti, tadqiqot va innovatsiyalar.

ТЕХНОЛОГИИ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИ В ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация: В данной статье рассматривается важная роль

образовательных технологий в повышении профессионального мастерства

педагогов, работающих в дошкольных образовательных организациях.

Преподаватели, применяющие эффективные технологии обучения, могут

улучшить свои методы обучения, более активно вовлекать учащихся и

создавать оптимальную среду обучения.

Ключевые слова: профессионализм. образовательные технологии,

профессиональные навыки, педагоги, организация дошкольного образования,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

430

методы обучения, доступ к информации и ресурсам, интерактивное обучение,

профессиональное развитие, общение и сотрудничество, участие и общение

родителей, исследования и инновации.

TECHNOLOGIES OF PROFESSIONAL COMPETENCE

FORMATION OF TEACHERS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS

Abstrakt: This article examines the important role of educational

technologies in improving the professional skills of pedagogues working in preschool

educational organizations. Educators who incorporate effective learning

technologies can improve their teaching methods, engage students more actively, and

create optimal learning environments.

Key words: professionalism. educational technologies, professional skills,

pedagogues, preschool education organization, educational methods, access to

information and resources, interactive learning, professional development,

communication and collaboration, parent involvement and communication, research

and innovation.

Kirish.

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar ko‘lamida maktabgacha

ta’lim dasturlar ham chetda qolmagan, yillar davomida ushbu tashkilotlardagi

bolalarning kelajagini porloq bo‘lishini o‘ylagan holda ularga ta’lim beruvchi

pedagoglarning kompitentligini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi

kunda pedagoglarning ta’lim texnologiyalarini rivojlanttirish bo‘yicha ko‘plab sa’y-

harakatlar olib borilmoqda. Qolaversa, pedagoglarga o‘z bilimlarini oshirishda,

uslublarini keng ko‘lamda rivojlantirishda qo‘shimcha ta’lim berish bosqichlari ham

tashkil etilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan

pedagoglarning deyarli barchalari tashkilot rahbarlari tomonidan doimiy nazorat

qilinadi, sababi shundaki, ularning kasb kompitentligiini ko‘rsatishi oddiy jarayon

emas, balki, juda muhim bosqichlardan biri bo‘lganligidadir. Ta’lim texnologiyalarini

rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash lozim, masalan, hozirda

hukumatimizda axborot texnologiyalari rivojlanishiga katta e’tibor berilayotgani ham


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

431

bejiz emas, shuningdek AKT soxasida yangiliklar qilish barcha pedagoglarga bog‘liq

muhim bosqichlardan biridir.

Adabiyotlar tahlili.

Respublikamizning “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi

qonuni va “Davlat ta’lim standartlari” talablaridan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh

avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama barkamol shaxs etib

voyaga yetkazishdan iboratdir. Shu bois yosh avlodni boy madaniy merosimiz, tarixiy

an’analarimiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat,

istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishda hal qiluvchi omil bo‘lmoqda. bizning

respublikamiz. “Yoshlar xalqni millat qiladi. “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli,

bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari kerak” –avlodni tarbiyalashdir.

Kompitentligi –ta’lim va o‘qitishning yuksak va yuksalish san’ati. Pedagog

o‘z ishining ustasi, o‘z fanini chuqur biladigan, fan va san’atning tegishli sohalarini

yaxshi biladigan, amaliyotda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi

tushunadigan, o‘qitish va tarbiya usullarini puxta biladigan, o‘z ishini puxta

o‘zlashtirgan, o‘z fanini puxta o‘rganadigan, o‘z fanini chuqur egallagan shaxsdir va

yuqori madaniyatli mutaxassis hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarning malakasini

oshirishda seminarlarning o‘rni qanchalik muhim bo‘lsa, ma’ruzalarning o‘rni ham

shunchalik katta. Atoqli pedagog Abdulla Avloniy ham o‘z asarlarida ustoz shaxsi,

uning faoliyati haqidagi fikrlarni ifodalashga alohida o‘rin beradi. Allomaning

ta’kidlashicha, bolaning sog‘lom ulg‘ayishida ota-onaning o‘rni alohida bo‘lsa, uning

intellektual rivojlanishida o‘qituvchining o‘rni beqiyos. Xususan, bolalarning

intellektual qobiliyatlarini shakllantirish “ustoz ma’sulyatiga yuklangan, ularning

vijdoniga yuklangan muqaddas vazifa” va “Tafakkurning kuchi, bezakliligi, kengligi

o‘qituvchi tarbiyasiga bog‘liq.” ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz. O‘z davrida Yan

