MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
272
“MIRZO ULUG‘BEK HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY MEROSINI
O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY MAQOLA”SI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU)ning 1-kurs talabasi
Mehribonu Xudoyberdiyevaning
Annotatsiya: Mazkur maqola Mirzo Ulug‘bekning millat g‘ururi va ilm-fan
sohasidagi ahamiyatini o'rganadi. O‘bekistonning ulkan tarixiy shaxslaridan biri
sifatida Ulug'bek, nafaqat buyuk astronom va matematik, balki o‘z davrida madaniyat
va ilmni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan arbobdir. Mirzo Ulug‘bek hayoti va
ilmiy-ma’rifiy merosini o'rganish, uning shaxsiyati va ilm-fanga qo‘shgan hissasini
chuqur tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. U O‘zbekiston tarixidagi eng buyuk
shaxslaridan biri bo‘lib, astronomiya va matematikada kashfiyotlari bilan tanilgan.
Samarqandda qurilgan obidalar va ilmiy tadqiqotlar uning madaniyati va ilm-fan
sohasidagi yuksak g‘oyalari bilan bog‘liq. Movvorounnahrni 30 yildan ortiq
boshqargan Temuriylar sulolasining davomchisi umrining so‘ngini sulola
vakillarining qo‘zg‘alonlari, fitna-fasodlari va xiyonatlari bois ro‘shnolikdan nari
kechirishga majbur bo‘ldi, qondoshlari tomonidan harbiy qo‘zg‘olonlar
uyushtirilishiga qaramasdan, alloma o‘zidan ulkan madaniy meros qoldira oldi.
Mirzo Ulug‘bekning ishlaridagi innovatsion yondashuvlar va bilimlarni
rivojlantirishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy avlodga ilhom manbai sifatida xizmat
qiladi. Uning merosi nafaqat o‘zbek xalqiga, balki butun insoniyatga ta’sir
ko'rsatadi. Ulug‘bek hayoti va faoliyatini o‘rganish, uning ilmiy yutuqlarini va
ma’rifatparvarlik g‘oyalarini qayta tiklashga yordam beradi.
Kalit so‘zlar: Sulton, Ulug‘bek, Samarqand, astronom, matematik, tarixchi,
geograf, rasadxona.
Prezident bir nutqida shunday deydi: “Mirzo Ulug‘bek nafaqat o‘z davrining
yirik olimi, balki ma’rifatni eng yuqori qadriyat darajasiga ko‘targan buyuk davlat
arbobi edi. U ilm-fan, ayniqsa, astronomiya va matematika sohalarida mislsiz
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
273
kashfiyotlar qilgan va butun dunyo ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan.”
Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bekni nafaqat buyuk astronom va matematik olim,
balki chinakam ma’rifatparvar davlat arbobi sifatida e’tirof etadi.
Mirzo Ulugʻbek, toʻliq ismi Muhammad Tarag‘ay ibn Shohrux ibn Temur,
1394-yil 22-martda Sultoniya shahrida tugʻilgan. Uning tugʻilishi davri Buyuk
Sohibqiron Hazrat Amir Temur davriga toʻgʻri keladi, bu paytda Amir Temur
“Morden” qal’asini egallashga qaratilgan harbiy yurishni olib borayotgan edi.
Shuningdek, ayni shu sanada Amir Temurning boshqa o‘g‘li Umar Shayx Mirzo
“Harmatun” qal’asida halok bo‘ldi, bu voqea Amir Temurning harbiy faoliyatiga
katta ta'sir ko'rsatmay qolmadi.
Temuriylar sulolasining tarixi va Ulug‘bekning roli tahlil qilingan
I.A.Xamraev ninng “Temuriylar davri va Mirzo Ulug‘bek” kitobida yozilganidek,
yosh shahzoda tugʻilganda, Amir Temur va uning oilasi uchun bu hodisa katta
ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki o‘zining bobosi va boshqa oila a‘zolarining harbiy
muvaffaqiyatlari davomida bir yangi avlodning dunyoga kelishi umid va quvonch
manbai bo‘ldi. Amir Temur, janglar olib borganida, qadrli nabirasining tug‘ilishi
bilan behad shodlandi va bu voqea uning yurishlarida yangi bir ruhni olib keldi.
