Authors

  • Maxmudova Xusniyabonu Jaloliddin qizi

Author Biography

  • Maxmudova Xusniyabonu Jaloliddin qizi

    Toshkent shahar, Sebzor, Xalqaro Nordik universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94603

Keywords:

Hayoti ijodi Xamsa Mahbub ul-qulub Adabiy meros Islom Karimov hikmatli so‘zlar.

Abstract

Mazkur maqola Alisher Navoiy hayoti va uning adabiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asar o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi bo‘lgan Navoiy ijodini, uning she’riyati va nasr asarlarini tahlil qiladi. Maqolada Navoiy asarlarining mavzulari, shakli, uslubi va uning adabiy merosga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqiladi. Xususan, Navoiy tomonidan yaratgan "Xamsa" asari, uning sufi fikrlarini ifodalashdagi yuksak mahorati va adabiy ta’siri alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, Navoiy o‘zining asarlarida insoniyatning ma’naviy yuksalishi, axloqiy qadriyatlar va tafakkur o‘zgartirishda muhim rol o‘ynaganligi, uning adabiy va falsafiy merosi bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgani haqida fikrlar yuritiladi. Maqola, Navoiy ijodining nafaqat o‘z davrida, balki keyingi asrlarda ham adabiyot, madaniyat va falsafa rivojiga ta’sirini ko‘rsatadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

205

ALISHER NAVOIY VA UNING ADABIY MEROSI

Maxmudova Xusniyabonu Jaloliddin qizi

Toshkent shahar, Sebzor, Xalqaro Nordik universiteti Boshlang‘ich ta’lim

yo‘nalishi 1-kurs talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqola Alisher Navoiy hayoti va uning adabiy merosini

o‘rganishga bag‘ishlangan. Asar o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi bo‘lgan

Navoiy ijodini, uning she’riyati va nasr asarlarini tahlil qiladi. Maqolada Navoiy

asarlarining mavzulari, shakli, uslubi va uning adabiy merosga qo‘shgan hissasi

ko‘rib chiqiladi. Xususan, Navoiy tomonidan yaratgan "Xamsa" asari, uning sufi

fikrlarini ifodalashdagi yuksak mahorati va adabiy ta’siri alohida ta’kidlanadi.

Shuningdek, Navoiy o‘zining asarlarida insoniyatning ma’naviy yuksalishi, axloqiy

qadriyatlar va tafakkur o‘zgartirishda muhim rol o‘ynaganligi, uning adabiy va

falsafiy merosi bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgani haqida fikrlar

yuritiladi. Maqola, Navoiy ijodining nafaqat o‘z davrida, balki keyingi asrlarda ham

adabiyot, madaniyat va falsafa rivojiga ta’sirini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: Hayoti,ijodi,Xamsa,Mahbub ul-qulub,Adabiy meros,Islom

Karimov,hikmatli so‘zlar.

Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak,

mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.

Islom Karimov

Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tavallud topgan.

To‘liq ismi NIZOMIDDIN MIR ALISHER NAVOIY. ('Nizomiddin" — din-diyonat

nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „mir“ amir

demakdir). U nafaqat adabiyotshunos, balki davlat arbobi va siyosatshunos ham

bo‘lgan. Navoiy o‘z davrida faqat o‘zbek xalqiga emas, balki butun Sharq

adabiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk shaxsdir. Uning hayoti va ijodi hozirgi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

206

kunda ham xalqlarni birlashtiruvchi, ruhiyati va ma’naviyatini yuksaltiruvchi kuchga

ega. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas.

Uning otasi temuriylar xonadoniga yaqin odamlardan edi. Ularnikiga zamonasining

mashhur kishilari tez-tez kelib turishardi. Yosh Alisher 3-4 yoshlarida she’r yod olib,

ko‘plarni hayratga soldi.5 yoshida maktabga bordi.Bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro

bilan birga o‘qidi. Bo‘lajak shoir 7-8 yoshlaridan she’r mashq qila boshladi. Ikki tilda

she’r yozdi, o‘zbekchalariga «Navoiy», forschalariga «Foniy» taxallusini qo‘ydi.

