Authors

  • Raxmanova Lobar Jaloliddin qizi

Author Biography

  • Raxmanova Lobar Jaloliddin qizi

    UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES universiteti pedagogika-psixologiya yo'nalishi 2 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94635

Keywords:

Inklyuziv ta'lim inklyuziv sinf o'qituvchisi resurs pedagog Institusional muassasalar psixonevrolog o'qituvchi-defektolog. Inclusive education inclusive class teacher resource pedagogue Institutional institutions psychoneurologist teacher-defectologist. Инклюзивное образование учитель инклюзивного класса ресурсный педагог Институциональные учреждения психоневролог педагог-дефектолог.

Abstract

Ushbu maqolada inklyuziv ta'limni tashkil qilishda kadrlar masalasi, inklyuziv sinf o'qituvchilari, resurs o'qituvchi hamda ijtimoiy pedagogning inklyuziv ta'limda tutgan o'rni, vazifalari shuningdek ularga qo'yiladigan talab va ko'nikmalar haqida batafsil ma'lumot berilgan.

This article provides detailed information on the issue of personnel in the organization of inclusive education, the role and tasks of inclusive class teachers, resource teachers and social pedagogues in inclusive education, as well as their requirements and skills.В данной статье представлена ​​подробная информация по кадровому вопросу в организации инклюзивного образования, роли и задачам учителей инклюзивного класса, ресурсных педагогов и социальных педагогов в инклюзивном образовании, а также их требованиям и навыкам.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

296

INKLYUZIV TA'LIMDA KADRLAR MASALASI

Raxmanova Lobar Jaloliddin qizi

UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES

universiteti pedagogika-psixologiya yo'nalishi 2 kurs talabasi

ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada inklyuziv ta'limni tashkil qilishda kadrlar

masalasi, inklyuziv sinf o'qituvchilari, resurs o'qituvchi hamda ijtimoiy pedagogning

inklyuziv ta'limda tutgan o'rni, vazifalari shuningdek ularga qo'yiladigan talab va

ko'nikmalar haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta'lim, inklyuziv sinf o'qituvchisi, resurs pedagog,

Institusional muassasalar, psixonevrolog, o'qituvchi-defektolog.

ABSTRACT. This article provides detailed information on the issue of

personnel in the organization of inclusive education, the role and tasks of inclusive

class teachers, resource teachers and social pedagogues in inclusive education, as

well as their requirements and skills.

Key words: Inclusive education, inclusive class teacher, resource pedagogue,

Institutional institutions, psychoneurologist, teacher-defectologist.

АННОТАЦИЯ. В данной статье представлена подробная информация

по кадровому вопросу в организации инклюзивного образования, роли и задачам

учителей инклюзивного класса, ресурсных педагогов и социальных педагогов в

инклюзивном образовании, а также их требованиям и навыкам.

Ключевые слова: Инклюзивное образование, учитель инклюзивного

класса, ресурсный педагог, Институциональные учреждения, психоневролог,

педагог-дефектолог.

KIRISH

Bolalarga ta'lim-tarbiya berishda pedagoglarning o'rni beqiyos. Inklyuziv

ta'limda o'qituvchi-pedagogga yuklatilgan vazifa ikki karra oshadi desak hech ham

mubolag'a bo'lmaydi. Maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash, ularni

kayfiyatiga qarab muomala qilish, kasbga yo'naltirish, qiziqishlari bilan ishlashning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

297

o'zi katta mahorat talab qiladi. Inklyuziv ta'lim o'qituvchilari har soha bo'yicha yetarli

bilim va tajribaga ega bo'lishi, maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan muloqot

qilganda qiyinchiliklarga duch kelmasligi va eng muhimi har bir bola bilan

shug'ullana olish ko'nikmalariga ega bo'lishi lozim. Inklyuziv ta’lim jamoaviy ish

bo‘lib, javobgarlik butun maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari jamoasi

zimmasiga yuklatiladi. Shuning uchun ham oliy pedagogik ma’lumotli va malaka

oshirish kurslarini o‘tab inklyuziv ta’lim pedagogik kvalifikasiyasini olgan

o‘qituvchilargina inklyuziv sinf o‘qituvchisi etib tayinlanishi mumkin. Ulardan bilim

va ko'nikmalar bilan bir qatorda sabr va mahorat kabilar ham talab qilinadi. Og'ir

vaziyatlarda o'zini tuta olishi, iloji boricha bolalarga xushmuomalalik bilan

munosabatda bo'lishi lozim.

MATЕRIAL VA USULLAR

Inklyuziv ta’lim jarayonida muassasa tarbiyachisi ham alohida o‘rin

egallaydi. Tarbiyachi ish faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi-defektologlar, ota-

onalar va boishqa mutaxassislar bilan hamkorlikda sog‘lom va alohida ehtiyojli

bolalar bilan olib boriladigan mash’gulotlarni rejalashtirishi hamda shu asosida ish

olib borishi kerak.

Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etilish bilan oxirgi yillarda

maktab kontingenti o‘zgarib, 1-sinfga qabul qilingan bolalar orasida nutqida

nuqsoni bor bolalar ko‘payib bormoqda. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar

orasida nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Og‘ir

nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar (alaliya, dizartriyaning og‘ir ko‘rinishlari)

maxsus maktablarda (nutq nuqsoniga ega bo‘lgan maktablarda) ta’lim—tarbiya

olishlari lozim. Lekin, inklyuziv ta’lim muammosi bilan shug‘ullanayotgan olimlar

va mutaxassislar bunday bolalar umumta’lim maktablari o‘qishlari va ularga tizimli

ravishda maqsadga yo‘naltirilgan logopedik yordam ko‘rsatilishi lozim degan

fikrlarni ilgari suradilar.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Yuqorida ta'kidlab o'tganimdek, inklyuziv sinf o'qituvchisidan ikki karra

ko'proq ishlash talab etiladi ya'nu u maktab ustavida belgilab qo'yilgan vazifalardan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

298

tashqari yana bir nechta mas'uliyatlarni ham o'z zimmasiga olgan holda faoliyat

yuritadi. Inklyuziv sinf o'qituvchisi quyidagi vazifalarni ham bajarishi kerak:

Inklyuziv sinfda tarbiyalanayotgan bolalar ruhiy va jismoniy holatini

o'rganib, uni korreksiyalash;

Bolalar faolligi va qiziqishini oshirish uchun interfaol metod usullaridan

foydalanadi;

Bolalarda diqqatni jamlash va sinchkovlikni shakllantirish;

Bolalarni bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish.

Inklyuziv ta'limda tarbiyachining o'rni ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarbiyachi alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash masalasida ota-onalarga va

qonuniy vakillarga metodik yordam ko‘rsatadi, kerakli ish hujjatlarini yuritadi.

Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat yuritishi lozim.

Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy

rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi.

Muassasa psixologi har bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy ravishda

psixologik-pedagogik jihatdan o‘rganib boradi, individual rivojlantirish dasturlarini

tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash bo‘yicha otaonalarga maslahatlar

beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining pedagogik hodimlariga psixologik

rivojlantirish masalalarida metodik yordam ko‘rsatadi. Inklyuziv ta’lim muassasasida

ta’limtarbiya olayotgan maxsus yordamga muhtoj bolalarning ayrimlari doimiy

ravishda tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lishi mumkin. Inklyuziv ta’lim muassasasi

shifokor-pediatri (psixonevrolog) har bir bolaning ruhiy asab holatini doimiy ravishda

tekshirib boradi. zarurat bo‘lganda davolash muolajalarini tavsiya etadi, korreksion

pedagogik ta’lim jarayonida bolalar sog‘ligini nazorat qiladi, aqliy va jismoniy

yuklamaning me’yorini belgilaydi, otaonalarga bolaning somatik hamda ruhiy

salomatligini saqlash yuzasidan maslahatlar beradi.

Inklyuziv ta'limda maktablararo qatnab yuruvchi resurs o'qituvchining ham

o'rni bo'lak. Inklyuziv ta’lim amaliyotda maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi va

oddiy sinf o‘qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi

mumkin. Resurs o‘qituvchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

299

Har bir bolani qay darajada yordamga muhtojligini aniqlab, ular bilan

muntazam ravishda muloqotda bo'lish, o'quv rejalarni o'zgartirish, muvaffaqqiyatlarni

qayd etib borish, zarur bo'lsa seminar va konferensiyalarga olib borish.

XULOSA

Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyiliga ko‘ra nogiron bolalarga

ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashish emas, balki bu

bolalarga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxsus ehtiyojli bolalar uchun

ta’lim masalasini rejalashtirishni, uning butun hayoti davomida yuzaga kelishi

mumkin bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzishni talab etadi. Bundan

tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etish,

korreksiyalash, kompensatsiya qilish bilan bir qatorda bilim va ko‘nikmalarga ega

qilish, kasb-hunarga o‘rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab etiladi.

Chunki inklyuziv ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalarni

har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Bu

esa inklyuziv ta’limda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislarning kompleks,

hamkorlikda yondoshib olib borilgan ishlari natijasida amalga oshirilishi mumkin.

ADABIYOTLAR:

1. 1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy

fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION

SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.

2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik

sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и

решение, 1(1), 64–67.

3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН

ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

4. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of

Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–2_ Февраль –2025

300

5. Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.

Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.

6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of

the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.

7. Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan

foydalanish yo’llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).

91-94.

8. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma

asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.