Amos Komenskiy bola dunyoqarashini rivojlantirishda o‘qituvchining rolini juda

yuqori baholagan va o‘qituvchilik “Yer yuzidagi barcha kasblardan yuqori bo‘lgan

juda faxrli kasb” ekanligini ta’kidlagan. Muallifning fikricha, pedagog o‘z burchini

chuqur anglashi, uning qadrini to‘la-to‘kis anglay olishi zarur. O‘qituvchi obrazini

tasvirlab,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

432

Ya.A. Komenskiy o‘z shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi maqsadga

muvofiqligini ta'kidlaydi: vijdonli, mehnatsevar, izchil, axloqli, o‘z ishini sevadigan,

o‘quvchilarga otalaridek munosabatda bo‘ladigan, ularga bilim singdiradigan, ularda

hayrat uyg‘otuvchilik jihatlariga egaligi. K. D. Ushinskiy o‘qituvchilarning

ma’naviy-ruhiy va kasbiy faoliyatini yuksak baholab,ularning kasbiy

kompitentligiini muntazam oshirib borish maqsadga muvofiq, degan fikrni ilgari

suradi. Bu g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim birinchi bo‘lib pedagog

kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maktabgacha ta’lim tashkiltolarida ta’lim

texnologiyalarini yaratishda va ularni takomillashtirishda doimiy tarzda uzluksiz

harakatlar olib borilishi lozim, vaholanki harakatlar strategiyasi qanchalar intelektual

salohiyatli tashkil etilgan bo‘lsa, ko‘zlangan maqsadga shuncha tez va yuqori natijalar

bilan erishiladi. Ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishda qo‘llaniladigan

usullardan bir qanchasi hozirda amalda tasdiq topgan texnologiyalardan biridir,

ulardan:

-axborot resurlaridan keng ko‘lamda foydalanish;

-interfaollashtirilgan ta’lim tizimini takomillashtirish;

-masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish;

-innovatsion usullardan foydalanish va hokazolar,

Yuqorida sanab o‘tilgan texnikalar hukumatimiz tomonidan maktabgacha

ta’lim tashkilotlarida amalga oshirishga ruxsat berilgan texnologiyalardan

hisoblanadi.

Axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishda, pedagoglar zamon bilan

hamnafas bo‘lgan xolda, ta’lim berish bosqichlarini axborot resurslari orqali amalga

oshirishlari ko‘zda tutilgan, axborot resurlariga hozirdagi elektronlashgan

axborotlarni tushunamiz, respublikamizda axborot resurslaridan foydalanish kundan-

kunga rivojlanmoqda.

Interfaollashgan usullar yordamida pedagog bolaning ta’lim va bilimni qabul

qilish tizimiga ta’sir o‘tkazadi, ushbu so‘z ingliz tilidan olingan bo‘lib, “interaction”

“o‘zaro ta’sir” degan ma’nolarni anglatadi. Pedagog ushbu bosqichda iloji boricha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

433

o‘zi egallagan barcha texnikalardan foydalanishi ko‘zda tutilgan, bola va pedagog

o‘rtasidagi muvozanat ham aynan shu faollikga bog‘liq. Masofaviy ta’limni joriy

etishda, ko‘pincha vaziyatdan kelib chiqilgan holda AKT vositalaridan foydalaniladi.

Innovatsion usullardan foydalanish hozirgi davr talabi hisoblanib, har

tadqiqotda mana shu tizimni uchratish mumkin. Ushbu usul yordamida pedagoglarda

kompitentligini oshirish bosqichlari ancha yengillashadi va sifatli yakunlanadi,

innovatsion tizimni ham reja asosida amalga oshirgan ma’qul, sababi rejali amalga

oshirilgan tizim algoritmida hech qanday xatoliklar va kamchiliklar kuzatilmaydi.

