MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
219
O‘ZBEK ADABIYOTIDA ALEKSANDR FAYNBERG IJODINING
O‘RNI
O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti,
Ingliz filologiyasi fakulteti
Norboyeva Zuhraxon Alijon qizi
Annotatsiaya: Ushbu maqolada Aleksandr Faynbergning hayoti, ijodiy
faoliyati hamda madaniy merosi haqida ma’lumot beriladi. Unda shoirning o‘zbek
adabiyoti va madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, xususan, she’riy
to‘plamlari, tarjimonlik faoliyati va kino sohasidagi ishlari batafsil yoritilgan.
Kalit so’zlar: adabiyot, rusiyzabon shoir, she’r, she’riy to‘plam, tarjimon,
ssenarist, o‘zbek kinochiligi, madaniy aloqa, umumiy qadriyatlar, vatanparvarlik.
Adabiyot so‘z san’atidir. U inson qalbi va ruhidagi nozik tuyg‘ularni, ichki
his-tuyg‘ularni idrok etib, ularni so‘z orqali tasvirlashga intiladi. Eng yuqori
cho‘qqilarga erisha oladigan badiiy asarlar insoniyatni chuqur o‘yga toldiradigan,
hayajonga soladigan fikrlar, hissiyotlar va orzularni aks ettiradi. Dunyoda har bir
inson o‘ziga xos bo‘lganidek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir.
O‘zbek adabiyoti tarixi inson ruhiyatini mohirona aks ettirgan nodir durdonalarga
boydir. Bu asarlar bugungi avlodning qalbiga ta’sir qilib, ularni ma’naviy jihatdan
boyitishda muhim rol o‘ynaydi. Eng asosiysi, ular nafaqat bilimimizni oshiradi, balki
badiiy didimizni shakllantirib, dunyoqarashimizni kengaytirib ma’naviy o’sib, kamol
topishimizga xizmat qiladi. Adabiyot tarixida shunday buyuk ijodkorlar ham yashab
o‘tgan-ki, ular boshqa millat vakillari bo‘lishiga qaramay, o‘z ijodi orqali o‘zbek
xalqining dardu iztiroblarini, ruhiy olamini kuylashgan. Bunday ijodkorlar o‘zbek
adabiyotini dunyoga tanitishda va uni targ‘ib qilishda mislsiz fidoyilik ko‘rsatganlar.
Ana shunday ijodkorlardan biri adabiyot osmonida eng yorqin yulduzlardan biri
bo‘lgan, rusiyzabon ammo qalbi o‘zbek Aleksandr Faynbergdir. Aleksandr
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
220
Arkadyevich 1939-yil 2-noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
Ota-onasi
tugʻilishidan ikki yil avval
Novosibirskdan
koʻchib kelgan. Uning bolaligi Ikkinchi
Jahon urushining og’ir yillarida o‘tgan. Faynberg yetti yillik maktabni tugatib,
Toshkent topografiya texnikumiga o‘qishga kirgan. Ushbu teknikumni tamomlagach,
Tojikistonga harbiy xizmatni o‘tash uchun yo‘l oladi. Shuningdek, Faynberg 1965-
yil Toshkent universiteti filologiya fakultetining jurnalistika fakultetining sirtqi
bo‘limida tahsil olgan va talabalar gazetasida ishlagan. Arkadyevich O’zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi eng faol a’zolaridan biri bo‘lgan va ushbu uyushmada
maslahatchi bo‘lib ham bir necha yil ishlagan. Shoir Toshkentda O‘zbekiston yosh
yozuvchilari seminariga ham rahbarlik qilgan.
U o‘zbek she’riyatiga o‘tgan asrning
ikkinchi yarmida kirib, o‘zining she’rlari va to‘plamlari bilan keng tanildi. Uning
asarlari tezda mashhur bo‘lib, qo‘lma-qo‘l o‘qilib, matnlari asosida qo‘shiqlar
yaratilgan, shuningdek, asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Faynberg o‘n beshta
she’riy to’plamlar muallifi hisoblanadi. “Etyud”, “She’rlar”, “Olis ko‘priklar”,
“Qisqa to‘lqin”, “Soniya”, “Ijobat” va boshqa she’riy to‘plamlar shular
jumlasidandir. Uning betakror asarlari bir vaqtning o‘zida o’zbek “Sharq yulduzi”,
“Yangi dunyo”, “Yoshlik” kabi jurnallarda hamda Kanada, AQSh va Izroil kabi
xorijiy mamlakatlar matbuotlarida ham chop etilib kitobxonlar tomonidan katta
qiziqish bilan mutolaa qilingan.
Hayotimni bunchalar shoshirma ey, yo‘l!
Hali to‘yganim yo‘q maysa boliga.
Quyoshli kunlarga, tog‘lar qoriga,
Tashnaman, yashagim kelyapti ey, yo‘l.
Yana bir o‘tinchim sendan iltimos –
Yillarimni cho‘zib yuborma haddan.
Sarhisob paytida qolmayin gangib,
Darveshday yashamay yana boshqattan.
Quvonch-u qayg‘umdan ayro qilmagin,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
221
Bo‘sag‘ada qoldirma tilanchi yanglig‘.
