Authors

  • Nuriddinov Xasan Muxiddin o'g'li

Author Biography

  • Nuriddinov Xasan Muxiddin o'g'li

    IIV 2-sonli Akademik litseysida fizika va astronomiya o'qutuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94344

Keywords:

Lyuminessent lampa. Natriy lampa. Kvars lampa. Simob lampa. Bakteritsit lampa. Neon lampa. Cholg'anma lampa

Abstract

  1. Suyultirilgan kvars
  2. Xekseloll 3 Argon. 4.Lyuminafor. 5. Tomas Edinson 6. Spiral bispiral

background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

267

LAMPALAR VA ULARNING TURLARI

O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi

Nuriddinov Xasan Muxiddin o'g'li i

IIV 2-sonli Akademik litseysida

fizika va astronomiya o'qutuvchisi

Annotatsiya: 1. Suyultirilgan kvars

2. Xekseloll 3 Argon. 4.Lyuminafor. 5. Tomas Edinson 6. Spiral bispiral

Kalit so‘zlar: Lyuminessent lampa. Natriy lampa. Kvars lampa. Simob lampa.

Bakteritsit lampa. Neon lampa. Cholg'anma lampa

KIRISH

Lyuminessent lampa

- ishi Lyumines sinsiya hodisasiga asoslangan lampa;

Gaz-Zaryadli yorugʻlik manbai. Ichki devoriga Lyuminoforlar qatlami surkalgan,

ichiga Inert gazlari (argon, geliy va boshqalar) va Metallar (maye. simob) bugʻi

toʻldirilgan shisha naychadan iborat. Elektr toki oʻtganda lampada elektr razryad

vujudga keladi. Ultrabinafsha nurlar taʼsirida metall atomlari, soʻngra lyuminofor

yorug'lik socha boshlaydi. Lampaning yorug'ligi tabiiy yorugʻlikka yaqin boʻliish

uchun lyuminoforlar tanlanadi. Simobli lampalar shunday turga yaqin boʻladi.

Lyuminessent lampaning ishlash muddati Choʻgʻlanma lampalarga qaraganda ancha

yuqori boʻladi. Xonalar, koʻchalarni yoritishda, Nusxa koʻchirish qurilmasida va

boshqalarda ishlatiladi.

Natriy lampa

— gaz razryadli yorugʻlik manbai. Natriy (Na) bugʻlarida

elektr razryadi yuz berganda optik diapazondagi nurlanish (yorugʻlik) paydo boʻladi.

Past bosimli va yuqori bosimli turlari bor. Past bosimlisi natriy bugʻlari va inert gazlar

aralash-masi toʻldirilgan shisha naychadan iborat. Bunday lampa sariq nur sochgani

uchun umumiy yoritishda ishlatilmaydi. Undan avtomobil yoʻllarini yoritish, shahar

koʻchalarini bezatish uchun foydalaniladi.

Yuqori bosimli Natriy lampaning naychasi natriy bugʻlarida yuqori (1200°

dan yuqori) temperaturagacha elektr razryadiga chidaydigan polikristall (Mas,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

268

A12O3)dan tayyorlanadi. Naychadagi havo soʻrib olinga-nidan soʻng unga natriy,

geliy va inert gaz toʻldiriladi. Bunday lampa nafis oltin rang yorugʻlik sochgani uchun

ichki va tashqi yoritish tarmoklarida ishlatiladi. Natriy lampa elektr tarmogiga ishga

tushirish-rostlash apparatlari orqali ulanadi.

Kvars lampasi

— elektr yordamida ultrabinafsha nurlar hosil qiladigan

yorugʻlik manbai. Kvars lampaning balloni kvars shishasi (suyultirilgan kvars) dan

yasaladi. Ballon trubkasining oxiriga kontaktlar oʻrnatilib, ballonga simob bugʻlari va

inert gaz — argon toʻldiriladi. Argondan elektr razryadi oʻtganda simob bugʻlari

ultrabinafsha nurlar chiqaradi. Bu nurlar baʼzi kasalliklar (mas, raxit) ni davolashda,

inkubatorlarda, oʻsimliklar oʻstirishda, shuningdek, operatsiya zallaridagi havoni

tozalashda, suv va sutni zararsizlantirishda hamda lyuminessent analizda ishlatiladi.

Past, yuqori, oʻta yuqori bosimli Kvars lampa boʻladi.

Simob lampasi

- gaz (bugʻ) holidagi simob qoʻllaniladigan yorugʻlik manbai.

Simob bugʻining ish bosimiga qarab, past va yuqori bosimli xillarga boʻlinadi. Past

bosiili (0,7 N/m2) Simob lampasi 185 va 254 nm (nanometr) toʻlqin uzunligidagi

rezonans nurlatgich manbalari. Bulardan lyuminessent lampapar kengtarqalgan.

Yuqori bosimli (104106N/m2)S l. 2481014 nm toʻlqin uzunligi intervalida

ultrabinafsha va koʻrinadigan yorugʻlik nurlari hosil qiladi. Uning kolbasi kiyin

eriydigan shaffof kvars shishadan tayyorlanib, inert gaz va simob bilan toʻddiriladi.