Pedagoglarning kompitentligidan kelib chiqgan xolda ular tashkilot

tomonidan baholanib boriladi.

Xulosa va takliflar.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, pedagogik

madaniyat-pedagogning talabchanligi, adolatliligi, komilligi, rostgo‘yligi, to‘g‘riligi,

uning burchi, mas’uliyati, qadr-qimmati, vijdoni, axloqiye’tiqodini hisobga olish

tushuniladi. Pedagogik takt (takt) pedagogik kompitentligi tizimida o‘qituvchining

pedagogik qobiliyati chegarasi, foydali, qimmatli o‘z-o‘zini o‘lchashi, ifodalash va

ta’sir qilish vositalari bilan tavsiflanadi. Pedagogik kompitentligi tartiblari, malaka,

malaka qismlari pedagogning kasbiy ta’minotini boyitadi va uni kompitentligiga

yetaklaydi, pedagogning pedagogik mazmunini topishga yordam beradi. Biroq, unga

tayanib, o‘z kasbining ustasi bo‘lib, ish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning

uchun muntazam pedagogik fikrlash, pedagogik tafakkur, pedagogik faoliyat zarur.

Demak, shaxsning o‘z rivojlanishi pedagogik hodisa va muammolarni yaratish

odatini, har bir bog‘lanish jarayonini tushunishga intilish, kundalik tahlilni mustaqil

tahlil qilish,yangi ta’lim-tarbiyaviy g‘oyalarni oldingilari bilan solishtirish

qobiliyatini talab qiladi. Asosiy pedagogik va psixologik yordamni topish va ularni

hal qilishning eng qulay usullarini topish haqida o‘ylash kerak. Insonparvarlik inson

qadr-qimmati, erkinligi, baxt-saodati va teng huquqliligi haqida qayg‘urish, insonning

barcha imkoniyatlarini yaxshilash uchun motivatsiyaga ega bo‘lishni anglatadi.

Pedagoglarning individual yordamini hisobga olish, ulardan foydalanishni to‘g‘ri

amalga oshirish, oldindan belgilangan ma'naviy holatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish,

uni boshqalar tomonidan ushlab turish va hokazolar tushuniladi. Yuqorida,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

434

pedagoglarni kasbiy kompitentligilarini qo‘llab quvvatlash masalasiga oid omillar

ko‘rib chiqilgan bo‘lsada, ularni amalda qo‘llash ham pedagoglarning

kompitentligiiga bog‘liq hisoblanadi.

FOYDALANILGA ADABIYOTLAR:

1. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob/ Met.qo‘ll.U.I.Inoyatov,

N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog‘omova. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU,

2012.

2. Hoshimov K va boshqalar. Pedagogika tarixi //Pedagogika oliy o‘uv yurtlari va

dorilfununlar talabalari uchun O‘quv qo‘llanma. - Toshkent, O‘qtuvchi, 1996, - 301-

bet.

3. Mahkamov U, Tillaboeva N, Tillaboeva SH. Pedagogik kompitentligi. O‘quv

qo‘llanma. T.:2003 y

4. Uljaevna, U. F. (2020). Didactic games in preschool educational system.

Проблемы современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.

5. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of

preschool

children.

ACADEMICIA:

AN

INTERNATIONAL

MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2),326-329.

6. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X

“Development and education of preschool children” ACADEMICIA. An

International Multidisciplinary Research Journal. (Double Blind Refereed & Peer

Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.

7.

Abdullayevna, G. G., & Kamaldinovna, B. M. (2022). WAYS OF FORMATION

OF TECHNOLOGICAL COMPETENCE IN FUTURE TEACHERS.

8. Гайназарова, Г. А. (2020). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ

ПЕДАГОГ-ТАРБИЯЧИЛАРИНИНГ

КАСБИЙ

КОМПЕТЕНЦИЯСИНИ

ОШИРИШ

ДОЛЗАРБ

МУАММО

СИФАТИДА.

ИННОВАЦИИ

В

ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ

, (SI-2№ 3).

Most read articles by the same author(s)