Shohrux Mirzoning farzandi bo‘lgan Mirzo Ulugʻbek, Amir Temur
tomonidan katta umidlar bilan kutib olindi. Amir Temur, o‘zining yillar davomida tiz
cho‘ktirishga harakat qilgan “Morden” qal’asini tug‘ilgan nabirasining sharafiga ozod
qilishga qaror qilganiga tarix guvoh bo‘ldi, bu esa Ulugʻbekning qudrati va oilasining
obro‘sini yanada oshirdi. Buning natijasida Ulugʻbekning hayoti va faoliyati, Amir
Temur merosining davomchisi sifatida, ilm-fan va madaniyat sohasida muhim ro‘l
o‘ynadi.
Ismning “Muhammad’’ qismi diniy meros va musulmon an’analariga ishora
qiladi, “Tarag‘ay” esa uni oila tarixida muhim o‘rin tutgan shaxs sifatida belgilaydi.
Uning “Ulug‘bek” ismini qanday olgani esa, uning kelib chiqishi, oilaviy an‘analari
va zamonining kuchli shaxsiyati bilan bog‘liqdir “Ulug‘bek” nomi, Amir Temur
tomonidan Ulug‘bekka berilgan unvon sifatida qabul qilinadi. Bu nom, mo‘g‘ul
tilidan “kuyov” yoki “ulug‘” ma’nosini anglatadi. Amir Temur, o‘z nabirasining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
274
tug‘ilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan harbiy muvaffaqiyatlari va shon-shuhratini
inobatga olib, unga bunday unvon berishga qaror qilgan. Mirzo Ulug‘bek avvaliga
Muhammad Tarag‘ay ismini oldi, lekin Amir Temur tomonidan berilgan “Ulug‘bek”
unvoni uni tarixda buyuk shaxs sifatida tanitdi. Bu ism uning ilmiy merosini,
shuningdek, o‘z davrida olib borgan faoliyatining ahamiyatini belgilab berdi.
I.A.Xamraev o'zining kitobida Mirzo Ulug’bekni turli nomlar bilan ataydi. U
ko‘pincha Ulug‘bekni “buyuk astronom”, “ilmu-fan ravnaqi” yoki “madaniyat
arbobi” sifatida ta’riflaydi. Shuningdek, “Temuriylar sulolasining merosxo‘ri”
sifatida ham eslatadi, chunki u Amir Temurning nabirasi sifatida o'z tarixiy roli va
ilmiy yutuqlari bilan katta e'tiborni o'ziga tortadi.
Mirzo Ulug‘bek ilm-fanga qiziqishni juda erta boshlagan. U 10 yoshidan
boshlab, o‘zining ilmiy izlanishlariga qiziqish bildirgan. Bu davrda, bobosi Amir
Temur va otasi Shohrux Mirzo ta’sirida tarbiya olgan. Ulug‘bek o‘sha paytlarda yirik
olimlar va mutafakkirlar bilan aloqada bo‘lib, astronomiya, matematika va falsafa
kabi sohalarga qiziqish bilan yondashdi.Bunga bevosita bobosining hissasi kata deb
ta’kidlash mumkun. Sababi, Mirzoning yosh chog‘idan ilm olishiga e’tabor qaratdi
Dastlab, Mirzo Ulug‘bek, o‘z davrining buyuk astronomi va davlat arbobi
sifatida tanilgan bo‘lsa-da, shaxsiy hayoti ham juda muhim voqealar bilan to‘la.
Uylanishi va toyi, nafaqat uning shaxsiy hayotida, balki Temuriylar sulolasining
siyosiy hayotida ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ulug‘bek 1404-yilda
Muhammad Sultonning qizi Og‘abegim bilan Konigilda nikohlandi. Ulug‘bekning
uylanishi, avvalo, siyosiy maqsadlarga xizmat qildi. Uylanish orqali Temuriylar
sulolasining o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, ittifoq va hamkorlikni rivojlantirish
maqsad qilingan. Muhammad Sulton, Amir Temurning o‘g‘li sifatida, o‘z qizi orqali
Ulug‘bek bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishga harakat qildi. Bu nikoh, ikki kuchli
oilaning o‘zaro aloqalarini kuchaytirish va davlat barqarorligini ta'minlash uchun
muhim qadam bo‘ldi. Ulug‘bek va Og‘abegimning toyi, o‘z zamonida katta tantana
bilan o‘tkazildi. Bu marosim, faqat ikki oila uchun emas, balki butun mintaqa uchun
muhim voqea bo‘ldi. Toy marosimi davomida ulug‘vor an’analar va urf-odatlar
namoyon bo‘ldi, xalqning bayramona kayfiyati, raqs va musiqalar bilan to‘ldi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
275
Mirzoning bu davrda 10yoshda bo‘lishiga qaramasdan Ulug‘bek o‘zining yagona
maqsadi—oilasini kuchli va barqaror qilish, shuningdek, xalq orasida obro‘sini
oshirishni ko‘zlagan edi.
