MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
115
MAKTABGACHA TA’LIMDA MUSIQIY JARAYONLARNI
TASHKIL ETISH METODLARI
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti
,,San’atshunoslik’’ kafedrasi katta o’qituvchisi
Ruziyeva Orzigul Ilyosovna
Musiqiy ta’lim yo’nalishi talabasi
Xoliqova Sevara
Annatatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda musiqiy jarayonlarni
tashkil etish metodlari haqida so’z yuritilgan .Musiqa san’ati shunday san’at turi
ekanligi, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtirishini
anglatadi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan
yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg‘otishining
o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkinligi aytib o’tilgan.
Kalit so’z: Musiqa ,san’at, bilim, malaka, ko’nikma,texnologiya,termin,
estetika did, qobiliyat.
Aннотация: В статье рассматриваются методы организации
музыкальных процессов в дошкольном образовании. Тот факт, что музыка
является видом искусства, означает, что она объединяет людей через их
переживания и эмоциональные чувства. Это становится средством общения
между ними. Говорят, что тот факт, что музыка, созданная одним
композитором, может вызывать разные эмоции в сердцах других людей, сам
по себе можно назвать чудом.
Ключевые слова: Музыка, искусство, знание, умение, технология,
термин, эстетика, вкус, умение.
Abstract: This article discusses the methods of organizing musical processes
in preschool education. The fact that music is such an art form that unites people
through their experiences and emotional feelings means that it becomes a means of
communication between them. It is said that the fact that music created by one
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
116
composer can evoke various experiences in the hearts of other people can be called
a miracle.
Keywords: Music, art, knowledge, skills, abilities, technology, terms,
aesthetics, taste, ability.
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim yo’nalishlariga alohida urg’u
berilmoqda.Kundan kunda yangi maktabgacha ta’lim muassasalari barpo
etilib,musiqiy
tarbiyaning estetik ahamiyatini va musiqaviy tarbiyalarni
oshirishmoqda.O’zbekiston Davlat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham:”Yoshlar va
bolalarga e’tibor va amaliy g’amxo’rlik ko’rsatish,ularni jismoniy va mq’naviy
barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.Bolalarni kichik
yoshdan boshlab rivojlantirish bilan kelajakda ularning o’zligini bilishiga mustahkam
zamin yaratayapmiz.Zero, bu ezgu maqsadimiz yo’lida sarflangan investitsiyalar
ertaga bir necha barobar ortig’i bilan qaytishiga shubha yo’q”,-deya aytgan edilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarga musiqiy savodlarini
balki,jismoniy madaniyatlarini oshirish ham shu jumladandir.Har kuni ertalab
bolalarga badan tarbiyalar qildirish bilan ularni chiniqtirish lozimdir.
Biz bolalarni musiqiy jarayonni tashkil etish metodlari haqida aytsak,ularga
musiqa tinglash va kuylashga o’rgatish metodlari ham kiradi.Musiqa san’atiga
qatnashish usullari asarlarning mazmuni va harakteri,ularning qanday ijro etilishiga
ko’ra bilishimiz mumkin.Xor ijro qilyaptimi yoki solist ijrosi bo’lyaptimi jonli ijro
qilinmoqdami yoki fanogramma qilinmoqdami-bularning barchasi tinglashga
o’rgatish metodlarida namoyon bo’ladi.Bolalarga tinglashga o’rgatishga musiqiy
asboblar ham juda ma’quldir.Sababi ular musiqiy asboblarga juda qiziqadilar va mana
shu qiziqishlar ham ularning musiqiy savodlarini oshirishga yordam beradi.
Kuylashga o’rgartish metodlari esa:barcha repertuarni o’rganib borishga
muvofiq
murakkablashib
boradi.Ashulachilik
ovozi,musiqa
qobiliyatini
o’stirish,maktabda notalar bilan kuylashni muvaffaqiyatli o’rganishga imkon
beradi.Bolalar ashulani o’rganar ekanlar,musiqa,uning mazmuni,kuyining
tempi,harakteri,dinamikasi haqida barcha ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
117
Mashg’ulotlarda vokal mashqlar 2-4 daqiqagina davom etadi,biroq ularni
sistemali tarzda takrorlash tovushning to’g’riga shakllanishiga hamda ovozning tiniq
chiqishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarda musiqa tinglash(3-4
yosh):qo’shiq,raqs va marsh janrlari haqida tasavvur uyg’otish va ularni mazmunan
tushuntirish joizdir.
