MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
69
KUTUBXONALARDAGI BADIIY ADABIYOTLAR VOSITASIDA
BOLALAR BOG'LANGAN NUTQNI RIVOJLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Karimova Z.A.
Toshkent shahar Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi
Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari.
Tayanch so‘zlar: adabiyot, nutq, bolalar, jonkuyarlik, ertak, hikoya, obraz,
yil fasllari, asar, rassomlar, ona shahri, tasavvur, ko’rgazma, qobiliyat.
Ключевые слова: литература, речь, дети, задор, сказка, рассказ, образ,
времена года, произведение, художники, родной город, воображение,
выставка, талант.
Key words: literature, speech, children, fervor, fairy tale, story, image,
seasons, work, artists, hometown, Imagination, exhibition, ability.
Annotatsiya: Mazkur maqolada Badiiy adabiyotlar vositasida bog’langan
nutqni rivojlantirish texnologiyalari o’rganilgan. Shu bilan birgalikda, maqolada
hikoya, ertak, asarlar yordamida bolalarnining nutqini rivojlantish mazmuni tahlil
qilingan.
Аннотация: В данной статье рассмотрены технологии развития
связной речи средствами художественной литературы. Вместе с тем в
статье проанализировано содержание развития речи детей с помощью
рассказа, сказки, произведений.
Annotation: This article discusses technologies for the development of
connected speech through the medium of fiction are studied. Together with this, the
article analyzes the content of the development of the speech of children with the help
of stories, fairy tales, works.
Bugungi kunda bolalar nutqini rivojlantirish maqsadida mazkur faoliyatga
tegishli meyoriy-huquqiy hujjatlar mavjud bulardan: O'zbekiston Respublikasi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
70
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 - sonli "O'zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, 2017 yil 30
sentyabrdagi PF-5198-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 19 iyuldagi 528-sonli "Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-
sonli "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi qarori ham so'zimizning yaqqol isboti. Bolalarning biron-bir narsa,
hodisa haqidagi bilimlari qanchalik yuqori va xilma-xil bo'lsa, ularning fikrlash
doiralari shuncha darajada keng bo'ladi. Maktab yoshidagi bolalar o'rtasida taxlilar
o'tkazilganda 56 natijalarni sifati jixatidan taxlilda shuni ko'rstadiki , eng ko'p fikr
bildirishlar hajmi sevimli ertaklarni aytib berish hissasiga, eng kami esa, o'z shaxsiy
tajribasidan kelib chiqib, hikoya qilish hissasiga to'g'ri keldi.
Bolalarda nutqni to'g'ri rivojlanishi uchun hikoya turli mazmundagi bilimlar
obrazli tarzda taqdim etiladi bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari,
yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo'lishi mumkun. Hikoya qilish uchun
material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkun. Ayniqsa, bolalar uchun
tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog’liq hikoyalar qiziqarlidir: "mening
bog’cham", "mening oilam", "mening sevimli o’yinchog’im" va boshqalar. Hikoyani
tushunish qobiliyati, ya'ni tinglay olish, mazmuniga munosabat bildira olish,
savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo’ladi.
Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun
hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida
bo’lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish
mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog’liq
hikoyalar qiziqarlidir: "mening bog’cham", "mening oilam", "mening sevimli
o’yinchog’im" va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya'ni tinglay olish,
mazmuniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish
uch yoshdan boshlab paydo bo’ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko’rgazmali
materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan birga qo’shib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
71
olib boriladi. Ko’rgazmali materiallardan bolalar tasavvurga ega bo’lmagan voqea
hodisalar haqida hikoya qilinganda o’rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham
foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko’rgazmali
materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni
so’z yordamida fikrlashga o’rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim.
