MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
79
BIOLOGIYA FANI RIVOJLANISHIDA I.I.MECHNIKOVNING
HISSALARI
Nuģmanova Xurliman Sabitovna
Berdaq nomidagi QDU ning Psixologiya yo'nalishi 1-kurs talabasi
Annotaciya: Bu maqolada rus biologi, Fagotsitar nazariyani yaratgan olim
I.I.Mechnikov hayoti, va faoliyati haqida, uning ilmiy nazariyasining Biologiya va
Immunologiya fani rivojlanishidagi roli haqida keltirilgan
Kalit so’zlar: Biologiya, xujayra, fagotsitoz, immunitet, rezistentlik,
endotsitoz,neytrofil, adgeziya, leykotsit, nazariya
Abstract: This article is about the life and work of the Russian biologist,
scientist I.I. Mechnikov, who created the phagocytic theory, and the role of his
scientific theory in the development of biology and immunology.
Key words: Biology, cell, phagocytosis, immunity, resistance, endocytosis,
neutrophil, adhesion, leukocyte, theory
Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno tarzda fransuz olimi J. B.
Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan. Biologiya
yunoncha bios-hayot, logos-fan, ya`ni hayot to`g`risidagi fan degan ma`noni
anglatadi. Biologiya fani tirik bo`lgan barcha organizmlarni o`rganadigan fandir ya`ni
tirik organizmlarning tuzilishi, funksiyasi, xilma-xilligi, rivojlanishi, yashash muhiti
bilan o`zaro munosabatlarini o`rganadi. Yerda hayot paydo bo`lgandan beri organik
olam doimo rivojlanib borayapti, hech qachon to`xtab qolmaydi.
Biologiya fanlar sistemasi hisoblanadi, chunki Biologiya fanining sohalari
juda ko`p. Biologiya fani tirik organizmlarning ayrim jixatlari bo`yicha ham turli
fanlarga ajratiladi. Chunonchi, Anatomiya-organizmlarning9-klaslarǵa ichki
tuzilishini Fiziologiya-funksiyani, Embriologiya murtak rivojlanashini, Sistematika-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
80
organizmlarning sistematik
guruxlarini,o`zaro qarindoshlik munosabatlarini
o`rganadi.
Ilya Ilyich Mechnikov 1845 yilda Xarkovda tug'ilgan. U yoshligidan tabiatga
qiziqib, o'simliklar va hayvonlarning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishga intilar edi.
1864 yilda u Xarkov universitetidan tabiatshunoslik bo'yicha bakalavr darajasini oldi
va keyin Germaniyaga borib, ilmiy ishlarini davom ettirdi. Mechnikovning ilmiy yo'li
immunitetning o'ziga xos mexanizmlarini o'rganishga qaratildi. U turli xil
kasalliklarga qarshi kurashda organizmning himoya mexanizmlari qanday ishlashini
tushunishga intildi. O'z faoliyati davomida Mechnikov bir necha muhim ilmiy
yutuqlarga erishdi. U fagotsitozni kashf etdi - organizmning immunitet tizimining
asosiy mexanizmlaridan biri bo'lib, u tanaga kiradigan begona moddalarni yo'q qilish
uchun maxsus hujayralar - fagotsitlarning ishlashini o'z ichiga oladi. MECHNIKOV
Ilya Ilich — rus biologi, qiyosiy patologiya, evolIyutsion embriologiya va
immunologiya asoschilaridan. Peterburg FA muxbir a'zosi (1883), faxriy a'zosi
(1902).