O’rta yoshdagi bolalarda musiqa tinglash(4-5 yosh):ular tinglayotgan
asarining mazmuni va harakterini ajrata olish va asar haqida o’z taassurotlarini baham
ko’rishadi. Katta yoshdagi bolalarda(5-6 yosh) musiqa tinglash: musiqa asarining
kayfiyati,harakterini mustaqil farqlash va undan olgan xulosalarini baham
ko’rish.Vokal va cholg’u asarlaridan bahramand qilish va ushbu janrlar haqida
tushuncha hosil qilib,ularni farqlashdir. Maktabga tayyorlov yoshdagi bolalarda(6-7
yosh) musiqa tinglash: musiqa asarining mazmunini tushunish,kirish qismi,band
naqorat qismi,hamda xotimasini farqlashga o’rgatish.Ichki dunyosini boyitish uchun
yordam beradi.Undan tashqari estetik didni shakllantiradi.O’zbek mumtoz va
zamonaviy shuningdek,jahon mumtoz musiqasi na’munalaridan bolalarni bahramand
qilish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bayram ertaliklari.
Bolalarning bog’chadagi o’tkazayotgan vaqtlarini esda qolarli, bolalarning
kayfiyatinu ko’tarish,bayramona madaniyatini shakllantirish va bolalarni xursand
qilish maqsadida bayram ertaliklari o’tkaziladi.
Har bir guruhlar uchun bayram ertaliklari mavjud.
Bulardan,kichik guruhlarda o’z yoshlariga munosib holda”Mustaqillik
bayrami”, “Oltin kuz”, “Yangi yil bayrami”, “8-mart Xotin-qizlar bayrami”, hamda
“Navro’z bayrami”; O’rta guruhlarda ham, Mustaqillik bayrami”, “Oltin kuz”,
“Yangi yil bayrami”, “8-mart Xotin-qizlar bayrami”, hamda “Navro’z bayrami”;
Katta guruhlarda,”Mustaqillik bayrami”, “1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni”,
“Oltin kuz”, “Ona tilim”, 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul
qilingan kun, 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul
qilingan kun,10-dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan
kun,”Yangi yil bayrami”,”Vatan himoyachilar kuni”, “8-mart Xotin-qizlar bayrami”,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
118
hamda “Navro’z bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni”; Tayyorlov guruhlarida ham
,”Mustaqillik bayrami”, “1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni”, “Oltin kuz”, “Ona
tilim”, 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun, 8-
dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun,10-
dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun,”Yangi yil
bayrami”,”Vatan himoyachilar kuni”, “8-mart Xotin-qizlar bayrami”, hamda
“Navro’z bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni” va “Xayr bog’cha” bayram ertaliklari
o’tiladi.Ushbu barcha bayram ertaliklari bolalarning hayotida muhim rol
o’ynab,yaxshi eslarida qoladi.Bayram ertaliklari bolalarga dam olish va erkin harakat
qilish imkoniyatini beradi.Har bir bayram ertaliklari albatta sovg’alarsiz
yakunlanmaydi.Har xil o’yinchoqlar va shirinliklar tuhfa qilinadi.Ayniqsa, bularning
barchasi bolalarning ota-onalarini va yaqinlarini judayam xursand qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ko’ngil ochar soatlar.Hozirgi kunda bolalarga ta’lim
va tarbiya berish dolzarb masalalaridan biridir.Aynan mana shu davrda bolaning
faoliyat turiga nisbatan tushunchasi shakllantiradi.Ularda estetik idrokining
rivojlanishi uchun ularga san’at asarlari va musiqa bilan tanishtirish
kerak.Bolalarning yoshlariga mos har xil raqslar,ashulalar va teledasturlar ularning
estetik rivojlanishida katta yordam beradi.Maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram
ertaliklari va ko’ngil ochar soatlar ssenariylarsiz qilinishi bu juda qiyin ishdir.Albatta
barcha ko’ngil ochar soatlar ssenariylari bilan yanada qiziq bo’ladi.Senariyga
o’yinlar,spektakllar,raqslar,milliy va estrada qo’shiqlar hamda tomoshalar bo’lishi
zarur.Shuning barobarida ko’pchilik pedagoglar bayram ssenariysiga ehtiyoj
sezadilar.Yuqoridagi ssenariy esa bundan mustasno.
Bayramlar va o’yin-kulgularni tayyorlash va amalga oshirishda bolalarda
ma’naviy ta’lim ya’ni,oddiy tajribalar bilan jamoada ishlashni o’rgatadi. Undagi
ashula,o’yinlar,raqslarda bolalarning ishtirok etishi ularning tanasi rivojlanishi va
harakatlarini yaxshilaydi. Musiqiy faoliyat turlari.Musiqa mashg’ulotlari bola hayotni
musiqiy obrazlar bilan idrok etishga yordam beradi. Har xil metodlardan foydalanib
bolalarga musiqiy mashg’ulotni o’tish ularga badiiy-estetik zavq bag’ishlagdi,ijodiy
fikrlash qobiliyatini shu bilan birga bolaning nutqini shakllantiradi.Undan tashqari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
119
musiqiy o’yinlar va ritmik harakatlar ham chaqqonlik,qomatning to’g’ri
shakllanishiga yordam beradi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyat turlariga:
1.Musiqa tinglash.
2.Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish.
3.Qo’shiq kuylash.
4.Bolalar musiqa cholg’ularida jo’r bo’lish.
5.Musiqa savodi.
-Musiqa tinglashda har bir bola musiqa tinglash orqali,musiqa tinglash
madaniyatini shakllantiradi.
-Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishda bolaning harakatlarini yanada
rivojlantiradi hamda bolalar ruhiyatiga musiqiy asarning mazmunini singdiradi.Bu
esa bolaning jismonan sog’lom bo’lishiga katta yordam beradi.
-Qo’shiq kuylashda har bir guruh bolalari uchun alohida musia asarlari
mavjud bo’lib,har bir guruh o’z yoshiga mos holda qo’shiq kuylashadi.
Bu esa bolaning nutqi,musiqiy qobiliyati va xotirasinu yaxshilaydi.Agarda
jamoaviy holda kuylashsa esa hamjihatlik bilan ijro etishga yordam beradi.
-Bolalar musiqa cholg’ularida jo’r bo’lish:bolalarning musiqiy faoliyat
turlaridan eng qiziqarli mashg’ulotlaridan biridir.Sababi barcha cholg’u asboblari
bolani o’ziga jalb qiladi.Agarda bolalarda bilgan ashulani cholg’u asbobiga chalsak
ular ham birdaniga ashulani kuylab ketishadi.Bu esa bolalarning musiqaga musiqaga
yanada qiziqishlari,musiqiy uquvlarini va xotiralarini yaxshilaydi.
-Musiqa savodi bu barcha maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda qo’shiq
kuylash,musiqa tempini,balandligini,ritmini,xarakterini va musiqaning ladlarini
o’rganishda yordam beradi.
Bola va uning qobilyatlarining o’sishi katta kishi tomonidan uyushtiriladigan
holda:ritmika,musiqa tinglash,ritmika va musiqa asboblarini chalishda sodir
bo’ladi.Bularning
barchasi
tashkiliy
shakllarda:o’qishdan
tashqari
ishlarda,mashg’ulotlarda va mustaqil faoliyatlarda namoyon bo’ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–2_ Март –2025
120
FOYDALANILGAN ADABIYATLAR.
1. O. I. Ruziyeva ,,Bolalarning musiqiy ta’limi” O’quv qo’llanma. Qarshi. ,,Intelekt”
nashriyoti 2023 .
2. Muhiddin Abdullayev, Husniddin Tursunov ,,Maktab repertuari “ O’quv
qo’llanma Qarshi ,,Nasaf” NMIU 2022.
3. Muhiddin Abdullayev ,,Maktabgacha ta’limda musiqa o’qitish metodikasi”
,,Nasaf” NMIU 2024
4. Sharipova G. Xodjayeva Z. “Musiqa o‘qitish metodikasi”. Darslik Toshkent ,,NIF
MISH” 2020.
5. G.M. Sharipova, G.T. Tojiyeva . Musiqa metodikasi O’zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti Toshkent 2012.