Hikoya – biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Bolalarga ertak
va hikoyalar aytib berish usullari. Hikoya tuzish jarayonida bolalarning narsalarni
ko’rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga
bo’linadi. Ko’rgan narsalarni idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materiallar
asosida tuziladi. Ulardan tasavvur etib hikoya qilish – ijodkorlikni talab qiladi. Bu
hikoyalarning hammasi ham nutqning bog’liqligi va maqsadga yo’naltirilganligi bilan
muhimdir. Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi tomonidan
hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hikoyaning bir qismi tuziladi
yoki o’yin tarzida bayon etiladi. Badiiy asarni sahnalashtirishning o"ziga xos
xususiyatlari. Sahnalashtirish o’yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o’yin turi
bo’lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo’lib ijro etiladi. Bu
o’yinlar bolalarda Iroda, intizom va o’z xatti harakatlarini boshqara olish,
boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma'naviy xislatlarni
shakllantiradi. Sahnalashtirish o’yinlarida bolalar o’yin jarayoniga kirib boradilar,
voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo’lgan
qahramonlik, jasurlik, Mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni
o’zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug’at
boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi. Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar
tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini
hisobga olishni talab etadi. Adabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo’yiladi: 1.
Mazmunining g’oyaviy-ma'naviy barkamolligi. 2. Badiiy jihatdan mazmundorligi. 3.
Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko’p bo’lsa, asar shuncha
ahamiyatlidir). 4. Mazmuni yaxshi bo’lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham
ko’p bo’lishi. 5. Ifodali o’qishga mos bo’lishi. 6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan
bog’langan bolalarning ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
72
materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlarning roli kattadir. Pedagoglardan Z.V.
Lishtvan, V.G. Nechaeva o’z tadqiqotlarida qurish-yasash o’yinlarining o’ziga xos
tomonlari va ahamiyatini yoritib berganlar. Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni
sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar, teatr-kitoblar, panoramakitoblar kabi
turli ko’rinishdagi ko’rgazmali qo’llanmalarni chop etmoqdalar.
Shunday qilib, Xalq og’zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang
janrlardan biri ertakdir. Ertak xalq turmushi, urinishi, mehnati, yuksak ideallariga
maskanligi, xullas, xalq hayotining barcha jabhalari bilan uzviy bog’langanligi bilan
ham g’oyatda e'tiborlidir. Zero, ertaklar hech vaqt bekorchi, ermak narsalar bo’lmay,
ular hamma vaqt zo’r ijtimoiy va tarixiy ahamiyatga egadir. Bahaybat maxluqlar
haqida hikoya qiluvchi ertak va afsonalarda u yoki bu davrning ijtimoiy, hayotiy
kurashlari, xalq manfaatlari o’zining badiiy ifodasini topgan. Ana shu buloq singari
jo’shqin, ummondek tubsiz, bebaho xazina bo’lmish ertak o’zining g’oyaviy
mazmuni, badiiy qudrati bilan hamisha mehnat ahlini o’ziga maftun etib kelgan.
Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning har doim xalq hayoti, kurashi, tarixi,
psixologiyasi, dunyoqarashi, urfodatlari bilan juda yaqin bog’langan bo’lishi,
insonlarga axloqiy va ma'naviy yo’ldosh bo’lib kelishidadir. Ertak — insonning
ma'naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan to’lib-toshgan.U insonga butun Real
va tabiatdan tashqari kuchlarning bo’ysunganini ifodalaydi. Ertaklarda inson tabiat va
ijtimoiy hayotda o’ziga dushman bo’lgan kuchlarga qarshi kurashda doimo g’olib
chiqadi. Xalq o’z ertaklarida badiiy obrazlar orqali o’z dunyoqarashi, axloq normalari
va boshqa ijtimoiy masalalarni o’rtaga qo’ygan va o’zicha hal etgan.
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори “Республика
аҳолисининг аҳборот-кутубхона билан таъминлаш ташкил этиш тўғрисида”
//Маърифат:2006. 21 июн.
2.
Марина, Н. The public Library of the future: Qualitative and Quantitative
Methods in Libraries/ Nikta Marina; Сhristos Karydis.-Vol 9 № 4(2020). -
December Issue 2020.
3.
https://dzen.ru/list/education/obuchenie-angliiskomu-iazyku-v-biblioteke
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
73
4.
https://lex.uz/docs/-5426736?ONDATE=20.05.2021%2000
5.
https://statisticsanddata.org/data/the-most-spoken-languages-2023
6.
7.
8.
9.
https://xabar.uz/uz/madaniyat/
https://renessans-edu.uz/files/books/2023-12-18-04-44-
32_a7e632db70c8bafbe71604d4a375cf85.pdf
11.