MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
74
BOLALARDA O'TISH DAVRI INQIROZLARI
Nug’manova Xurliman Sabitovna
Berdaq nomidagi QDU San’atshunoslik fakulteti Psixologiya
yo’nalishi 1-kurs talabasi
Xurliman341@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarning o'sish mobaynida ularda
kuzatiladigan o'zgarishlar va “men” konsepsiyasi rivojlanishi va ularning yuqori
bosqichga ko'tarilishida xulq-atvorlari tahlil qilinadi. Bolalarning o'yin xizmati,
mehnat xizmatidan ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash ishlari haqida ma'lumot
keltirilgan.
Annotation: This article analusez the changes observed in children during
their growth and the development of the concept of “ I” and their behavior as they
move to a higher level. Information is provided about the work of preparing children
for social life from the play service to the labor service.
Kalit so’zlar:Muloqot, Kommunikatsiya, Kooperatsiya, refleksiya, anotomo,
o’quv situatsiyasi, faoliyat, intensiv, aksentuatsiya, senzitiv.
Key words: Dialogue, comunication, cooperation, reflection, anatomy,
learning situation, activity, intensive, accentuation, sensitive.
Chaqalolik davri. Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha
zaif tug’iladi. Unda zarur fiziologik funkciyalarning kechishi uchun zarur bo’lgan
shartsiz reflekslari, himoyarefleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida
bosh miyaning rivojlanishining zarursharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar
chaqaloq sensor izolyaciya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi keskin ravishda
orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga
nisbatan maxsus emocional harakat paydo bo’ladi. Oyoqi va qo’llari bilan
tipirchilayboshlaydi. Bu reakciya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo
bo’lishi chaqaloqlik davri tugaganligini bildiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
75
Go’daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o’z ichiga oladi. Bu yosh
davrda etakchi
faoliyat kattalar bilan emocional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta
birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib
boradi. 2 oydanoq bolalarda g’o’ldirash belgilari paydo bo’ladi.
Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1
yoshda bola 30-40 ta so’zni o’zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga
yurish, predmetlar bilan harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik
taraqqiyot yuz beradi. O.Bryune ma`lumotlariga ko’ra bolalar hayot sharoiti va
tarbiya uslubidan qat`iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko’rsatadilar. 1
yoshgacha bo’lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan kat`iy
nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar.
1 yoshgacha bo’lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning
rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga
borib, o’tirishni o’rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va
harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bulib, bola ko’p xato
qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go’dak predmetlar bilan
oddiy manikulyaciya qilishni o’rganadi. So’ngra bu oddiy harakatlar ichki planga –
ko’rish idroki planiga o’ta boshlaydi. Go’daklikning oxiriga kelib bolalarga
taqlidchanlik kuchayadi. Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa
faoliyat turlari, masalan, qiyin va produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa
yasash) rivojlana boshlaydi. Bu yosh davri nutqning rivojlanishidagi senzitiv davri
hisoblanadi. 1,5 yoshgacha bola 100 tacha, 2 yoshgacha 300 tacha, 3 yoshgacha 1500
so’zni o’zlashtiradi. Tilning grammatik tuzilishinio’zlashtirish bir necha bosqichga
bo’linadi.
1. Avtonom nutq davri 1-2 yoshda bo’lib, nutq amorif so’z o’zaklardan iborat.
2. 3 yoshgacha davrda esa ona tilining grammatik tuzilishini o’zlashtira
boshlaydi. Ilk bolalik davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana
boshlaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
76
Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir.
Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini engil o’zlashtirib oladi. Tadqiqotchi
E.K.Kaverlanning tajribasida tasdiqlanganidek bolaning predmetlarni tushunishi
quyidagi tartibda yuz beradi:
1) bola eng avval predmetlarning nomlanishini;
2) katta odamlarning va o’yinchoqlarning nomlarini o’zlashtiradi;
3) tana a`zolarining nomlarini o’zlashtiradi.
Ilk bolalik davrida bola shaxsi shakllanishi boshlanadi. Bolada “men o’zim”
konsepciyasi vujudga keladi. Bu yosh davri 3 yoshlilar krizis davrining yuzaga kelishi
bilan tugaydi. Krizisning sababi bolada ma`lum darajada mustaqillikka ehtiyojning
paydo bo’lishi, kattalarning esa eski munosabatlar tipini saqlab qolishidir.