Mechnikov
Paster
vafotidan
so'ng
Parijdagi
Paster
institutini
boshqargan(1888). N. F. Gamaleya bilan hamkorlikda Rossiyada dastlabki
bakteriologiya stansyasini tashkil etgan (1886) va hamkasblari bilan birga saramas,
qaytalama terlama, tovuq vabosi va qo'ylarning kuydirgi kasalliklari ustida izlanishlar
olib bordi. «Yuqumli kasalliklarga bardoshlilik» asari (1901) bilan immunitetning
fagotsitar nazariyasini yaratdi. Koʻp hujayrali organizmlarning kelib chiqish
nazariyasini ishlab chiqqan. U dengiz yulduzi lichinkalari yot omillarni o'rab olib
yutib yuborishini kuzatadi va fagotsitoz hodisasini kashf etdi (1883). Mechnikov
hayotining keyingi davrida qarish va o'lim muammolarini o'rgangan. «Ortobioz» yoki
«To'g'ri yashash», shuningdek, «Odam tabiati toʻgʻrisida etyudlar» kitobida soglom
va uzoq yashash uchun sutqatiq mahsulotlarini koʻp ichib turish lozimligini uqtirgan
va qatiq tayyorlashning («bolgar tayoqchalari» yordamida) yangi usulini yaratdi.
Keyingi asarlari qarilik muammolariga bagishlangan. 1908-yilda I.I.Mechnikov
ilmiy kashfiyotlari va Biologiya fani rivojiga qo’shgan hissalari uchun Nobel
mukofotiga sazovor bo’ldi. Mechnikovning ilmiy ishlari immunologiya fanining
rivojlanishiga ulkan hissa qo'shdi. Uning kashfiyotlari va nazariyalari hozirgi kunda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
81
ham immunitet tizimi haqidagi tushunchalarimizni shakllantirishda muhim rol
o'ynaydi.
Rezistentlikning eng kuchli omili fagotsitoz sanaladi. Qon va limfalarning
donasimon leykotsitlari fagotsitar xususiyatlarga ega boʻlib, asosan polimorf yadroli
neytrofillar boʻlib (makrofaglar — neytrofillar, eozinofillar hamda bazofillar) hamda
boshqachasiga polimorf yadroli leykotsitlar yoki granulotsitlar, shuningdek, u
makrofaglar deb nomlagan retikuloendotelial tizimning monotsitlari yoki turli xil
hujaylaridir. Hozirgi kunda makrofaglar deganda yuqori fagotsitar faollikka ega
bo`lgan hujayralar tushuniladi. Ular olinadigan to`qimaga bogʻliq holda shakl hamda
o`lchamiga ko`ra farqlanadi.
Fagotsitoz — bu vakuollar — fagosomlar hosil boʻlishi bilan begona (yot,
o`zga) hujayra yoki zarrachalarning yutilishidir (yo`q bo`lib ketishi).
Hosil bo'lgan vakuol (fagosoma) 10-20 barobar pinosomlardan ko`proqdir. U
lizosom bilan qo`shilib ketgach fagolizosomani hosil qilib natijada fermentlar
fagotsitlangan materialni yemiruvchi hujayra ichiga kirib oladi. Aynan uning ichida
gidrolitik fermentlar faolligi hisobiga patogenning toʻliq yoki qisman yemirilishi ro`y
beradi.
Mikrobli
hujayraning
yemirilgan
komponentlarining
bir
qismi
ekstrasceliyulyar muhitda yo`q bo`lib ketsa, qolgan qismi fagotsit hujayralarning
yuzasida qolib ketadi.
Fagotsitoz hamda komplement tizimi — yuzaki g`ovlarni yengib o'tgan
mikroorganizmlarga qarshi organizmning ikkinchi himoya liniyasi. Rezistentlik
tizimining hujayra faktorlari (omillari) — fagotsitlar, ular patogen mikroorganizmlar
va boshqa genetik yot materiallami yutib, yo`q qilib yuboradi. Ular polimorf yadroli
yoki granulotsitlar — neyrofillar, eozinofillar hamda bazofillar (micloetik qator
hujayralari bilan) shuningdek, monotsitlar va to`qima makrofaglari bilan
tasvirlangan. Leykotsitlarning eng muhim guruhlaridan birini fagotsit hosil qiluvchi
hujayralar: monotsitlar, makrofaglar hamda polimorf yadroli neytrofillar tashkil
qiladi. Ular mikroorganizmlarni o`z yuzasida bir biriga bog'lash, so'ngra esa ularni
yutib yo`q qilish qobiliyatiga ega. Ushbu funksiya aniqlab olishning sodda, o'ziga xos
bo`lmagan mexanizmlariga asoslangan boʻlib, eng xilma xil mikroblar mahsulini bir
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
82
biriga bog'lash imkonini beradi va tabiiy immunitetning koʻrinishini oʻzida namoyon
etadi. Fagotsitlar infeksiyalarga qarshi birinchi liniyani hosil qiladi.
