MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
14
ILMLI QIZLARNING JAMIYATDAGI O’RNI
Tolibjonova Dildoraxon Xayrulla qizi
Jadal rivojlanib borayotgan davrda jamiki yoshlar ilm olishga,oliy
ma’lumotli bo’lib,ona yurtimizga xizmat qiladigan kadr bo’lib yetishishga astoydil
harakat qilmoqdalar.Shu sabab ham ilm olishda o’g’il-u qiz teng huquqli.Qo’shimcha
qilsam,1428-yilda barpo qilingan Buxoro madrasasining peshtoqiga:”Ilm olish har bir
musulmon erkak-u ayoli uchun farzdir”,-deb yozib qo’yilgan.Shuning uchun ham
hozirda ko’plab qizlar o’zlarini ilm-fan sohasida sinab,O’zbekiston nomini jahon
minbarlarida
yana-da
baralla
yangrashiga
o’z
hissalarini
qo’shib
kelishmoqda.Qolaversa,yurtimizda ham ayni qizlarning ilm olishi va munosib
taqdirlash uchun imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda.Mana shulardan biri
“Zulfiya”nomidagi
davlat
mukofoti
1999-yildan
buyon
o’z
ilmi,odobi,muvaffaqiyatlari,iste’dodi bilan boshqalarga ham o’rnak bo’la oluvchi
qizlarga berib kelinmoqda.Ayni damda esa ko’plab qizlarning o’z ustida
ishlashiga,yurtboshimizning o’z qo’llaridan shu mukofotni olish uchun harakat
qilishlariga sabab bo’lmoqda.Hozirga kelib yurtimizda mana shunday
“Zulfiya”mukofoti sovrindorlari soni talaygina.Shulardan biri 2019-yili oltinchi bor
urunishda mukofotni qo’lga kiritgan Dilafruz Ismatovadir.U Toshkent davlat yuridik
universitetining bakalavr va magistraturasi bitiruvchisi va hozirda turmush o’rtog’i
bilan Amerikadagi Penn state Law universitetining magistraturasiga grand asosida
qabul qilinganliklari bois Amerikada ikki o’g’li bilan istiqomat qilishmoqda.Bu
,albatta,juda ko’p qizlar uchun o’rnak bo’la oladi.
“Ayol-qizi
o’qimishli yurtning kelajagi porloq bo’ladi”,-deydi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich.Chunki farzand tarbiyasiga
ko’proq ona mas’ul.Agar ona ilmli bo’lsa,farzand ham shunday bo’lishi fanda o’z
isbotini topgan.So’zimning yaqqol isboti,uzoqqa bormaylik,mana misol uchun
dunyoga mashhur,o’z ilmi va qilgan ishlari bilan dunyoni tarannum etgan barcha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
15
bobokalonlarimizning onalari o’qimishli,olima ayollar bo’lgan.Shuning uchun ham
biz –ayollar doimo ilm talabida bo’lishimiz darkor.
Yuqorida aytib o’tilganidek qizlar uchun juda ko’p imkoniyatlar eshigi
keng ochib berilmoqda.Ulardan biri xotin-qizlar uchun magistratura bosqichining
bepul targ’ib qilinganidir,bundan juda ko’plar minnatdor.Shu sharoitlardan qizlar har
jabhada unumli foydalanishmoqda.Qaysi sohani qaramang,barida yetakchi ayol-
qizlarni ko’rish mumkin.Hattoki,davlat oliy tashkilotlarida ham rahbar sifatida ish
olib borishmoqda.Misol uchun :Saida Mirziyoyeva –Prezident Administratsiyasi
Ijroiya apparatining sector mudiri;Tanzila Norboyeva-Oliy Majlis Senati raisi;Hilola
Umarova-maktabgacha va maktab ta’lim vaziri;Elmira Bositxonova-Sog’liqni
saqlash vaziri o’rinbosari;Svetlana Ortiqova-Bosh prokuror o’rinbosari;Zulayho
Mahkamova-Bosh vazir o’rinbosari.Bu ro’yhatni uzoq davom ettirish mumkin.Ayni
mana shularni yozar ekanman,qalbimda faxr tuyg’usi alanga oldi va niyat qildimki,bir
kun,albatta,men ham mana shular safida bo’laman va tinimsiz harakat
qilaman.Yurtimga sodiq,uning rivoji uchun hissa qo’sha oladigan ilmlin qizlar
qatorida bo’laman.
Ertangi kun umidlarining va yurtimizning kelajagi ayollar qo’lida
ekan,ulardan ilmli bo’lishlari,doimo izlanishlari talab etiladi.Zero,jamiyat ayollari
o’qimishli ekan,bu yurt yuksalaveradi,gullab-yashnaydi!