«Navoiy» «navo» — «kuy» so‘zidan olingan, «Foniy» esa forscha «vaqtincha»

ma’nolarini berar edi. Alisherning maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro taxtga

chiqishi bilan uni Samarqanddan Hirotga chaqirib oladi va muhrdor qilib tayinlaydi.

1472-yildan vazirlik martabasiga ko‘tariladi,1487-88-yillarda Astrobodda hokim

bo‘lib ishlaydi. 90 yoshli Mavlono Lutfiy uning

Orazin yopqoch, kozumdin sochilur har lahza yosh

Boylakim paydo bolur yulduz, nihon bolg'och quyosh

satrlari bilan boshlanadigan she'rini tinglab qoyil qoladi va aytadi „Valloh,

agar muyassar boʻlsa edi, oʻzumning forsiy va turkiy tillarda aytgan oʻn-oʻn ikki

ming baytimni shu gʻazalga almashtirardim va buni oʻzimning katta yutugʻim deb

hisoblar edim“, deydi.

Ma’nosi:

(Yor yuzini yopgach, kozimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo quyosh

botganda yulduzlar paydo bolgani kabidir)

1447- yilda mamlakat podshohi Shohrux Mirzo vafot etib, yurtda notinchlik

sababli u oilasi bilan Iroqqa kochadi. 6 yoshli Alisher Yoʻlda, Taft shahrida Alisher

zamonasining mashhur tarixchisi, „Zafarnoma“ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy

bilan uchrashadi. 1480–1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha

madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh,

9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga

„muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan

unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.1501-

yilning 3- yanvarida vafot etadi. Alisher Navoiyning qabri Hirotda.Hirot esa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

207

Afg`onistonda joylashgan.Bobur xalqaro jamoat fondi 2015-yilda Afg‘onistonning

Hirot shahridagi tarixiy Musallo maydonida joylashgan Alisher Navoiy maqbarasida

obodonlashtirish ishlarini olib bordi.

Uning ustozlari Nizomiy Ganjaviy, Shayx Sa’diy, Xusrav Dehlaviy,

Farididdin Attor bolgan.Xamsa asari 1483-1485 –yillarda yozilgan.U 51 000

misradan ortiq . “Xamsa” so`zi “Beshlik” ma’nosini beradi.Tarkibidagi 5 ta doston

quyidagicha nomlanadi:«Hayrat ul-abror»,«Farhod va Shirin»,«Layli va

Majnun»,«Sab’ai sayyor»,«Saddi Iskandariy».“Hayrat ul-abror” – Yaxshi

kishilarning hayratlanishi degan ma’noni bildiradi. Bu didaktik-pandnoma dostonda

20 ta maqolat bo‘lib, har bir maqolatdan so‘ng maqolatdagi fikrni mustahkamlash

uchun ibratli hikoyat keltiriladi. Masalan, birinchi maqolat iymon haqida, ikkinchisi

islom haqida, uchinchi maqolat sultonlar haqida. Ayni shu maqolatdan so‘ng Tilla

kampir hikoyasi keltiriladi. “Hayrat ul-abror”ning Rost so‘z ta’rifida maqolatidan

so‘ng “Sher bilan Durroj” hikoyati keltirilgan. Unda aytilishicha, Ona sher farzandini

chumolilardan himoyalash maqsadida og‘zida tutib yurgan, Durrojning pir-pir

uchishi tufayli u beixtiyor qo‘rquvdan tishini farzandiga qattiq botirib, uni jarohatlar

edi. Bu sher uchun g‘am uzra g‘am, motam uzra motam edi. Axiyri ona sher Durroj

bilan do‘st tutinishga qaror qildi. Bu ikki jonivor qiyin vaziyatlarda bir-biriga yordam