Maktabgacha yosh davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensiv
o’sishi davom etadi. Bosh miya og’irligi 1350g-gacha etadi, ikkinchi signal sistemasi
rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy situaciyasi o’zgaradi. O’yin faoliyati etakchi faoliyat
turidir. Rolli o’yinlar jarayonida ular katta odamlarning barcha vazifa va ishlarini
amalda bevosita bajaradilar. Rolli o’yinlarni vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan
biri, bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan
nusxa olish tuyg’usining mavjudligidir. Bolalarning o’yin faoliyati D.B.el`konun,
A.S.Slavina, A.P.Usova va boshqa psixologlar o’rganishgan. O’yin faoliyati ixtiyoriy
diqqat va xotiraning, tafakkurning rivojlanishini belgilab beradi. Bola predmet va
harakatlarni birlashtirishni o’rganadi. Bolaning hayoli ham faqat qiyin faoliyatdagina
rivojlana boshlaydi. 3 yoshdan 7 yoshgacha barcha bilish jarayonlari o’sadi, sezgirlik
kuchayadi, bola sensor etalonlarni o’zlashtiradi, xotiraning hajmi o’sadi. Ilk bolalik
davrida ko’rgazmali harakatli tafakkur va sekin-asta mantiqiy tafakkur shakllari
etakchi rol` o’ynay boshlaydi. Bolaning tafakkuri tarli faoliyatlarda, xususan, o’yin
faoliyatida rivojlanadi. Predmetlarni ularning simvollari bilan almashtirish yuz
beradi. Bilish jarayonlari va o’yin faoliyati bola nutqini rivojlantiradi. Bolaning nutqi
situativ xarakterga ega, maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib esa u o’z ona tilini,
grammatik tuzilishini yaxshi o’zlashtiradi, ichki nutq paydo bo’ladi, nutq alohida
faoliyat tarzida shakllanadi. Xarakter akcentuaciyasi – K.Leongard tomonidan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
77
kiritilgan tushuncha bo’lib, xarakter ba`zi sifatlarning yorqin ifodalanganligining
namunasidir. Xarakter akcentuaciyasini bilish o’smirlarga individual yondashish,
kasbga yo’naltirish kabilarda zarurdir. O’z-o’zini baholash – shaxsning o’zini
boshqalar bilan taqqoslash va refleksiya natijasida o’z-o’zini baholash murakkab va
o’zgaruvchan bo’lib, shaxs strukturasida katta o’rin tutadi.
Anatomo – fiziologik xususiyatlari. Butun endokrin sistemasining, xususan
gipofizning aktivlashishi tufayli o’smir organizmida sifat jihatdan o’zgarishlar yuz
beradi. Bu holat qizlarda 11-13, o’g’illarda 13-15 yoshda bo’lib, ikkilamchi jinsiy
belgilar paydo bo’ladi, o’smirning tashqi ko’rinishi o’zgaradi. Muskullar massasi va
muskul kuchi o’sadi, bu holat jinsiy etilish davrining oxiriga borib tezlashadi. Ichki
organlar, xususan yurak o’sadi. Ba`zan yurak qon-tomir sistemasida patologik
o’zgarishlar yuz beradi. O’tish davrining inqirozi haqida nazariy qarashlar.
Biogenetik yo’nalish vakllari S.Xall va Z.Freyd bu inqiroz biologik shartlanganligi
tufayli muqarrardir deb hisoblasalar, amerikalik antropologlar M.Mid va R.Benedikt
o’smirlik inqirozi ijtimoiy munosabatlarning natijasidir deb isbotlaydilar. R.Benedikt
bolalikdan kattalikka o’tishning 2 usulini ko’rsatadi. K.Levin (AQSh) fikricha
jamiyat kattalar va bolalar guruhlariga bo’linadi. O’smir esa oraliq guruhni tashkil
etadi.
O’smirlardagi asosiy psixologik o’zgarish. O’smir o’zini asta-sekin katta
odam deb his qila boshlaydi, lekin ko’p odat va xususiyatlari bolalarcha bo’lib qoladi.
Bu hissiyot kattalik hissi deb ataladi va o’smirlikdagi asosiy psixologik yangilikdir.
Bu his o’smirda o’ziga, atrof muhitga, odamlarga nisbatan yangi hissiy poziciyani
yuzaga keltiradi. U bolalar xulq-atvorini kattalar xulqi va qadriyatlariga qayta
orientaciya qila boshlaydi. O’smir o’z huquqlari doirasini kengaytiradi, kattalarniesa
cheklashni xohlaydi. Kattalar va o’smirlar orasidagi zididyatlarning sababi –
kattalarda ularga nisbatan bolalarcha munosabatning saqlanib qolishidir. O’smirning
mustaqillik darajasi haqidagi tasavvurlar kattalar va o’smirlarda turlicha. Kattalar bu
yoshda o’smirlarga o’z yonidan joy berishni o’rganishlari lozim. Shu sababli
o’smirning tengqurlari bilan munosabati yangi specifik funkciyani bajara boshlaydi,
ya`ni bu munosabatlarda o’smir amalda kattalar axloq normalarini o’zlashtira
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
78
boshlaydi. O’smirlar uchun tengdoshlari bilan ijtimoiy muloqot etakchi faoliyat
bo’lib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.I.Saparova, Z. Maturazova, Sh. Allanazarova, M. Kurbaniyazov Ulıwma
psixologiya "Shafoat nur fayz" Toshkent-2020. 164b
2. N.S. Safaev, N.A. Mirashirova, N.G. Odilova, Sh.D. Turabekova, Sh.K.
Karimova Umumiy psixologiya -Toshkent 2020
3.Ya.M. Fayziev, E.X. Eshboev "Abu Ali ibn Sino " Toshkent-2003 143b
4. A.K.Shamshetova, R.N. Melibayeva, X.E.Usmonova, I.O.Xaydarov. Umumiy
psixologiya "Barkamol fayz media". Toshkent-2018 272b
5. Fazliddin Xaydarov, Nargiza Xalilova. Umumiy psixologiya. "Innovatsiya
ziyo" Toshkent-2019