Fagotsitoz jarayoni quyidagi bosqichlardan kelib chiqadi: Xemotaksis
bosqichi makrofaglaming xemotaksik faktorlarini (bakterial komponentlar,
anafilotoksinlar, limfokinlar va boshqalar) ajratadigan fagotsitoz (masalan, mikrobli
hujayra) ob'yektiga yoʻnalgan harakatlaridan iboratdir. Bakterial hujayralarning
komponenti, komplementning faollashuv mahsulotlari, masalan a hamda ajralib
chiqadigan sitokinlar va xemokinlar infeksiya va yallig'lanish o'chog'iga fagotsitar
hujayralarni jalb etadi.
Adgeziya bosqichi 2 mexanizm orqali amalga oshadi: immun hamda
noimmun. Noimmun (immunitetsiz) fagotsitoz turli xil molekulalar (masalan
lektinlarning) yordamida makrofagning yuzasidagi antigen adsorbsiyasi hisobiga
amalga oshadi. Immunitetli fagotsitozda komponentning b komponentiga hamda
immuncglobulinlariga makrofaglarning Fc-retseptorlari ishtirok etadi (qatnashadi).
Ayrim holatlarda makrofag o`z yuzasida antitelalarni tashiydi uning evaziga
nishonhujayraga birlashadi.
Endotsitoz — bosqichi (yutilish. Bunda fagotsitoz membranasining
invaginatsiyasi hosil bo'lishi bilan o'simtali fagotsitoz ob'yektining o`rab olinishi
bilan fagosomalar ro`y beradi. Keyinchalik fagosoma lizosomalar bilan aralashib
ketib, fagolizosomani hosil qiladi.
Hujayra ichidagi bazm bo`lish. Lizosomlar fagosomga intilib, so'ngra
lizosoma hamda fagosoma qobiqlari qo`shilib ketib, lizosom firmentlari
faglozosomga ajralib chiqadi. Fagotsitga (hujayra) uchragan mikroorganizmlar turli
xil mikrobitsid omillar kompleksining hujumiga uchraydi.
Fagotsitoz — nafaqat begona moddalarni yo`q qilish, balki immun
reaksiyalari hamda immun va yallig`lanish reaksiyalari mediatorlari sekretsiyasining
ishga tushishi uchun antigenning namoyon bo'lishidir. Makrofaglar tizimi — nafaqat
tabiiy rezistentlik (shakliy immunitet) markaziy xalqasi, balki orttirilgan immunitet,
immun reaksiyasidagi hujayralaming kooperatsiyasida muhim rol o`ynaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
83
Xulosa. Ilya Ilyich Mechnikovning biologiya faniga qo'shgan hissalari
nihoyatda ulkan va uning kashfiyotlari hozirgi kunda ham biologiya, immunologiya
va mikrobiologiya sohalarida asosiy poydevor sifatida xizmat qiladi. Fagotsitoz
nazariyasi va organizmning immun tizimi haqidagi bilimlar zamonaviy tibbiyotda va
biologiyada yuksak ahamiyatga ega. Mechnikovning ilmiy ishlari bizga inson
organizmining o'ziga xos xususiyatlari, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish
usullari va umrni uzaytirish bo'yicha yangi yo'nalishlar yaratishda katta yordam
beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
G.A.Shaxmurova, L.N.Egamberdiyeva Immunologiya «Ishonchli hamkor»-
Toshkent 2020
2.
I.Muhamedov,
E.Eshboyev,
N.Zokirov,
M.Zokirov
Mikrobiologiya
Immunologiya Virusologiya « Yangi asr avlodi» - Toshkent 2006
3.
Gapparov Abdulatif Mamadaliyevich Immunologiya Biotexnologiya « Ilm va
fan» - Toshkent 2023
4.
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil