Authors

  • Umarova Mehrinisa Mutolib qizi

Author Biography

  • Umarova Mehrinisa Mutolib qizi

    University of Management and Future Technologies universiteti, 551 PPO‘-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94574

Keywords:

ijtimoiy pedagogika o’smirlar meyordan chekish pedagogik metodlar guruhli ish individuallashgan ish psixologik yordam reabilitatsiya o’smirlarning salbiy xatti-harakatlari

Abstract

Maqola ijtimoiy pedagogikada meyordan chekingan o’smirlar bilan olib boriladigan ish shakllari, metodlari va vositalariga bag’ishlangan. Ushbu tadqiqotda o’smirlarning ijtimoiy normalardan chetga chiqishining sabablariga tahlil qilinadi va ularni ijtimoiylashtirish jarayonida qo’llaniladigan turli pedagogik yondashuvlar, metod va vositalar muhokama qilinadi. Maxsus pedagogik yondashuvlar, guruhli va individuallashgan ish shakllari orqali o’smirlarning salbiy xatti-harakatlarini o’zgartirish, ijtimoiy muhitga moslashishi va shaxsiy rivojlanishi ko’rib chiqiladi. Tadqiqotda shu bilan birga, psixologik testlar, rolli o’yinlar, maslahatlar va reabilitatsiya metodlari kabi samarali vositalar haqida ma'lumotlar berilgan. Maqola pedagoglar, psixologlar va ijtimoiy ishchilar uchun amaliy tavsiyalarni o’z ichiga oladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

98

IJTIMOIY PEDAGOGIKADA MEYORDAN CHEKINGAN

O’SMIRLAR BILAN OLIB BORILADIGAN ISH SHAKLLARI,

METODLARI VA VOSITALARI

Umarova Mehrinisa Mutolib qizi - University of Management and Future

Technologies universiteti, 551 PPO‘-guruh talabasi

Annotatsiya: Maqola ijtimoiy pedagogikada meyordan chekingan o’smirlar

bilan olib boriladigan ish shakllari, metodlari va vositalariga bag’ishlangan. Ushbu

tadqiqotda o’smirlarning ijtimoiy normalardan chetga chiqishining sabablariga

tahlil qilinadi va ularni ijtimoiylashtirish jarayonida qo’llaniladigan turli pedagogik

yondashuvlar, metod va vositalar muhokama qilinadi. Maxsus pedagogik

yondashuvlar, guruhli va individuallashgan ish shakllari orqali o’smirlarning salbiy

xatti-harakatlarini o’zgartirish, ijtimoiy muhitga moslashishi va shaxsiy rivojlanishi

ko’rib chiqiladi. Tadqiqotda shu bilan birga, psixologik testlar, rolli o’yinlar,

maslahatlar va reabilitatsiya metodlari kabi samarali vositalar haqida ma'lumotlar

berilgan. Maqola pedagoglar, psixologlar va ijtimoiy ishchilar uchun amaliy

tavsiyalarni o’z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar: ijtimoiy pedagogika, o’smirlar, meyordan chekish, pedagogik

metodlar, guruhli ish, individuallashgan ish, psixologik yordam, reabilitatsiya,

o’smirlarning salbiy xatti-harakatlari

Kirish

O’smirlar davri — bu insonning hayotidagi eng muhim va murakkab

bosqichlardan biridir. Ushbu davrda o’smirlar psixologik, emosional va ijtimoiy

rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’yadilar. O’smirlarning o’zligini anglash

va jamiyatga moslashish jarayoni ko’plab ichki va tashqi omillarga ta’sir ko’rsatadi.

