Authors

  • Ismatova Vasila Shodmanovna

Author Biography

  • Ismatova Vasila Shodmanovna

    Toshkent shahar Uchtepa tumani 81-IDUMning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94297

Keywords:

ta’limiy o‘yinlar ta’lim samaradorligi fanlararo aloqa ta’limda integratsiya yangi metodikalar образовательные игры эффективность обучения междисциплинарная связь интеграция в образовании новые методики

Abstract

“Ona tili va adabiyot darslarida ta’limiy o‘yinlardan foydalanish” mavzusida tayyorlangan ushbu metodik tavsiya orqali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilarini kreativ, zamonaviy gʻоyаlаr bilаn tаnishtirish, darslarda turli xil oʻyin, topshiriq va jadvallar bilan ishlash, fanlararo bog‘liqlikka asoslanib, turli metodlardan foydalanishning zаmоnаviy hаyоtdаgi rоlini оchib bеrishga harakat qildik. Shundаy еkаn, о‘qitish sаmаrаdоrligini оshirish, о‘quv mаshgʻulоtlаrini tаshkil еtish hаmdа darslarni qiziqarli о‘tkаzishdа psixologik va pеdаgоgik tехnоlоgiyаlаrdаn kеng fоydаlаnish, о‘qitish mаzmunigа mоs dаsturiy tа’minоtini ishlаb chiqish, ulаrni о‘quv jаrаyоnigа jоriy еtish аsоsiy vаzifаlаrdаn hisоblаnаdi. Ushbu vаzifаlаrni dоlzаrbligini е’tibоrgа оlgаn hоldа ona tili fanini о‘qitishdа yangi metodikalardаn fоydаlаnish hоlаtini о‘rgаnish, tаhlil еtish, ulаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish, mоs metodik tаvsiyаlаrni ishlаb chiqish zаrurligini inobatga olgan holda ushbu metodik tavsiya ishlab chiqildi.

Методическое руководство «Использование образовательных игр на уроках родного языка и литературы» направлено на ознакомление учителей с креативными и современными идеями, различными играми, заданиями и таблицами, а также методами междисциплинарной интеграции в образовательном процессе. Основной целью является повышение эффективности обучения, организация учебных занятий и проведение увлекательных уроков с применением психологических и педагогических технологий. Важно разрабатывать и внедрять соответствующее программное обеспечение, отвечающее содержанию обучения. Учитывая актуальность данных задач, данное методическое руководство разработано с целью изучения, анализа и эффективного применения новых методик в преподавании родного языка.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

245

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA TA’LIMIY

O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Ismatova Vasila Shodmanovna

Toshkent shahar Uchtepa tumani 81-IDUMning ona tili va adabiyot fani

o‘qituvchisi

Annotatsiya: “Ona tili va adabiyot darslarida ta’limiy o‘yinlardan

foydalanish” mavzusida tayyorlangan ushbu metodik tavsiya orqali ona tili va

adabiyot fani oʻqituvchilarini kreativ, zamonaviy gʻоyаlаr bilаn tаnishtirish,

darslarda turli xil oʻyin, topshiriq va jadvallar bilan ishlash, fanlararo bog‘liqlikka

asoslanib, turli metodlardan foydalanishning zаmоnаviy hаyоtdаgi rоlini оchib

bеrishga harakat qildik. Shundаy еkаn, о‘qitish sаmаrаdоrligini оshirish, о‘quv

mаshgʻulоtlаrini tаshkil еtish hаmdа darslarni qiziqarli о‘tkаzishdа psixologik va

pеdаgоgik tехnоlоgiyаlаrdаn kеng fоydаlаnish, о‘qitish mаzmunigа mоs dаsturiy

tа’minоtini ishlаb chiqish, ulаrni о‘quv jаrаyоnigа jоriy еtish аsоsiy vаzifаlаrdаn

hisоblаnаdi. Ushbu vаzifаlаrni dоlzаrbligini е’tibоrgа оlgаn hоldа ona tili fanini

о‘qitishdа yangi metodikalardаn fоydаlаnish hоlаtini о‘rgаnish, tаhlil еtish, ulаrdаn

sаmаrаli fоydаlаnish, mоs metodik tаvsiyаlаrni ishlаb chiqish zаrurligini inobatga

olgan holda ushbu metodik tavsiya ishlab chiqildi.

