MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
85
YURAK VA MUSHAKLARNI ISHLASHIDA FERMENTLARGA
BOG’LIQLIGI
Hasanova Muxlisa Sobirjon qizi
Farmatsiya fakulteti 301-guruh talabasi
Ilmiy raxbar: assistent. S.A.Xalimova
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Samarqand, O’zbekiston
Mavzuning dolzarbligi:
Yurak va mushaklarni ishlashi ularni faoliyatini
ta’minlashda bevosita ishtirok etuvchi ko’pgina fermentlarga bo’g’liq. Bu
fermentlardagi o’zgarishlar yurak va mushaklarda turli xil patologik jarayonlarning
vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda eng keng tarqalgan kasallanish va
o’lim ko’rsatkichi bo’yicha yurak-qon tomir tizimi kasalliklari 1-o’rinda turadi. BJSS
tashkilotining xabar berishicha har yili taxminan 17.9 million kishi ushbu kasalliklar
sabab vafot etadi. Bu esa o’lim hodisasining 31 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari
mushak distrofiyasi va denervatsiyadagi biokimyoviy o’zgarishlar, Kreatin
metobolizmining buzilishiga sabab bo’ladi.
Izlanish maqsadi:
Yurak va mushaklarni ishlashida fermentlarga
bog’liqligini o’rganish.
Natijalar va muhokamalar:
Mushak inson organizmida eng keng
tarqalgan to’qima bo’lib, tananing 40-42 foizini tashkil etadi. Mushaklarning asosiy
dinamik funksiyasi bu qisqarish va bo’shashish bo’lib, aynan shu sababli harakat
amalga oshadi. Nafaqat harakat balki yurak-qon tomir, nafas olish, jinsiy, oshqozon
ichak tizimining ishlashi ta’minlanadi. Suv va tuzlar deposi, aminokislotalarning
asosiy zahirasi, ichki a’zolar uchun mexanik himoya kabi funksiyalarni bajaradi.
Mushak to’qimasi quyidagi oqsillarda tashkil topgan bo’lib, ular mushaklarning
qisqarishida katta ro’l o’ynaydi. Miofibrillyar oqsillar 45 foiz, sarkoplazmatik oqsillar
35 foiz va stroma oqsillari 20 foizni tashkil etadi. Bu oqsillar suv va turli ion
kuchlanishga ega bo’lgan eritmalarda erishi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. 3
turdagi mushak bir-biridan quyidagicha farq qiladi: skelet mushagi, yurak mushagi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–3_ Февраль –2025
86
va silliq mushak. Mushaklaraing qisqarishi va bo'shashishi uchun energiya ATF
sifatida bo'ladi. Zaxira energiya ko'p bo'lmagan miqdordagi ATF va kreatinfosfat
holatida bo'ladi. Bu zaxira 10-12 soniyaga yetadi. Yurak mushaklarida ATF va
kreatinfosfatning miqdori skelet mushaklariga nisbatan kam bo’lib, ko’p miqdorda
ATF sarflanadi. ATF resintezi yurakda jadal kechadi. ATFning resintezi ADFning
kreatinfosfat bilan transfosforlanishi hisobiga bo’ladi. Ushbu reaksiyalarni
kreatinkinaza fermenti katalizlaydi: Kreatinfosfat + ADF -» kreatin + ATF. Koronar
yurak kasalligi bilan og’rigan bemorlarda yurak mushaklarining metabolik buzilishi
ishemik miokard uchun oksidativ fosforial ferment kamayadi va anaerob metabolizm
ortadi. Ishemiyaning boshlang’ich bosqichida miokard tomonidan glyukoza va
glikogen hisobiga glikogenoliz va glikolizning oltishi hujayra ichida katexolamin va
sAMF miqdorining ortishiga sabab bo’ladi. Va natijada yurak ishemik kasalliklari
rivojlanadi.
Xulosa:
Yurak mushagidagi fermentlar faolligining pasayishi va qon
zardobidagi tegishli fermentlar kreatinkinazalar, AsAT, LDG ning faolligining
oshishi miokard infarktini tashxislashda eng sezgir biokimyoviy laborator tekshiruv
hisoblanadi.