Authors

  • Turdibekov Ahror

Author Biography

  • Turdibekov Ahror

    Yashnobod tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi Bosh yuriskonsulti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94632

Abstract

Xalq tabobati deganda ajdodlar tajribasiga tayangan, xalq urf-odatlarida o‘z tasdig‘ini topgan an’anaviy (ma’lum bir hudud yoki millatga xos bo‘lgan profilaktika, diagnostika va davolash usullari) tibbiyotning tan olingan profilaktika, diagnostika va davolash usullari hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

310

XALQ TABOBATI NIMA O’ZI?

Turdibekov Ahror - Yashnobod tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi Bosh yuriskonsulti

Xalq tabobati deganda ajdodlar tajribasiga tayangan, xalq urf-odatlarida o‘z

tasdig‘ini topgan an’anaviy (ma’lum bir hudud yoki millatga xos bo‘lgan profilaktika,

diagnostika va davolash usullari) tibbiyotning tan olingan profilaktika, diagnostika va

davolash usullari hisoblanadi.

Bundan tashqari, xalq tabobati bilan birgalikda qo‘shimcha tibbiyot ham

mavjud bo’lib, unga xalq tabobatining sog‘liqni saqlash amaliyotida zamonaviy

tibbiyot bilan birgalikda qo‘llaniladigan umum e’tirof etilgan usullari misol bo’lishi

mumkin.

Hozirgi rivojlangan davrda boshqa sohalar qatori tibbiyot ham ancha

rivojlangan bo’lib, zamon talablariga moslashib bormoqda. Ushbu tibbiyot ilmiy tilda

zamonaviy tibbiyot deb ataladi.

Shu o’rinda savol tug’iladi, zamonaviy tibbiyot tushunchasi nima anglatadi?

Zamonaviy tibbiyot deb ilmiy asoslangan va klinik amaliyotda o‘z tasdig‘ini

topgan usul va yondashuvlar bilan kasalliklarni profilaktika, diagnostika qilish va

davolashga qaratilgan rasmiy ilmiy bilimlar va amaliy faoliyatlar tizimi tushuniladi.

Xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda davolashning usullari mavjud bo’lib,

ularning ayrimlari ta’qiqlangan hisoblanadi.

Yuqorida xalq tabobatiga nima ekanligi to’g’risida fikr yuritdik.. Endi qanday

davolash usullari hisoblanishi, qanday davolash usullari xalq tabobatining davolash

usullari hisoblanmasligini muhokama qilamiz.

Amalda bir necha usullar keltirilgan, va ulardan biri okkultizm-afsun,

shuningdek diniy marosimlar xalq tabobatining davolash usullari hisoblanmaydi.

Xalq tabobatining bir qancha yo’nalishlari mavjud. Bular:

Invaziv;

noinvaziv,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

311

biologik invaziv,

parhez va

o’simlik vositalarini qo’llashdir.

Invaziv bu teri butunligining buzulishi. Va bu o’ziga akupunktura, su-djok

terapiya, xijoma va shu kabi usullarni jamalab olgan.

Zamonaviy tibbiyot orqali tibbiy faoliyat ko’rsatish va xalq tabobati

usullarini qo’llash orqali tibbiy faoliyat ko’rsatish o’zaro amalga oshirilishi

mumkinmi?

Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish barcha

tibbiyot tashkilotlarida (davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarida) zamonaviy tibbiyot

bilan o‘zaro komplementar hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.

Xalq tabobati usullari bilan davolashning maqsadga muvofiqligini

belgilashda xalq tabobati mutaxassisining tegishli shifokor bilan maslahat qilishi

majburiy hisoblanadimi?

Ha albatta bu majburiy va shart, tegishli mazkur yo’nalishdagi shifokor

mutaxassisining maslahati qo’llanmalari kerak bo’ladi.

Xalq tabobati usullarini qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar paydo bo’lsa ularni

bartaraf etish tartibi qanday?

Bu savoga javob mazkur tartibda amalga oshiriladi: shifokor bemorning

ambulator kartasi yoki kasallik tarixiga ushbu usullarni qo‘llash oqibatida bo‘lishi

mumkin bo‘lgan asoratlar haqida unga ma’lumotlar beradi. Bunda bemor shifokor

tomonidan berilgan tegishli ma’lumotlar bilan tanishtirilganligi to‘g‘risida tibbiy

hujjatlarga tegishli yozuv kiritadi va imzo qo‘yadi.

Xalq tabobati yordamida bemorlashni davolashda nizom talablariga rioya

qilmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

Xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega

bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash

xizmatlarini ko‘rsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish,

basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, fuqarolarga bazaviy hisoblash

miqdorining

o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

312

esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha

miqdorda jarima solishga

sabab bo‘ladi.

Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda

fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini moddiy

qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatish, shuningdek

mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud

bo‘lmasa, bazaviy hisoblash miqdorining

o‘n besh baravaridan yigirma

baravarigacha

miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Manbalar:

1. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarliklar to’g’risidagi kodeks

2. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2018-yil 27-

noyabrdagi 54-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “

Xalq tabobati usullaridan

foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risida”gi

nizom