MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
305
TOPONIMIKANI NAZARIY VA AMALIY JIHATLARDA O‘RGANISH:
RIVOJLANISHI VA ILMIY TADQIQOTLAR
Ishanjanova M
Andijon davlat chet tillari instituti dotsenti
Abdullayeva Mumtozabegim
Andijon davlat chet tillari instituti talabasi
Anotatsiya:
Toponimikani nazariy va amaliy jihatlarda o‘rganish geografik
nomlarning tarixiy, lingvistik va madaniy kontekstda tahlil qilinishini anglatadi.
Toponimikaning nazariy asoslari, semantik bo‘linishi, shuningdek, amaliy
toponimikaning xaritalar va nomlashdagi o‘rni muhim tadqiqot mavzusidir. Ushbu
fan sohasining o‘rganilishi nafaqat tilshunoslik, balki geografiya va tarix fanlari
bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Kalit so‘zlar:
toponimika, nazariy asoslar, amaliy toponimika, geografik
nomlar, ilmiy tadqiqotlar, semantik bo‘linish, tarixiy rivojlanish
Jahon tilshunosligida H.A. Smit, A.L. Dauzat, G.J. Kopley, G.V. Lemon kabi
olimlarning ilmiy tadqiqotlari toponimikaning fan sifatida rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega. H.A. Smitning tadqiqotida toponimlarning nazariy asoslari ko‘rib
chiqilgan bo‘lsa, A.L. Dauzat fransuz toponimlarining ma'no guruhlarini tahlil qilgan.
G.J. Kopley joylarning umumiy va mashhur nomlari bilan bog‘liq masalalarni
o‘rgangan, G.V. Lemon esa ingliz tilidagi toponimlarning etimologiyasiga oid
fikrlarini bayon etgan.
D.E. Rozental va M.A. Telenko toponimikani "leksikologiyaning geografik
nomlarni o‘rganuvchi bo‘limi hamda ma'lum bir hududning geografik nomlari
jamlanmasi" deb ko‘rsatganlar.
O‘zbekiston va O‘rta Osiyo toponimikasining o‘rganilishi H. Hasanovning
ilmiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Tilshunos va geograf olimi S. Qorayev
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
306
toponimika sohasining yetuk mutaxassislaridan biri hisoblanadi. U toponimika haqida
"toponimika – joy nomlarini o‘rganadigan fan, toponimiya esa geografik nomlar
yig‘indisi
1
" deya ta'kidlagan. O‘zbek onomastikasi masalalarida muhim tadqiqotlarni
amalga oshirgan E. Begmatov va N. Uluqovlarning lug‘atida toponim va unga
aloqador atamalar keng ko‘lamda tushuntirilgan. Olimlar lug‘atda toponimga
quyidagi ta'rifni bergan: "Yer yuzasining quruqlik qismida joylashgan tabiiy-
geografik va sun'iy (inson tomonidan yaratilgan) obyektlarning nomlari: oykonim,
oronim, spéléonim, xoronim, urbanonim, drimonim, nekronim va boshqalar
2
"
toponimlarni hosil qiladi.
Geografik obyektlarning atamashunoslikdagi umumiy nomi toponim bo‘lib,
bu atama asosida toponimiya va toponimika kabi tushunchalar vujudga keladi. Ushbu
tushunchalar tegishli hududlarda yashovchi millat va xalqlarning o‘tmishi, tarixiy
rivojlanishi hamda etnik xususiyatlarini aks ettirib bir-birini to‘ldiradi.
Toponimlar turli sohalar va fanlar tadqiqotchilarining e'tiborini tortadi. Ayrim
tillarning tarixiy va genealogik jihatlari bilan shug‘ullanadigan, shuningdek, umuman
til taksonomiyasini o‘rganadigan tilshunoslar geografik nomlarga qiziqish
bildiradilar, chunki ba'zi toponimlar qadimgi tillarning elementlarini o‘z ichiga olishi
mumkin. Bu olimlar uchun yangi nazariyalarni ishlab chiqish va mavjud farazlarni
sinab ko‘rish imkoniyatini ochadi. Xuddi shunday, tarixchilar toponimik
tadqiqotlardan xalqlarning qadimgi migratsiyasi izlarini aniqlash va o‘tmishdagi
madaniy almashinuv xususiyatlarini o‘rganish uchun foydalanadilar. Bundan
tashqari, toponimlar aholi punktlari tarixi, hududlarning rivojlanishi, ibtidoiy
aholining iqtisodiy faoliyati, siyosiy voqealar, folklor va ijtimoiy-maishiy sharoitlar
to‘g‘risidagi ma'lumotlarni saqlashi mumkin. Bu holda adabiy manbalarda ilgari tilga
olinmagan odamlarning so‘zlari va ismlarini (antroponimlar) o‘z ichiga olgan
lingvistik ma'lumotlarni olish mumkin.
Topograflar va kartograflar toponimikaga amaliy nuqtai nazardan qiziqishadi,
chunki ularning asosiy vazifasi xaritada ko‘rsatish uchun ob'ektlarning to‘g‘ri
1
Qorayev S. Toponimika: o‘quv qo‘llanma/ S. Qorayev. — T.: «O‘zbekiston faylasufbri milliy jamiyati nashriyoti»,
2006. — 320 b.
2
Begmatov E.A., Uluqov N.M. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati. Namangan, 2006. – 103 b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
307
nomlarini aniq aniqlash va tuzatishdir. Ushbu mutaxassislar geografik nomlarni keng
ma'noda o‘rganish bilan shug‘ullanmaydilar, balki xaritalash amaliyotida nima to‘g‘ri
yoki noto‘g‘ri deb hisoblanishini belgilaydigan qoidalar va standartlarni ishlab
chiqishga e'tibor berishadi. Ular xorijiy joy nomlarining amaliy transkripsiyasini o‘z
ichiga olgan amaliy toponimikada ishtirok etadilar. Amaliy toponimikaning asosiy
vazifalaridan biri toponimlarning yozilishi va talaffuzini normallashtirish, ularni
birlashtirish va standartlashtirishdir. Amaliy toponimikaning o‘ziga xos jihatlari
chuqur lingvistik bilimlarni talab qilmasa ham, o‘rganilayotgan mintaqa doirasidagi
joy nomlarining lingvistik va tarixiy kontekstini asosiy tushunishga ega bo‘lish kerak.
A.P. Neroznak geografik nomlar (toponimlar), ularning ma'nosi, kelib
chiqishi, tuzilishi va vaqt o‘tishi bilan ularning ishlashi, tarqalishi va o‘zgarishini
o‘rganadi
3
. Olimning tadqiqida toponimika geografiya, tarix yoki tilshunoslikning bir
qismi ekanligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eslatib o‘tilmasa ham, kontekstdan kelib chiqadiki,
u aynan lingvistik sohani nazarda tutadi.
A.I. Popov o‘zining "geografik nomlar (toponimikaga kirish)" asarida
toponimika tilshunoslikning bir qismi ekanligini va har bir tilda o‘ziga xos tamoyillar
va qiziqishlarga ega bo‘lgan alohida bo‘lim ekanligini ta'kidlaydi. Bu, birinchi
navbatda, tilshunoslik fani sifatida tan olinishi mumkin, deya e’tirof etadi
4
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Qorayev S. Toponimika: o‘quv qo‘llanma/ S. Qorayev. — T.: «O‘zbekiston
faylasufbri milliy jamiyati nashriyoti», 2006. — 320 b.
2.Begmatov E.A., Uluqov N.M. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati.
Namangan, 2006. – 103 b.
3.Нерознак А.П. Топонимика / А.П. Нерознак // Лингв. энцикл. слов / гл. ред.
В.Н. Ярцева [Текст] / А.П. Нерознак. – М., 1990. – С. 515–516.
4.Попов А.И. Географические названия (введение в топонимику) [Текст] /А.И.
Попов. – М.; Л.: Наука, 1965. – С. 182.
3
Нерознак А.П. Топонимика / А.П. Нерознак // Лингв. энцикл. слов / гл. ред. В.Н. Ярцева [Текст] / А.П.
Нерознак. – М., 1990. – С. 515–516.
4
Попов А.И. Географические названия (введение в топонимику) [Текст] /А.И. Попов. – М.; Л.: Наука, 1965. – С.
182.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
308
5.
Munosibkhan, I., & Mumtoza, A. (2023). Formation Of Intercultural
Communication Competence In Preschool Children.
Journal Of Language And
Linguistics
,
6
(4), 167-170.
6.Ишанжанова, М., & Қўчқарова, О. Макон Ифодаловчи Дейктик
Бирликларнинг Морфологик Тадқиқи.
Ўзбекистон Республикаси Олий Ва Ўрта
Махсус Таълим Вазирлиги Заҳириддин Муҳаммад Бобур Номидаги Андижон
Давлат Университети
,
270
.
7. Ишанжанова, М. С. (2021). Макон” ни ифодаловчи дейктик бирликларнинг
чоғиштирма тадқиқи (француз ва ўзбек тилларидаги матнлар таҳлили
мисолида) Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий
даражасини олиш учун ёзилган диссерт.
8. ИШАНЖАНОВА, М. ШАХС ДЕЙКСИСИНИНГ НУТҚИЙ МУЛОҚОТДА
ИФОДАЛАНИШ ХУСУСИЯТЛАРИ.
ILMIY ХABARNOMA. НАУЧНЫЙ
ВЕСТНИК Учредители: Андижанский государственный университет им. ЗМ
Бабура,(1)
, 92-95.