Tarixga murojaat qilsak, Amir Temur 1404-yilning tahminan 27-noyabrida
Xitoyga yurishga otlandi. Bu yurish, uning harbiy strategiyasining bir qismi bo‘lib,
Xitoyning shimoliy hududlariga qaratilgan edi. Temur, o‘zining kuchini yanada
mustahkamlash va yangi hududlarni egallash maqsadini amalga oshirish uchun yo‘lga
otlanadi. Yurish davomida u o‘z qo‘shini bilan bir nechta yirik janglar olib bordi,
ammo yurishning asosiy maqsadi Xitoyni to‘liq egallashdan ko‘ra, o‘z ta'sirini
kengaytirish va iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish edi. Jangga otlanishidan oldin
Buyuk Temur nabiralariga ma`lum bir hududlarni bo`lib berdi. Xususan , tarixiy
manbalarda yoritilishicha Otroq, Sayram, Yassi, Jambuta, Samarqand va Buxoro
hududlari mirzo Ulug‘bek ixtiyoriga topshirildi. Amir Temurning o‘z merosxo‘ri
sifatida Ulug‘bekka Buxoro va Samarqandni bergani haqida ma’lumotlar Sharofiddin
Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida mavjud bo‘lib . Asar Temurning harbiy
strategiyalari va sulolaning boshqaruvini tasvirlaydi.
Ulug‘bek o'zining yoshligida va o‘smirlik davrida harbiy yurishlarga
qatnashgan. U otasi Shohruxning qo‘shinlarida xizmat qilgan va ba‘zi harbiy
kampaniyalarda qatnashgan To‘g‘ri, Shohrux Mirzo vafotigacha bo‘lgan davrni
Movarounnahrning eng tinch davrlaridan biri sifatida eslash mumkin. Ushbu tinchlik
sharoitida Mirzo Ulug‘bek ilm-fan bilan chuqur shug‘ullanish imkoniyatiga ega
bo‘ldi. Bu davrda, uning bilim va tadqiqotlar uchun imkoniyatlari kengaydi, natijada
u o‘zining astronomik kuzatishlari va ilmiy asarlari bilan mashhur bo‘lib, madaniyat
va ilm-fanning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Ulug‘bekning bu faoliyati
Movarounnahrni ilm-fan markaziga aylantirdi va uning merosi butun insoniyat uchun
ahamiyatga ega bo‘ldi.O‘z hukmronligi davomida mamlakatni muvaffaqiyatli
boshqardi. Ulug‘bek davlat boshqaruvida ilm-fanga e’tibor qaratdi. U Samarqandda
o‘zining mashhur observatoriyasini tashkil etib, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirdi.
Buning natijasida, Samarqand ilm-fan va madaniyat markaziga aylandi. Ulug‘bek
ko‘plab olimlarni, san’atkorlarni va shoirlarni o‘ziga jalb qildi va ularning ijodiga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
276
homiylik qildi. Boshqaruvida adolat va tartibni ta’minlashga harakat qildi, bu esa
uning xalq orasida obro‘sini oshirdi.
