MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
130
OLIY TA’LIM MUASSASASI XODIMLARINING
RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINI MEYORIY HUJJATLARDA AKS
ETILISHI
Oriental Universiteti
Ta’lim menejmenti yo’nalishi magistranti
X. Mamadaliyeva
Annotatsiya: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ta’lim tizimi, jumladan, oliy
ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarni hamda boshqa
xodimlarni rag’batlantirish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir nechta farmon,
farmoyish va qarorlar qabul qilingan. Ushbu maqolada 10 ga yaqin meyoriy hujjatlar
tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: oliy ta’lim, pedagog, farmon, rag’batlantirish, kasaba
uyushmasi, mutaxassis.
Аннотация: В годы независимости в Узбекистане в системе
образования, в том числе в системе высшего образования, были приняты
несколько указов, постановлений и решений правительства с целью
стимулирования профессорско-преподавательского состава и других
сотрудников. В данной статье проанализировано около 10 нормативных
документов.
Ключевые слова: высшее образование, педагог, указ, стимулирование,
профсоюз, специалист.
Annotation: During the years of independence in Uzbekistan, several
decrees, resolutions, and decisions have been adopted by the government to
encourage professor-teachers, and other staff working in the education system,
including higher education. This article analyzes nearly 10 regulatory documents.
Keywords: higher education, teacher, decree, motivation, trade union,
specialist.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
131
O‘qituvchi – jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchlaridan biri bo‘lib, yosh
avlodga bilim va tarbiya beruvchi eng muhim kasblardan biridir. O‘qituvchilarning
jamiyatdagi roli talabalarga o‘rgatish bilan cheklanmaydi, balki ular insoniyatning
kelajagini yaxshilashda beqiyos xizmat qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida ta’lim tizimi, istedodli
o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik
jarayonlardagi vazifalalari, ularni rag‘batlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida hukumat
tomonidan bir nechta qonun hujjatlari qabul qilingan. Biz pedagoglar, oliy ta’lim
tizimida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning faoliyatini muvofiqlashtirish
hamda rag‘batlantirishga qaratilgan bir nechta meyoriy hujjatlarni tahlil qilib
chiqamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son, “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil avgustdagi PF-5505-son farmonlarida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlar
mehnatini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan munosib rag‘batlantirish tizimini
takomillashtirish maqsadida 2020-yil 26-avgustda Vazirlar Mahkamasining
“Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi
xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 517-sonli qarori tasdiqlangan [1]. Ushbu
qarorning nizomi 4 bobdan iborat. Birinchi bob “Umumiy qoidalar” deb nomlanib,
15 ta banddan iborat. Unda oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritishi davomida
yutuqlarga erishgan xodimlarga pul va ustamalar belgilash budjetdan tashqari
mablag‘lar hisobiga amalga oshirish kerakligi; oliy ta’lim muassasasi faoliyati
samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga qarab berilishi;
oliy ta’lim muassasasi rahbarlariga mukofotlar yuqori turuvchi tashkilotlarning
tegishli qarorlari bilan berilishi; oliy ta’lim muasasasi rahbariyati tomonidan har yili
professor-o‘qituvchi va xodimlarga moddiy rag‘batlantirish tartibi va hajmlarini
belgilashi shart ekanligi; oliy ta’lim muassasasi rahbariyati yoki boshqa boshqaruv
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
132
organlari tomonidan butun bir jamoa, kafedra, fakultet, ilmiy laboratoriya va boshqa
bo‘linmalar xodimlarini rag‘batlantirish tartibi; xodim erishgan yutuqlari to‘g‘risida
noto‘g‘ri ma’lumot berganda, rag‘batlantirish bekor qilinishi; rag‘batlantirishni butun
bir o‘quv yili davomida amalga oshirish mumkinligi; aniq bir xodim yoki jamoani
mukofotlash miqdorining chegarasi; rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruqni chiqishida
rahbar, kasaba uyushmasi, yuqori turuvchi tashkilot tomonidan bajariladigan ishlar
ketma-ketligi;
birgina
mehnat
intizomining
buzilishi
belgilangan
(yoki
belgilanadigan) rag‘batlantirishni bekor qilishga asos bo‘lishi mumkinligi; oliy ta’lim
muassasasi rahbarini qanday holatlarda ustamalarni bekor qilish yoki kamaytirish
imtiyozlariga ega ekanligi; qanday hollarda oliy ta’lim muassasalari xodimlariga
ularning murojaatiga asosan kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan oliy
ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam
to‘lanishi; O‘n beshinchi bandida ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida
bajarilmaganda, mehnat va ishlab chiqarish intizomi buzilganda ustamalarni bekor
qilish yoki kamaytirish intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi deb ko’rsatilgan.