Afsuski, ba’zi o’smirlar o’zlarining shaxsiy, oilaviy yoki ijtimoiy sharoitlari tufayli

ijtimoiy normalardan chetga chiqishlari mumkin. Bu holat, o’z navbatida, ijtimoiy

pedagogika va psixologiyaning dolzarb sohalaridan biriga aylanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

99

Meyordan chekingan o’smirlar bilan olib boriladigan pedagogik ishlar

ularning ijtimoiylashtirilishini yaxshilash, me’yorga mos xatti-harakatlar va

munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan. Shu sababli, ijtimoiy pedagogika sohasida

meyordan chekingan o’smirlar bilan ishlashning samarali metodlari va vositalari

muhim ahamiyatga ega. Maqolada o’smirlar bilan olib boriladigan ish shakllari,

metodlari, va ularning o’zgaruvchan ijtimoiy holatlariga moslashishi uchun

qo’llaniladigan vositalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — meyordan

chekingan o’smirlar bilan ishlashda qo’llaniladigan usullarni va metodlarni tizimli

ravishda ko’rib chiqish, hamda ijtimoiy pedagogikada samarali yondashuvlarni

aniqlashdir.

O'smirlar bilan ishlashda qo'llaniladigan shakllar

O’smirlar bilan ishlashda qo’llaniladigan shakllar, asosan, o’smirlarning

psixologik va ijtimoiy holatiga qarab farqlanadi. Ularning ijtimoiy normalardan

chetga chiqish sabablari turlicha bo’lishi mumkin: oilaviy muammolar, shaxsiy

qiyinchiliklar yoki jamiyatdagi o’zgarishlar. Shuning uchun, o’smirlar bilan samarali

ishlashda, ular bilan aloqaning shakli va usuli muhim ahamiyatga ega.

Individuellar ish shakli o’smir bilan bir-to-bir ishlashni anglatadi. Bu shaklda

o’smirning ichki dunyosi, uning muammolari va xavotirlari chuqurroq o’rganiladi.

Individuellar ishda pedagog yoki psixolog o’smirni shaxs sifatida tushunishga harakat

qiladi va uning his-tuyg’ulari bilan muvofiq tarzda ishlashga intiladi. Bu usulda

o’smir o’zining xatti-harakatlarini tahlil qilishi, salbiy holatlardan chiqish uchun

yangi yondashuvlar ishlab chiqilishi kerak.

Individuellar ish shakli orqali o’smirga o’zining xatolarini tushuntirish va

ularni tuzatish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, o’smirning o’ziga bo’lgan

ishonchini oshirish, o’z salohiyatini anglash va yangi maqsadlar belgilashga yordam

beradi. Bu shakl orqali o’smirning o’z muammolariga javob topishiga va

o’zgarishlarga tayyor bo’lishiga ko’maklashiladi.

Guruhli ish shakli o’smirlarni kichik guruhlarda ishlashga yo’naltirilgan

metoddir. Bu shaklda bir nechta o’smirlar birgalikda faoliyat olib boradilar, o’zaro

tajriba almashishadi, o’zlarining fikrlarini va hissiyotlarini ifodalashadi. Guruhli ish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

100

shaklida asosiy maqsad — o’smirlar o’rtasida ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, o’zaro

hurmat va qo’llab-quvvatlash muhitini yaratishdir. Bu shakl ijtimoiy integratsiya,

jamoaviy ish, muammolarni birgalikda hal qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Guruhli ish shaklidan foydalanish, o’smirlarni boshqa shaxslar bilan muomala

qilishga o’rgatadi, ularni o’z fikrlarini ochiq va ishonch bilan ifodalashga undaydi.

Bu orqali o’smirlarning hamkorlik qilish, qarorlar qabul qilish va muammolarni

konstruktiv tarzda hal qilish kabi ijtimoiy ko’nikmalari rivojlanadi. Guruhli ish shakli

ko’pincha rolli o’yinlar, vaziyatli muhokamalar va guruh seminarlarini o’z ichiga

oladi.