Kalit so‘zlar: ta’limiy o‘yinlar, ta’lim samaradorligi, fanlararo aloqa,

ta’limda integratsiya, yangi metodikalar

Аннотация:

Методическое

руководство

«Использование

образовательных игр на уроках родного языка и литературы» направлено на

ознакомление учителей с креативными и современными идеями, различными

играми, заданиями и таблицами, а также методами междисциплинарной

интеграции в образовательном процессе. Основной целью является повышение

эффективности обучения, организация учебных занятий и проведение

увлекательных уроков с применением психологических и педагогических

технологий. Важно разрабатывать и внедрять соответствующее


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

246

программное обеспечение, отвечающее содержанию обучения. Учитывая

актуальность данных задач, данное методическое руководство разработано

с целью изучения, анализа и эффективного применения новых методик в

преподавании родного языка.

Ключевые слова: образовательные игры, эффективность обучения,

междисциплинарная связь, интеграция в образовании, новые методики

Annotation: The methodological guide "Using Educational Games in Native

Language and Literature Lessons" aims to introduce teachers to creative and modern

ideas, various games, tasks, and tables, as well as methods of interdisciplinary

integration in the educational process. The main objective is to enhance the

effectiveness of teaching, organize learning activities, and conduct engaging lessons

using psychological and pedagogical technologies. It is essential to develop and

implement appropriate software that aligns with the educational content.

Considering the relevance of these tasks, this methodological guide has been

developed to study, analyze, and effectively apply new methods in teaching the native

language.

Key words: educational games, teaching effectiveness, interdisciplinary

connection, educational integration, new methodologies

O‘qitish nazariyasida yangi pedagogik texnologiyalar va axborot

texnologiyalari bir-biridan ajratilmagan, chunki yangi pedagogik texnologiyalarning

keng joriy etilishi ta’lim paradigmasini o‘zgartiradi va faqat zamonaviy axborot

texnologiyalari yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishni

ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim

tizimining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi qarori,

“Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ta’lim

tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori

asosida ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish va isloh qilish bo‘yicha ilgari surilgan

talablar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda [1]. Barcha fanlar, jumladan,

O‘zbekiston tarixi bo‘yicha ham yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, ularga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

247

muvofiq xalqaro standartlarga javob beradigan elektron darslik va o‘quv

qo‘llanmalar yaratildi. Shuningdek, fan o‘qituvchilari sinfda va sinfdan tashqari

ishning turli shakllarini aks ettiruvchi, AKT va interfaol o‘qitish usullaridan

foydalanish asosida turli vazifalarni o‘z ichiga olgan o‘quv-uslubiy majmualarni

yaratadilar. Fanlarni o‘qitishda an’anaviy o‘qitish usullarini innovatsion

texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Yangilangan „Ona tili“ darsliklarinida talaffuz va imlo me’yorlari, so‘z

qo‘llash me’yorlari, nutqning grammatik va punktuatsion me’yorlariga oid mavzular

ta’limiy-didaktik topshiriqlar bilan boyitildi, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish,

darsda o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirish savodxonligini oshirish

hamda nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) va lingvistik

kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida nutqiy mavzular va matnlar kiritildi.

Berilgan nutqiy mavzularga oid matnlar, o‘quvchini mantiqiy fikrlashga

yo‘naltirilgan mashqlar, savol va topshiriqlar, nutqiy mavzular mazmuniga mos rasm

va illustratsiyalar grammatik mavzu bilan bog‘landi.