Shuni ham ko‘zdan qochirmaslik kerakki, Mirzo Ulug‘bek, o‘z davrining
buyuk mutafakkiri va hukmdori sifatida tarixda muhim o‘rin tutadi. U ilm-fanga
qiziqishni juda erta, 10 yoshidan boshlab boshlagan. Bu davrda Ulug‘bek, Ahmad
Farg‘oniy, Forobiy, Muso Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va Umar Hayyom kabi buyuk
olimlarning asarlarini o‘rganib, ularning bilimlaridan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘ldi. Ushbu mutafakkirlar orqali u yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gippakrat va
Ptolomey bilan tanishib, ularning ilmiy merosini o‘z zamoniga tadbiq etishga harakat
qildi. Bu jarayon, Ulug‘bekning ilmiy qarashlarini yanada kengaytirib, yangi
kashfiyotlar qilishga kirishdi. “Tazkirat-ush shuaro” asarida Davlatshoh Samarqandiy
shunday yozadi: “Olim, odil, g‘olib va himmatli podshoh Ulug‘bek Ko‘ragon
yulduzlar ilmida osmon qadar yuksalib bordi, maoniy ilmida qilni qirq yordi. “O‘rta
Osiyo xalqlari ilm-fanini va madaniyatini dunyo ilmining eng yuqori pog‘onasiga olib
chiqishda Mirzo Ulug‘bek muhim ro’l o‘ynadi. Uning eng buyuk asari Samarqandda
ilmiy maktab, o‘sha davr akademiyasi barpo etganligi bo‘ldi. 200 dan ortiq olim,
ularning orasida Qozizoda Rumiy va G‘iyosiddin Jamshid Koshiy kabi yirik
mutafakkirlar, bu ilmiy maktabda faoliyat olib bordi.Bunga qo`shimcha sifatida
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand o‘zining gullab-yashnashiga erishdi. Uning
farmoyishi bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda va 1433-yilda
G‘ijduvonda madrasalar qurildi. Marv shahrida ham xayriya muassasalari tashkil
etildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi va Shohi Zinda ansambli kabi
muhim qurilishlar nihoyasiga yetkazildi. Bundan tashqari, Ulug‘bek karvonsaroylar,
timlar, chorsular va hammomlar kabi ko‘plab jamoat binolarini ham barpo ettirdi. Bu
tadbirlar, uning madaniyat va ta’limga bo‘lgan e'tiborini ko‘rsatadi . Samarqand
yaqinidagi Ko‘xak (Cho‘ponota) tepaligida Ulug‘bek rasadxona barpo etdi. 1424-
1429-yillarda qurilgan bu rasadxona, “Boburnoma” da keltirilishicha, balandligi 30,4
metr bo‘lgan va 3qavatli qilib qurilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati,
mashhur olimlar G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi
mutafakkirlar bilan birga, Ulug‘bek taklifi bilan yig‘ilgan, osmon ilmida yangi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
277
cho‘qqilarga erishdi. Ulug‘bekning ilmiy merosi zamonaviy astronomiya uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari , Boburning yozishicha, rasadxonasining sirti
koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Bu rasadxonada o‘rnatilgan juda katta
asbob yordamida katta aniqlik bilan Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar o‘rganilgan.
Shuningdek, rasadxona ichida fanning deyarli barcha sohalariga tegishli qariyb o‘n
besh ming jild kitob saqlovchi kutubxona ham bo‘lgan. Ulug‘bekning faol ishtiroki
tufayli, bu rasadxona o‘sha davr sharoitida mukammal astronomik asboblar va
uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmiy markazga aylangan.Ushbu ilmiy
muassasa, nafaqat astronomiya, balki boshqa ilmiy tadqiqotlar uchun ham muhim
platforma bo‘lib xizmat qilgan. O‘rta asrlarda asbob-uskunalari jihatidan beqiyos
bo‘lgan rasadxona, o‘ndan ortiq turli astronomik qurilmalar va asboblar bilan
jihozlangan edi. Ularning eng muhimlaridan biri, radiusi 40,2metr bo‘lgan qo‘shaloq
yoydan iborat kvadrant (sekstantga yaqin) qurilmasi hisoblanadi. Janubiy qismi yer
ostida joylashgan kvadrant, shimol tomonda esa yer sathidan 30metr balandda
joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85mm va bir minut yoy 11,53mmga
to‘g‘ri keladi. Ushbu asbob, astronomiyaning asosiy doimiyliklari – ekvator va
ekliptika orasidagi burchakni o‘lchash, yillik pretsessiya doimiysini, tropik yil
davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlash imkonini
berdi. Rasadxona ichida kichik o‘lchamli asboblar, jumladan armillyar sfera, o‘lchov
asboblari, triangulalar, quyosh va yulduz soatlari, asturlob va boshqalar mavjud edi.
Ushbu ilmiy uskunalar yordamida Quyosh, Oy, sayyoralar va alohida yulduzlar
kuzatildi. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari “Zij-i Ulug`bek” deb
nomlangan astronomik jadval yaratdi, bu jadvalda quyosh, oy va yulduzlarning
harakatlari haqida aniq ma'lumotlar keltirilgan. U quyoshning 1 yillik harakatini
365kun 5soat 49 daqiqa 15soniya ekanligini aniqlab chiqdi, bu esa zamonaviy hisob-
kitoblarga juda yaqin. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati, mashhur olimlar
G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mutafakkirlar bilan birga,
Ulug‘bek taklifi bilan yig‘ilgan, osmon ilmida yangi cho‘qqilarga erishdi.