Seminarlar va treninglar shakli o’smirlarni ma’lum bir mavzu bo’yicha

o’rganishga, yangi bilim va ko’nikmalarni egallashga yo’naltirilgan. Bu shaklda

pedagoglar yoki psixologlar o’smirlar bilan o’zaro muloqot orqali ijtimoiy va axloqiy

qadriyatlar, me’yorlar va o’z-o’zini boshqarish haqidagi ma’lumotlarni ularga

etkazadilar. O’smirlar uchun maxsus treninglar tashkil etish, ularga turli vaziyatlarda

qanday muomala qilishni o’rgatadi va salbiy xulq-atvorlarni oldini olishga yordam

beradi. Seminarlar va treninglar orqali o’smirlar o’zlarining muammolarini ochib

berishlari va o’zlarini yaxshi tushunishlari mumkin. Bu usul, shuningdek,

o’smirlarning o’zaro aloqalarini rivojlantirish, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish va

stressni boshqarish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

O’smirlar bilan ishlashda qo’llaniladigan metodlar

O’smirlar

bilan

ishlashda

qo’llaniladigan

metodlar

pedagogik

yondashuvlarning turli usullari va vositalarini o’z ichiga oladi. O’smirlar o’zlarining

psixologik, emosional va ijtimoiy rivojlanish bosqichlarida bo’lib, ularning xatti-

harakatlari va munosabatlarini o’zgartirish uchun turli metodlarni qo’llash zarur.

O’smirlarning ichki dunyosini tushunish, ularning ijtimoiy muhitga moslashishini

yaxshilash va salbiy xatti-harakatlarni kamaytirish uchun samarali pedagogik

metodlar zarur.

Dialogik metod — bu o’smir bilan samarali muloqot o’rnatish orqali amalga

oshiriladigan pedagogik yondashuvdir. Ushbu metodda pedagog yoki psixolog

o’smirning fikrlarini tinglash va tushunishga harakat qiladi, uning his-tuyg’ularini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

101

ochib berishga yordam beradi. Suhbat jarayonida o’smirga o’z fikrlarini erkin

ifodalash imkoniyati yaratilib, uning o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga qaratilgan

yondashuvlar qo’llaniladi. Dialogik metod orqali o’smir o’z muammolarini anglab

etadi va ularni hal etish yo’llarini topishga yordam beriladi. O’smir bilan muloqot

qilishda ehtiyotkorlik bilan yondashish, uning hissiyotlarini va fikrlarini hurmat qilish

muhimdir. Bu metod o’smirga o’zini tushunishga va boshqalar bilan o’zaro aloqalarni

yaxshilashga imkon yaratadi.

1

Reabilitatsiya metodlari o’smirning salbiy xatti-harakatlarini tuzatish va uni

ijtimoiy me’yorlarga moslashtirishga qaratilgan. Bu metodda o’smirning o’z

xatolarini tushunishi va ularni tuzatish yo’llari o’rganiladi. Reabilitatsiya metodlari

psixologik yordamni, individual maslahatlarni va ijtimoiy faoliyatni o’z ichiga oladi.

O’smirlar uchun maxsus reabilitatsiya dasturlari, ular bilan ishlashda samarali

metodlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Ushbu metodda asosiy e’tibor o’smirning

ichki qiyinchiliklarini tushunish va ular bilan ishlashga qaratilgan. Pedagoglar va

psixologlar, o’smirning o’zgarishlarga tayyorligini oshirish va ijtimoiy muhitga qayta

moslashish jarayonini yaxshilash uchun individual yondashuvni qo’llaydilar.

Maslahat berish metodida o’smirga o’ziga xos muammolarni hal qilishda

yordam berish maqsadida o’qituvchi yoki psixolog tomonidan maslahatlar beriladi.