“O‘rmonda” o‘yini

Bu o‘yindan ona tili darslarida ham, adabiyot darslarida ham foydalanilsa

bo‘ladi. Ushbu o‘yin adabiyot darsida badiiy asar parchalarini o‘qigandan so‘ng

o‘quvchilarning asarni qanchalik sinchkovlik bilan o‘qiganliklarini sinash

maqsadida o‘tkaziladi. Buning uchun o‘qituvchi tomonidan o‘rganilgan asardan

biror parcha tanlanib, shu parchadagi gaplar tarkibidagi so‘zlar o‘rni almashtirilib

yozilgan holga keltiriladi, yoki qog‘ozlarga qirqib qo‘yish ham mumkin. O‘quvchilar

bu so‘zlarni belgilangan vaqt oralig‘ida gapga aylantirib, matn holatiga kelirishi

kerak bo‘ladi.

Masalan:

1)yigit, bitgandek bo‘ladi, oylar, qalbidagi, oylar, yara,o‘tib.

2) jo‘sh uradi, bo‘lgan,mehri, yana, maktabiga, qishlog‘i-yu, bo‘lgan.

3) azalgi, o‘zini, u, qaytganday, ahvoliga, his etadi.

Javob

:

Oylar o‘tib, yigit qalbidagi yara bitgandek bo‘ladi. Qishlog‘i-yu

maktabiga bo‘lgan mehri yana jo‘sh uradi. U azalgi ahvoliga qaytganday his etadi

o‘zini.

[2].


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

248

(Ushbu asar yuzasidan tayyorlangan topshiriqlarni 1-ilovada ko‘rishingiz

mumkin)

Ona tili darslarida esa bu o‘yinni har bir bo‘lim yoki mavzular bo‘yicha

qo‘llash mumkin. Deylik, morfologiya bo‘yicha qo‘llanilganda turli so‘z

turkumlariga xos bo‘lgan ko‘plab so‘z kartochkalarini (qog‘ozga yozilgan va

laminatlangan) markazga qo‘yib belgilangan vaqt oralig‘ida aytilgan so‘z turkumiga

oid so‘zlarni saralab savatga solishi kerak bo‘ladi. Belgilangan vaqt oralig‘ida so‘zlar

to‘liq yig‘ib olinmasa, jamoa bir a’zosidan ayriladi. Ya’ni o‘rmonda bo‘ri hamlasiga

uchraydi.

Masalan:

Nilufar, kamtar, uchinchi, tez, ayiq, go‘zal, kichik, idish, beshovi, mard,

qo‘rqoq, buvi, kamtarona, yillab, uxlamoq, ko‘p….

Ushbu so‘zlar orasidan faqat ot

turkumiga oid so‘zlarni saralab, savatga solish kerak.

Qaynoq koptok

Men bu o‘yindan maktab hovlisida, maktab bog‘ida, maktab stadionida

foydalanishni qiziqarli va samarali deb bilaman. Sababi o‘quvchilar uchun faqat sinf

xonasida emas, balki turli joylarda o‘rganilgan va noodatiy darslar qiziqarliroq

hisoblanadi. Shuningdek jismoniy tarbiya darsini sevmaydigan o‘quvchilar juda kam

topiladi. Bu o‘yin jismoniy tarbiya darsi bilan integratsiyalashgan o‘yin hisoblanadi.

O‘yin sharti: O‘quvchilar ikki tomonga bo‘linishadi, so‘zlar kartochkasi markazga

qo‘yiladi. Navbati bilan bittadan a’zo o‘rtaga savatcha bilan kiradi hamda qaynoq

koptokdan o‘zlarini himoya qilgan holda kerakli so‘zlarni terib savatga joylaydi.

Qaynoq koptokni o‘ziga tekkizmasdan kerakli so‘zlarni saralab olgan guruh g‘olib

bo‘ladi.