Ikkinchi bob “Moddiy rag‘batlantirish miqdori va manbalari”ga
bag‘ishlangan bo‘lib u ikkita banddan iborat. Birinchi bandida rag‘batlantirish
miqdoriy ko‘rsatgichkari O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim
muassasalarida rag‘batlantirish turlari va miqdorlari moliyaviy imkoniyatdan kelib
chiqib, mustaqil belgilanishi tartibi belgilab qo‘yilgan. Ikkinchi bandida to‘lov-
kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan
qisminigina
birlamchi xarajatlardan keyin rag‘batlantirishga yo‘naltirish
mumkinligini, Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining
boshlang‘ich tashkilot yetakchisining maoshiga har oyda ellik foiz ustama qanday
tartibda berilishi, Shuningdek, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarining
tarbiyalanuvchilar bilan turli ko‘rinishdagi mashg‘ulotlar olib borgan yetakchi
professor-o‘qituvchilarga ustama berish tartibi belgilangan.
Qarorning 3-bobida “Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va
boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning asosiy mezonlari” talablari
belgilangan bo‘lib uchta banddan iborat. Birinchi bandda oliy ta’lim muassasalarining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
133
barcha xodimlarini rag‘batlantirishga qo‘yilgan quyidagi mezonlari keltirilgan: o‘quv
jarayonida taraqqiyotni belgilaydigan sohalarda maxsus kurslar tashkil etish; o‘quv
va o‘quv-uslubiy ishlarning samaradorligi va sifatini ta’minlovchi o‘qitishning ilmiy-
metodik darajasiga ega bo‘lish; o‘qitishning faol usullaridan foydalanish va besh
tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha yutuqlarga erishish; yangi avlod darsliklari va o‘quv
qo‘llanmalarini yaratish va ishlab chiqish; barcha turdagi ishlab chiqarish
amaliyotlarini tashkil etish va iqtidorli talabalar bilan turli ko‘rinishdagi tanlovlarda
faol qatnashish; o‘quv jarayonida o‘qitishning yangi shakllari va usullarini ishlab
chiqish va joriy etish, talabalarning mustaqil ta’lim olishini shakllantirish; oliy
ta’limning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish va ularni
o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga tatbiq etish; ilmiy-uslubiy kengashlar va o‘quv-uslubiy
birlashmalarda samarali ish olib borish va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha aniq
takliflarni ishlab chiqish; maqolalar, monografiyalar va kitoblarni nashr etish; turli
xildagi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etish; doktorantlarga
ilmiy rahbarlik qilishda ijobiy natijalarga erishish; xorijiy tilda dars o‘tish; oliy ta’lim
muassasasi moddiy-texnika bazasini homiylik asosida mustahkamlash borasida
shaxsiy tashabbus ko‘rsatish; har bir xodimning berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va
sifatli bajarishi hamda jamoat ishlarida faol qatnashishi kabilar.
Ikkinchi bandida esa Oliy ta’lim muassasasi rahbarlarini rag‘batlantirishda
quyidagi mezonlar belgilab qo‘yilgan: tayyorlangan mutaxassislarning sifat
ko‘rsatkichlari; professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati bo‘yicha tarkibi va
ularning malakasini oshirganlik darajasi, oliy ta’lim muassasasida faoliyat
yuritayotgan xorijdan jalb qilingan malakali professor-o‘qituvchilarning (mutaxassis)
salmog‘i; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga
qo‘shgan ilmiy salohiyati; oliy ta’lim muassasasidagi tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish darajasi va budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish usullari; ta’lim
muassasasining daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi natijalari (oxiri yillar
o‘sish dinamikasi tahlili asosida); yuqori tashkilotlarga oliy ta’limni isloh qilish
hamda milliy iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirish muammolari bo‘yicha takliflar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
134
kiritish; oliy ta’lim muassasasida jamoaning ma’naviy, axloqiy va psixologik
muhitining holatiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siri.
