MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
256
JAMIYATDA XOTIN-QIZLARNING ZO‘RAVONLIK
JABRLANUVCHISI BO‘LIB QOLISHINING OLDINI OLISH
MASALALARI
Avazova Gulzoda Usmanovna
"Taskin" xotin-qizlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya
qilish markazi direktori
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini
davlat siyosati darajasiga olib chiqqan holda kuchli himoya qilish hamda ularning
konstitutsion huquqlarini mustahkamlash va shu bilan birga amaliyotda ularning
poymol etilishini oldini olish kabi masalalarni, chet el qonunchiligining samarali
faoliyatidan foydalanish asosida hamda Yangi O‘zbekistonimizdagi sa’y-harakatalar
zamirida ushbu faoliyatni qanday yo‘sinda amalga oshirilayotgani va qanday
o‘zgarishlar bo‘lsa yanada ko‘zlangan maqsadimizga erishishimiz osonlashishini
nazarda tutadi.
Kalit so‘zlar: gender tenglik, javobgarlik, jazo, ozodlikdan mahrum etish,
profilaktik choralar, himoya orderi, zo‘ravonlik, kamsitish.
Bugungi rivojlanib borayotgan taraqqiy etgan yangi davr ostonasida ekanmiz,
jamiyatimizdagi har bir islohot va o‘zgarishlar, avvalo, yurtimiz ravnaqi va farovon
kelajagi uchun amalga oshirilayotgani aslo sir emas. Jamiyatni yuksaltirish bu,
albatta, oson ish emas. Bu nihoyatda katta kuch, yuksak salohiyat shu bilan birga
ulkan matonatni talab etadi. Biz Yangi O‘zbekistonni eng ulug‘ marralar sari olib
borishimiz uchun shunday buyuk o‘zgarishlarni qilishimiz lozimki, dunyo
hamjamiyatida o‘z natijamiz bilan alohida ajralib turishimiz darkor. Har bir davlatda
tarixdan ham, hozirgi davrdan ham nazar soladigan bo‘lsak, jamiyatni yuksalishiga
to‘sqinlik qiladigan omillar hamisha bo‘ladi. Bu omillar aynan nimada nazarda
tashlanadi deganda shunday javob berishimiz mumkinki, bunday nozik omillar,
albatta, jamiyatning zaif qatlamida uchraydi. Biz bu qatlamga kimlarni kiritishimiz
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
257
mumkin,yoshi ulug‘ nuroniylar, yosh, voyaga yetmaganlar, ayollarni ko‘rsatishimi
mumkin. Shuningdek, biz alohida yoritmoqchi bo‘lgan masalalardan bir bu – ayollar
bilan bog‘liq bo‘lib, yaqin davr ichida, albatta, ularning huquq va erkinliklarini
himoya qilish, jamiyatda birdek o‘z ahamiyatiga ega pog‘onalargacha erisha olishi
uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilib berildi. Ayollarning huquq va imkoniyatlarini
kengaytirish barqaror taraqqiyot jarayonini tezlashtirishning nihoyatda muhim bir
tamoyilidir. Ayollar va qizlarga qarshi barcha turdagi kamsitishlarni yo‘q qilish
nafaqat inson huquqlarini himoya qilish nuqtai nazardan muhimdir, balki boshqa
sohalarda ham rivojlanish jarayoniga ta’sir etuvchi kuchli omillardan biridir.[1]
Jumladan, sohamiz doirasidan olib aytadigan bo‘lsak, xotin-qizlarning ijtimoiy-
siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli
ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar
samaradorligini
oshirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi Qaroriga asosan, Respublika, viloyat va tuman
(shahar) ichki ishlar organlari tizimida xotinqizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha
inspektor lavozimlari joriy etilganligi, ularga bevosita xotin-qizlarning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni
mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda qiyin ahvolga tushib qolgan har bir
xotin-qizga yordam ko‘rsatishni tashkil etish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning
oldini olish choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilganini ko‘rsatishimiz mumkin. Shu
bilan birga 2019-yil 2-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xotinqizlarni
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son hamda “Xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi
O‘RQ-562-son Qonunlari qabul qilindi. “Jamoat xavfsizligini ta’minlash,
huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning yaxlit
tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidan respublika
darajasigacha samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ish uslublarini joriy
etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash,
aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida bugungi kunda ko‘plab
islohotlar amalga oshirilmoqda”[2]. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
258
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
organ hamda muassasalar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etgan, ijtimoiy-huquqiy
himoyaga muhtoj, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan, tazyiq va
zo’rovonlikka duch kelgan, yakka yolg‘iz, qarovchisi yo‘q, muqaddam sudlangan
ayollarni aniqlash, ular bilan yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarni o‘tkazish va shu
orqali sog‘lom turmush tarziga qaytarish nihoyatda dolzarb masalaga aylandi. Buyuk
faylasuf olim Sharl Lui Monteskyo aytganidek: “Aqlli qonun chiqaruvchi
huquqbuzarlik uchun jazo haqida emas, balki huquqbuzarliklarning oldini olish uchun
qaygʼuradi. U huquqbuzarlik uchun jazolash emas, balki axloqni yaxshilash uchun
harakat qiladi”.[3] Shuni ham aytishimiz mumkinki, ayollar o‘rtasida
huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish masalasi doimiy e’tiborimiz markazida turishi
maqsadga muvofiq. Birinchi navbatda, ijtimoiy-huquqiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
shaxslar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan
ozod qilingan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitasiya qilish bo‘yicha tizimli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ikkinchidan, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, ularni
muttasil qiynash yoki ularning shaxsini tahqirlovchi harakatlar sodir etish, ularning
huquq va erkinliklarini amalda erkin ifodalashiga to‘sqinlik qilish kabi
huquqbuzarliklarning ham oldini olishda alohda harakatlar tashkil etilmoqda, shu
bilan birga ushbu harakatlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish bu kabi
g‘ayriqonuniy harakatlar kamiyishiga yanada yordam berar edi. Biz, albatta chet el
qonunchiligi amaliyotining samarador va ayni bizning mintalitetimiz hamda
qonunchiligimizga to‘g‘ri keladigan jihatlaridan o‘zimiz uchun andoza olsak
foydadan yiroq bo‘lmas edi. Xususan ayollarga nisbatan turli huquqbuzarliklar sodir
etish, ularga ruhiy, ma’naviy hamda jismoniy ziyon yetkazishning oldini olish va
huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida Rossiya Federatsiyasi jinoyat huquqiga
murojaat qiladigan bo‘lsak, Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining “Uch yoshga
to‘lmagan bolasi bor homilador ayol yoki ayol xodimalarni ishga qabul qilishni
asossiz ravishda rad etish yoki asossiz ravishda ishdan bo‘shatish” deb nomlangan
145-moddasida: “Ishga qabul qilishni asossiz rad etish yoki ayolning homiladorligi
sababli asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi, shuningdek, uch yoshga to‘lmagan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
259
bolalari bo‘lgan ayolning ishidan asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi, bu sabablarga
ko‘ra – ikki yuz ming rubl jarima yoki o‘n sakkiz oygacha bo‘lgan muddatga ish haqi
yoki boshqa daromad yoxud uch yuz oltmish soatgacha bo‘lgan muddatga majburiy
ishlar bilan jazolanadi” kabi norma keltirilgan bo‘lib, bundan ko‘rinib turibdiki,
ayollarni huquqiy manfaatlari hamda erkinliklari qat’iy qonun normalari asosida,
alohida Jinoyat kodeksi bilan himoyalangan.[4] Ayollarning erkinliklari borasida
to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning hayoti, shaxsiy erkinliklari, ularning konstitutsion
huquqi bo‘lib, ularni har tomonlama tazyiqlardan himoyalash asosiy ahamiyat ega.
Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining jinoyat kodeksining 236-moddasida:
“Ayolga tahdid va zo‘ravonlik bilan qilingan zo‘rlash – 3 yildan 10 yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 14 yoshga yetmagan qizga nisbatan
buzilgan axloqsiz xatti-harakatlar zo‘rlash deb hisoblanadi va nazarda tutilgan eng
qattiq jazo bilan jazolanadi. Agar ayolga nisbatan zo‘rlash yoki qizga nisbatan
axloqsiz xatti-harakatlar sodir etilsa, jazo 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan
mahrum etish, muddatsiz ozodlikdan mahrum etish yoki o‘lim jazosi bilan
belgilanadi:
1) ayolni zo‘rlash yoki qizga nisbatan zo‘ravonlik bilan qilingan zo‘ravonlik
harakati;
2) ayollarga nisbatan takroriy zo‘rlash yoki qizlarga nisbatan buzuq
harakatlar;
3) jamoat joyida ayolni ommaviy zo‘rlash;
4) 2 yoki undan ko‘p sonli guruh tomonidan ayolning jinsiy zo‘rlashi;
5) jabrlanuvchiga jiddiy shikast etkazish, o‘limga yoki boshqa jiddiy
oqibatlarga olib keladigan tajovuz – 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum
etish, muddatsiz ozodlikdan mahrum etish yoki o‘lim jazosi bilan belgilanadi.”, va
shuningdek 237-moddasida, “Ayolni o‘z qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar
qilishga majbur qilish va unga zo‘ravonlik, tahdid yoki boshqa yo‘llar bilan haqorat
qilish usullar – 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki qisqa muddatli hibsga olish
bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ommaviy yoki jamoat joylarida
sodir etilgan jinoyat 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
260
jazolanadi. Bolani haqorat qilish ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida
nazarda tutilgan eng og'ir jazo bilan jazolanadi”[5] deya belgilangan bo‘lib, ko‘rib
turganimizdek xotin-qizlarga nisbatan qilingan huquqbuzarlik harakatlariga har
ikkala davlatda ham eng og'ir jazo chorasi qo‘llanilgan. Bu, albatta tenglikni buzish
emas, balki gender tenglikni saqlash, ayollarni jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash,
huquqlari va shaxsiyati oyoqosti bo‘lishining oldini olishda qilingan sa’y-harakatlar
hisoblanadi. Bizning davlatimiz ham sekin asta shu darajaga ko‘tarilmoqda ekan,
bizning qonunchiligimizda ham ayollarga qilingan huquqbuarliklarga qarshi
javobgarlik choralarini kuchaytirish va buni amaliyotda sodir etilgan jinoyatlar
doirasida qo‘llash, albatta, o‘z samarasini beradi deb aytishimiz mumkin.
Reproduktiv salomatlikni saqlash bo‘yicha Sharqiy Yevropa institutining
(ShERSI), Ruminiya (Bosh koordinator: Ionela Xorga) mutaxassislari tomo- nidan
ishlab chiqilgan materiallarga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining milliy
kontekstiga moslashtirilgan «Gender zo‘ravonlik bo‘yicha ichki ishlar organlari
tomonidan huquqni muhofaza qilish xizmatlarini taqdim etishning standart
operatsion ish tartiblari” qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni
ta’minlash masalalari bo‘yicha Komissiyasining 2020 yil, 16 iyul 4-sonli bayoni
(17–18-bandlar) bilan amaliyotga tadbiq qilish uchun tasdiqlangan. Ushbu
qo‘llanmada huquqni muhofaza qilish xizmatlarini taqdim etuvchi vositachi sifatida
ichki ishlar organlari ko‘pincha tizimning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lganligi sababli,
ularning jabrlanuvchi xotin-qizlarning murojaatlariga bo‘lgan javobi, jabrlanuvchi
xotin-qizlar bunday xizmatdan foydalanishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul
qilishlarini hisobga olgan holda, ko‘pincha keng qamrovli xizmatlarni taqdim
etishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ba’zi hollarda esa, ichki ishlar bo‘limlari
xotin-qizlarning bunday qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan vaziyatning oldini olishlari
mumkin.
2024 yilning aprel-oktabr oylari davomida YevroOsiyo fondining moliyaviy
ko‘magida, loyihaga ekpertlarni jalb qilgan holda “Xotin-qizlar huquqlari va SOT
(Standart Operatsion ish Tartiblari) qo‘llanmasi” loyihasi amalga oshirildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
261
Mazkur loyiha doirasida joriy yilning aprel-may oylari davomida loyihaga jalb
qilingan Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari ekspertlari tomonidan
hududlarning har biridan ellik nafardan jami 200 nafar zo‘ravonlikdan jabrlangan
xotin-qizlar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazildi hamda natijalari tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra “
Gender zo‘ravonlik jabrlanuvchilari murojaat
qilib, yordam olishda” IIB (
mahalla fuqarolar yig‘ini)
profilaktika inspektorlariga
murojaat etishni 50 %ni ayollar tashkil etgan.
Ma’lumki, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish, ularni qo'llab
quvvatlash, huquqiy, ma'naviy yordam berish jamiyatda o‘z o‘rnini topishga
ko'maklashish har bir insonning oldida turgan ustuvor vazifadir. Hozirda,
zo‘ravonlikka uchragan ayollar bilan suhbatlar olib borish va amaliy yordam
ko‘rsatish bo‘yicha tartiblar, tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Qonun hujjatlari va tezkor
protokollar mavjudligiga qaramay, amalda gender steriotiplari ta’sirida zo‘ravonlikka
uchragan ayollarning huquqlariga e'tiborsizlik va hattoki sud jarayonlarida qonunga
amal qilinmay, gender sterotiplari ta'sirida xotin - qizlarni huquqlari poymol
qilinayotgan holatlar uchramoqda. Oqibatida tazyiq va zo’rovonlikka uchragan xotin-
qizlar o’rtasida ikkilamchi qurbonlikning ortishi va ularning ahvolini yanada
yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu masalalar doirasida turli chora-tadbirlar hamda huquqiy ta’sir etish
usullari ishlab chiqilmoqda. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, “Himoya orderi” aynan,
huquqi poymol bo‘layotgan, oilasi yoki yon atrofdagilarning tazyiqiga uchrayotgan,
jismonan va ma’nan himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun berilib, bu order xotin-
qizlarni huquqbuzarliklardan himoya qilish, ularning erkinlikarini, qonuniy
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda katta qadam bo‘ldi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.[6] Bugungi kunda hattoki ushbu masala, ya’ni xotin-qizlarning
jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash umumjahon siyosatining asosiy tarmoqlaridan
biriga aylangani ham sir emas. Xususan, Gender tengligini ta’minlash Barqaror
taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biri bo‘lib, 2015-yil 25-sentabr kuni
barcha mamlakatlarning yetakchilari 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan
barqaror taraqqiyot dasturini qabul qilib, talablardan aniq harakatlarga o‘tish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
262
maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining NyuYorkdagi bosh qarorgohida
yig‘ilish o‘tkazilganida ham bu masalaga alohida yondashgan.[7] Guvohi
bo‘lganimizdek, butun dunyo hamjamiyatida bu masala dolzarb ekanligi bilan ajralib
turadi. Barqaror siyosatni ta’minlash borasida jamiyatning alohida himoyasiga hamda
qo‘llab-quvvatlanishiga muhtoj qatlam, ya’ni xotin-qizlar masalasi ayni shuning
uchun umumjahon siyosati va sarmoyalar yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturda
alohida vazifa etib belgilangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston UNDP sayti// Gender tenglikni ta’minlab, barcha ayol va qizlarning
huquq
va
imkoniyatlarini
kengaytirish
https://www.undp.org/uz/content/uzbekistan/uz/home/post-2015
2. Tursunov A.S., Fazilov I.Yu., Xoʼjaqulov S.B. Huquqbuzarliklar profilaktikasi:
Darslik (Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining Ijtimoiygumanitar fanlar-4
taʼlim yoʼnalishi uchun) / Masʼul muharrir B.A. Matlyubov. – T.: Oʼzbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2018. – 361 b.
3. Жалилов, Н. 2022. Ҳуқуқбузарликларнинг якка тартибдаги профилактикаси
институтининг назарий асослари. Жамият ва инновациялар . 3, 4/S (May 2022),
397–403. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp397-403
4. "Ugolovnыy kodeks Rossiyskoy Federatsii" ot 13.06.1996 N 63-FZ (red. ot
01.07.2021) (s izm. i dop., vstup. v silu s 22.08.2021)
5. Уголовный кодекс Китайской Народной Республики // 2016/01/11.
6. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya
qilish to‘g‘risida” gi O‘RQ-561-son Qonuni .
7. Tashqi ishlar vazirligining "Xalqaro munosabatlar" jurnali №4 (62) (2015).
8. Жалилов, Н. 2022. Профилактика инспектори маъмурий иш юритиш
фаолиятининг ўзига хос хусусиятлари. Жамият ва инновациялар. 2, 12/S (Feb.
2022), 348–352. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2- iss12/S-pp348-352.
9. Karaketova, D. Y. (2022, May). SOME ISSUES OF PREVENTION OF
VIOLENCE AGAINST WOMEN. In International journal of conference series on
education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 4).