Ta’rif va ijodkor Bu usuldan guruhlarga bo‘lingan holda foydalanish

mumkin. Oldindan topshiriqlar beriladi. Guruhlar shartli ravishda nomlanadi,

masalan “Ta’rif beruvchilar” va “Ijodkor” guruhi. Birinchi guruh ikkinchi guruhga

ta’riflarni aytadi. Shundan so‘ng guruhlar ushbu ta’rif qaysi ijodkorga tegishli

ekanligini topadi. Agar birinchi berilgan ta’rifdan so‘ng darrov bu ta’rifning qaysi

yozuvchi yoki shoirga tegishli ekanligini topishsa, 5 ball, ikkinchi ma’lumotdan

so‘ng topishsa, 4 ball va uchinchi urinishda topsalar 3 ball yig‘ishadi. O‘qituvchi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

249

ta’rif qaysi ijodkorga tegishli ekanligini topgan guruhdan yana ijodkor hayoti va

faoliyatiga doir ma’lumotlar qo‘shimcha qilishini so‘raydi va baholab boradi. Bu

metod orqali har bir o‘quvchi ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, 8sinf

adabiyot darsida bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:

“Ta’rif” guruhidan “Ijodkor” guruhiga savollar.

1-bosqich

1-ma’lumot.

U she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday.

2-ma’lumot.

Lermontovning “Iblis” dostonini o‘zbekchaga o‘girdi.

3-ma’lumot.

“Naxshon” dostonlari muallifi.

Javob

: Usmon Nosir

2-bosqich.

1-ma’lumot.

Umrining oxiriga qadar “Jahon adabiyoti” jurnali bosh

muharriri vazifasida ishlagan.

2-ma’lumot.

Ilk kitobi “Zamon. Qalb. Poeziya” deb ataladi.

3-ma’lumot.

Oxunqaynar qishlog‘ida tug‘ilgan.

Javob :

Ozod Sharafiddinov

“Ta’rif va ijodkor”

usuli orqali o‘quvchilar mavzuni mukammal

o‘zlashtiribgina qolmay, o‘qituvchi ularni faollikka, topqirlikka o‘rgatadi va oqilona

baholay oladi.

So‘z ohangrabosi

Mazkur usuldan adabiyot darslarida, xususan, maqol, topishmoq va she’rlar,

ona tili darslarida so‘z turkumlari, gap bo‘laklari bo‘yicha o‘tilayotgan mavzularni

uyg‘unlashtirishda foydalanish mumkin. O‘quvchilar kichik-kichik 3 guruhga

bo‘linib olishadi va guruhlariga “Maqol”, “Topishmoq”, va “She’r” singari nomlar

tanlashadi. 8-sinf ona tili darsida gap bo‘laklari mavzusi o‘tilganda mazkur usuldan

quyidagicha foydalansa bo‘ladi: birinchi guruh maqol aytganda, ikkinchi guruh

aytilgan maqoldagi gap bo‘laklarini topib, tahlil qiladi va o‘zlari uchinchi guruhga

topishmoq aytishadi. Uchinchi guruh o‘z navbatida topishmoqni tahlil qilib,

to‘rtinchi guruhga she’r aytadi va musobaqa shu zaylda davom etadi. Masalan:

1-guruh: Avval o‘yla, keyin so‘yla.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

250

2-guruh: Bu gapda avval va keyin sozlari payt holi, o‘yla va so‘yla so‘zlari

kesimlardir. Ikki mahbubni ko‘rdim, Bir-birisin ko‘rmagan.

3-guruh: Bu gapda ikki so‘zi aniqlovchi, mahbubni va bir-birisin so‘zlari

to‘ldiruvchi, ko‘rdim va ko‘rmagan so‘zlari esa kesimlardir. Yurtim, senga she’r

bitdim bugun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor o‘z yurtin butun, Olam aro

atagan tanho.

1-guruh: Yurtim so‘zi undalma, senga, she’r qiyosingni, yurtin, olam aro

so‘zlari to‘ldiruvchi; bitdim, topmadim, bor, atagan so‘zlari kesim; bugun, also,

tanho so‘zlari hol; shoirlar -ega. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. [3]. Bu

maqolni 2-guruh tahlil qiladi va 3-guruhga topishmoq etish bilan davom ettiradi.

AxB

( A karra B) yoki

A

2

(A kvadrat)

Bu o‘yin orqali sinf o‘quvchilarining barchasini alifboni yod olishiga erishish

mumkin. Bu o‘yin matematika bilan integratsiyalashgan o‘yin bo‘lganligi sababli

barcha o‘quvchilar karra jadvalini ham to‘liq yod olgan bo‘lishlari kerak. O‘yin

yakka tartibda yoki jamoaviy shaklda ham olib borilishi mumkin. Buning uchun

(yakka tartibda) xohlagan o‘quvchi doskani oldiga chiqadi, o‘qituvchi yoki sinf

o‘quvchilari alifboni karra shaklida yoki kvadrat shaklida so‘raydi. Guruh shaklida

o‘ynalganda esa o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan alifbo karrasiga

doir yoki alifbo kvadratiga oid misollar jamoalarga beriladi. Masalan: 1) BxA =?

Javobi esa B ga teng

Sababi alifboda B harfi 2- o‘rinda , A harfi esa 1- o‘rinda turadi . Bunda

2x1=2 shakli kelib chiqmoqda.

(2-ilovada AxB jadval asosida 2 karra berilgan)

2) B

2

=? D

2

=? E

2

=? Javoblari: B

2

=4 D

2

=9 E

2

=16

Sababi B alifboda 2-o‘rinda, D 3- o‘rinda, E- 4-o‘rinda joylashgan . Shu

tartiblarni biz kvadratga ko‘tarib qo‘ydik, xolos.

(3-ilovada A

2

( A kvadrat) jadvali to‘liq holda berilgan)

Xulosa

Ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarga uzoq yillar davomida grammatik qonun-

qoidalarni, nazariy bilimlarni o‘rgatib keldik. Aslida esa grammatikadan ko‘ra


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

251

o‘quvchilardagi nutqiy kompetensiyani shakllantirishga ko‘proq e’tibor berishimiz

lozim. Bu maqsadga erishishda ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab

tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)ni har bir darsda amaliy qo‘llash va o‘quvchida

bunga nisbatan ko‘nikma shakllantirishimiz darkor.

Mazkur metodik tavsiyada o‘quvchilarga ona tili va adabiyot fanidan bilim

berish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, metodlarni qo‘llash bo‘yicha

ayrim tavsiyalar va ko‘rsatmalar berilgan. Ushbu metodik tavsiyadagi ma’lumotlar

Sizlarga manfaatli bo‘ladi degan umiddamiz.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashni istardimki, o‘qitish amaliyotida

o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanish o‘quvchilarning intellektual faolligini,

demak, dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Hatto eng passiv o’quvchilar

ham katta ishtiyoq bilan faol mashg'ulotlarga jalb qilinadi, ularda original fikrlash va

hal qilinayotgan muammolarga ijodiy yondashish ko'nikmalari rivojlanadi.

Asosiysi, interfaol usuldan foydalanish jamiyat buyurtmasini bajarishga,

mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishga qodir shaxsni tayyorlashga yordam beradi.

Interfaol usul va usullardan foydalanish o‘z-o‘zidan maqsad emas, natija muhim.

O`qituvchi o'z muvaffaqiyatini shogirdlarining muvaffaqiyati bilan o'lchashi kerak.

Turli metod va usullar o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi va maktabga

bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi, o‘quvchilarda

o‘zo‘zini hurmat qilish va farqlarni hurmat qilishni rivojlantiradi, ularda ijodiy

erkinlik tuyg‘usini uyg‘otadi va eng muhimi, ularga quvonch baxsh etadi. Yosh

avlod qalbida ona tiliga muhabbat, ona tilini e’zozlash urug‘larini qadashdek

mashaqqatli va mas’uliyatli ishingizga muvaffaqiyat tilaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -T.: O‘zbekiston, 1998. -32b.

2.

Adabiyot. .Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik.T., 2019

3.

Мясоед, Т. А.

Интерактивные технологии обучения: спец. семинар для

учителей [Текст] / Т. А. Мясоед. - М., 2004.

4.

Ona tili .Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik.T., 2019 5.

Ona tili fanidan o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. Т., 2020


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

252

Ilovalar 1-ilova

8-sinf adabiyot darsida Shukur Xolmirzayevning “Ot egasi” asari asosida

“O‘rmonda” o‘yini

1.Maktab ikki xonadan iborat bo‘lib, biri dahliz, biri sinfxona. 2. Ana shu sinfda yetti

yashar bolakay ham, o‘n ikki yashar yigitcha ham yonma-yon o‘tirib o‘qishadi. 3.

Ularning har biri har xil sinf o‘quvchisi bo‘lgani holda, bir sinfda o‘tirib saboq

olishlari bir-biriga xalaqit bermaydi. 4. Chunki bu atrofda bundan o‘zga maktab yo‘q,

shu yerga qatnab, imkoni boricha ilm oladilar. 5.Inodning o‘zi vaqtida o‘n sinfni

bitirgandi, xolos.

Biri,ikki,iborat, biri, maktab, dahliz, xonadan, sinfxona.

1.

Yetti, ana shu, bolakay, ham,yashar, yigitcha, yonma-yon, sinfda, o‘n ikki,

o‘tirib, ham, o‘qishadi.

2.

Saboq olishlari, har biri, sinf, bo‘lgani, ularning , bir, har xil, o‘quvchisi,

xalaqit bermaydi, bo‘lgani holda, sinfda, bir-biriga

4.yo‘q, chunki,ilm oladilar, bundan, shu, bu atrofda, o‘zga, shu yerga, maktab,

imkoni boricha, qatnab.

5.xolos, bitirgandi, vaqtida, Inodning, o‘n sinfni, o‘zi.

2-ilova

BxA jadvali uchun alifbo

1 A

2 B

3 D

4 E

5

F

6 G

7 H

8

Ii

9 Jj

10

Kk

11

L

12

M

13

N

14

O

15

P

16

Q

17

R

18

S

19

T

20

U


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

253

21

V

22 Xx

23 Yy

24

Zz

25

O‘

26

G‘

27

Sh

28 Ch

29 Ng

0

Nol

BxA

( B karra A)

B ( 2 karra)

x

A (1)

B

2

B

x

B (2)

E

4

B

x

D(3)

G

6

B

x

E (4)

Ii

8

B

x

F (5)

K

10

B

x

G (6)

M

12

B

x

H (7)

O

14

B

x

I (8)

Q

16

B

x

J (9)

S

18

B

x

K (10)

U

20


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

254

Izoh: Alifboda 29 ta harf borligi sababli, 29 dan keyingi raqamlarni

ifodalashda Harflar ketma-ketligidan foydalaniladi. 0 ni ifodalashda esa 0 dan

foydalaniladi.

3-ilova

A

2

(A kvadrat

)

1 A2

1

2 B2

4

3 D2

9

4 E2

16

5 F2

25

6 G2

36

7 H2

49

8

Ii2

64

9 Jj2

81

10 Kk2

100

11

L2

121

12 M2

143

13

N2

169

14

O2

196

15

P2

225

16

Q2

256

17

R2

289

18

S2

324

19

T2

361

20

U2

400

21

V2

441

22 Xx2

484

23 Yy2

529

24 Zz2

576

25

O‘2

625


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

255

26

G‘2

676

27 Sh2

729

28 Ch2

784

29 Ng2

841