MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
140
MAHALLA-IJTIMOIY O’Z-O’ZINI BOSHQARISH ORGANI
Rahmatullayeva Barno University of Management and Future Technologies
Universiteti 551-gurux talabasi
Annotatsiya:
Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish — hokimiyatning bir turi;
fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning
ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Koʻpchilik mamlakatlarda mahalliy
miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u yerda faqat Mahalliy oʻzini
oʻzi boshqarish organlari tuziladi. Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari
(munitsipial yigʻilishlar, kengashlar, qoʻmitalar va shahri k.), fuqarolarning tegishli
boshqaruv organlari (mahalliy maʼmuriyat), yigʻinlari va boshqalar Mahalliy oʻzini
oʻzi boshqarishni amalga oshiradi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari,
odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi
boshqarish organlarining tuzilishini aholi oʻzi mustaqil belgilaydi. Mahalliy oʻzini
oʻzi boshqarish organlariga qonun asosida ayrim davlat va-kolatlari berilishi
mumkin, bu vakolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda
joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish
organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular
tarkibidagi mahallalarsa fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari
hisoblanadi
.
Fuqarolarning
oʻzini
oʻzi
boshqarish
organlari
-
hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida
toʻgʻridan -toʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni
mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustaqil faoliyat olib borishini
taʼminlashdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning
oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
(1999 yil 14 aprel)da huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra
quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
141
shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining
kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar;
fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va
borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. mahalliy davlat hokimiyati
organlari tizimiga kirmaydi. yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi
muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi
kerak.
Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini
organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda
belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan holda, umumiy, teng va
toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan
amalga oshiriladi. "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan.
Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarishining yuqori organi
boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi
qarorlar qabul
Kirish
. qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda
shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar
qatnashadi. "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi yangi
tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla
fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini
bajarish va fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq
davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi
(oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda
fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi.Faoliyatini tashkil etishni uning kengashi
hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini
kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan
belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
142
xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi
mumkin. Taftish k o missiyasi F.oʻ.oʻ.b.o. moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun
tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari
doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.
F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika
oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari
boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi
mumkin.Faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va
shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet
mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayir-ehsonlaridan,
shuningdek, qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan mablag'lar orqali ta'minlanishi
mumkin.
1-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z
manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va
ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.
2-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi
sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan
ham tartibga solinadi.
3-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi
Xulosa
Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda o‘zini o‘zi
boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
143
kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (vakillar yig‘ilishi) orqali amalga
oshiradilar.
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy
va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bevosita hamda o‘zlarining saylab qo‘yiladigan
vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy
prinsiplari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
quyidagilardan iborat:demokratizm;oshkoralik;ijtimoiy adolat;insonparvarlik;
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni echishda mustaqillik;
jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam.
5-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hududlari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekiston Respublikasining butun
hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar
o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy birliklaridir.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, shuningdek ularning
chegaralarini o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar
o‘zini o‘zi boshqarishining tegishli organlari fikrini hisobga olgan holda qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-
hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini
o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish, bo‘lish va tugatish, shuningdek uning
chegaralarini belgilash va o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
tashabbusiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratadilar,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
144
ularning ishlariga aralashishga yo‘l qo‘ymaydilar, fuqarolarga o‘zini o‘zi
boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashadilar.
7-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig‘inlari (bundan buyon matnda
fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati
organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda
amalga oshiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan
foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat
hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak.
(7-modda
O‘zbekiston
Respublikasining
2003-yil
30-
avgustdagi Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi,
8-modda. Fuqarolar yig‘ini
Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli
hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek shahar,
shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy yashayotgan, voyaga etgan
shaxslar qatnashadilar.
Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar yig‘ini kengashi;
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;
fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi;
tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan shaharchalar,
qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan
ma’muriy komissiya (bundan buyon matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi).
Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar,
fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi va ma’muriy komissiyani saylash fuqarolarning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
145
qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki
ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (vakillar
yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa,
saylangan hisoblanadi.
(8-modda
O‘zbekiston
Respublikasining
2003-yil
30-
avgustda Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi,
9-modda. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizom
Fuqarolar yig‘ini o‘zi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar
yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:fuqorolar yig’ining
nomi,hududi,vakolatlari.
fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, shuningdek
fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash tartibi;
fuqarolar yig‘ini komissiyalarini tuzish tartibi;
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) va rais maslahatchilarining
vakolatlari;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi faoliyatining moliyaviy asosi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini qayta tashkil etish va uning
faoliyatini tugatish tartibi.
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan
boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgutda Oliy Majlis
Axborotnomasi,
10-modda. Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla
fuqarolar yig‘inining vakolatlari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
146
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini hamda shahardagi mahalla
fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining hamda shahardagi mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi
ko‘rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla fuqarolar
yig‘ini.
Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar
yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning raislarini va
a’zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylovi to‘g‘risida
fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasini hamda qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda ma’muriy komissiyani saylaydi, ular to‘g‘risidagi nizomlarni
tasdiqlaydi;
belgilangan tartibda raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar
yig‘ini Kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning)
taqdimnomasiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini tayinlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga asosan, fuqarolar
yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdoriy tarkibi hovlilar, uylar, ko‘chalar,
mahallalar, mavzelar va dahalardan vakillikni hisobga olgan holda fuqarolar yig‘ini
tomonidan belgilanadi.
kengash, taftish komissiyasi va ma’muriy komissiya faoliyatining asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining faoliyat dasturini va xarajatlar
smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, aholi punktlarini
obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar
rejalarini tasdiqlaydi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
147
qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek o‘z qarorlarining ijro
etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga
nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga tavsiya etadi;
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy
fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и
решение, 1(1), 64–67.
3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
4.
Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of
Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
5. Xайдаров C. (2025). O
илаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.
Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.
6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.
7. Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan
foydalanish yo’llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).
91-94.
8. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma
asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.