Ulug‘bekning ilmiy merosi zamonaviy astronomiya uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari. bu rasadxonada o‘rnatilgan juda katta asbob yordamida katta aniqlik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
278
bilan Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar o‘rganilgan. Shuningdek, rasadxona ichida
fanning deyarli barcha sohalariga tegishli qariyb o‘n besh ming jild kitob saqlovchi
kutubxona ham bo‘lgan. “Risolayi Ulug‘bek” — Mirzo Ulug‘bekning yulduzlarga
bag‘ishlangan muhim asaridir, bu asar astronomiya sohasidagi yirik tadqiqotlardan
biri hisoblanadi. Ushbu risola Ulug‘bekning zamonasi uchun eng ilg‘or astronomik
bilimlarni o‘z ichiga oladi va yulduzlar harakatini o‘rganishga qaratilgan. “Risolayi
Ulug‘bek”da yulduzlarning joylashuvi, harakati va astronomik kuzatishlar natijalari
batafsil bayon etiladi. Ulug‘bek o‘zining rasadxonasida olib borgan kuzatishlar orqali
yulduzlarning koordinatalarini aniqlashda zamonaviy usullarni qo‘llagan. Asarda
yulduzlar to‘plamlari, ularning sayyoralar bilan aloqasi va bu hodisalardan kelib
chiqadigan astronomik jarayonlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.Ulug‘bekning faol
ishtiroki tufayli, bu rasadxona o‘sha davr sharoitida mukammal astronomik asboblar
va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmiy markazga aylangan. Ushbu ilmiy
muassasa, nafaqat astronomiya, balki boshqa ilmiy tadqiqotlar uchun ham muhim
platforma bo‘lib xizmat qilgan.
Mirzo Ulug‘bek nafaqat osmon ilmida ,balki matekamatika rizvoji uchun ham
ulkan sa’y-harakatllar qilganini tarix zarvaraqlarida payqashimiz mumkun, buning
isboti sifatida, Mirzo Ulug‘bekning “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola” asari,
o‘z zamonining eng muhim matematik tadqiqotlaridan biridir. Bu risola, sinus
funksiyasining bir darajaga nisbatan qiymatini aniqlashga qaratilgan bo‘lib,
matematik analiz va trigonometriya sohalarida muhim o‘rin egallaydi. “Tarixi Arbaʼ
Ulus” (To‘rt Ulus Tarixi) – bu asar Mirzo Ulug‘bek va uning davrida yashagan
olimlar tomonidan yozilgan tarixiy manbadir. Ushbu kitob, O‘rta Osiyo, Xitoy, Eron
va Turkistondagi davlatlarning tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. “Tarixi Arbaʼ
Ulus” asarida, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi, ularning urf-odatlari, madaniyati,
iqtisodiy hayoti va siyosiy rivojlanishi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Kitobda,
shuningdek, Amir Temur va uning avlodlari, shuningdek, uluslarning o‘zaro
munosabatlari va urushlari haqida ham ko‘plab tafsilotlar mavjud. Ushbu kitob,
nafaqat tarixiy ma’lumotlarni taqdim etadi, balki xalqlar o‘rtasidagi aloqalar va
madaniy o‘zaro ta’sirni ham yoritadi. Mirzo Ulug‘bekning bu asari, tarixiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
279
tadqiqotlarda, shuningdek, o‘sha davr madaniyati va siyosiy tuzilmalarini o‘rganishda
muhim vosita hisoblanadi.
