Authors

  • Ruziyeva Orzigul Ilyosovna
  • Jalilova Asilabonu

Author Biographies

  • Ruziyeva Orzigul Ilyosovna

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti ,,San’atshunoslik’’ kafedrasi katta o’qituvchisi

  • Jalilova Asilabonu

    Musiqiy ta’lim yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94796

Keywords:

Musiqa san’at bilim malaka ko’nikma texnologiya termin estetika did qobiliyat.

Abstract

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida estetik tarbiyaning mazmun mohiyati ochi berilgan.Musiqa san’ati shunday san’at turi ekanligi, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtirishini anglatadi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg‘otishining o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkinligi aytib o’tilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

111

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA ESTETIK

TARBIYANING MAZMUN MOHIYATI

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti

,,San’atshunoslik’’ kafedrasi katta o’qituvchisi

Ruziyeva Orzigul Ilyosovna

Musiqiy ta’lim yo’nalishi talabasi

Jalilova Asilabonu

Annatatsiya: Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida estetik

tarbiyaning mazmun mohiyati ochi berilgan.Musiqa san’ati shunday san’at turi

ekanligi, u insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtirishini

anglatadi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan

yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg‘otishining

o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkinligi aytib o’tilgan.

Kalit so’z: Musiqa ,san’at, bilim, malaka, ko’nikma,texnologiya,termin,

estetika did, qobiliyat.

Аннотация: В данной статье представлена сущность эстетического

воспитания в дошкольных образовательных организациях. То, что музыка

является таким видом искусства, означает, что она объединяет людей через

их переживания и эмоциональные чувства. Это становится средством

общения между ними. Говорят, что тот факт, что музыка, созданная одним

композитором, может вызывать разные эмоции в сердцах других людей, сам

по себе можно назвать чудом.

Ключевые слова: Музыка, искусство, знание, умение, технология,

термин, эстетика, вкус, умение.

Abstract: This article presents the essence of aesthetic education in preschool

educational organizations. The fact that music is such an art form that unites people

through their experiences and emotional feelings means that it becomes a means of

communication between them. It is said that the fact that music created by one


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

112

composer evokes various experiences in the hearts of other people can be called a

miracle.

Keywords: Music, art, knowledge, skills, abilities, technology, term,

aesthetics, taste, ability.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqqa

murojatnomasida

barcha

sohalar

qatori

o'quv

tarbiya

ishlari

istiqboli

belgilanib,yoshlarning san'at va madaniyat sohalariga ijodiy fikrlash tog'risida fikrlar

bildirildi.

"Bu borada ,avvalambor yoshlar va bolalarga e'tibor va amaliy g'amxo'rlik

ko'rsatish,ularni jismoniy va ma'naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat

qaratmoqdamiz.Bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish orqali kelajakda

ularning o'zligini to'la namoyon etishiga mustahkam zamin yaratyapmiz.Zero,bu ezgu

maqsadimiz yo'lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha baronar ortig'i bilan

qaytishiga shubha yo'q",-degan edilar davlatimiz rahbari Shavkat Miromonivich

Mirziyoyev

Jamiyatda madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish,estetik

tarbiyani pedagogik mohiyatini yanada oshirish uchun faoliya ko'rsatayotgan olimlar

faol o'qituvchi-pedagoglar darajasi kasbiy sifati bilan belgilanib kelmoqda.

"Estetik tarbiya "tushunchasi Musiqa o'qitish metodikasi fanida keng o'rin

egallaydi.Falsafa faniga oid adabyotlarda ta'riflanishicha "Estetika"(yunoncha-his

qiluvchi hissiy tarbiyaga doir)-inson bilan olam o'rtasidagi qadriyatlar munosabati

hamda badiiy faoliyatni o'rganuvchi fan.Estetika faninnig tadqiqot ob'ektlari ichida

san'at o'ziga xos o'rin egallaydi.

