Authors

  • Marjona Shamsiddinova

Author Biography

  • Marjona Shamsiddinova

    Toshkent Shahar Olmazor tumani

    TDIU 2-sonli akademik litseyi

    Matematika fan o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94634

Keywords:

matematika geometriya metod innovatsiya nazariya amaliyot mathematics geometry method innovation theory practice. математика геометрия метод инновация теория практика.

Abstract

Ushbu maqolada matematika va uning o‘qitish metodikalari tahlil qilinib, o‘quvchilarga mavzuni keng yoritish va uni amaliyotga  tatbiq qilish usullari batafsil bayon qilingan. Geometriya – matematika fanining muhim bo֥‘limlaridan biri  hisoblanadi. Ushbu fanni va uning hayot bilan uzviy bog‘lash va qo’llay olish har biri o֥‘quvchiga o‘rgatish muhimdir. Maqolada taqdim etilgan metodik yondashuvlar nafaqat umumiy matematika ta’limiga, balki geometriyaning samarali o‘qitilishiga ham ijobiy ta’sir ko'rsatishi tahlil qilingan. Ushbu usullar o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish va nazariy bilimlarni hayotda ham qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.  

This article analyzes mathematics teaching methods, providing a detailed discussion of approaches to effectively presenting topics to students and applying them in practice. Geometry is one of the key branches of mathematics. The article highlights the importance of teaching this subject, its connection to real life, and its practical applications. The proposed methodological approaches have a positive impact not only on general mathematics education but also on the effective teaching of geometry. These methods help increase students' interest in the subject and develop their skills in applying theoretical knowledge in real-life situations.

В данной статье анализируются методы преподавания математики, подробно рассматриваются способы широкого раскрытия темы для учащихся и её применения на практике. Геометрия является одним из важных разделов математики. В статье подчёркивается важность преподавания этого предмета, его связи с реальной жизнью и практического применения. Представленные методические подходы положительно влияют не только на преподавание математики в целом, но и на эффективное обучение геометрии. Эти методы способствуют повышению интереса учащихся к предмету и развитию навыков применения теоретических знаний в повседневной жизни.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

301

GEOMETRIYANI O'QITISHDA METODIK YONDASHUVLAR VA

UCHBURCHAK YUZINI HISOBLASH USULLARI

Marjona Shamsiddinova

Toshkent Shahar Olmazor tumani

TDIU 2-sonli akademik litseyi

Matematika fan o‘qituvchisi

Annontatsiya: Ushbu maqolada matematika va uning o‘qitish metodikalari

tahlil qilinib, o‘quvchilarga mavzuni keng yoritish va uni amaliyotga tatbiq qilish

usullari batafsil bayon qilingan. Geometriya – matematika fanining muhim

bo֥‘limlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni va uning hayot bilan uzviy bog‘lash va

qo’llay olish har biri o֥‘quvchiga o‘rgatish muhimdir. Maqolada taqdim etilgan

metodik yondashuvlar nafaqat umumiy matematika ta’limiga, balki geometriyaning

samarali o‘qitilishiga ham ijobiy ta’sir ko'rsatishi tahlil qilingan. Ushbu usullar

o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish va nazariy bilimlarni hayotda

ham qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Abstract: This article analyzes mathematics teaching methods, providing

a detailed discussion of approaches to effectively presenting topics to students and

applying them in practice. Geometry is one of the key branches of mathematics. The

article highlights the importance of teaching this subject, its connection to real life,

and its practical applications. The proposed methodological approaches have a

positive impact not only on general mathematics education but also on the effective

teaching of geometry. These methods help increase students' interest in the subject

and develop their skills in applying theoretical knowledge in real-life situations.

Резюмe: В данной статье анализируются методы преподавания

математики, подробно рассматриваются способы широкого раскрытия

темы для учащихся и её применения на практике. Геометрия является одним

из важных разделов математики. В статье подчёркивается важность

преподавания этого предмета, его связи с реальной жизнью и практического


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

302

применения. Представленные методические подходы положительно влияют

не только на преподавание математики в целом, но и на эффективное обучение

геометрии. Эти методы способствуют повышению интереса учащихся к

предмету и развитию навыков применения теоретических знаний в

повседневной жизни.

Kalit so’zlar: matematika, geometriya, metod, innovatsiya, nazariya,

amaliyot

Keywords: mathematics, geometry, method, innovation, theory, practice.

Ruscha: Ключевые слова: математика, геометрия, метод, инновация,

теория, практика.

Ushbu maqolada ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar bilan yuzaga kelishi

mumkin bo‘lgan eng ko‘p uchraydigan muammolar, jumladan, geometrik shakllarni

tushuntirish, ularning chizmasini to‘g‘ri tasavvur qilish, shakllar bilan bog‘liq

holatlarni tahlil qilish hamda turli masalalarga yondashish kabi jarayonlar yoritilgan.

Geometriya fani inson tafakkurining eng qadimiy mahsullaridan biri bo‘lib,

uning kelib chiqishi amaliy ehtiyojlar bilan bog‘liq. Arxeologik tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki , geometriyada oid daslabki tushunchalar eramizdan avvalgi 3000-

yillarga borib taqaladi va bu bilimlar yerni o‘lchash, qurilish hamda astronomik

kuzatishlar bilan bog‘liq bo'lgan. Eramizdan avvalgi II ming yillikda qadimgi

misrliklar Nil daryosining yillik toshqinlari natijasida yer maydonlarini qayta

o‘lchashga zaruriyatiga duch kelgan. Ushbu amaliy ehtiyojlar natijasida

uchburchaklar, to‘rtburchaklar va doira yuzalarini hisoblash ishlarini o‘rganishgan.

Keyinchalik qadimgi yunon olimlari - Pifagor va Fales geometriyani ilmiy asosda

rivojlantirishga hissa qo’shgan.

Bugungi kunga kelib, geometriyaga oid tushunchalar boshlang‘ich ta’lim

bosqichidanoq poydevor sifatida o‘rgatiladi va 7-sinfdan boshlab alohida fan sifatida

o‘qita boshlanadi. Yuqori sinflarda geometrik shakllarning nafaqat chizmasi yoki

perimetri, balki endi ularning yuzalari haqida ham ilk tushunchalarini oladilar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

303

Zamonaviy metodikalar , jumladan, texnologik vositalar va raqamli

texnologilar orqali o‘quvchilarning geometriyani tushunishi va amalda qo‘llay olish

ko’nikmalari samadorligi rivojlantirilmoqda.

Geometrik jismlarning xilma-xilligi orasida eng qiziqarlilaridan biri

uchburchakdir. Uchburchak deb, bir tekislikda yotuvchi, bir to‘g‘ri chiziqda

yotmaydigan 3 ta nuqta va ularni ketma-ket tutashtirishdan hosil bo’lgan yopiq

shakldir. Ushbu shaklning turli xususiyatlari va turlari bor bo‘lib, ular geometriyada

keng o‘rganiladi.

Tomonga ko'ra turlari :

Burchakka ko'ra turlari

:

Teng tomonli

To‘g‘ri

burchakli

burchakli

Teng yonli

▪ O‘tkir burchakli

Turli tomonli

▪ O‘tmas burchakli

Endi uchburchaklarning yuzalarini topishning bir nechta usullarini ko‘rib

chiqamiz.

Asos va balandlik orqali topish :

𝑺 =

𝟏

𝟐

× 𝒂 × 𝒉

Geron formulasi orqali :

𝑺 = √𝒑(𝒑 − 𝒂)(𝒑 − 𝒃)(𝒑 − 𝒄)

bu yerda

𝒑 =

𝒂+𝒃+𝒄

𝟐

h

a

a

b


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

304

Tomonlar va ular osidagi burchak orqali :

𝑺 =

𝟏

𝟐

× 𝒂 × 𝒃 × 𝐬𝐢𝐧 𝑪

Formulalarning uzoq vaqt esda qolishi uchun turli metodlardan foydalanish

samarali hisoblanadi. Masalan, ushbu formulalarga asoslangan misollarni ko’proq

ishlash, ularning amaliy ahamiyatini tushuntirish hamda turli didaktik

yondashuvlardan foydalanish foydalidir.

‘‘Kashfiyot’’ metodi – bu metodda o’quvchilar mustaqil ravishda

formulalarni aniqlash ularning mantiqiy asosini tushunishga harakat qiladilar. Ushbu

yondashuv o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va

formulalarning mazmunini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bundan tashqari,

testlar, online interaktiv mashqlar va vizual materiallar orqali mustahkamlash

mumkin. Ushbu usullar o’quvchilarga mavzuni o’zlashtirish jarayonini qiziqarli va

samarali qilishga yordam beradi.

XULOSA

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, geometriya fani chuqur va qamrovli bo‘lib,

uning barcha jihatlari bitta maqolada to'liq yoritish imkonsiz. Ushbu fan nafaqat

nazariy bilimlar, balki hayotiy amaliyot bilan chambarchas bog’liq. Shu sababli

o‘quvchilarga geometriyani samarali o‘rgatish uchun turli medotik yondashuvlar

muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari , samarali ta’lim jarayoni nafaqat

c

a

b

C

A

B


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

305

o‘quvchilarning faol ishtirokini talab qiladi, balki o‘qituvchilarning ham uzluksiz

izlanish va o‘z ustida ishlashga asoslanadi. Geometriya fanini o‘qitishda zamonaviy

pedagogik texnologiyalar orqali o‘quvcjilarning qiziqishini oshirish hamda ularning

mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Sh.M. Mirziyoyev Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - Yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligi garovidir. Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

2. Sh.M. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga

quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

3. Geometriya. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun. H. M. Sayfullaeva.

4. Geometriyadan masalalar to‘plami. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun

o‘quv qo‘llanma. I. Isroilov, Z. A. Pashayev.

5. Geometriya, 7-11 sinf, Pagarelov.

6. Elementar geometriya. Kiselev A. P.