Insoniyat atamasi shaklangandan boshlab to hozirgacha bo‘lgan tarix
qanchadan-qancha ziddiyatlar va qonli urushlarning guvohi bo‘lmadi ekan. Afsuski
Ulug‘bek Mirzoning hayotining so‘ngi yillari tarixda qon bilan bitildi. Otasi Shohruh
Mirzoning 1447-yil 28-yanvarda tasodifiy vafoti shahzodalar o‘rtasida sulola jangini
keltirib chiqaradi. Bir tarafda Boysunqurning o‘g‘li Olovuddovla, boshqa tomonda
esa Ulug‘bek Mirzo otasidan qolgan taxt uchun kurash olib boradi va
Movvorounnahrni bobosi davridagidek gullab yashnatishni xohlaydi.Tarixchi olim
Nizomiddin Gulboyevning ma’lumotlariga ko‘ra- bu jarayonda Mirzoning kata o‘g‘li
Abdulatif va uning qo‘shini Olovuddavla tomonidan asirga olinadi, o‘g‘lini qutqarish
ilinjida Ulug‘bek sulh tuzishga va mamlakatni yarmini Olovuddavlaga berishga rozi
bo`ladi. Mirzo Ulug‘bekning qo‘lidagi kuch qudratni inobatga olsak, Mirzo
isyonchilarni bemalol tinchita olardi amma bunday yo‘l tutmadi. Vaholanki,
qiziqqonligi va o`ch olish maqsadida Abdulatif Balx ya’ni Olovuddavla tasarruzidagi
yerlarga qo‘shin tortadi va jang Olovuddavlaning mag‘lubiyati bilan yakun topadi.
Garchi yurushlar davomida Abdulatif ulkan jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsada, barcha
maqtov va yorliqlar Mirzo Ulug‘bekning kichkina o‘g‘li Abdulazizga yo‘naltiriladi.
An‘analarga ko‘ra katta o‘g‘il taxt merosi hisoblanadi amma o‘ziga nisbatan
ko‘rsatilayotgan kamsitishlarni Abdullatifga yomon ta‘sir qiladi va taxt talvasasi
uning vujudini qamrab oladi, natijada otasiga qarshi qilich yalang‘ochlaydi.
Navbatdagi qarama-qarshilik, afsuski, Mirzo Ulug‘bekning mag‘lubiyati bilan
yakunlandi.
Tarixda sodir bo‘lgan mudhish voqealarga qaramasdan, mutafakkir Mirzo
Ulug‘bek o‘zining kashfiyotlari bilan tarixda o‘zidan yaxshi nom qoldirishni
uddaladi. Shuning uchun ham 1908-1909-yillarda V.L.Vyatkin Ulug‘bek
rasadxonasini o‘rganib, Samarqand olimlariga qiziqishni oshirdi. 1918-yilda
V.V.Bartold “Ulug‘bek va uning davri” asarini nashr etdi. Sovet davrida T.N.Qori
Niyoziy Ulug‘bekni tanitishda o‘z hissasini qo‘shdi. A.Ahmedov 1994-yilda
Ulug‘bek “Zij”ining ilmiy izohli tarjimasini taqdim etdi. 1994-yil aprelida Ulug‘bek
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–2_ Февраль –2025
280
tavalludining 600 yilligi nishonlandi, shuningdek, Toshkent shahrida haykal
o‘rnatildi va Samarqandda memorial muzey tashkil etildi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, maqola Ulug‘bekning hayoti, ilmiy faoliyati
va tarixiy ahamiyati haqida. Ulug‘bek, O‘zbekistonning hozirgi Samarqand shahrida
yashagan buyuk astronom, olim va pdshoh bo‘lib, u 15-asrda ilm-fan va madaniyat
sohasida katta yutuqlarga erishgan.
Ulug‘bekning astronomik observatoriya yaratishi, osmon jismlarini
kuzatishdagi innovatsiyalari va astronomik jadval yaratishdagi o‘ziga xos yondashuvi
ta‘kidlangan. U, shuningdek, matematikaga bo‘lgan qiziqishi bilan ham tanilgan.
Ulug‘bekning ilmiy merosi nafaqat o‘z zamonida, balki keyingi avlodlar uchun ham
muhim ahamiyatga ega.
Maqolada shuningdek, uning davlat arbobi sifatidagi roli va madaniyat
rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ham so‘z boradi. Ulug‘bek, o‘z davrida ilm-fan va
san‘atni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratgan, bu esa uning tarixdagi o‘rnini yanada
mustahkamlaydi.
Umuman olganda, Mirzo Ulug‘bek haqidagi maqola uning hayoti va
faoliyatining ko‘p qirraliligini ko‘rsatadi, shuningdek, uning ilm-fan va madaniyat
tarixidagi ahamiyatini yoritadi.
FOYDALANILGAN MA’LUMOTLAR:
1.Shavkat
Mirziyoyevning
virtual
axborot
markazining
rasmiy
manzili
2. I.A.Xamraev ninng “Temuriylar davri va Mirzo Ulug‘bek”Toshkent – 2023
https://youtu.be/Os-LtaujEX4?si=GaulvxDDP51fY_Pm