Titragan qo‘llar-la qadahlar tutgan,
Chol kabi qaddi dol yillar beshamlig‘
Hech kimga kerakmas, also kerakmas,
O‘z umrim mano’li yashab o‘tsam bas!
Aleksandr Faynberg tarjima sohasida ham katta yutuqlarga erishib, ko‘plab
o‘zbek shoirlarining asarlarini rus kitobxonlariga tarjima qilib bergan. O‘zbek
she’riyatini mukammal o‘rganib olganidan so‘ng shoir Navoiy g‘azallari, Abdulla
Oripov she’rlari, Erkin Vohidov va Omon Matjon kabi boshqa o‘zbek shoirlarining
asarlarini rus tiliga tarjima qilib o‘zbek adabiyotini dunyo miqyosida tanitishga ulkan
hissa qo’shgan. Toshkentda chop etilgan “Oqqushlar galasi” nomli o‘zbek shoirlari
ijodidan qilingan tarjimalar jamlanmasi, Moskvada nashr qilingan Erkin Vohidovning
“Ruhlar isyoni” poemasi shoirning milliy tarjimonlik yo‘nalishida faoliyatining eng
yuksak cho‘qqisi hisoblanadi. Faynbergning badiiy merosining katta qismini esa
Rustam Musurmon rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Aleksandr Faynberg
oʻzbek kinochiligi rivojiga ham muhim hissa qoʻshgan va o‘zbek xalqining madaniy
merosini boyitishda alohida o‘ringa ega bo‘lgan shaxsdir. U nafaqat
adabiyotda,tarjimada balki kino sohasida ham oʻz ijodini namoyon etgan.
Faynbergning ssenariysi asosida "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida "Mening akam",
"Jazirama oftob tagida", "Qandahorda toblanganlar" kabi filmlar suratga olingan.
Shuningdek, "Tojikfilm" kinostudiyasida "Jinoyatchi va oqlovchilar" filmi ham uning
ssenariysi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, uning ssenariysi asosida yigirmaga
yaqin multfilmlar va to‘rtta to‘liq metrajli badiiy film ham yaratilgan. Barchamizga
tarixdan ma’lumki, 1979-yilda o‘zbek futboli iftixori sanalgan “Paxtakor” jamoasi
a’zolari samoda halokatga uchrashadi va 170 dan ziyod futbolchi, murabbiy va
sportchilar halok bo‘lishadi. Ushbu qora kunda osmonga sochilgan yulduzlar
xotirasining yigirma yilligi munosabati bilan 1999-yilda shoirning ssenariysi
bo‘yicha “Osmondagi stadion” nomli film suratga olingan va “Paxtakor” jamoasiga
atab yozgan qo‘shig’i yangragan. Afsuski, 2009-yilning oltin kuzida shoir bu dunyoni
tark etadi. Faynberg rus va o‘zbek adabiyoti hamda madaniy aloqalarni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
222
rivojlantirishdagi tahsinga sazovor, ezgu ishlari va samarali mehnati uchun o‘limidan
bir yil oldin 2008-yilda “Pushkin” medali bilan taqdirlangan. O’zbek xalq shoirining
o’zi tuzgan ikki jildlik asari ham vafotidan so’ng nashr etilgan. Bundan tashqari
shoirning vafotidan so’ng ijodini o’rganish hamda faoliyatini yanada yoritish
maqsadida G. Malixiana “A. A.
Faynberg lirikasidagi badiiy obrazlar va tematik
dominantlar tuzilishi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini Faynberg ijodini
o‘rganishga bag‘ishlagan. O‘zbekistonda shoirning xotirasini adabiylashtirish va
ijodini kengroq targ‘ib qilib o‘rganish, ilmiy izlanishlar olib boorish maqsadida
adiblar xiyoboniga Faynbergning haykali o’rnatildi hamda O’zbekiston Davlat jahon
tillari universitetida Faynberg nomidagi stipendiya ta’sis etildi.
Aleksandr Faynberg
o‘z asarlari bilan nafaqat milliy adabiyotning rivojiga hissa qo‘shdi, balki butun
dunyoda o‘zbek madaniyatini tanitishga xizmat qilgan buyuk shoir sifatida
qalbimizdan o’chmas iz qoldirdi. Uning ijodi yuksak badiiy did, insoniyatning
umumiy qadriyatlarini, mehr-muhabbatni, vatanparvarlikni va adolatni aks ettirgan.
Uning rango-rang asarlari hamisha yillar davomida barhayotdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Feruza, R. (2024). "Russian" Инновационные подходи в современной
науке”. Aleksandr Faynberg hayoti, ijodining bugungi kundagi ahamiyati, 1-2.
2.
Abbosbek, O. (2023) “Central Asian Journal of education and Iinnovation”.
O‘zbek
adabiyotida
Aleksandr
Faynberg
ijodining
o‘rganilishi,
120.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8010343
3.
O‘ralov, U. (2022). “Pedagog respublika ilmiy jurnali”. O‘zbek xalqining chin
do‘sti, tarjimon, shoir- Aleksandr Faynberg, 4, 745-746.
4.
Avazxon, X. Begoyim, X. (2021). “Ijod Nashr”. Ishq degani bir qarashda
tuyular oson, 27.
5.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg