Authors

  • Odilova Muslima Mo’minjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94601

Abstract

U  haqida qancha  gapirsak, go‘yo so‘zlar kamdek, jumlalar ozdek. Vatan tug‘ilib o‘sgan go‘sha, ota bobolarimiz xoki yotgan tuproq va biz ham vaqti kelib bag‘rimizni berishimiz kerak bo‘lgan zamindir


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

217

VATAN

Odilova Muslima Mo’minjon qizi

Vatan o‘zi nima?

U haqida qancha gapirsak, go‘yo so‘zlar kamdek, jumlalar ozdek. Vatan

tug‘ilib o‘sgan go‘sha, ota bobolarimiz xoki yotgan tuproq va biz ham vaqti kelib

bag‘rimizni berishimiz kerak bo‘lgan zamindir. Vatan biz o‘zimizga va ko‘zimizga

yaqin uyimiz, mahallamiz, o‘zimizning o‘ziga bek bo‘lgan---o‘zbek qora qosh, qora

ko‘z, mehmondo‘st, xalqimizdir.Ona yurtimizning har bir qarich yeri, maktabimiz,

uyimiz hovlisi, qishlog‘imizning ko‘chalari, shahrimizning qadimiy ziyoratgohlari-

yu, osmono‘par binolari ham Vatandir...Vatan ajdodlarimizdan avlodlarga ya'ni bizga

qoldirilgan eng muqaddas, aziz merosdir. Vatanimizni taraqqiyoti va farovonligi

uchun hissa qo‘shish bizning asosiy va muhim vazifamizdir. Ajdodlarimiz yurt

tinchligi va ozodligi uchun o‘z jonidan ham voz kechgan bir paytda bizga ishonib

topshirilgan - Ona zaminimiz yanada go‘zal, ozod, obod, rivojlanishi va taraqqiy

etishi uchun nega harakat qilmasligimiz kerak?!

Onasi bor insonni hech ko‘rganmisiz? U hayotning har qanday sinovlariga

bardosh bera oladi. Chunki u onasidan kuch oladi, mehr oladi. Vatan ham Ona

kabidir.Vatani bor inson ham har qanday qiyinchilikka chiday oladi, sinovlarga

bardosh bera oladi. Bekorga aytmaymiz:Ona Vatan deb!Ona Vatanimiz, duog‘oy

xalqimiz bor ekan, hali yurtimiz har jabhada rivojlanishi uchun, kasbimiz,

mehnatimiz orqali katta hissa qo‘shamiz!

Ayni kunlarda-uchinchi renessans yoshlari-jadal rivojlanib borayotgan davrda

ko‘plab sohalarda o‘z iste'dodi va iqtidorini ko‘rsatmoqda. Bunga sabablardan biri

Yangi O‘zbekiston birinchi navbatda yoshlarga, ularning ta'limiga e'tibor

qaratmoqda. Bulardan biri sifatida SAT imtihonidan maksimal bal - 1600 bal

to‘plagan buxorolik hamyurtimiz Parviz Tuxsanovdir. Joriy yilning 14-fevralida

Shavkat Mirziyoyev bilan yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezidentimiz

shaxsan Parvizni bu muvaffaqiyat bilan tabrikladi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

218

- Ota-onangga, murabbiylaringga rahmat. Qanday baxtli onasiz, farzandni

shunday voyaga yetkazganingiz uchun sizdan minnatdorman. Buxoroni Buxoroi

sharif deyishadi. Shariflikka munosib farzand katta qilibsiz.Men sizdan juda

minnatdorman.

Prezidentimizning shaxsan mana shunday tabriklashlari, ota-onalarga bunday

minnatdorchilik bildirishlari har bir yoshni yanada olg‘a intilishga, harakatdan

to‘xtamaslikka, ota-onamizga esa yurtga munosib farzand tarbiyalash uchun

motivatsiya bo‘ldi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimiz faqatgina

ta'limga emas, balki sportga ham katta e'tibor qaratdilar. Davlatimiz tomonidan

ommaviy sportni yanada yuksaltirish, professional sportni rivojlantirish va yangi

sport turlarini ommalashtirish maqsadida qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu qatorda Diyora Keldiyorova va Asila Mirzayorovani aytib o‘tmasak bo‘lmaydi.

Diyora Keldiyorova 2024-yil Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlarida oltin

medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston tarixida ilk bor dzyudo kurashi bo‘yicha Olimpiya

chempioniga aylandi. Asila Mirzayorova 2024-yil Parij Paraalimpiya o‘yinlarida

uzunlikka sakrash bo‘yicha 5.24 metr natija bilan, oltin medalni qo‘lga kiritib, yangi

Paraalimpiya rekordini o‘rnatdi. Diyora ijtimoiy himoya milliy agentligida gender

tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus

vakil etib tayinlandi. Asila Mirzayorova esa ijtimoiy himoya milliy agentligida

nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil

lavozimiga tayinlandi. Bu insonlar nafaqat sportga balki, ijtimoiy masalalarga ham

e'tibor qaratib, yurt ravnaqi yo‘lida katta hissa qo‘shyaptilar. Sportchilarimizning

bunday muvaffaqiyati muhtaram Prezidentimizning sportga bo‘lgan e'tiborining

mevasidir.Yurtboshimiz nafaqat ta'lim, sport, san'at balki, insoniyat, O‘zbekiston

rivojlanishi mumkin bo‘lgan har qanday sohaga yaxshigina e'tibor qaratyaptilar.

Prezidentimizning, xalqimizning bergan ishonchlarini oqlashga, shu

jumladan men bo‘lajak shifokor sifatida xalqimga, yurtimga sidqidildan xizmat

qilishga, uning tuprog‘ini muqaddas bilib, har qanday holatda ham uni asrashga va'da

beraman!