Musiqa san'ati estetik tarbiyaning muhim omillaridan bo'lib,u inson

ma'naviy dunyosiga katta tasir o'tkazadi.Musiqa tarbiyasi orqali bolalar nafaqat

didaktik bilimlarni,estetik ko'nikmalarni ham o'zlashtiradilar.Ijodkorlik- insonning

yangi

g'oyalarni

yaratishdir.Ijodkorlik

psixika

uchun

yaxshi.Art-terapiya

tinchlantiradi,stress va qo'rquv yo'qotadi salbiy his tuyg'ulardan chalg'itadi.Biz

bolalarning ijodiy qobilyatlarini rivojalntirish uchun quyidagi tadbirlardan iborat

nazorat ro'yxatini bolalar tasavvurini ilhomlantirgan holda o'tkazishimiz mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

113

-Har kun hayol qilish

-Atrofdagi dunyoni kuzatish

-Ijodkorlik

-Natija

Har kun hayol qilish- bunda bola tevarak atrofidagi hayolan ijodkorlikni o'z

tasavvuri orqali yaratadi. Atrofdagi dunyoni kuzatish-bolaning ko'ziga ko'ringan

yaxhi narsalarni anglashdan dalolat beradi. Ijodkorlik-ijodiy fikrlanishni o'rganish

Natija-bunda bola hamma tasavvurlarini bir joyga jamlagan holda natija qiladi va

bundan o'zi mamnun bo'ladi.

Bolalar bog'chasidagi asosiy vositalar quyidagilar:

-bolalarni o'rab turgan muhit,turmush estitikasi

-tevarak atrofdan olingan taassurotlar

-tabiat san'at asarlari

-bolalarning tasviriy faoliyatlari

-bayramlar ,ko'ngil ochar tadbirlar

-ma'lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga oshiriladigan ta'llim

Musiqa darslarida bolalarda quyidagi estetik sifatlar rivojlanib boradi:

-His tuyg'uni shakillantirish

-Go'zallikni anglash

-Ijodkorlikni rivojlantirish

-ma'naviy boyligini oshirish va bolada mehr-muhabbat uyg'otishdir

Bolaning musiqaviy asarlarini idrok etish to'g'risidagi masalaga to'xtaymiz.

Idrok san'ati psixologik faoliyatni namoyon qiladi va intelektual bilish

emotsional momentlarni birlashtiradi.Musiqani idrok etish ilk yoshdan shakillanadi

.Birlashgan emotsional musiqaviy tassurotlar bolani o'z-o'zidan qo'shiq aytishga

musiqa asboblarini chalishga olib keladi.Musiqa asarlarini taxlil qilish orqali bola

musiqani o'ziga xos tilini ajrata boshlaydi.Hozirgi kun talabi maktabgacha ta'lim

tashkilotlari oldiga musiqiy estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo'yadi:

-bolalarni tabiat go'zalliklarini badiiy asarlarini idrok etish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–2_ Март –2025

114

-estetik did va hissiyotni shakillantirish -hayotda go'zallik tushunchasini

to'liqligicha anglashni o'rgatish

-bolalarga badiiy ijodkorlikni shakillantirish

-bolalarga go'zallikni o'z hayotlariga,o'z faoliyatlariga olib kirishni o'rgatish

Estetik tarbiya natijasida o'z-o'zidan etika tushunchasi ham vujudga

keladi.Etika qadimgi yunoncha "axloq falsafasi" shaxs yoki jamiyat odatlarini axloq

normalarini o'rganuvchi hamda belgilovchifalsafiy tadqiqotdir.Etikaning quyidagi

mezoniy

tushunchalari

bor:faxilat

va

illat,yaxshilik

va

yomonlik,halollik,rostgo'ylik,kamtarlik adolat -burch ,vijdon hayotning ma'nosi va

boshqalar. Etika bolalarni ezgulikka chorlaydi.Etikaga doir dastlabki tushunchalar

shumerlikning "Me"qonunlar majmuasida uchraydi.Undagi "namlul"tushunchasi

insonparvarlik,ezgulik ma'nolarini anglatgan.

FOYDALANILGAN ADABIYATLAR.

1. O. I. Ruziyeva ,,Bolalarning musiqiy ta’limi” O’quv qo’llanma. Qarshi. ,,Intelekt”

nashriyoti 2023 .

2. Muhiddin Abdullayev, Husniddin Tursunov ,,Maktab repertuari “ O’quv

qo’llanma Qarshi ,,Nasaf” NMIU 2022.

3. Muhiddin Abdullayev ,,Maktabgacha ta’limda musiqa o’qitish metodikasi”

,,Nasaf” NMIU 2024

4. Sharipova G. Xodjayeva Z. “Musiqa o‘qitish metodikasi”. Darslik Toshkent ,,NIF

MISH” 2020.

5. G.M. Sharipova, G.T. Tojiyeva . Musiqa metodikasi O’zbekiston faylasuflari milliy

jamiyati nashriyoti Toshkent 2012.