berishga kelishib olishdi. Ammo Durrojda yolg‘onchilik odati bor edi: U har

zamonda Ona sherni “Meni tutib oldilar, tuzoqqa tushdim”, deb aldar, Ona sher

yugurib kelsa, Durroj hech bir xavotirsiz uchib yurgan bo‘lardi. Ona sher do‘stini

ko‘p ogohlantirar, yolg‘onchilik yaxshi odat emasligini uqtirishga urinardi. Ittifoqo,

bir kuni Durroj: “Dod! Meni tutdilar!” Deb qichqirdi. Ona sher esa do‘stim yana

meni aldayapti deb o‘yladi va yordamga shoshilmadi. Lekin bu safar Durroj rostdan

tuzoqqa tushgandi. Maktab o`quvchilari Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoniga

kirgan “Hotami Toyi hikoyati” ni yaxshi bilishadi. Hotam – adabiyotimizdagi

saxiylik timsoli. Ammo u o`tinchi cholni o`zidan ham ustun qo`yadi. O`z mehnati

bilan yashash, birovning minnatisiz umr kechirish – komillik nishonasi. Chol

shunchaki oddiy mehnatkash emas.Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo`q,

Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yo`q. Ya’ni hammaga berib,o‘zi yemaslik bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

208

muruvvatdir,ishni qilib hech kmga oshkor qilmaslik esa futuvvatdir.“Sabʼai

sayyor” ("Yetti sayyora") - Alisher Navoiyning toʻrtinchi dostoni (1484), ishqiy-

sarguzasht xarakterda. Unda ham qiziqarli hikoyatlar jamlangan. Muqbil va Mudbir

hikoyati bolalarni to‘g‘rilikka, halollikka, har yaxshiishning mukofoti ezgulik

ekanligiga o‘rgatadi. Dostonda xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va

vatanparvarlik, sevgi va maʼrifat gʻoyalari ilgari suriladi, munofiqlik va zolimlik

qoralanadi. "Saddi Iskandariy" ("Iskandar devori") — "Xamsa" (Navoiy)ning

yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib, Navoiy

ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Navoiy talkinida Iskandar odil shoh, u

dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy

tartibqoidalarni katta olamdagi tartibqoidalarga muvofiqlashtirish maqsadida xalqlar

ustiga yurishlar qilgan. Iskandar va darvesh hikoyati barcha yoshlardagi insonlar

uchun birday ibratlidir. “Farhod va Shirin“da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali

insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi. „Layli va Majnun“

dostonida arab ertaklari orqali maʼlum syujet oʻzining tugal shaklini topdi, unda ishq

falsafasi

betakror

uslubda

ifoda

qilinadi.

“Lison ut-tayr” asarida borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot

haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan. “Tarixi anbiyo

va hukamo”(„Paygʻambarlar va hakimlar tarixi“, 1485–1498) asarining birinchi

boʻlimida „Qissasul-anbiyo“lar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan

Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid

qissalar keltiradi. “Tarixi muluki Ajam”(„Ajam shohlari tarixi“,1488) qisqa tarix

boʻlib,

Eron

shohlari

xronikasi

bayon

qilingan „Tarixi

Tabariy“, „Shohnoma“ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy

tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi

Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. 1500-yilda shoir

umrning oxirida “Mahbub ul-qulub” “Qalblarning sevgani” asarini yaratdi. Bu nom

bilan mazkur kitobda insonga xos eng ezgu fazilatlar, uni ma’naviy barkamol

etadigan o`zgalar qarshisida go`zal, oliyjanob ko`rsatadigan xislatlar jamlanganini

anglatmoqchi bo`ldi. “Mahbub ul-qulub” asari adibning oltmish yillik umri


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

209

davomida hayotda ko`rgan kuzatganlarini teran tahlil etib, kelgusi avlodlarga

qoldirgan buyuk ma’naviy merosidir. Asar hikmatli so`zlarga boyligi bilan e’tiborni

tortadi. 1-qism 40 fasl (bob) ni oʻz ichiga oladi. Bunda muallif oʻz davrining tipik

vakillari hayotini tasvirlagan.Jamiyatdagi turli tabaqa vakillari haqida mulohazalar

xalqqa keltiradigan foyda yoki zarariga ko‘ra ulug‘lanadi yoki tanqid qilinadi. 10

bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga

loyiq xislatlar tafsiloti berilgan. Tasavvufiy tushunchalar haqida mulohaza yuritilib,

fikrini asoslash maqsadida hikoyat keltiradi Hikoyatlarda shayx, avliyolar obraz

darajasiga olib chiqiladi. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla oʻzaro

qofiyadosh. Asarning sajda yozilishi unga alohida badiiy nafosat bagʻishlagan.

Asarga baytlar, ruboiylar kiritilib, ular ulugʻ shoir va mutafakkirning hayot haqidagi

xulosalarini mujassamlashtirgan.Axloqiy-falsafiy mavzulardagi tanbeh-nasihatlari

o‘rin

olgan

nasihatlar

shakliy

va

mazmun

jihatidan

xilma-xildir.

Bu asar har bir odam umri davomida duch kelishi muqarrar bolgan hayotiy savollarga

eng togri javoblarni ta'sirli usulda berishi bilan yuksak qimmat kasb etadi.Navoiy

"Mahbub ul-qulub" da yozadi:

"Adab kichik yoshlig'larni ulug'lar duosig'a sazovor etar va ul duo barokati

bila umridin barxurdor. Kichiklar mehrin ulug'lar konglig'a solur va ul muhabbat

kongulda muabbad qolur. Ushog'larini ko'zg'a ulug' qilur atvoridin xalq ulug'liq

bilur.“ Ya’ni

Odob-kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi. Yoshlar duoning

barakasidan umrbod bahramand boladilar. odob-ulug'lar ko'nglida yoshlarga mehr

uyg'otadi va u odobli yoshga bo'lgan muhabbat kongilda abadiy qoladi. Yoshlarni

kozga ulug' qilib ko'rsatadigan fe'l-atvor—odobdir. Odoblilarning yurish-turishida

xalq ulug'vorlik koradi. Hilm to‘g’risidagi bobida esa Hilm - axloqli odamning

qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U - yomon nafsni

daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda

harakatidan himoya qiluvchi.Yumshoq ko‘ngillilik - hodisalar to‘la dengizdagi

kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining

toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi,-deyiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

210

Asarning uchinchi bobida insonlarda uchraydigan bir qancha qusrlarni qattiq

tanqid ostiga oladi:

Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz.

Nodonning vaxshiylarcha baqirmog‘i - eshakning bemahal hangramog‘i.

Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma -kechalari tong otguncha tinmay huradigan

itga o‘xshaydi.

O‘zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi.

Har kimningki so‘zi - yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolgon;

yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni - kumushga oltin qoplab sotuvchi

zargar.

Yolg‘on gapiruvchi g‘aflatdadir; so‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo

yolg‘onroq turi yo‘qdir.

Asarning ikkinchi bobida saxovatni quyidagicha tariflaydilar: Hosildor

daraxt, Foydali meva, Mavj urib turgan dengiz, Bebaho gavharga qiyoslaydi,

saxovatsizlikni esa Yog‘insiz bahor buluti, Hidi yo‘q mushk-anbar, o‘tin, Tutun,

Mevasiz daraxt , Dursiz sadafga qiyoslaydilar. Yaxshi odamdan yomonlar ham

yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila

olmasang - yomonlik ham qilma. Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang,

yomonroq deb ham bilma. Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil;

yaxshilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan. Hilm - axloqli odamning

qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U yomon nafsni

daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda

harakatidan himoya qiluvchi. Yumshoq ko‘ngillilik - hodisalar to‘la dengizdagi

kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining

toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”