Uchinchi bandida xodimlarning ilg‘or tajribasini va faoliyati samaradorligini
ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda oliy ta’lim muassasasi veb-saytiga
joylashtirish zarurligi belgilab qo‘yilgan.
Nizomning to‘rtinchi bobida yakuniy qoidalar berilgan. U to‘rtta banddan
iborat. Ushbu bandlarda oliy ta’lim muassasasining shtatdagi xodimlariga mehnatga
haq to‘lashning amaldagi tizimida nazarda tutilgan rag‘batlantirish bo‘yicha
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar ham qo‘llanilishi mumkinligi;
ustama haqlarini qat’iy mezonlarga muvofiq belgilash va to‘lash uchun javobgarlik
oliy ta’lim muassasasi rahbari zimmasiga yuklatilishi; ushbu Nizomni qo‘llashda
yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi;
Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda javob berishi belgilangan.
Bugungi kunda oliy ta’lim muasasalarining barcha xodimlarini moddiy
rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-son Qaroriga
[2] asosan amalga oshiriladi. Bu qaror qabul qilingunga qadar ham oliy ta’lim
muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan
tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi mavjud edi. Jumladan
quyidagilar:
1995-yil 31-mayda Viloyatlar markazlarida tashkil etilgan oliy o‘quv
yurtlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ularning ilmiy-intellektual
potensialini va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “O‘zbekiston
Respublikasi mintaqaviy oliy o‘quv yurtlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 196-sonli Qarori
qabul qilingan lekin, mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb
hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini
yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
135
mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil
27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi Qaroriga [3] asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi “Respublika
oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va
uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-926-sonli
Qarori [4] da Oliy ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini
yanada takomillashtirish va ta’lim-tarbiya ishlari darajasi hamda sifatini oshirishda
ularni moddiy rag‘batlantirishning samarali mexanizmini joriy etish, mamlakat
iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarida ehtiyoj sezilayotgan yuqori malakali,
raqobatdosh kadrlar tayyorlashda professor-o‘qituvchilar tarkibi qo‘shayotgan hissasi
munosib baholanishini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Mazkur Qaror yettita banddan
iborat bo‘lib, birinchi bandida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya
vazirligining 2008-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-
o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarining maoshlariga doimiy ustama va
qo‘shimcha to‘lovlarni qo‘shgan holda takomillashtirilgan tizimini joriy etish
to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi, ikkinchi bandida oliy ta’lim muassasalarining
professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlariga joriy etilayotgan bazaviy
lavozim maoshlarini o‘rtacha 25 foiz miqdorida, jami esa 1,5 barobarga oshirishi,
uchinchi bandida xodimlarning lavozim maoshlariga alohida ish sharoitlari, xorijiy
tillarni bilishi, muayyan xizmat muddatini ado etganligi uchun qo‘shimcha haq
to‘lash va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa qo‘shimcha haq to‘lashning
amaldagi turlari va miqdorlari saqlab qolinishi, to‘rtinchi bandida esa O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim
muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar mazkur qarorda belgilangan
tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘z vaqtida va to‘liq
moliyalashtirilishini ta’minlanishi lozimligi belgilab qo‘yilgan. Beshinchi bandida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki xafta muddatda bazaviy lavozim
maoshlarini, nizomni tasdiqlashi lozimligi, oltinchi bandida esa O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
136
bilan bir oy ichida ushbu qaror yuzasidan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasiga takliflar berilishi belgilab qo‘yilgan.
“Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning
takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”[5] gi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 164-sonli Qarori 2008-yil 1-avgustda qabul qilingan. 164-
sonli PQ-926-son qarorni bajarish yuzasidan qabul qilingan. Qaror jami olti banddan
iborat. Birinchi bandda 2008-yil 1-sentabrdan maoshlarni oshirilgan miqdorda
to‘lanishi, ikkinchi bandida Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq belgilanishi, yordamchi xodimlarining
mehnatiga haq to‘lash razryadlari tasdiqlangan. Uchinchi bandida oliy ta’lim
muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy
etish bo‘yicha zarur tushuntirish ishlarini va tashkiliy ishlarni amalga oshirilishi
belgilangan. To‘rtinchi bandida tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar
va idoralarning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va
magistratura mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar
soni nisbati tuzilgan, oliy ta’lim muassasasi kengashlariga, zarur hollarda, mazkur
nisbatlarni 50 foizgacha o‘zgartirish vakolatini berish belgilangan. Beshinchi bandida
qanday tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-
sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori
[6] ning birinchi bandida oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va
kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar qatorida har bir oliy ta’lim
muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik
aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or
pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy
qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish
kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va
olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim
muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka
o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
137
tashkil qilish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot
faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish kabilar keltirilgan. Mazkur
Qarorning uchinchi bandida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy
muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh pedagog va ilmiy
xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha “Iste’dod” fondining faoliyatini tubdan qayta
ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarorining 4/g bandida 2018/2019 o‘quv
yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining vaqtini o‘quv
jarayoniga xos bo‘lmagan ishlarga sarflashning oldini olish hamda ularni talabalar
bilan ko‘proq ishlashga yo‘naltirish, shu jumladan “ustoz — shogird” tizimini joriy
etish maqsadida o‘quv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-o‘qituvchilar
“vaqt me’yorlari”ning yangi mexanizmlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda
tasdiqlangan. Beshinchi bandida Oliy ta’lim muassasalarining professor-
o‘qituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan
yig‘ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlanishi yozib qo‘yilgan.
2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni [7] ning 7-bo‘limi 53-moddasida (Ta’lim
tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish) pedagoglarga quyidagi
imtiyozlar belgilangan: a) Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
davlat tomonidan kafolatlanadi. b) Ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga
qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi belgilanadi, haq to‘lanadigan har yilgi
uzaytirilgan ta’til va boshqa imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi. d) Ta’lim
tashkilotlarining pedagog va boshqa xodimlariga sanitariya-gigiyenaga oid,
epidemiyaga qarshi hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan sog‘liqni
saqlash kafolatlanadi. e) Ta’lim tashkilotlari mehnatga haq to‘lash uchun mavjud
bo‘lgan mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda ish haqiga, lavozim maoshlariga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
138
tabaqalashtirilgan ustamalar belgilashga va mehnatga haq to‘lash hamda uni
rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.
2024-yil 1-fevralda qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” O‘RQ-
901-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni [8] 21 moddadan iborat bo‘lib, uning
13-moddasida “Pedagoglarni rag‘batlantirish” masalasi belgilab qo‘yilgan. Yani,
pedagog belgilangan tartibda davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin, xalqaro
va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlaganligi uchun mukofot pullari, budjet
mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amaldagi qonunchilikka
muvofiq moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari bilan mukofotlanishi mumkin.
14-moddasida esa pedagoglarning ijtimoiy himoya qilish masalasi yoritilgan.
Hukumatimiz tomonidan oliy ta’lim tizimi, unda faoliyat yuritayotgan
professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlarni o‘z ustilarida ishlashlari, ularni
rag‘batlantirish shart-sharoitlari, xususan, ijtimoiy himoya tizimi qonun, qaror, va
qonunosti hujjatlari bilan tasdiqlangan. Bundan ko‘zlangan yagona maqsad yurtimiz
kelajagi uchun yetuk kadrlarni yetishtirib berayotgan professor-o‘qituvchilarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlashdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Lex.uz Vazirlar Mahkamasining Respublika oliy ta’lim muassasalarining
professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari
mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqidagi 517-sonli qarori
2.
https://lex.uz/docs/-4969845
3.
https://lex.uz/docs/-5300195
4.
Lex.uz Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida PQ-926-sonli qarori
5.
Lex.uz “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq
to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 164-sonli Qarori
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
139
Lex.uz “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-
2909-son. 2017-yil 20-aprel.
6.
https://lex.uz/docs/-5013007
7.
https://lex.uz/docs/-6786401