Yoritishda, tibbiyotda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Oʻta yuqori bosimli (106

N/m2 dan yuqori) Simob lampasi — ultrabinafsha va koʻrinadigan nurlarning juda

yorugʻ manbai. Tabiiy va suv bilan sovitiladigan xillari bor. Turli yorugʻlikoptika

qurilmalarida qoʻllanadi. Barcha Simob lampasi elektr tarmogʻiga maxsus qurilmalar

yordamida ulanadi.

Bakteritsid lampa

-bakteritsid nurlatgich – ultrabinafsha nur sochadigan gaz

razryadli simob lampasi; ichiga inert gaz (masalan, Xekselol)ga ozgina Hg (simob),

yoki Cd (kadmiy) qoʻshib tayyorlangan aralashma toʻldiriladi. Quvvati 90 Vt gacha

boʻladi. Binolardagi havo, roʻzgʻor buyumlari, suv va boshqa narsalarni ultrabinafsha

nurlar bilan zararsizlantirish, shuningdek davolash maqsadlari uchun ishlatiladi

(qarang Simob-kvars lampasi).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

269

Neon lampa

— elektr razryadining past bosimli neon gazida nurlanishiga

asoslangan gaz-razryadli yorugʻlik manbai. Neon lampa 2 elektrod (anod va

edirilmaydigan, shisha ballonga kavsharlangan katod)dan iborat boʻlib, ballon ichiga

neon (Ne) yoki neon gazining geliy yoki argon gazlari bilan aralashmasi tuldiriladi.

Bu turda Neon lampada gaz bosimi 25 —40 GPa ga yaqin boʻladi. Odatda, argon gazi

razryadi yondiruvchi kuchlanishni kamaytirish uchun kiritiladi. Ammo bu holda

shuʼlaning yorqinligi ham pa-sayadi. Neon lampa yorugʻligi binafshaqizil ran-gda

koʻrinadi. Yorugʻlikning boshqa ranglarda (sariq, koʻk, yashil va boshqalar) boʻlishi

uchun ballonning ichki devoriga lyumi-noforlar yopishtiriladi.

Neon lampa

-Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tokda ishlaydi. Faqat u tok kuchini

0,20—30 mA gacha tushirib chegaralab beradigan toʻgʻrilagich rezistorlar bilan

ketma-ket ulanib elektr zanjiriga qoʻshiladi. Neon lampada elektr razryad yonishi

uchun kuchlanish 60—150 V, quvvati 0,01—3 Vt, shuʼla yorqinligi 50—600 kJ/m2

boʻlishi kerak. Neon lampalardan signalizatsiya va yoritish tizimlarida, nazorat-

oʻlchov apparatlarida, shuningdek, tasvirni maʼlum masofada turib qabul qiluvchi va

uzatuvchi asboblar (televideniye) da keng foydalaniladi.

Choʻgʻlanma lampa

— elektr toki taʼsirida tolasi (simi) choʻgʻlanib nur

sochadigan yorugʻlik manbai. Ichidan havosi soʻrilib, choʻgʻlanish jismi (sim)

joylangan kolba (lampochka)dan iborat. Baʼzi choʻgʻlanma lampalarning kolbasi

tolaning trasi, yaʼni nur sochishini yaxshilash uchun inert gaz bilan toʻldiriladi.

Choʻgʻlanma lampaning tolasi spiral, bispiral (ikki spiral) yoki trispiral (uch spiral)

tarzida oʻralgan volfram simdan qilinadi. Choʻgʻlanma lampa yonganda tolasi 2500—

3300 K gacha qiziydi; nur sochish quvvati 10—35 lm/Vt; xizmat muddati 1000

soatgacha. Dastlabki choʻgʻlanma lampani 1872-yilda Aleksandr Lodigin ixtiro

qilgan. 1879-yilda Tomas Edison uni takomillashtirgan. Choʻgʻlanma lampalar

xonalar va maydonlarni yoritishda, kinoproyeksion apparatlarda, konlarda,

avtomobillarda ishlatiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

270

ADABIYOTLAR VA MANBALAR RO'YXATI :

O'lmasova Fizika 3-kitob (2017)

Tursunmetov Fizika Akademik litseylar uchun qollanma (2007)

Usmonov masalalar toplami (2017)

Ziyo.uz

Wikipedia

Tauts Ya. Foto- i termoelektricheskie yavleniya v poluprovodnikax. M.: Izdatelstvo

inostrannoy literaturi, 1962, 256 s.

Tauts Ya. Opticheskie svoystva poluprovodnikov. M.: Mir, 1967, 74 s.

Kireev P. S. Fizika poluprovodnikov. — M., Visshaya shkola, 1975. — Tiraj 30000

ekz. — 584 s.

Gorelik S. S., Dashevskiy V. Ya. Materialovedenie poluprovodnikov i dielektrikov:

Uchebnik dlya vuzov. — M.: MISIS, 2003. — 480 s. — ISBN 5-87623-018-7.

Kiselyov V. F. Poverxnostnie yavleniya v poluprovodnikax i dielektrikax. — M.,

Nauka, 1970. — Tiraj 7800 ekz. — 399 s.

Anatichuk L. I., Bulat L. P. Poluprovodniki v ekstremalnix temperaturnix usloviyax.

— SPb., Nauka, 2001. — Tiraj 1500 ekz. — 223 s.

Xenney I. B. Poluprovodniki. — M.: Inostrannaya literatura, 1962. — 668 s.

Smit R. Poluprovodniki. — M.: Inostrannaya literatura, 1962. — 467 s.