asarida ilgari surilgan odob-axloq g‘oyalari to‘g‘risida fikr borar ekan, kishilarning

ezgu sifatlari - saxiylik, mehribonlik, hilm, rostgo‘ylik, mehnatkashlik, kamtarlik,

tavoze’ singari qator fazilatlar ulug‘lanadi. Takabburlik, dangasalik, fisqu fasod,

yolg‘onchilik, firibgarlik, johillik, ochko‘zlikni hazrat Navoiy insoniylikka zid illatlar

deb biladi. Mahbub ul-qulub Alisher Navoiy asarlari tilini oʻrganishda muhim manba


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

211

hisoblanadi. Uning turli vaqtda koʻchirilgan bir qancha qoʻlyozmalari Toshkent,

Sankt-Peterburg, Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi. Alisher Navoiy hayoti

davomida adabiyot, falsafa, ilm-fan va siyosatda muhim o‘rin tutgan. Uning asarlari

faqat o‘z davriga emas, balki keyingi asrlarga ham katta ta’sir o‘tkazdi. Uning ilmga,

ma’rifatga, axloq va adolatga bo‘lgan sadoqati, uning asarlarida mujassam bo‘lib,

hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Navoiy o‘zining betakror

asarlari orqali dunyo adabiyotida o‘zining mustahkam o‘rnini egalladi. Alisher

Navoiy 1501-yilda vafot etdi, ammo uning adabiy merosi va ma’naviy g‘oyalari

bugungi kunda ham tirik. U nafaqat o‘zbek xalqining, balki butun dunyo xalqlarining

buyuk shoiridir. Uning hayoti va ijodi, o‘zining haqiqiy insoniy qadriyatlarini

ifodalagan asarlari bilan, insoniyat uchun doimo yorituvchi yo‘l bo‘lib qoladi. Alisher

Navoiy hayoti va ijodi bizga insonning ma’naviy rivojlanishi, axloqiy poklanish va

ilmga bo‘lgan sadoqat haqida ko‘plab darslar beradi. U o‘z asarlari orqali odamlarni

yaxshilikka, ilmga, haqiqatni izlashga undagan va shuning uchun uning merosi butun

insoniyat uchun yorituvchi nur bo‘lib qolmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Navoiy, A.

Xamsa

(to‘plam, tarjima va sharhlar). – Toshkent: “Yangi avlod”,

2003.

Said, S.

Alisher Navoiy va uning adabiy merosi

. – Toshkent: O‘qituvchi, 2000.

Mirzaev, A.

Alisher Navoiy: Yangi tadqiqotlar va tahlillar

. – Toshkent: Sharq,

2007.

Karimov, I.

Alisher Navoiy va ma’naviyat

. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999.

Xo‘jaev, N.

Navoiy adabiyoti va uning falsafasi

. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

Abdullayev, M.

Alisher Navoiy va o‘zbek adabiyoti

. – Toshkent: O‘zbekiston,

2010.

Kamilov, Sh.

Alisher Navoiy va uning she’riyati

. – Toshkent: Fann, 2005.

Mirzohidov, B.

Alisher Navoiy va uning "Xamsa" asari

. – Toshkent: Falsafa

nashriyoti, 2005.

Mirzaev, A.

Alisher Navoiy: Biografiya va ijod

. – Toshkent: Sharq, 2010.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

212

Akbarov, R.

Alisher Navoiy: Hayoti va ijtimoiy faoliyati

. – Toshkent: Yangi

avlod, 2013.

Sobirov, X.

Alisher Navoiy va uning davri: Hayot va ijodiy faoliyatining asosiy

bosqichlari

. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.

Xolmuhamedov, N.

Alisher Navoiy va uning zamonasi

. – Toshkent: Fann,

2012.

Xudoyberdiyev, B.

Alisher Navoiy: Hayoti va ijodi

. – Toshkent: O‘zbekiston,

2004.