Bu metodda pedagog yoki psixolog o’smirga turli hayotiy vaziyatlarni tahlil qilishda

yordam beradi, uning fikrlarini tushunib, eng to’g’ri va samarali yo’lni tanlashga

yo’naltiradi. O’qituvchilik yondashuvi, o’smirning axloqiy, ijtimoiy va hissiy

rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga yordam beradi. Maslahat berish metodida o’smir

bilan ochiq suhbatlar o’tkazish, uning fikrini tinglash va unga yangi ko’nikmalarni

o’rgatish orqali uning o’zini o’zgartirishga yordam berish mumkin. O’smir o’z

muammolarini samarali hal qilish uchun kerakli resurslarni topadi va uning ijtimoiy

o’zgarishlarga bo’lgan tayyorligi oshadi.

O’qitish va tarbiya metodi o’smirning intellektual va axloqiy rivojlanishiga

qaratilgan. Ushbu metodda o’smirni bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga undash,

uni ijtimoiy mas’uliyatni tushunishga va hayotda muvaffaqiyatli bo’lishga tayyorlash

1

Pedagogik psixologiya" – N. S. Shapovalenko;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

102

maqsad qilinadi. Tarbiya metodida o’smirga jamiyatning axloqiy normalari,

qadriyatlari va me’yorlari haqida tushuncha beriladi. O’qitish jarayonida o’smir

o’zining fikrlarini ifodalashga, o’z harakatlarini mantiqan tahlil qilishga va ijtimoiy

qonun-qoidalarni hurmat qilishga o’rganadi. Pedagogik jarayonda o’smirning

intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy muhitga moslashishi va axloqiy

qarorlar qabul qilishga yordam berish muhimdir.

2

Xulosa

Maqolada ijtimoiy pedagogikada meyordan chekingan o’smirlar bilan olib

boriladigan ish shakllari, metodlari va vositalari tahlil qilindi. O’smirlar davri — bu

insonning hayotidagi eng murakkab va o'zgaruvchan bosqich bo'lib, ular psixologik,

ijtimoiy va axloqiy jihatdan rivojlanish jarayonida turli qiyinchiliklarga duch

keladilar. Ba'zi o’smirlar o’zlarini jamiyatning ijtimoiy normalaridan chetda his

qilishlari, xatti-harakatlarida meyorni buzishlari mumkin. Shu sababli, ularni to’g’ri

yo’naltirish va ijtimoiylashtirish juda muhim.

Pedagogik jarayonlarda meyordan chekingan o’smirlar bilan ishlashda

qo’llaniladigan shakl va metodlar muhim rol o’ynaydi. Individuellar va guruhli ish

shakllari, maslahatlar, treninglar va reabilitatsiya metodlari o’smirlarni o’zlariga

bo’lgan ishonchni tiklashga, ijtimoiy mas’uliyatni tushunishga, axloqiy va psixologik

o’zgarishlarga tayyorlashga yordam beradi. Shuningdek, dialogik metod, o’qitish va

tarbiya metodlari, tajriba va o’rganish yondashuvlari o’smirlar bilan ishlashda

samarali natijalar berishi mumkin.

O’smirlar bilan ishlashda usullarning xilma-xilligi va har bir shaxsga

moslashgan yondashuv zarurligi ta’kidlandi. Har bir o’smirning xususiyatlari,

muammolari va rivojlanish darajasi individual ravishda baholanib, shunga mos

keladigan metodlar tanlanishi kerak. O’smirlarning jamiyatga muvaffaqiyatli

moslashishi va ijtimoiy me’yorlarga rioya qilishi uchun pedagoglar va

psixologlarning doimiy va ehtiyotkor yondashuvi, shuningdek, ular bilan ishlashda

ko’rsatilgan metodlar samarali natijalar berishi mumkin.

2

O’smirlar bilan reabilitatsiya ishlari"

– V. P. Durnev;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

103

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy

fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION

SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.

2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik

sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и

решение, 1(1), 64–67.

3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН

ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

4. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of

Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.

5. Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.

Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.

6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of

the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.

7. Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan

foydalanish yo’llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).

91-94.

8. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma

asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.